Suv ostida sakson ming kilometr


  Orxideya   -   guli  g'alati  shaklda  ochiladigan  juda  xushbo'y



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Orxideya

  -   guli  g'alati  shaklda  ochiladigan  juda  xushbo'y

 

tropik o'simlik.



203


tiga  ana  shu  kokoslardan  biroz  olib  kirishni  man 

etsa? -  deya mendan so'radi kanadalik.

-  Man etmasa kerak deb o'ylayman,  -  javob ber­

dim  men,  -   ammo  uning  o'zi  bunga  qo'l  urmas- 

ligiga imonim komil.

-  O'ziga qiyin!  -  dedi Konsel.

-   Biz  uchun  esa yana  ham  yaxshi!  -   uning  so‘- 

zini ilib ketdi Ned Lend.  -  Bizga ko'proq qoladi.

-   Sabr  qiling,  do'stim  Ned!  -   dedim  men  ikkin- 

chi  palmaga  ham  hujum  qilish  uchun  shaylanib 

turgan kanadalikka qarab.  -   Kokos yong'og'i ajoyib 

narsa, ammo u bilan qayiqni to'latib olishdan oldin, 

menimcha,  orolda  foydasi  bundan  kam  bo'lmagan 

boshqa mahsulotlar ham bor-yo'qligini aniqlash ke­

rak.  Menimcha,  «Nautilus»da  ho'l  sabzavotlar  ham 

kunimizga yarasa kerak.

-   Xo'jam  haqlar,  -   dedi  Konsel,  -   men  qayiq­

ni  uch  qismga  bo'lishni  taklif  etaman:  birinchisi- 

ni  mevalarga,  ikkinchisini  sabzavotga,  uchinchisini 

esa,  to'g'risi,  hali birorta  uchratmagan bo'lsak ham 

yowoyi qushlarga qoldirsak.

-   Konsel,  noumid  bo'lish  yaramaydi,  -   e ’tiroz 

bildirdi kanadalik.

-   Shunday  qilib,  sayohatimizni  davom  etti- 

rishni  taklif  etaman,  biroq  har  qadamda  hushyor 

turmoq  lozim.  Orol  kimsasiz  tuyulsa-da,  ammo 

baribirozuqa  tanlashda  biz  singari  injiqlik  qilmay- 

digan odamlar chiqib qolishi mumkin.

-   O 'h-he-he!  -   deya  qichqirdi  Ned  Lend  bu 

so'zlarni eshitgach, jag'larini shaqirlatib.

-   Ho',  Ned,  sizga nima bo'ldi? -  xitob qildi Kon­

sel.


-   Xudo  haqqi,  chin  so'zim,  -   dedi  kanadalik,  -  

men  odamxo'rlikning  lazzatini  payqayotganday 

bo'lyapman.

204



-=  Ned!  N^di Nima dedingiz?  -   xitob  qildi  Konsel.- 

BundarTchiqdi,  siz  odamxo'r ekansiz-da? Demak,  siz 

bilan bir kayutada yashab hamisha xavf ostida turgan 

ekanman-da?  Demak,  kunlarning birida yarim yeyil- 

gan holda turishim xavfi bor ekan-da menda?

-   Do'stim  Konsel,  men  sizni  yaxshi  ko'raman, 

ammo hech  qanday ehtiyojsiz yeb  qoyish darajasi- 

da emas, albatta.

-  Sizga ishonmayman, -  deb javob berdi Konsel. -  

Kelinglar,  ov qilaylik.  Bu  odamxo'rga  tezroq birorta 

qush  topib  bermasak,  yaqin  kunlarda  xo'jam  sobiq 

xizmatkorining burdalarinigina topishi mumkin.

Ned  bilan  Konsel  hazil-mutoyibasi  bilan  bo'lib 

o'rmon  etagiga borib  qolibmiz.  Quyuq  daraxtzorlar 

oralab  yurib,  ikki  soat  davomida  o'rmonning  u bo- 

shidan bu boshiga borib keldik.

Tasodif  bizga  yaxshigina  imkon  berdi:  tropik 

mintaqaning  eng  foydali  o'simliklaridan  biriga 

duch keltirdi;  u bizga  «Nautilus» bortida  juda  ilhaq 

bo'lgan ozuqani topib berdi.

Men  Gveboroar  orolida  juda  ko'p  o'sadigan 

non  daraxti  haqida  gapiryapman;  biz  osonlik bilan 

uning  malayyaliklar  orasida  «rim»  nomini  olgan 

urug'siz turini topdik.

Non  daraxti  atrofidagi  boshqa  daraxtlardan 

o'zining  balandligi  qirq  fut  keladigan  tanasining 

tikligi  bilan  ajralib  turar  edi.  Uning  juda  chiroyli 

dum-dumaloq  ko'p  pallali  katta  barglardan  iborat 

tepa qismi tabiatshunos diqqatini darhol o'ziga jalb 

etadi.  Kattaligi  bir  detsimetr  keladigan,  olti  qirra- 

li  g'adir-budur  sharsimon  mevalari  juda  ko'p  barg- 

lar  orasida  osilib  turar  edi.  Bu  foydali  daraxt  hech 

qanday  qarovsiz  va  betashvishgina  yiliga  sakkiz  oy 

meva beradi.

Bu mevalar Ned Lendga ma’lum edi.

205



U  o'zining  juda  ko‘p  safarlari  davomida  bu  me- 

valardan  tanovul  qilib  ko'rgan  va  uni  qanday  tay- 

yorlashni bilar edi.

-   Janob  professor,  -   dedi  u,  -   men  bu  daraxt- 

ning  yumshoq  mevasini  darhol  tatib  ko'rmasam, 

o'lib qolaman!

-  Yeb ко‘ring,  Ned, yeb ko'ring.  Axir biz bu yer- 

ga  shuning  uchun  keldik-da,  tatib  ko'rishimiz  ke­

rak.  Tortinmang!

-  Bu ko'p vaqtimizni olmaydi,  -  dedi u.

Kanadalik  qalin  oyna  yordamida  quruq  shoxlar-

dan tezda gulxan yoqdi.

Olov charsillab yonar edi.

Shu  orada  Konsel  bilan  men  yaxshiroq  non  da- 

raxtini tanladik.

Ulardan  ayrimlarining  mevalari  hali  yetilma- 

gan  va  qalin  terisi  oppoq  lahmni  yopib  turardi. 

Ammo  ko'plari  xuddi  uzib  olishni  kutib  turganday 

sarg'ayib pishib qolgan.

Konsel  Nedga  shunaqa  mevalardan  o'ntachasini 

uzib olib kelib berdi.

Kanadalik  urug'siz  bu  mevalami  tilimlab  kesib 

cho‘g‘  ustiga  qo'ydi.  Bu ishlarni  qilarkan,  u tinmay 

gapirardi:

-   Hozir  ko'rasiz,  professor,  bu  qanaqa  mazali 

nonligini!

-   Ayniqsa  odam  ikki  oy davomida  umuman  non 

ko'rmagandan keyin,  -  deb qo'shib qo'ydi Konsel.

-   Bu hatto non ham emas,  -   deya so'zini davom 

ettirdi  kanadalik,  -   bu  eng mazali  pirojniy.  Siz  uni 

hech tatib ko'rganmisiz, janob professor?

-  Yo'q, Ned.

-   Unday bo'lsa,  bu  dunyoda  ko'rolmaydigan  ro- 

hatga hozirlaning. Agar siz yana bir bo'lak talab qil- 

masangiz, men garpunchilar qiroli emasman!

206



Bir  necha^riinutdan  so‘ng  bo'laklarning  olovga 

qaratilgan  tomoni  tamoman  qoraya  boshladi.  Har 

bir bo'lakning  o'rtasida  artishokning  hidini  eslata- 

digan oq lahm ko'tarildi.

Ochig‘ini  aytsam,  non  chindan ham  juda  mazali 

ekan, men uni zo‘r ishtaha bilan yedim.

-  Afsus,  -   dedim men,  -  bu lahm uzoq vaqt tur- 

masa  kerak...  Shuning uchun,  menimcha,  uni  bort- 

ga g'amlab olib borishga hojat ham yo'qdir.

-   Nima  deyapsiz,  janob professor!  -   jahli  chiqib 

xitob  qildi  Ned  Lend.  -   Siz  nazariyotchi  tabiatshu- 

nos  sifatida  gapiryapsiz.  Men  bo‘lsam  amaliyotchi 

now oy sifatida ish tutaman. Konsel, bu mevalardan 

g'amlayvering, qaytishimizda bortga olib ketamiz.

-  Ularni qanday qilib saqlaysiz?

-  Ularning lahm yeridan xamir qoraman. U achi- 

gandan  keyin,  uzoq  vaqt  buzilmay  saqlanaveradi. 

Yemoqchi  bo'lganingizda  ularni  «Nautilus»  osh- 

xonasida  qaynatish  kerak,  ta’mi  xiyol  achiganroq 

bp'lishiga qaramay, yeb, uzoq tamshanib qolasiz.

-  Noningizning bekam-u ko'stligini ко‘rib turib- 

man,  bundan bo'lak narsaning hojati ham yo'qdir...

-   Aksincha,  janob  professor,  -   e’tiroz  bildir- 

cji  kanadalik,  -   yanada  lazzatliroq  bo'lishi  uchun 

meva-sabzavot kerak bo'ladi.

-   Nima  ham  derdik,  qani,  kelinglar  bo'lmasa, 

meva va sabzavot qidiraylik.

Non  daraxtidan  meva  yig'ib  bo'lgach,  biz  yana 

«yer dasturxoni» uchun yangi mahsulotlar qidirish- 

ga kirishdik.

Qidiruvimiz  zoye  ketmadi  va  biz  tushgacha  an- 

chagina banan g'amlab oldik. Bu ajoyib nozik tropik 

mevasi yil  bo‘yi  pishib yotadi.  Uni  xomligicha ham 

yeyaverishadi.  Biz banandan tashqari,  mazali  man­

go  mevalari  va  bir  necha  yirik  ananas  topdik.  Bu-

207



larni  yig'ib  olishga  ko‘p  vaqt  sarflagan  bo‘lsak-da, 

bunga achinmadik.

Konsel  Ned  Lenddan  ko'z  uzmas  edi.  Garpunchi 

oldinda  borar,  buta yoki  daraxtlar yonidan  o‘ta  tu- 

rib g'amlash uchun eng yaxshi mevalarni uzib borar 

edi.


-   Xo‘sh,  qalay,  -   dedi  nihoyat  Konsel,  -   endi 

xursanddirsiz,  do'stim  Ned?  Siz  istagan  narsa- 

laringizning hammasini oldingizmi?

-  Hm...  -  gVldiradi kanadalik.

-  Nima, hali xursand bo'lganingiz yo'qmi?

-   Bu  o'tlarning  hammasi  -   ovqatga  qo'shib 

beriladigan  tatimlik,  meva-cheva,  shirinliklar. 

Sho'rvaning o‘zi qani? Kabob qani?

-   Ha,  ha,  Ned,  -   dedim  men,  -   marhamat  qilib 

bizni kotletga toydirish borasidabergan va’dangizni 

unutmang! Negadir kotletni ko'rmayapman...

-   Janob  professor,  -   deb  javob  berdi  kanada­

lik,  -   ov tugashi u yoqda tursin, hatto hali boshlan- 

gani  ham  yo‘q.  Sabr  qiling!  Ertami,  kechmi  biz  ba- 

ribir biror qanotli yoki to ‘rt oyoqli  ovga  uchraymiz, 

bu yerda bo'lmasa, boshqa biron joyda...

-   Shu bilan birga bugun bo'lmasa,  boshqa  biron 

kun,  -   deya  kanadalikning  gapirish  ohangida  da­

vom  ettirdi  Konsel.  -   Ammo  o'rmonning juda  ich- 

karisiga  kirib  borish  yaramaydi.  Qayiqqa  qaytishni 

maslahat berardim.

-  Nima? Darrov-a? -  qichqirdi Ned.

-   Biz  qorongi  tushguncha  bortga  qaytishimiz 

kerak,  -  dedim men.

-   Xo‘p,  hozir  soat  necha?  -   xafa  bo‘lib  so‘radi 

kanadalik.

-  Kamida soat ikki,  -  javob berdi Konsel.

-   Qarang,  quruqlikda vaqt  qanchalik tez  o'tadi- 

ya!  -  dedi chuqur xo'rsinib Ned Lend.

208



Biz  qaytishda  o'rmondan  keldik.  Yo‘l-yo‘lakay 

karapi  pMmasining  bapglarini  yig'ib  olish  uchun 

darafxtlarniVig  uchiga  cniqdik,  malayyaliklar  «abru» 

deb ataydigan loviy^Va ajoyib yams to'pladik.

Biz  qayiqqaj^aytganimizda  charchoqdan  a’zoyi 

badanimiz^irqirar  edi.  Ammo  Ned  Lendning  fikri- 

cha, biz oziq-ovqatni kam yig'gan edik. Ammo unga 

baxt  hamisha  kulib  boqardi.  Qayiqqa  o'tirib  olgan- 

dan  keyin  u  birdan  balandligi  yigirma  besh-o'ttiz 

fut  keladigan  bir  necha  sago  daraxtlarini  ko'rib 

qoldi.

Bular ham  non daraxtlariday foydali va  Melane- 



ziyada haqli ravishda eng qimmatli ozuqalardan biri 

hisoblanadi.

Ned  Lend  ularni  nima  qilishni  bilar  edi.  Bolta- 

ni  olib, bir necha minut  ichida ikkita-uchta daraxt- 

ni  qulatdi.  Men  kanadalikning  har  bir  harakatini 

ochiqqan  odam  emas,  balki  tabiatshunos  sifatida 

kuzatib  turdim.  U  ishni  har  bir  poyadan  bosh  bar- 

moq qalinligida po'stloqni  shilib tashlashdan bosh­

ladi;  shunda  bir-biriga  chatishib  ketgan  ipsimon 

tolalar  yalang ochlanib,  ular  orasida  yopishqoq  un 

ko'rindi.  Ana  shu  un Melaneziya  aholisining asosiy 

ozuqasi bo'lib xizmat qilayotgan narsa edi.

Nihoyat  kech  soat  beshda  gam lagan  narsa- 

Iarimizni  qayiqqa  ortib,  orol  sohilidan  suzib  ketdik 

va yarim soatda «Nautilus»ga yetib oldik.

Bizni  hech  kim  kutib  olmadi.  Ulkan  temir  si- 

lindr goyo kimsasiz edi.

Narsalarni  tashib  bo'lgach,  xonamga  tushdim. 

U yerda  kechki  ovqat  muhayyo  edi.  Ovqatlanib  ol- 

gach, uxladim.

Ertasi  kuni,  5-yanvarda,  hech  qanday  yangi- 

lik  sodir  bo'lgani  yo'q.  Kema  ichi  jim jit,  hayot  ni- 

shonasi  sezilmaydi.  Qayiq  qo'ygan  joyimizda,  bort

I

209




yonida  chayqalib  turar  edi.  Biz  Gveboroar  oroliga 

qaytishga qaror qildik.

Ned  Lend bu  gal  oldingiga  nisbatan ov o'ngidan 

keladi  deb  umid  qilardi.  Bundan  tashqari,  biz 

o'rmonning boshqa tomonini ko‘rmoqchi edik.

Quyosh  chiqishi  bilanoq  yo'lga  tushdik.  Oayiq 

sohilga  intilayotgan  to‘lqin  ustida  bir  zumda  orol- 

ga yetib bordi.

Biz  qayiqdan  tushdik  va  Ned  Lendning  tuy- 

g‘ulariga  ishonib,  uzun  oyoq  kanadalikdan  orqada 

qolmaslik uchun ildam borardik.

Ned  Lend  bizni  orolning  garbiy  qismi  ich- 

karisiga  boshlab  bordi.  Bir  necha  irmoqlardan  ke- 

chib  o'tib,  bir  tomoni  ajoyib  o'rmon bilan  o'ralgan 

yalanglikka  chiqdik.  Irmoqlar  bo'yida  bir  necha 

baliqchi  qushlar  qanot  qoqib  yurar,  ammo  ulardan 

birontasi  ham  miltiqdan  otsa  bo‘ladigan  darajada 

yaqin kelgani yo‘q.

Qushlarning  bu  xatti-harakati  meni  ular  ikki 

oyoqli  mavjudotlarni  birinchi  marta  ko'rayotgan- 

lari yo‘q va  odamdan nima kutish  mumkinligini bi- 

lishsa kerak,  degan xayolga olib bordi.  Men bundan 

hozir orolda hech kim yashamasa ham, ammo yaqin 

orada bu yerga odamlar kelib ketgan,  degan xulosa- 

ga keldim.

Yalanglikdan  o‘tib,  juda  ko'p  qushlar  sayrayot- 

gan kichkina o'rmonga yetdik.

-  Hozircha bu qushlar, xolos,  -  dedi Konsel.

-   Ammo  bularning  orasida  yesa  bo'ladiganlari 

ham bor,  -  deb javob berdi garpunchi.

-   Bilmadim-ov,  og ayni,  -   e’tiroz  bildirdi  Kon­

sel.  -  Menimcha, bular to‘tiqush.

-  Ey, do'stim Konsel,  -   jiddiy turib so'zlay bosh­

ladi  kanadalik,  -   yeyishga  narsasi  yo‘q  odamlar 

uchun to'tiqush ham tustovuq o'rnini bosaveradi!

210



-  Gapingizga qo'shilaman, -  dedim men, -  chin­

dan  ham  yaxshilab  pishirilgan  to'tiqush  juda  laz- 

zatli bo'ladi.

Darhaqiqat,  daraxtlarning  qalin  shoxlari  ostida 

birov  ularga  gap  o'rgatgudek bo'lsa,  odamlar  tilida 

so'zlasha  oladigan  olam-jahon  to'tiqush  g‘ujg‘on 

bo'lib yurardi.

Ular  ham  xuddi  shuni  kutib  turgandek,  turli 

rangda tuslanayotgan modalari bilan shoxdan shox- 

ga  sakrab,  daraxtdan  daraxtga  uchib  chug'urlashar 

edilar.  Bu yerda  to'tiqushlar  guruhining barcha  xil- 

lari:  bamaylixotir  va  kekkayma  kakadu,  allaqan- 

day falsafiy muammoni yechish bilan bandday  juda 

jiddiy  va  yorqin  tusli  ararlar,  uchayotganda  turli- 

tuman  quroqni  shamol  ko'kka  olib  ketayotganday 

bo'lib  ko'rinadigan,  odam tilini  boshqalariga  nisba- 

tan yaxshiroq o'zlashtira oladigan zukko to'tiqush -  

jakolar  va  bu  ajoyib,  ammo  aksari  yeyilmaydigan 

qushlaming ko'pgina boshqa xillari ham bor edi.

t  Biroq bu kolleksiya orasida birgina eksponat ye- 

tishmas  edi:  men  faqat  shu  o'lkalarda  bo'ladigan 

va  Arru  hamda  Yangi  Gvineya  orollari  chegarasi- 

dan  sira  nari  ketmaydigan  qush  haqida  so'z  yurit- 

yapman.  Qarangki,  baxt  menga  ham  kulib  boqar 

ekan, shu qushni ko'rishga muyassar bo'ldim.

Siyrak o'rmondan o'tib, butalar bilan  qoplangan 

o'tloq  yonidan  chiqib  qoldik.  Oyoq  tovushlarimiz 

bir  juft  allaqanday  qushni  cho'chitib  yubordi;  men 

ularning  patlari  faqat  shamolga  qarshi  uchishga 

moslashganini  ko'rdim.  Ularning  to'lqinday  mavj 

urib uchishi, havoda juda latofat bilan charx urishi, 

patlarining ta’rifga  sig'maydigan  turli  rangda  jilva- 

lanishi  -   bularning  bari  diqqatni  jalb  etib,  ko'zni 

quvnatar edi. Men ularni bir ko'rishdayoq tanidim.

-  Bu jannat qushlari!  -  deya qichqirdim.



-   Uzun  ko'kraklilar  bo'limi,  chumchuqsimonlar 

to'dasi,  jannat  qushlari  oilasi,  -   dedi  o'sha  zahoti- 

yoq Konsel.

-  Balki kakliklar oilasidir? -   so'radi Ned Lend.

-   Yo'q,  do'stim  Ned,  -   dedim  men.  -   Ammo 

bular  kaklik  bo'lmasa  ham,  o'z  abjirligingizni 

ko'rsatib,  shu  ajoyib  tropik  qushlaridan  birini  ush- 

lab  olishimga  ko'maklashsangiz,  sizdan  juda  min- 

natdor bo'lardim.

-   Urinib ko'raman,  janob professor,  ochig'i, mil- 

tiqdan  ko'ra  ko'proq  garpunga  o'rgangan  bo'lsam 

ham.


Jannat  qushlari  bilan  savdo  qiladigan  malayya- 

liklar  ularni  turli  yo'llar  bilan  ovlaydilar.  Ular  goh 

jannat  qushlari  hammadan  ko'proq  in  qo'yadigan 

daraxt  uchlariga  tuzoq  o'rnatardilar;  goh  juda  yo- 

pishqoq  maxsus  yelim  yordamida  ovlardilar;  goh 

shu  qushlar  suv  ichishga  o'rgangan  hovuzlarni  za- 

harlar edilar. Ammo biz bunday qilolmas edik.

Bizlar,  qiyin  bo'lsa-da,  ularni  uchib  ketayotgan 

paytidagina  otib  olishimiz  mumkin  edi.  Darha- 

qiqat, biz  juda ko'p  o'q sarfladig-u,  ammo bu  qush- 

lardan birontasini ham qulata olmadik.

Ertalab  soat  o'n  birlarda  orol  markazidagi  tepa- 

likning birinchi  dovonidan  oshib o'tgan bo'lsak-da, 

bironta  ham  jonivorni  uchratolmadik.  Bizni  ochlik 

qiynay  boshladi.  Ovimiz  o'ngidan  kelishiga  isho- 

nib,  o'zimiz  bilan hech  qanaqa  oziq-ovqat  olmaga- 

nimizdan juda achindik.

Ammo  xuddi  shu  payt  baxtimizga  Konsel  ikki 

o'q  bilan  ketma-ket  oq  kaptar  va  vyaxirni  qulat- 

sa  bo'ladimi.  Bunga  uning  o'zi  ham  hayron  qoldi. 

Biz  tezda  ularning  patlarini  yulib,  xivich  sixlarga 

o'tkazib,  quruq  shoxlardan  yoqqan  gulxanimizda 

pishira boshladik.

212



Konsel  qushlarni  kabob  qilayotgan  paytida  Ned 

Lend non daraxtining mevalarini tayyorladi.

Vyaxir bilan  kaptarning  oxirgi  suyagigacha  mu- 

jib  tashladik.  Yutoqib  turgan  odamlardan  bosh­

qa  nimani  ham  kutish  mumkin.  Bu  qushlarning 

asosiy  ozuqasi  bo'lgan  muskat  yong‘og‘i  ularning 

go'shtiga xushbo'y ta’m bergan edi.  Shuning uchun 

ham juda ajoyib kabob bo'lipti.

-   Bular  xuddi  qo'ziqorin  bilan  boqilgan  semiz 

tovuqlardek mazali-ya!  -  dedi Konsel.

-   Xo'sh,  Ned,  -   so'radim men,  -  yana nima yet- 

maydi sizga?

-   To‘rt  oyoqli  ov,  janob  professor,  -   deb  javob 

berdi  kanadalik.  -   Bu  qushchalar  -   shunchaki  er- 

mak,  chinakam taom emas.  Shuning uchun men bi- 

ronta haqiqiy to ‘rt oyoqli  hayvonni  otib,/ririb yum- 

shatilgan kotlet qilmaguncha ko'nglim  jpyiga ti^h- 

maydi. 


I

-   Men bo'lsam,  Ned,  jannat  qushini  tutib  olma- 

gunimcha ko'nglim tinchimaydi.

-   Demak,  ovni  davom  ettiramiz,  -   dedi  Konsel.- 

Faqat orqaga qaytamiz, dengizga yaqinroq yerga. Biz 

tog'  tizmalariga  yetib  qolibmiz.  0 ‘rmonning  juda 

ichkarisiga kirmaganimiz ma’qul deyman.

Konsel  haq  bo'lganidan  uning  maslahatiga 

ko'ndik.  Bir soatcha yurgach,  deyarli  faqat sago da- 

raxtlaridan iborat o'rmonga yetib keldik.

Oyoqlarimiz  ostidan bir necha marta  ilonlar o‘r- 

malab  chiqdi,  ammo bular zaharli  emas  edi.  Biz  o‘q 

yetadigan  masofaga  borishimiz  bilan  jannat  qush- 

lari  uchib  ketishar  edi.  Ularni  yaqinroqdan  ко‘rish 

umididan ham voz kechayotganimda,  oldinda bora- 

yotgan  Konsel  to'satdan  engashdi  va  hayajon  ichi- 

da meni chaqirdi. U qo'lida jannat qushining ajoyib 

nusxasini ushlab turar edi.



213


-  Ooyil, Konsel!  -  xitob qildim men.

-   Xo'jam  juda  oshirib  yubordilar  deyman,  -   ja­

vob berdi u.

-   Yo'q,  yo'q,  do'stim,  sen  mo'jiza  ko'rsatding. 

Jannat qushini tirikligicha tutib olish, buning ustiga 

qo'lda, bu misli ko'rilmagan hodisa!

-   Agar  xo'jam  uni  yaqinroqdan  ko'rishga  mu- 

yassar  bo'lsalar,  bunda  mening  xizmatim  unchalik 

katta emasligiga ishonch hosil etadilar.

-  Nega bundoq deysan, Konsel?

-   Chunki bu qush o'lgiday mast!

-  Mast!


-   Ha,  muskat  daraxti  ostidan  terib  yegan  mus- 

kat yong'og'idan  mast bo'lgan.  Binobarin,  men  uni 

yengilgina ushlab ola qoldim. Diqqat qilib qarang-a, 

Ned,  mana  bu  o'zini  tuta  bilmaslikning  qanchalik 

ziyonligiga yaqqol dalildir!

-   Bilasizmi,  Konsel,  mening  keyingi  ikki  oy 

mobaynida  ichgan  arog'imga  piching  qilishingiz 

uyat!  -  deb javob berdi kanadalik.

Shu  orada  men  qushni  ko'zdan  kechirdim.  Kon­

sel  meni  aldamagan  ekan:  jannat  qushi  chindan 

ham  muskat  yong'og'ining  boshni  aylantiradigan 

sharbatidan tamoman chorasiz holga tushib qolgan 

edi. U uchish u yoqda tursin, hatto zo'rg'a yurar edi.

Konsel  tutib  olgan  nusxa  jannat  qushlarining 

Yangi  Gvineya  va  unga  qo'shni  yerlarda  ko'p  uch- 

raydigan  sakkiz  xilining  eng  chiroylilaridan  biriga 

mansub  edi.  Bu  xil  jannat  qushlari  «zumrad»  deb 

atalib, eng kamyoblaridan edi. Uning kattaligi o'ttiz 

santimetrcha  keladi.  Bu  qushning  boshi  kichkina- 

gina,  tumshug'iga  yaqin  o'rnashgan  ko'zlari  ham 

kichkina.  Uning  rangi  juda  chiroyli,  turli-tuman 

bo'yoqlardan iborat edi: tumshug'i sariq, changal va 

tirnoqlari  to'q  jigarrang,  jimjimador  hoshiyali  qa-

214



notlari  och  jigarrang,  toji  och  sariq,  bo'yni  zumrad 

yashil va  ko'krak hamda  qorni  qo'ng'ir.  Yoy singari 

qayrilma yumshoq va hurpaygan  juda nozik hamda 

chiroyli  ikki  pati  dumini  bezab  turar edi.  Umuman, 

bu qush juda chiroyli va mahalliy aholi atagan «Qu- 

yosh qushi» degan nomiga monand edi.

Menda  bu  nodir  nusxani  tirikligicha  Parijga  olib 

borib,  uni  hozirgacha  jannat  qushlarining  bironta 

ham tirik nusxasi bo'lmagan zoologiya bog'iga taq- 

dim etish istagi paydo bo'ldi.

-   Bu  chindan  ham  kamyob  qushmi?  -   so'radi 

Ned  Lend  yeyilmaydigan  qush  bir  chaqa  bo'lib 

ко' r inadigan ovchi singari.

-   Ha,  Nea,  xuddi  shunday va buning ustiga jan­

nat  qushini  tirikligicha  ushlash  juda  mushkul. 

Ammo  bu  qushlarning  o'ligi  ham  juda  qadrlana- 

di.  Shuning  uchun  ham  mahalliy  aholi  bu  qushni 

Yevropada  qalbaki  marvarid  va  brilliantlar  yasa- 

ganlaridek, soxtalashtira boshladilar.

-  Nima!  -  xitob qildi Konsel.  -  Ular jannat qush- 

larini soxta qila boshladilar deysizmi?

-  Ha, Konsel. 

\

-  Xo'jam uni qanday soxtalashtirishni ham bila- 



dilarm ihali? 


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish