1
Kambuz -
kema oshxonasi
171
uning gaplariga «juda to ‘g‘ri», «haq gapni aytyap-
siz», «ha albatta» degan mantiqsiz luqmalar tash-
lab turish ehtiyojidan xoli etdim.
Kapitan o'ziga o‘zi so'zlayotganday har bir ga-
pidan keyin uzoq jim bo'lib qolardi. Bu ovoz chiqa-
rib fikrlashning xuddi o‘zi.
- Ha, - dedi u, - harorat almashuvi, tuz va mik-
roorganizmlar mavjudligi tufayli okeanda doimiy
o'zgarishlar bo'lib turadi. Haroratning almashib tu-
rishidan turlicha suv zichligi hosil bo'ladi, buning
natijasida esa oqim va qarshi oqimlar kelib chiqa-
di. Qutb tomonlarda juda oz va ekvatorial zonalar-
da esa ko'plab bo'lib turadigan suvning bug'lanishi
tropik va qutb suvlarining tez-tez almashib turi-
shiga olib keladi. Bundan tashqari, men suvning
hamisha yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga ha
rakat qilib turishini payqadim; bu okeanning chi-
nakam nafas olishini ifodalaydi. Quyosh nurlaridan
qizigan zarra dengiz sathidan uning qa’riga tusha-
di, noldan yuqori ikki darajagacha sovib o'zining
me’yoridagi zichligiga erisha-di va sovub yengil-
lashgach, yana suv sathiga ko'tariladi. Siz bu hodi-
saning natijalarini qutbda ko'rasiz Va o'shanda nega
suvning faqat sathi muzlashini bilib olasiz.
Kapitan Nemo og'zidagi gapni aytib bo'lguncha
xayolimdan: «Qutbda? Nahotki, bu jasur kishi biz
ni o'sha yoqqa olib bormoqchi bo'lsa?» degan fikr
o'tdi.
Shu orada kapitan jim bo'lib qoldi; uning nigohi
o‘zi juda sinchiklab va mehr bilan tinmay kuzata-
yotgan okeanga qadalgan edi.
Birpas jim turgach, yana gapira ketdi:
- Dengizda tuz juda ko‘p. Dengiz suvidagi eri-
gan tuzlarning hammasini yigganda, u to‘rt yarim
million kub milya hajmni qoplar edi. Bordi-yu, pro
172
fessor, siz bu tuzlarni butun yer shari bo'ylab bir
tekis yoyib chiqsangiz, uning qalinligi o‘n metrdan
oshgan bo'lur edi. Ammo siz suvda tuzning bo'lishi
tabiat injiqligidan deb o'ylamang tag'in. Mutla-
qo! Tuz dengiz suvining bug'lanishini kamaytira-
di, shamolning juda ko'p bug'ni olib ketishiga yo‘1
qo'ymaydi va bu bilan sayyoramizdagi mo'tadil iq-
limli zonalarni yomg'irdan saqlaydi. Bu yer yuzida
stixiya ishini bir me’yorda tutish yo'lida qilinayot-
gan katta va faxrli ishdir!
Kapitan Nemo yana jim bo'lib, paluba boylab bir
necha qadam yurgach, so'zida davom etdi:
- Eng mayda tirik organizmlar, millionlab to'dasi
bir tomchiga sig'ib ketadigan va sakkiz yuz min-
gi bir milligramm keladigan bakteriyalarga kelsak,
ularning rolini ham kamsitib bo'lmaydi. Ular de
ngiz tuzlarini yutadilar, suvda erigan qattiq jismlar-
ni yig'ib oladilar. Hu pastda zoofitlar, marjonlar va
poliplar koloniyasini barpo etadilar va butun bosh-
li qit’alarni vujudga keltiradilar. Ammo okean suvi
tinch turmaydi. U hamisha gorizontal yo'nalishda
ham, vertikal boylab ham harakatlanib turadi va
organizmlarni ozuqa bilan ta ’minlaydi. Suvning
(}oim shunaqa yuqoriga va pastga siljib, muntazam
ravishda harakatda bo'lishi dengizda abadiy hayot
vujudga keltirib turadi. Ko'pchilik odamlar uchun
o'lik, ammo son-sanoqsiz hayvonot va men uchun
hayotbaxsh muhit hisoblangan okeanning barcha
qismlarida juda jo'shqin, qit’alardagiga nisbatan
samaraliroq, bitmas-tuganmas, abadiy va gullab-
yashnaydigan hayotni vujudga keltiradi!
Kapitan Nemo bu so'zlarni aytayotganda uning
butun qiyofasi tamoman o'zgardi. Uning so'zlari
menda g'oyat katta taassurot qoldirdi.
- Chinakam hayot ham shu yerda, faqat shu yer-
173
da! - deb qo'shib qoydi u. - Men suvosti shahar-
lari «Nautilus» singari har kuni ertalab toza havo-
dan nafas olish uchun okean sathiga ko'tariladigan
suvosti uylari to'dasi bo'lishiga ishonaman, - ha,
erkin, hech kimga tobe bo'lmagan shaharlar!.. Kim
biladi, balki biror zo'ravon...
Kapitan Nemo fikrini to ‘la ifoda etmadi va yanib,
qo‘l siltadi.
Keyin bu qayg'uli fikrlardan o'zini xoli etmoq-
chi bo'lganday bevosita menga murojaat qilib
so'radi:
- Janob professor, okean chuqurligi qanchali-
gini bilasizmi?
- Men so'nggi o'lchovlar vaqtida olingan raqam-
larnigina bilaman, kapitan...
- Shu raqamlarni menga ayta olasizmi?
- Marhamat, esimda qolganlarining hammasini
sizga aytib berishim mumkin. Adashmasam, tadqi-
qotlar shuni aniqladiki, Atlantik okeanning shimo
liy qismlaridagi o'rtacha chuqurlik uch ming to'qqiz
yuz metrga yetadi. 0 ‘rtayer dengizida esa bir ming
ikki yuz metr. Atlantik okeanining janubiy qismi
da, taxminan kenglikning o'ttiz beshinchi gradusi-
da chuqurlik ayniqsa yaxshi o'lchangan. Ularning
natijalari bunday: o‘n ikki ming metr, o‘n to ‘rt
ming to'qson bir metr va o‘n besh ming bir yuz qirq
to'qqiz m etr1. Olimlarning ta’kidlashlaricha, dengiz
tubi bab-baravar qilib tekislanganda, uning chuqur
ligi butun yer kurrasi bo'ylab taxminan uch ming
sakkiz yuz metrga teng bo‘lar edi.
- Juda soz, professor, - dedi kapitan N em o.-
Sizga bundan durustroq ma’lumot berish umidi-
daman. Bordi-yu, sizni Tinch okeanning shu qis-
Do'stlaringiz bilan baham: |