1
Roja
- Hindistonda feodal knyazlar va yerli hokimlarning un-
voni.
234
hukmronlari o'zlarini timsoh farzandlari deb atay-
dilar, ya’ni ular o'zlarini yer yuzidagi tug'ma oliy-
janob mavjudotlar deb hisoblar edilar. Rojalaming
yirtqich «ajdodlari» orol daryolarida juda ko'p va
ular monarxlar bilan chatishib ketganliklari uchun
aholining izzat-hurmatiga sazovor edilar. Ularga
mehribonlik, xushomadgo'ylik qilishadi, yemishi-
ga yosh qizlarni in’om etishadi. Bironta musofir bu
muqaddas sudraluvchiga qo‘l ko'targuday bo'lsa,
sho'ri qurir edi.
Ammo bu g'oyat qabih jirkanchliklar bilan
«Nautilus»ning mutlaqo ishi yo'q edi. Biz Timor
orolini tush paytida, kapitan yordamchisi nav-
batdagi kuzatuv olib borayotganda bir necha da-
qiqagina ko'rdik. Shu gruppaga kiruvchi kichki-
nagina Rotti orolini ham xuddi shunday bir nafas-
gina ko'ra oldim; bu orolning ayollari go'zalliklari
bilan mashhur va ular Melaneziya qul bozorlarida
yuqori baholanar edilar.
Bu yerdan «Nautilus» janubi g'arbga, Hind okea-
ni tomon burilib ketdi.
Kapitan
Nemoning
injiqligi
bizni
qayoq
qa boshlab borishini bilmas edik. Balki Osiyo
qirg'oqlarigadir? Ehtimol, Yevropa qit’asigadir?
Kapitan Nemoning aholi yashaydigan yerga doi-
miy nafrati tufayli bu taxminlarning qay biri haqi-
qatga yaqinligini bilish g'oyat qiyin masala edi.
Demak, biz yana janubroq surilar ekanmiz-da?
Balki «Nautilus» Yaxshi Umid va Gorn burunlarini
aylanib o'tib janubiy qutbgacha suzib borar? Suv
osti kemasi keng quloch yoyishi mumkin bo'lgan
Tinch okean suvlariga qaysi yo'l bilan qaytar ekan-
miz?
Bu savollarga kelajakkina javob berishi mumkin
edi.
235
Biz yovuz stixiya hukmronligiga o‘tib, uzoq-
qa uloqtirilgan qattiq yerning so'nggi istehkomlari
Karte, Giberni, Seringapatam va Skott suvosti qoya-
lari yonidan o‘tib, 14-yanvarda quruqlikdan uzoq-
dagi ochiq dengizga chiqib oldik. «Nautilus» sekin,
bir maromda suza boshladi. Injiq va beqa-ror kema
goh faqat katta chuqurliklarda suzar, goho esa uzoq
muddat okean sathini tark etmas edi.
Suzayotganimizda kapitan Nemo turli chuqur
liklarda dengiz suvining haroratini tekshirish yu-
zasidan juda qiziq kuzatuvlar olib bordi. Odatdagi
sharoitda bu kuzatishlar ancha murakkab asboblar
yordamida: metallar o'tkazuvchanligidagi tafovutga
asoslangan termometrik zondlar yoki apparatlarda
olib boriladi. Ammo bu asboblarga hamisha isho-
nib bo'lavermaydi, ayniqsa katta chuqurliklarda suv
bosimiga ko'pincha oynasi bardosh berolmaydigan
termometr zondlarga ishonish qiyin edi. Buning us-
tiga olingan ma’lumotlarni tekshirib ko'rish ham
qiyin, chunki qayta tajriba o'tkazish juda katta qi-
yinchiliklar bilan bogliq bo'ladi.
Kapitan Nemo esa istagan chuqurliklarga tu-
shaveradi va suvning turli qatlamlarida termometr
o'sha zahotiyoq juda aniq hamda ishonchli raqam-
larni ko'rsatardi.
Shunday qilib, kapitan Nemo goh suv to'latil-
gan rezervuarlar yordamida, goh chuqurlikka olib
tushadigan rullar vositasida okean sathidan asta-
sekin uch, to ‘rt, besh, yetti, to'qqiz va o‘n ming
metr chuqurlikka tushib, barcha kengliklarda ming
metrdan pastda suv harorati hamisha Selsiyning
to ‘rt yarim gradusiga teng bo'ladi, degan qat’iy xu-
losaga keldi.
Men bu tadqiqotlarni zo‘r qiziqish bilan kuza-
tib bordim. Ko'pincha o ‘z-o‘zimdan: bu ilmiy tad-
236
qiqotlar kapitan Nemoga nimaga kerak ekan? -
deb so'rar edim. Nahotki, u insoniyat manfaatini
o'ylayotgan bo'lsa?
Bu haqiqatga to'g'ri kelmas edi - axir uning
barcha ishlari o'zi bilan birga oqibat pirovardida al-
laqaysi uzoq dengiz tubidan makon tutishi kerak.
Ehtimol, u o'z ilmiy ishlarini men orqali jahon-
ga taqdim etishga qaror qilgandir? Demak, unda
ertami, kechmi u menga o'zining suvosti kemasi-
ni tark etib quruqlikka, odamlar orasiga borishimga
ruxsat beradimi?
Afsuski, hozircha bunga umid bog'laydigan hech
qanday asos yo'q edi...
Shunga qaramay, bir kuni kapitan Nemo o'zi
ning yer kurrasidagi eng muhim dengizlarda suv
zichligi yuzasidan olib borgan tadqiqotlarining
natijasi haqida gapirib qoldi. Sirasini aytganda,
juda katta ilmiy ahamiyatga molik bo'lgan uning
ma’lumotlaridan, yo'l-yo'lakay men fanga sira alo-
qasi bo'lmagan, ammo shaxsan o'zim uchun mu
him bir xulosa chiqarib oldim.
Bu 15-yanvarda ertalab sodir bo'ldi. Men kapitan
Nemo bilan «Nautilus» palubasida sayr qilib yur-
ganimda, u mendan to'satdan, dengiz suvi zichligi
h&mma yerda bir xil emasligini bilasizmi, deb so'rab
qoldi. Men, yo'q, deb javob berdim va fan bu haqda
aniq ma’lumotlarga ega emasligini qo'shib qo'ydim.
- Bu tadqiqotni o'zim olib bordim, - dedi menga
kapitan Nem o,- ayni vaqtda uning aniqligiga kafo-
latni ham bera olaman.
- Bu juda soz, - deb javob berdim men, - ammo
«Nautilus» - bu o'zicha bir olam va binobarin un-
dagi olimlarning kashfiyoti yer kurrasidagi aholiga
hech qachon yetib bormaydi.
- Siz haqsiz, professor, - dedi kapitan Nemo
237
biroz oylanib olgach.- «Nautilus» chindan ham
o'zicha bir olam. U ham quyosh atrofida aylana-
yotgan sayyoralar singari yerdan uzoqda. Yerda Sa
turn yoki Yupiter olimlari olib borayotgan ishdan
xabarsiz qolayotganlari singari «Nautilus» olimla-
rining ishlari ham xuddi shunday noma’lumligicha
qolaveradi. Biroq sizga, taqdiri tasodifan «Nautilus»
taqdiri bilan bog'lanib qolgan kishiga, o‘z kuzatuv-
larimning natijasini aytib bera olaman.
- Diqqat bilan eshityapman, kapitan.
- Sizga, janob professor, dengiz suvining zichli-
gi chuchuk suvga nisbatan ortiqligi ma’lum albatta,
shundaymi? Ammo ana shu zichlik hamma yerda
bir xil emas. Aslida agar chuchuk suv zichligini bir-
lik deb qabul etilsa, unda Atlantik okean suvining
zichligi bir butun mingdan yigirma sakkizni, Tinch
okeanniki bir butun mingdan yigirma oltini tash-
kil etadi; 0 ‘rtayer dengizida suvning zichligi ham-
shuncha...
«Ha-a, - o'yladim men, - demak, u 0 ‘rtayer
dengizida ham bo'lib turar ekan!»
- ... Bir butun mingdan o'ttiz bir, Ion dengizida
bir butun mingdan o‘n sakkiz va Adriatika dengizi-
ning suvida bir butun mingdan yigirma to'qqiz.
Masala ayon, demak, «Nautilus» yer kurrasidagi
eng gavjum dengizlarda ham bo'lgan. Bu gaplardan
so‘ng men shunday xulosaga keldim: vaqti kelib,
balki yaqin orada, u ancha madaniylashgan mamla-
katlarga ham yaqinlashuvi mumkin.
Bu yangilik Ned Lendni xursand qilsa kerak.
Keyingi kunlarda biz birgalikda bir necha tad-
qiqotlar o‘tkazdik: turli chuqurliklardagi suv tar-
kibida qancha tuz borligini, suvning tok o'tkazish
darajasini, rangi va tiniqligini aniqlash va hoka-
zolar. Birga o'tkazilgan shu vaqt ichida kapitan
238
Nemoning o‘ta ixtirochiligi meni hayratga soldi.
Uning ixtirochiligi bilan menga nisbatan juda uzoq-
ni ko‘rib ish tutishigina raqobat qila olar edi. Biroq
bu tajribalar tugagach, u yana g'oyib bo'ldi va men
ilgarigiday suvosti kemasi bortida yolg'iz qoldim.
0 ‘n oltinchi yanvarda «Nautilus» dengiz sathi
dan bir necha metr pastda uxlab qolganday edi.
Elektr mashinalari yurishdan to'xtadi va harakat-
siz qolgan vint kemani oqimga tashlab qo'ydi.
Menimcha, mashinalar uzoq vaqt juda katta tez
likda suzishi oqibatida yetgan zarami bartaraf etish
uchun joriy remontga to'xtatilgan bo'lsa kerak.
Shu kuni men va o'rtoqlarim g'alati bir voqea-
ning shohidi bo'ldik. Salon derazalaridagi to'siq
ochilgan bo‘lsa-da, «Nautilus» projektori ishlama-
yotgani, ko'kni esa qora bulutlar qoplaganidan suv
ning ostki qatlamlari yetarli yoritilmagan va atrofi-
mizda nim qorong'ilik hukmron edi.
Men g'alati ko'rinayotgan dengizni kuzatayot-
ganimda, «Nautilus» to'satdan yorqin yog'du ta-
ralayotgan joyga kelib qoldi. Oldiniga men elektr
projektor ishlay boshlab, suv qatlamlarini yoritdi,
deb o'yladim. Biroq sinchiklab qarasam bu taxmin
kato ekan.
Oqim «Nautilus»ni fosforli shu’lalanuvchi suv
qatlamiga olib kelgan bo'lib, atrofdagi qorong'ilik-
da bu yog'du ko'zni qamashtiradigan darajada
yorqin ko'rinayotgan edi. Yoruglik taratadigan,
ko'zga ko'rinmas son-sanoqsiz jonivorlardan chi-
qayoatgan bu nurlar suvosti kemasining metall
korpusida sinib, yanada yorqinroq ko'rinardi. Yar-
qirab turgan dengizda birdan qizdirilgan pechda-
gi eriyotgan qo'rg'oshin oqimiga o'xshash yog'du
taralib ketdi; bu yog'du oldida fosforli qatlamning
ba’zi yerlari qorong'iday bo'lib tuyulardi. Yo'q, bu
239
yog*du bizning bir xilda nur taratadigan projektori-
mizga sira o'xshamas edi. Unda kuch va harakat se-
zilib turardi. Bu yogduning tirik mavjudot ekanligi
d af atan ko'zga tashlanar edi.
Bir necha soat «Nautilus» ana shu shu’lalanib
turgan suvda suzdi. Salamandralar1 singari ulkan
dengiz jonivorlarining shu yog'du ichida yurgani-
ni ko'rganimizda yanada ko'proq hayratlandik. Bu
sovuq yog'duda charchoq bilmas akrobat - delfin-
lar, uzunligi uch metrli va nayzalari necha marta-
lab salon oynasiga tegayotgan nayzashoxlar cho‘-
milishar edi. Shundan so'ng spinoroglar, makrel va
yuzlab boshqa xil mayda baliqlar ko'rindi.
Bu manzaraning allaqanday g alati bir maf-
tunkor kuchi bor edi. Ehtimol, atmosfera sharoiti
bu yorug'likni kuchaytirayotgandir? Balki dengiz
sathida momaqaldiroq bo'layotgandir? Biroq «Nau- ,
tilus» suzayotgan bir necha metr chuqurlikda ha-
voning aynigani bilinmas va biz sokin suvda bir ma-
romda tebranardik.
Shunday qilib, bizlar yangidan yangi mo'jizalar
oralab sekin suzib borardik. Konsel ko'zini to ‘rt qi
lib, zoofitlar, bo'g'inoyoqlilar, molluskalar va baliq-
larni tinmay tasniflayotgan edi.
Kunlar juda tez o'tayotganidan men ularni hi-
soblamay ham qo'ydim. Ned Lend o‘z odaticha,
dasturxonimizning xilma-xil bo'lishi payida edi.
Biz shilliq qurt singari chiganogim izni sira tark
etmas edik. Shilliq qurtga aylanib qolish hech gap
emasligini o‘z tajribamda sinab ko'rdim.
Biz shu tarzda hayot kechirishga o'rganib qoldik,
bu ancha oson va betashvish edi va binobarin yer
Do'stlaringiz bilan baham: |