Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

q o 'y ish n in g  

o‘zi ki- 

foya.

227



-   Men  ham  sizga  xuddi  shuni  maslahat  ber- 

moqchi edim.

-   Bundan ko'ra  osonroq  narsa yo'q,  -   deb  javob 

berdi kapitan Nemo.

Shunday  dedi-yu,  elektr  qo'ng'iroq  tugmasini 

bosib, komanda kayutasiga tegishli buyruqni berdi.

-   Mana bo'ldi,  -   dedi u menga bir daqiqalik jim- 

likdan  so'ng.  -   Qayiq joyiga  olib kirib  qo'yilib,  lyuk 

yopildi.  «Avraam  Linkoln»  zambaragidan  otilgan 

o'q ham ojizlik qilgan bortni yowoyi odamlar sindi- 

rib kirishidan qo'rqmasangiz kerak, deb o'ylayman.

-   Yo'q,  qo'rqmayman.  Ammo yana bir xavf bor, 

kapitan.

-  Qanday xavf, professor?

-   Ertaga  xuddi  shu  vaqtda  havoni  yangilash 

uchun lyuklarni ochishga to'g'ri keladi.

-   }uda  to'g'ri,  professor,  lekin  mening  kemam 

ham kitlar singari nafas oladi.

-   Ammo  xuddi  shu  vaqt  papuaslar  palubada 

bo'lsa-chi,  siz  ularning  kemaga  kirishlariga  me­

nimcha qarshilik ko'rsata olmasangiz kerak...

-  Demak, professor, siz ularning «Nautilus» bor- 

tiga chiqishlariga ishonchingiz komil ekan-da?

-  Xuddi shunday.

-   Mayli,  nima  ham  derdik...  Ularga  xalaqit  be- 

rishga  biror  zarurat  sezmayapman.  Axir  ular 

qashshoq,  nobop  yowoyilar,  xolos.  Men  esa 

«Nautilus»ning  Gveboroar  oroliga  kelib ketishi  ana 

shu bebaxt kishilardan loaqal birontasining o'limiga 

sabab bo'lishini istamayman.

Ta’zim  qilib  ketmoqchi  edim.  Ammo  kapitan 

Nemo  meni  to'xtatib,  yoniga  o'tirishga  taklif  etdi. 

U bizning orolga  qilgan  sayohatimiz,  ov haqida  qi- 

ziqib  so'ray  boshladi  va  kanadalikning  go'shtga



228


shunchalik  ilhaq  bo'lganining  sababini  tushunma- 

yotganday qilib ko'rsatdi o'zini.

Shundan keyin suhbat mavzusi o'zgardi. Kapitan 

Nemo  dilkashlik  qilmasa-da,  har  holda  oldingilar- 

dan ko'ra ko'proq iltifot ko'rsatdi.

Darvoqe,  Dyumon-Dyurvil  kemalari  halok  bo‘- 

lishiga  sal  qolgan  o'sha  bo‘g‘ozga  kelib  sayozlikka 

tiqilgan  «Nautilus»ning  ahvoli  haqida  ham  gapi- 

rildi.

Bu borada kapitan Nemo bunday dedi:



-   Dyurvil  eng buyuk  dengizchilardan va  Fransi- 

yadagi  eng  ma’rifatparvar  kishilardan  biri.  Fransuz 

kapitani  Kuk.  Bechora  olim!  Janubiy  qutb  muzla- 

ri,  Okeaniya  marjonlari,  Tinch  okean  orollaridagi 

odamxo'rlar  bilan  olisha-olisha,  oxiri  shahar  atro- 

figa  qatnovchi  temiryo‘1  poyezdi  halokatida  o'lib 

ketsa-ya! Agar taqdir hayotining so'nggi daqiqalari- 

da unga idrok etib ko'rish imkoniyatini berganda bu 

shijoatli odamning qanchalar aziyat chekishi mum- 

kinligini tasaw ur eta olasizmi?!

Kapitan Nemo bu  so'zlarni  aytayotganida  ancha 

hayajonlanayotganday  edi.  Bu  hayajonlanishni  u 

o‘zi uchun sharaf deb bilardi.

Biz  buyuk  fransuz  dengizchisi  suzgan  barcha 

joylarni,  uning  yer  yuzi  bo'ylab  qilgan  sayohatini, 

ikki  marta  Shimoliy  qutbni  ochishga  intilgani,  le- 

kin  bularning  muvaffaqiyatsizlik  bilan  tugaganini, 

shunday  bo‘lsa-da,  bu  Adel  va  Lui-Filipp  yerlarini 

ochishga olib kelganini kartada ko'zdan kechirdik.

Nihoyat,  biz  Tinch  okeandagi  eng  muhim  orol­

lar  atrofida  gidrografik  tadqiqotlar  olib  borganini 

xotirladik.

-   Dyurvil  okean  sathida  qilgan  ishlarni  men 

uning  qa’rida  olib  boryapman;  ammo  mening  tad- 

qiqotlarim  to'laroq  va  aniqroq  bo'lib,  ancha  kam

229



mehnat  va  kuch  talab  qiladi.  Dyumon-Dyurvilning 

hamisha  bo'ron  va  dovullar  silkitib  turgan  «Ast­

rolyabiya»  va  «Intilish»  kemalarini  haqiqiy  suvos­

ti  uyi,  osoyishta kabinetlarida  ishlashga  hech nima 

xalaqit  bermaydigan  «Nautilus»  bilan  tenglashtirib 

bo'lmaydi, albatta.

-   Ammo,  kapitan,  bir  jihatdan  «Nautilus»ning 

taqdiri  ham  «Astrolyabiya»  va  «Intilish»nikiga 

o'xshaydi,  -  dedim men.

-  Qaysi jihatdan, janob professor?

-   Shu  jihatdanki,  «Nautilus»  ham  xuddi  o'sha 

kemalar  kelib  to'xtagan  joyda  sayozlikka  tiqilib 

qoldi.

-   «Nautilus»  sayozlikka  tiqilib  qolgani  yo'q,  -  



dedi sovuqqina qilib kapitan Nemo.  -  «Nautilus» sa- 

yozlikda yotib, dam olyapti va men Dyumon-Dyurvil 

kemalarini  suvga  tushirish  uchun  chekkan  azoblar- 

dan xoliman.  «Astrolyabiya» va  «Intilish»ning halo- 

katiga  oz  qolgan  edi,  lekin  «Nautilus»  hech  qanday 

xavf-xatarga duch kelmaydi. Ertaga o'zim belgilagan 

kun  va  soatda  suv  oqimi  uni  sekin  ko'tarib  qo'yadi 

hamda u yana yo'liga ravona bo'ladi.

-   Kapitan,  -   deb  so'z  boshladim  men,  -   hech 

shubham yo'qki...

-   Ertaga,  -   deya  so'zimni  bo'ldi  kapitan  Nemo 

stuldan  turar  ekan,  -   kunduz  soat  ikki-yu  qirq- 

da  «Nautilus»  sayozlikdan  ko'tariladi  va  Torres 

bo'g'ozidan beshikast chiqib ketadi!

Kapitan  Nemo  bu  so'zlarni  dona-dona  qilib 

aytdi-da, gavdasini xiyol egib, ta’zim qildi. Bu bilan 

u  gapim  tamom  degan  ma’noni  anglatmoqchi  edi. 

Ketishdan bo'lak ilojim qolmadi.

Xonamga  qaytib kelib,  u yerda  Konselni  uchrat- 

dim.  Uni  kapitan  bilan  bo'lgan  suhbatimning nati- 

jasi qiziqtirayotgan edi.

230



-   Do‘stim,  -   dedim  unga.  -   «Nautilus»ga  ma­

halliy kishilar tahdid  qilishyapti  desam,  kapitan bu 

gaplarimga  kuldi.  Kapitan  Nemoga  esa  ishonish 

mumkin. Bemalol uxlayver!

-  Xo'jamning menda ishlari yo'qmi hozir?

-   Yo‘q,  rahmat,  do'stim.  Ned  Lend  nima  qil- 

yapti?

-   Xo'jamning  ruxsatlari  bilan  aytishim  mum­



kin.  Hozir  Ned  Lend  kenguru  go'shtidan  shunaqa 

qiyma tayyorlayaptiki, yemagan armonda qoladi!

Xonada  yolg'iz  qolgach,  o'rnimga  kirib  cho'- 

zildim, ammo yaxshi uxlay olmadim.

Boshim  ustida  -   temir qoplangan  palubada yur- 

gan  yowoyi  odamlarning  oyoq  dupurlari  va  ular­

ning qichqiriqlari eshitilib turar edi.

Tun  osoyishta  o'tdi.  «Nautilus»  komandasi, 

odatdagiday  ko'rinmas,  ovozi  ham  chiqmas  edi. 

Go'yo  yowoyi  odamlarning palubada  bo'lishi  ular­

ni  chumolilar  galasi  chopib  yurishganchalik  ham 

tashvishlantirmas edi.

Men  ertalab  soat  oltida  turdim.  Lyuklar  hali 

ochilmagan edi.  Demak, havo kechadan buyon yan- 

gilangani  yo‘q.  Sirasini  aytganda,  bu  unchalik  se- 

zilmas  ham  edi.  Chunki  rezervuarlar  o'z  vaqtida 

suvosti  kemasining  siyraklashgan  atmosferasidagi 

kislorod o'm ini to'latib turardi.

Men  peshingacha  kayutamda  ishlab  o'tirdim, 

kapitan  Nemoni  hatto  uzoqdan  ham  ko'rmadim. 

Kema  bortida  jo'nab  ketishga  hozirlik  ko'rishning 

nishonasi ham sezilmas edi.

Men ancha vaqtgacha kutib o'tirdim,  so'ngra sa- 

longa  o'tdim.  Soat  ikki  yarimni  ko'rsatar  edi.  Yana 

o'n  minutdan  so'ng  suv  ko'tarilishi  o'zining yuqo­

ri  nuqtasiga  yetishi  va  agar  kapitan  Nemo  hisob- 

da  adashmagan  bo'lsa,  «Nautilus»  dengiz  sathiga

231



chiqishi  kerak  edi.  Aks  holda,  u  o'zining  marjon 

o'rnida yana bir necha oy qolib ketishi turgan gap.

Ko‘p  o'tmay  kema  korpusi  qimirlay  boshladi. 

Kema  qoplamasi  g'adir-budur  marjonlarga  tegib 

g'ijirlaganini eshitib qoldim.

Soat  ikkidan  o'ttiz besh  minut  o'tganda  kapitan 

Nemo salonga kirib keldi.

-  Hozir jo'nab ketamiz,  -  dedi u.

-  Aha,  -  deya po'ng'illadim men.

-  Lyuklarni ochishga buyruq berdim.

-  Papuaslar-chi?

-  Papuaslar deysizmi? -  kapitan Nemo yelkasini 

qisdi.

-   Axir  ular  «Nautilus»ning  ichiga  kirib  olishlari 



mumkin.

-  Qanday qilib?

-  Siz ochishga buyruq bergan lyuk orqali.

-   Janob  Aronaks,  -   bamaylixotir  javob  qaytar- 

di  kapitan  Nemo,  -   «Nautilus»  lyuki  orqali,  hatto 

u  ochiq  bo'lgan  taqdirda  ham  hamisha  kirib  bo'la- 

vermaydi. Men kapitanga tikilib qoldim.

-  Tushunmayapsiz shekilli? -  so'radi u.

-  Yo'q.

-  Unday bo'lsa men bilan yuring. Hozir ko'rasiz.

Biz  lyukka  olib  chiqadigan  zinapoya oldiga kelib

to'xtadik.  U yerda Ned Lend  bilan Konsel bir necha 

matroslarning  lyukni  ochayotganini  zo'r  qiziqish 

bilan  tomosha  qilib  turishar  edi.  Palubadan  dah­

shatli qichqiriq va faryodlar eshitilardi.

Lyuk  tavaqalari  ikki  yoqqa  ochildi.  Shu  zahoti 

tuynukda yigirmata g'azablangan bashara namoyon 

bo'ldi.


Ammo  trap  panjarasiga  birinchi  bo'lib  qo'lini 

qo'ygan yowoyi odamni allaqanday noma’lum kuch



232


itqitib  tashladi.  U  sakrab  tushdi  va  faryod  chekka- 

nicha qochdi.

Uningo'nta o'rtog'i ham trapga tegib,  shu holga 

tushdilar.

Konsel hayajonini yashira olmas edi.

Hamisha jangovarligi bilan ajralib turadigan Ned 

Lend qochayotgan yovni quvmoqchi bo'lib, qo'li bi­

lan  panjarani  ushlab  ulgurmay,  u  ham  orqaga  itqi­

tib tashlandi.

-  


Ming la’nat-e!  -   shang'illadi  u.  -   Meni  chaq- 

moq urdi!

Bu so'zlardan so'ng menga masala ayon bo'ldi.

Trap  panjarasiga  yuqori  kuchlanishli  tok  o't- 

kazilgan  edi.  Unga  kim  tegsa,  zo'r  kuch  bilan  it­

qitib  tashlanar  edi.  Agar  kapitan  Nemo  panjaraga 

o'zining  butun  batareyalaridan  tok  yuborguday 

bo'lsa  u  tekkan  odamni  o'ldirishi  hech  gapmas. 

Ammo  u  hujum  qilayotganlar  bilan  kema  orasi- 

ga  o'lim  keltiradigan  emas,  o'tkazmaydigan  to'siq 

qo'yish bilan chegaralangan edi.

Shu  orada  o'lguday  qo'rqqan  papuaslar  shosha- 

pisha  chekina  boshladilar.  Biz  o'zimizni  kulgidan 

arang tiyib,  telbalarcha bo'ralab  so'kinayotgan  Ned 

Lendni tinchlantirar edik.

Xuddi  shu  daqiqada  «Nautilus»  oqim to'lqini bi­

lan  sayozlikdan  ko'tarildi.  Soat  roppa-rosa  ikkiyu 

qirq. Bu -  kapitan Nemo belgilagan vaqt.

Kema  parragi  suvni  juda  sekin  ura boshladi.  Bi- 

roq  aylanishi  borgan  sari  ortib,  shikastlanmay  suv 

sathiga  but-butun  ko'tarilgan  «Nautilus»  Torres 

bo'g'ozining xavfli suvidan chiqib ketdi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish