0 ‘ n y e t t i n c h i b o b
GORN BURUNIDAN AMAZONKAGA
Palubaga qanday qilib chiqqanimizni eslay ol
mayman. Ehtimol u yerga meni kanadalik olib
chiqqandir. Men hayotbaxsh dengiz havosidan
ko'kragimni to'ldirib, rohatlanib nafas olar edim.
Yonimda turgan Ned Lend bilan Konsel dengizning
toza nafasidan to'yguncha simirishayotgan edi.
Uzoq vaqt och yurgan odam unga berilgan ta-
omni nihoyat darajada me’yorida iste’mol qi-
476
lishi kerak, aks holda kasal bo'lib qoladi. Biz esa
tamoman boshqa gap, - bizlar o'zimizni chek-
lab qo'yishimizga hojat yo'q edi va binobarin, o'p-
kamizni to'ldirib nafas olaverib sarmast bo'ldik.
- Oh, - deya xitob qildi Konsel, - toza havo na-
qadar soz! Xo'jam istagancha nafas olaversinlar -
bu yerda havo hammamiz uchun ham yetarli.
Ned Lend gapirmas, ammo og‘zini shu qadar
katta ochayotgan ediki, hatto unga akulaning ham
havasi kelgan bo‘lur edi. Buning ustiga u havoni
naqadar zo'r kuch bilan o'pkasiga tortar edi! Kana
dalik uni charsillab yonayotgan pechkaday hushtak
chalib simirar edi.
Tezda madorga keldik. Es-hushimiz to'la o'zi-
mizga kelgach, u yoq-bu yoqqa qarasam, palubada
yolg'iz ekanmiz. Bu yerda «Nautilus» matroslari-
dan hech kim ko'rinmas edi.
Kapitan Nemo ham yo‘q edi. Bu g'alati odamlar
kema ichida aylanayotgan havo bilan qanoatlani-
shayotganga o'xshardi. Ulardan hech kim toza de
ngiz shabadasidan bahra olishga chiqmadi!..
Mening birinchi aytgan so'zlarim hamrohlarim
va sodiq do'stlarimga minnatdorchilik bo'ldi.
I Jon talvasasi boshlanganda Ned Lend bilan Kon
sel hayotimni saqlab qolishdi. Ularning bu oliyjanob
ishiga so'z bilan minnatdorchilik bildirish qiyin edi!
- Qo'ying, janob professor, - deya mening min
natdorchilik so'zlarimni bo'lib qo'ydi Ned Lend, -
bu haqda gapirishning hojati yo'q. Bu aytarli ish
ham emas. Bunda oddiy narsaga amal qilindi: kim-
ning hayoti zarurroq? O'z-o'zidan ravshanki - siz-
niki. Binobarin, birinchi navbatda uni saqlab qoli-
shimiz kerak edi, vassalom!
- Yo'q, Ned, u sizlarnikidan zarurroq emas! Hech
kimning hayoti oliyjanob va himmatli odamlarning
477
hayotidan azizroq bo'lishi mumkin emas, sizlar esa
ham oliyjanob, ham himmatli kishilarsizlar!
- Bo'ldi, bo'ldi, - deb g'udurladi xijolatomuz va-
ziyatda kanadalik.
- Sen-chi, azizim Konsel, juda qiynaldingmi?
- Xuddi shunday, menga qittakkina toza havo
yetinqiramay qoldi, ammo yana birozdan so'ng
o'shanaqa havoga ham ko'nikardim, nazarimda.
Bundan tashqari, xo'jam qiynoqdan tirishib qol-
ganini ko'rib, nafas olgim ham kelmay qo'ydi. Bu-
naqa vaqtda odatda aytganlariday nafas aylanmay
bo'g'izimga...
Dovdirab qolgan Konsel gapini tugatolmay jim
bo'lib qoldi.
- Do'stlarim, - deya hayajonlanib javob berdim
men, - boshimizdan kechirgan og'ir damlar bizlarni
umrbod mustahkam birodarlik iplari bilan bog'ladi,
binobarin sizlar mendan istagan narsalaringizni ta
lab etishlaringiz...
Talab etamiz ham! - so'zimni bo'ldi kanadalik.
- Nimani? - so'radi Konsel.
- Shu la’nati «Nautilus»dan qochishga qaror qil-
ganimizda janob professorning bizga qo'shilishini.
- Aytganday, - so'radi Konsel, - «Nautilus» qa-
yoqqa ketyapti? Shimolga ketyapmizmi?
- Xuddi shunday, - deb javob berdim men, -
biz quyoshga qarab ketyapmiz, bu yerlarda esa qu
yosh - bu shimol.
- Atlantik okeanganmi yoki Tinch okeanga,
ya’ni serqatnov dengizlargami yoki kamqatnoviga
ketayotganimizni aniqlab olsak bo'ldi ekan-da? -
so'radi kanadalik.
Bu savolga javob berolmadim. Ammo har holda
kapitan Nemo kemasini Osiyo va Amerika sohilla-
ridan o'tgan o'sha bepoyon okeanga olib bormasa,
478
deb qo'rqyapman. Shunday qilib, u jahon boylab
sayohatini tugatib, dunyoning «Nautilus» o'zini er
kin his etadigan o'sha qismiga qaytadi.
Bordi-yu, biz yana odam yashaydigan yerlardan
uzoq bo'lgan Tinch okeanning bepoyon suvlari-
ga borib qolsak, unda Ned Lend rejalarini qanday
amalga oshiramiz?
Bu muhim savolga ko'p o'tmay javob olishimiz
mumkin edi. «Nautilus» katta tezlikda suzib borar
edi. Biz tezda Qutb doirasini ortda qoldirib, Gorn
buruni tomon yo'l oldik.
31-martda kechqurun soat yettiga yaqin Ame-
rika qit’asining ana shu so'nggi nuqtasi traversida1
suzib borar edik.
Bu vaqtga kelib boshdan kechirilgan azob-
uqubatlar unutila boshlandi. Muz bandisi bo'lib
qolgan kunlar haqidagi xotiralar ancha so'nib qol
gan edi. Biz faqat kelajak haqida o'ylayotgan edik.
Kapitan Nemo salonda ham, palubada ham ko'rin
mas edi.
1 Kapitan yordamchisi kunda xaritaga tushira-
yotgan belgilar kemamiz qaysi tomonga ketayotga-
nidan meni xabardor qilib turar edi. Shu kecha biz
Atlantik okeanga boradiganga o'xshab qoldik.
Men o'z kuzatuvlarim natijasini Konsel bilan
Ned Lendga aytdim.
- Bu xushxabar, - dedi kanadalik. - Ammo «Na
utilus» qayoqqa ketyapti?
- Hozircha bunisini aytolmayman, Ned.
- Balki kapitan Nemo Janubiy qutbdan so'ng
Shimoliysini ham ochib, undan esa mashhur Shimo-
li g'arb bo'g'ozi orqali Tinch okeanga o'tmoqchidir?
- Har holda biz uni bunga gijgijlatmasmiz! -
dedi Konsel.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |