Suv ostida sakson ming kilometr


  Lyo -   fransuzcha uzunlik o'lchovi; kilometr lyosi 4  kilometrga



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Lyo -

  fransuzcha uzunlik o'lchovi; kilometr lyosi 4  kilometrga

 

teng.  Fransiyada m etr sistemasi qabul  qilinguncha meridian gradu-

 

sining  1/25 qismi, y a’ni 4445  m etr lyo deb atalgan.

176



voqea  faqat  shu bo'ldi.  Kalmarlar boshoyoqlar  sinfi 

va  ikki  jabralilar  kenja  sinfiga  mansub.  Sepiya  va 

argonavtlar ham shularga taalluqlidir. Bu molluska- 

lar negadir  ilgarigi  tabiatshunoslar  diqqatini  o'ziga 

jalb  etgan  bo'lib,  ular  qadimgi  notiqlar  tomonidan 

istiora  tarzida  foydalanishda  alohida  o'rin  tutishi- 

dan  tashqari,  zodagonlar  dasturxonini  bezashda 

yaxshigina  shuhrat  qozongan  edi.  Har holda  mash- 

hur  Galendan  oldin  o'tgan  qadimgi  yunon  tabibi 

Ateney shunday deb ta’kidlaydi.

Kalmarlar  to'dasini  «Nautilus»  9-dan  10-de- 

kabrga  о‘tar  kechasi  uchratdi.  Bu  molluskalarning 

bir necha millioni mo'tadil zonalardan issiqroq yer- 

larga  seldlar  va  sardinlar  suzgan  yo'ldan  ко‘chib 

o'tardilar.

Biz  ularni  qalin  billur  oyna  orqali  ko'rib  turar 

edik;  kalmarlar  o'zlarining  o'nta  oyog'ini  tinmay 

harakatga keltirib,  orqalari bilan oldinga tomon su- 

zar  edi.  Tabiat  kalmarlarning  oyoqlarini  boshlariga 

o'rnatgan.

«Nautilus»  qanchalik  tez  suzmasin,  bir  ne­

cha  soat  davomida  kalmarlar  qurshovida  yurdi; 

biz  to'rlam i  tashlab,  ana  shu  molluskalardan  juda 

ko'pini tutib oldik.

Dengiz  bizni  zeriktirmas  edi.  U  ko'z  oldimizda 

yangi-yangi  manzaralar,  ajoyib  tomoshalar  ko'rsa- 

tib,  ularni  tinmay  o'zgartirar,  ko'rinish  va  joylar 

ham  soat sayin almashar edi.  U bizni  ovuntiribgina 

qolmay,  eng yashirin  sirlarigacha  bilib  olish  imko- 

niyatini berar edi.

11-dekabr  kunduzi  salonda  kapitan  Nemo  ku- 

tubxonasidan  olingan  kitobni  o'qib  o'tirar  edim. 

Ned  Lend  bilan  Konsel  oyna  oldida  juda  yaxshi 

yoritilgan  suvni  tomosha  qilib  o'tirishardi.  «Nau­

tilus»  qimirlamay  turardi.  U  rezervuarlarini  to ‘-

177



latib, ming metr chuqurlikda, okeanning hech narsa 

uchramaydigan,  onda-sonda  eng  yirik  baliqlargina 

suzadigan yerida turar edi.

Men  Jak  Masening  «Oshqozon  xizmatkori»  de­

gan  ajoyib  kitobini  o‘qib,  muallifning  mislsiz  ma- 

horati  va  oqil  so'zlariga  qoyil  qolib  o'tirganimda, 

birdan Konsel chaqirib qoldi.

-   Xo'jam bir minutgina  oyna  oldiga  kelib ketol- 

maydilarmi? -  dedi u qandaydir g'alati ohangda.

-  Nima bo'ldi, Konsel?

-  Xo'jamning o'zlari kelib ko'rsinlar! Men kitob- 

n ib ir chekkagaqoyib, oynagayopishibqaraybosh­

ladim.

Elektr  projektor yorqin yog'du  taratayotgan  suv 



bo'shlig'ida  allaqanday  ulkan  qora  narsa  qimir  et- 

may  turar  edi.  Men  bu  bahaybat  maxluqni  yaxshi- 

lab ko'rib olish niyatida sinchiklab tikila boshladim. 

To'satdan xayolimga yashin tezligida shu fikr keldi.

-  Kema bu!  -  deb qichqirib yubordim.

-   Ha,  -   deb javob qaytardi kanadalik,  -  bu cho'- 

kib qolgan kema...

Ned  Lend  adashmagan  edi.  Ko'z  aftlimizda 

cho'kkan  kema  turar  edi.  Korpusining  yaxshigina 

saqlanganiga  qaraganda,  hakikat bundan bir necha 

soat  oldin  bo'lganga  o'xshaidL  Palubada  bo'yi  ikki 

futga  yetar-yetmas  keladigan  uchta  xodaning  qaq- 

qayib  tttrishi  kema  hayot-mamot  uchun  kurashda 

machtalarini  qurbon  etganini  ko'rsatar  edi.  Ammo 

bu ham yordam bermagan...

Bu  cho'kkan  kemaning  ko'rinishi  qanchalik 

ayanchli edi!

Ammo  uning  palubasidagi  manzara  yanada 

mudhishroq,  unda  bir  necha  jasad  yotar  edi.  Men 

oltita  jasad  sanadim:  to'rt  erkak  -   ulardan  biri  rul



178


oldida turardi va  lyuk  tuynugidan  gavdasining yar- 

mini chiqarib, qo'lida bola ushlab turgan ayol.

Ayol  yosh  edi.  Projektorning  yorqin  yogdusida 

men  hatto  uning  yuzini  aniq  ko'ra  oldim,  u  hali 

o'lmaganday  edi.  So'nggi  kuchini  to'plab,  bolani 

boshi  uzra ko'targan;  bechora ushoqqina bola  jajji- 

gina  qo'lchalari  bilan  onasining bo'ynini  quchgan- 

cha o'libdi...

Uch  matros  jasadi  g'ayritabiiy  bir  holda  qotib 

qolipti  -   aftidan,  o'lim  ularni  cho'kayotgan  kema 

palubasida  o'zlarini  o'ragan  arqonni  yechishga  un- 

nayotganlarida  quchganga  o'xshardi.  To'rtinchisi, 

rul boshqaruvchi, qaddini g'oz tutganicha osoyishta 

va  jiddiy  holda  turardi.  Uning  qo'llari  rulni  ushla- 

gancha qotib qolibdi.

Keksa  rul  boshqaruvchi,  aftidan,  uch  machtali 

kema okean tubiga qarab cho'kayotganda ham rulni 

qo'yib yubormaganga o'xshaydi...

Naqadar  dahshatli  manzara!  Biz  kema  halokati 

manzarasidan ko'z uzolmas edik...

Odam go'shtining hidini sezib, katta akulalar ya- 

qinlashayotganini ko'rdim...

«Nautilus»  cho'kkan  kema  atrofidan  aylanib 

o'tayotganida,  uning  quyruq  tomonidagi  yozuv 

ko'zga chalindi:

«Florida»

Zunderland


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish