Suv ostida sakson ming kilometr


  Professor  Aronaks  adashayotgan  edi,  marjon  qoyalar  ancha



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

1  Professor  Aronaks  adashayotgan  edi,  marjon  qoyalar  ancha

 

tez, yiliga bir necha santim etr ko'tarilishlari mumkin.



181


«Nautilus»  okean  sathiga  ko'tarilganda,  suv­

dan  xiyol  ko'tarilib  turgan,  qalin  o'rmon  qoplagan 

Klermon-Tonner  orolini  ikir-chikirigacha  yaxshi- 

lab  ko'rib  oldim.  Dovul  va  bo'ronlar  uning  ohak- 

li  tuprog'i  hosildorligini  oshirgan  bo'lsa  kerak. 

Kunlardan  birida  dovul  qo'shni  yerdan  olib  kel- 

gan  qandaydir  kichikkina  bir  urug‘  dengiz  baliqla- 

ri  va  suv  o'simliklari  qoldiqlari  bilan  o‘g‘itlangan 

orol yeriga  kelib  tushgan.  Shundan  so‘ng to'lqinlar 

uning  qirg'og'iga  minglab  milya  naridagi  palma 

daraxtining  norjil  yong'og'ini  keltirib  tashlagan. 

Urug‘  unib,  daraxtlar  paydo  bo'lgan.  Daraxtlar  esa 

bug'lanishni  kamaytirgan.  Irmoqlar  hosil  bo'lgan. 

O'simliklar  ko'paya  boshladi.  Bo‘ron  yaqin  yerlar- 

dan  uchirib  kelgan  yosh  daraxtlardan  tushgan 

turli-tuman hasharotlar,  qurt-qumursqalar birinchi 

bo'lib  orolda  istiqomat  qila  boshladilar.  Shundan 

so'ng  toshbaqalar  sohil  qumloqlariga  tuxum  qo'ya 

boshladilar.  Kichik-kichik  daraxtlar  ustiga  qush- 

lar  in  qo'yishdi.  Shunday qilib,  bu yerda  asta-sekin 

hayvonot  dunyosi  rivojlandi.  Nihoyat,  ko'kalamzor 

va  hayvonlarning  ko'pligini  ko'rgan  odamlar  ham 

orolga ko'chib kela boshladilar.

Mikroskop  orqaligina  ko'rinadigan  jonivorlar- 

ning  mehnati  bilan  bunyodga  kelgan  bu  orollarda 

ana shu tarzda hayot boshlangan.

Kechga  borib  Klermon-Tonner  oroli  ko'zga 

ko'rinmay qoldi va «Nautilus» yo'lini tamoman o'z- 

gartirdi.  Uzunlikning  135-gradusida  Kozerog  tro- 

pigiga  yetgan  suvosti  kemasi  tropik  zonaning ichi- 

da  g'arb  -   shimoli  g'arb  tomon  yo'l  tutdi.  Tropik 

quyoshning  nurlari  chidab  bo'lmas  darajada  issiq 

bo'lishiga  qaramay,  bizni  issiq  bezovta  qilmas  edi; 

o'ttiz-qirq  metr  chuqurlikda  suv  harorati  o'n-o'n 

ikki darajadan oshmas edi.

182



0 ‘n  beshinchi  dekabrda  biz  Tinch  okean  dur- 

donasi  hisoblangan  ajoyib  Taiti  orolining  g'arb- 

rog'idan  o'tdik.  Ertalab  shamol  esayotgan  tomon- 

da, bizdan bir necha milya narida,  shu orolning ba- 

land tog‘  cho'qqilari ko'rindi.

Uning  suvlaridan bir  necha  ajoyib  makrel  baliq- 

lari,  tunes va  dengiz  ilonining xili-ikki  rangli  pela- 

mida tutdik.

«Nautilus»  sakkiz  ming  bir  yuz  milya  masofani 

bosib  o'tdi.  «Argo»  va  «Dyuk-of-Portlend»  ekipaj- 

lari  halok bo'lgan  Tonga-Tabu  ororllar  tizmasi  yo- 

nidan  suzib  o'tayotgan  kuni  «Nautilus»ning  lagi 

to'qqiz ming yetti yuz yigirma milyani ko'rsatar edi.

Shundan so'ng yowoyi odamlar «Yunion» kema­

sining komandasini va «Nazokatli Jozefina» koman- 

diri  kapitan Byuroni  o'ldirgan  Fidji  orollarini  ayla- 

nib  o'tdik.  Bu  orollar tizmasi  janubiy kenglikning 6 

va  2-gradusi  hamda  g'arbiy  uzunlikning  174-179- 

gradusi  oralig'da  shimoldan  janubga  to'rt  yuz  va 

sharqdan  garbga  uch  yuz  oltmish  kilometrgacha 

cho'zilib borgan edi.

U  bir  necha  orollar,  orolchalar  va  qoyalardan 

iborat bo'lib,  eng yiriklari  -   Viti-Levu, Vanua-Levu 

va Kandubondir.

Bu  orollar  Tasman  tomonidan  1643-yili  ochil- 

gan.  Xuddi  o'sha  yili  Torichelli  barometrni  ixtiro 

etgan,  Lyudovik  XIV  esa  Fransiya  taxtiga  o'tirgan 

edi.  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmida  bu  yerga  Kuk, 

so'ngra  d’Antrkasto  kelib ketdilar va  nihoyat  1827- 

yili  Dyumon-Dyurvil  bu  geografik  chigallikning 

barchasini oydinlashtirdi.

«Nautilus»  Laperuz  kemalarining  sirli  haloka- 

tini  birinchi  bo'lib  aniqlagan  kapitan  Dillonning 

dahshatli  sarguzashtlari  bilan  hammaning  esida 

qolgan Vailea ko'rfaziga yaqinlashdi.

183



Biz  bu  ko'rfazning  tubiga  bir  necha  marta  to ‘r 

tashlab,  ko'plab  ustritsalar  ovladik.  Biz  ularni  das- 

turxonga  qo yilishi  bilanoq,  zo‘r  ishtaha  bilan  ye- 

dik.  Vailea ko'rfazining ustritsalar  suzadigan  sayoz 

yerlari juda ko‘p.

Har  bir  ustritsa  ikki  milliontagacha  tuxum 

qo'yadi.  Agar  ularning  ko'payishiga  yo‘l  qo'ymay 

qirib  tashlaydigan  minglab  dushmanlari  bo'lma- 

ganda, ko'rfaz ustritsalarga to'lib ketardi.

Ned  Lend  o'zining  badnafsligidan  pushaymon 

bo'lmaganining birdan  bir  sababi  shuki,  ustritsalar 

juda  tez  hazm  bo'ladigan  birdan  bir  taomdir.  Dar- 

voqe, katta kishining kundalik normal ovqatida uch 

yuz  o‘n  besh  gramm  azot  moddasi  bo'Iishi  kerak. 

Buning  uchun  esa  bu  boshsiz  molluskalardan  ikki 

yuzga yaqinini yeyishi kerak bo'ladi.

Yigirma  beshinchi  dekabrda  «Nautilus»  Yangi 

Gebrid  tizma  orollari  orasidan  suzib  o'tdi.  Bu  orol- 

larni  1606-yilda Kviros ochgan;  1768-yilda Bugenvil 

bu yerlarni  tadqiq  etgan va  1773-yilda Kuk uni ho- 

zirgi  nomi  bilan  atagan.  Biz  Arru  orolining  yongi- 

nasidan  o'tdik.  Tushlik  kuzatuv  paytida  men  palu­

baga  chiqib,  bu  orolni  ko'rdim.  U tamoman  o'rmon 

bilan  qoplangan  bo'lib,  baland  tog'  cho'qqisi  bilan 

tugallangan edi.

Kapitan  Nemoni  ko'rmaganimga  ham  sakkiz 

kuncha  bo'lgan  edi.  27-dekabrda  ertalab  u  salonga 

kirib,  xuddi  atigi  besh  minut  oldin  chiqib  ketgan 

kishiday bosh silkib qo'ya qoldi. Men «Nautilus» qa- 

yerda ketayotganini xaritadan qidirayotgan edim.

Kapitan  stolga yaqinlashib, barmog'ini karta us- 

tiga qo'yib, birgina so'z aytdi:

-  Vanikoro.

Bu  so'z  uning  og'zidan  o'qday  otilib  chiqdi.  Bu



184


Laperuz  kemalari  halokatga  uchragan  orolchaning 

nomi edi.

Men o'mimdan irg'ib turdim.

-  «Nautilus» Vanikoroga boryaptimi?

-  Ha, professor, -  deb javob berdi kapitan.

-   Demak,  men  «Bussol»  va  «Astrolyabiya»  ha­

lokatga  uchragan  o'sha  mashhur  orolni  ko‘- 

rarkanman-da! Vanikoroga qachon yetib boramiz?

-  Yetib keldik, professor.

Men  kapitan  Nemo  bilan  palubaga  chiqib,  sin- 

chiklab ufqqa tikildim.  Shimoli sharq tomonda ikki- 

ta orol ko'zga tashlanar edi. Shubhasiz, vulqon port- 

lashi  natijasida  paydo  bo'lgan  bu  orollar  taxminan 

qirq milya uzunlikda marjonlar bilan to'silgan edi.

«Nautilus»  torgina  bo'g'oz  orqali  marjonlar 

to'sig'idan  ichkariga  kirgach,  to'lqinlar  kelib  uri- 

ladigan  chiziqning  naryog'ida,  chuqurligi  ellik- 

oltmish  metr  keladigan  gavanga  o'tib  oldi.  Baland 

palma  daraxtlari  ostida  bizning  yaqinlashuvimizni 

g'oyat  hayratlanib  kuzatayotgan bir  necha  yowoyi 

odamlarga  ko'zim  tushdi.  Ular  «Nautilus»ning  ur- 

chuqsimon qora korpusini ko'rib, katta kit kelyapti, 

deb o'ylagan bo'lsalar kerak.

Kapitan  Nemo  Laperuz  halokati  haqida  nima- 

larni  bilishimni  so'radi.  -   Hammaga  ma’lum 

bo'lgan gaplami, xolos,  -  deb javob berdim men.

-   Juda  soz.  Ammo  o'sha  hammaga  ma’lum 

bo'lgan  narsadan  meni  xabardor  qila  olasizmi?  -  

deb so'radi kapitan Nemo kinoya aralash.

-  Jonim bilan,  -  javob berdim men.

Shunday qilib men  unga  Dyumon-Dyurvil  axbo- 

rotining mazmunini gapirib berdim.

O'sha voqeaning qisqa bayoni quyidagicha:

Laperuz  va  uning  yordamchisi  kapitan  de  Lan- 

gel  1785-yili  Lyudovik  XVI  tomonidan  ikkita  kor-

185



vet1 -  «Bussol» va «Astrolyabiya»da yer yuzini suzib 

chiqishga yuboriladi.

1791-yilda  Fransiya  hukumati  Laperuz  kema- 

larining  uzoq  vaqt  yo‘q  bo'lib  ketganidan  xavotir- 

lanib,  Bruni  d’Antrkasto  qo'mondonligida  ikkita  -  

«Qidiruv»  va  «Umid»  harbiy  kemalari  sostavidan 

iborat  qutqarish  ekspeditsiyasini  tuzdi.  Bu  kema­

lar  28-sentabrda  Brestdan  suzib  ketdi.  Ikki  oydan 

keyin  «Elbermel»  kemasining  kapitani  Bouen  hu- 

kumatga  Janubiy  Georgiya  sohillarida  halokat  qol- 

diqlari  uchraganini  xabar  qildi.  Ammo  d’Antrkasto 

bu  gapdan  xabarsiz,  ochigini  aytgan-da,  aniq  bi­

ror  ma’lumotsiz,  Admiralteystva  oroli  tomon  yo‘l 

tutgan  edi.  Kapitan  Gunterning  raportida  Lape­

ruz  korvetlari  shu  yerda  halokatga  uchragan  deb 

ko'rsatilgan edi.

D’Antrkastoning  qidirishlari  zoye  ketdi.  «Qidi­

ruv»  va  «Umid»  kemalari  Vanikoro  yonidan  to ‘x-' 

tamay o‘tib ketdilar.  Safar katta baxtsizlik bilan tu- 

gadi.  D’Antrkastoning  o‘zi,  uning  ikki  yordamchisi 

va  ekspeditsiyasi  tarkibidagi  juda  ko‘p  matroslar 

hayot bilan vidolashdilar.

Birinchi  bo'lib  Laperuz  kemalari  halokatining 

chinakam  izini  keksa  dengizchi  kapitan  Dilon  top- 

di.  1824-yil  15-mayda uning kemasi «Avliyo Patrik» 

Yangi  Dilon  Gebrid  orollar turkumiga  kiradigan Ti- 

kopia  oroli  yonida  to'xtadi.  0 ‘sha  yerda  mahalliy 

kishilardan  biri  unga  o‘yib  ishlangan,  allaqanday 

yozuv  izlari  saqlanib  qolgan  kumush  qilich  dasta- 

sini  sotdi.  0 ‘sha  kishi yana  Dilonga bundan  olti yil 

muqaddam  Vanikoroda  shu  orolga  yaqin  qoyaga 

urilib,  parchalanib  ketgan  kemalarda  ilgari  matros 

bo'lib  xizmat  qilgan  ikki  yevropalikni  ko'rganini 

aytdi.



Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish