Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



T u f -

 binokorlikda ishlatiladigan toshning xili.

439



Orolcha,  shubhasiz,  vulqon  otilishidan  hosil 

bo'lgan  edi.  Ba’zi  joylarda yer ostidan kuchli  oltin- 

gugurt  hidini  anqitib  tu tu n   chiqarib  tu ra r  edi.  Bu 

yer  ostidagi  olov hali  so'nm aganidan  dalolat  berar 

edi.

Bu  m eni  sira  ajablantirgani  yo'q,  chunki  Jems 



Ros  A ntarktika  suvlarida  uzunlikning  167-gra-dusi 

va  kenglikning  77-gradus  32-m inutida  ikkita  hara- 

katdagi vulqon  -   Erebus va Terrorni  kashf etganini 

bilar  edim.  Men kapitan  Nemoga  taqlid  qilib  tezda 

qoya ustiga chiqib oldim va ufqqa qaray boshladim . 

Biroq vulqon og'zini topolm adim .

Orolchada  o'sim liklar  juda  kam:  bir  necha  qur- 

baqa o 'ti-yu, qoyalarga yopishgan yo'sinlar -  bu tu n  

o'sim lik  olami  shundangina  iborat  edi.  Hayvonot 

dunyosi  esa  birm uncha  rang-barang:  m olluskalar, 

zoofitlar,  jum ladan,  m arjon  poliplar va  dengiz  yul- 

duzlari  ham da  qushlar,  yana  qushlar...  Bu  yerda 

qushlar haddan ziyod edi.  U larning minglab galala- 

ri  quloqlarim izni  qom atga  keltirgudek  chug'urlab, 

parvoz  etishar,  m ing-m inglab to 'd alari  qoyalarning 

pog'onalarida  qo'nib  o'tirishar,  yana  m inglarchasi 

q o 'rg 'o sh in  rangli suv uzra charx urishardi.

Bu  yerda  asosan  quruqlikda  sudralib,  gavdasini 

ko'tarolm aydigan,  am m o  suvda  esa baliqday yengil 

va epchil pingvinlar nihoyatda ko'p edi.

Ko'kda qanotlarini yoyganda to 'rt m etrga yetadi- 

gan va  haqli  ravishda  okean  kalxatlari  deb  ataladi- 

gan  yirik  albatroslar:  tu len lam in g   xavfli  dushm ani 

hisoblangan  bahaybat  b o 'ro n   qushlari;  o'rdakning 

m oryanka  degan  bir  tu ri;  nihoyat  ten tak   qushlar- 

ning bulutday galasi  -   qanotlari  jigarrang hoshiya- 

li  oqlari  va  A ntarktikadagina  yashaydigan  ko'klari 

parvoz qilishardi.

-   Bu  qushlar  shu  qadar yog'liqki,  -   dedim   Kon-

440



selga, - Farer orollarining aholisi o'lgan qushga pi- 

lik qo'yib, uni tayyor sham sifatida ishlatishadi.

- Tabiat uni yana biroz diqqat bilan yaratganda 

edi,  -  deya  javob  berdi  Konsel,  -  u  tayyor  ajoyib 

lampa bo'lar ekan-da. Esiz, piligini ham qo'yib, tay- 

yorlab bersa nima qilarkan!

Biz  tushgan  joydan  taxminan  yarim  milya  na­

rida  hamma  yoq  pingvinlar  iniga  o'xshab  o'yib 

tashlangan  edi.  Kapitan  Nemo  matroslarga  ana 

shu qushlardan bir necha yuztasini tutishni buyur­

di,  chunki  ularning  qoramtir  go'shti  juda  maza­

li  bo'larkan.  Kattaligi  g'ozday  keladigan  bu  qush- 

larning patlari qora, ko'kraklarida oq tangachalar va 

bo'yinlarida jigarrang chiziq bo'lib, ular o'zlarining 

toshbo'ron  qilinayotganlariga  qaramay,  hatto  qo- 

chib qutulishni ham o'ylashmasdi.

Tuman hamon tarqalmas va soat o'n birda ham 

quyosh  ko'rinmadi.  Bundan  qattiq  hayajonla- 

nardim.  Agar  quyosh  chiqmasa,  biz  kuzatuv  olib 

borolmaymiz.  Kuzatuvsiz  qutbga yetdikmi yo'qmi, 

qanday bilamiz?

Kapitan Nemoning oldiga borganimda,  u  qoya- 

ga suyangancha jimgina  dengizga tikilib turar edi. 

U  norozi  qiyofada  bo'lib,  bot-bot  sabrsizlik  bilan 

ko'zlarini  ko'kka  qadardi.  Ammo  nima  ham  qila 

olardi!  Bu  jasoratli  kishi  osmon  ustidan  ham  de- 

ngizdagidek hukmronlik qila olmas edi.

Tush  payti  ham  bo'ldi.  Ouyosh  hamon  ko'rin- 

mas  edi.  Butun  osmonni  qoplagan  qalin  bulutlar 

orasidan quyoshning turgan yeri loaqal biroz bo'lsa- 

da sezilmas edi. Ko'p o'tmay qor yog'a boshladi.

-  Ertagacha  sabr qilishga  to'g'ri  keladi,  -  dedi 

loqaydlik bilan kapitan va avjiga mingan qor bo'roni 

ichida «Nautilus»ga qaytdik.



441


Biz  orolchada  bo'lgan  vaqtimizda  «Nautilus» 

matroslari  to'r  tashlab  olishga  ulgurishibdi.  Men 

ovlangan  baliqlarni  zo'r  qiziqish  bilan  ko'zdan 

kechirdim.  Antarktika  dengizi  ancha  past kenglik- 

lardagi  bo'ronlardan  qochgan  juda  ko'p  baliqlarga 

boshpana  bo'lardi-yu...  ammo  dengiz  sherlari  va 

tulenlariga yem qilib berar edi.

Men  tangachalari  qo'ng'ir  rangli  bir  necha  ku- 

mushrang baliqchalar - bichoklarni, bo'yi uch fut­

li,  tanasi  silliq,  oltinrang  -  sariq,  qo'ng'ir  va  oq- 

ranglardagi, tumshug'i konus singari oldinga turtib 

chiqqan va uzun dumi  ipga  o'xshash ingichka an- 

tarktik ximerlarini ko'rdim. Menga ularning go'shti 

yoqmadi, ammo Konselga u ancha mazali tuyuldi.

Qor  bo'roni  keyingi  kuni  ertalabgacha  davom 

etdi. Palubaga hatto bosh chiqarib bo'lmas edi. Sa- 

londa  o'tirib,  keyingi  kunlardagi  voqealami  kun- 

dalikka yozayotib,  bo'ronni  pisand  etmay g'ujg'on 

o'ynashayotgan 

albatroslarning 

qichqiriqlarini 

ochiq  lyukdan  eshitib  o'tirar  edim.  «Nautilus»  so- 

hil bo'ylab suzib, janub tomonga yana o'nlab milya 

masofani bosib o'tdi.

Ertasi kuni,  20-martda bo'ron  tindi.  Sovuq bir­

oz  kuchaydi.  Termometr noldan  ikki  daraja  pastni 

ko'rsatar edi.

Tuman  tarqaldi  va  men  butun  astronomik  ku- 

zatuvlarimizni amalga oshira olishimizga umudvor 

bo'la boshladim.

Kapitan  Nemo  hali  chiqmagan  edi.  «Nauti- 

lus»ning qayig'i  Konsel bilan meni noma’lum yer­

ning  sohiliga  olib  borib  qo'ydi.  Bu  yerning  ham 

tuprog'i  vulqonlardan  hosil  bo'lganini  yaqqol 

ko'rsatib  turar edi.  Hamma yoqda  lava,  shlak,  ba­

zalt  izlari  ko'zga  tashlanardi-yu,  ammo  hech  qa- 

yerda vulqon og'zi ko'rinmasdi. Orolchadagidek, bu

442



yerda ham minglab qushlar parvoz etib yurishardi. 

Patlilardan  tashqari  yonlaridan  o'tayotganimizda 

beozor  boqayotgan  dengiz  sut  emizuvchilarining 

juda  katta  to'dalari  yurishardi.  Bular  tulenlar  edi. 

Ulardan  ba’zilari  sohilda  yotishardi,  boshqalari 

muzliklarda yurishar, yana bir to'dasi qirg'oq yoni- 

da  cho'milishar yoki  suvdan chiqayotgan edi. Ular 

biz  yaqinlashayotganimizdan  cho'chishmadi,  afti­

dan, odamni birinchi bor ko'rishayotgan bo'lsa ke­

rak.


Tulenlar to'dasi shu qadar katta ediki, bir necha 

yuz ovchi kemalarni ta’minlay olardi.

-  Rostini  aytsam,  -  dedi  Konsel,  -  bizga  Ned 

Lend hamroh bo'lmaganidan g'oyat shodman!

- Nega, Konsel?

-  Chunki  bu  ashaddiy ovchi  hamma  tulenlarni 

qirib tashlar edi!

-  U,  albatta,  hammasini  o'ldirolmas  edi-yu, 

ammo bu beozor jonivorlarning ba’zilariga ancha- 

gina zarari tegar edi.  Bu esa beozor jonivorlarning 

qonini  behuda  to'kishni  xush  ko'rmaydigan  kapi­

tan Nemoga yoqmagan bo'lardi.

- U juda to'g'ri qiladi.

I  -  Albatta,  Konsel.  Ammo  ayt-chi,  dengiz  hay- 

vonot  olamining bu  namunalarini  sen hali  tasnif- 

laganingyo'qmi?

-  Men  tajriba  sohasida  no'noqligimni  xo'jam 

biladilar-ku. Agar xo'jam bu jonivorlarning nomini 

aytganlarida edi.,.

- Bular tulenlar bilan dengiz sherlari...

-  Sutemizuvchilar  sinfiga  mansub  ikki turkum; 

bir  qorinlilar  sinfchasi,  kurakoyoqlilar  to'dasi,  - 

deya shoshib jayob berdi Konsel.

-  To'g'ri,  Konsel,  -  dedim  men.  -  Biroq  bu 

turkumning  yana  o'z  turkumchalari  ham  bor  va



443


adashmasam, yaqin orada biz bu yerda ularni ham 

ko'ramiz. Yur!

Ertalab  soat  sakkizlar  chamasi  edi.  Kapitan 

Nemo peshinda astronomik kuzatuv olib borishi ke­

rak. Xullas, bizning ixtiyorimizda salkam to‘rt soat 

bor edi.


Men  bu  yerning  ancha  joyigacha  kirgan  keng 

ko'rfazqirgogiboylabborishnitaklif etdim. Sohil- 

lar va sohil boyidagi muzliklar va suv ming-minglab 

sutemizuvchilar  bilan  to'lib  ketgan  edi.  Bu  yerda 

asosan  tulenlar  ko'p  edi.  Ular  oila-oila  bo'lib  joy- 

lashishadi: erkak tulen oila boshi hamda qo'riqchisi 

va uning himoyasida bolalarini emizadigan modasi. 

Kuch-quwatga to'lishgan yosh erkak «bo'ydoqlari» 

ularning yonida alohida suzar edilar.

Tulenlar  yerda  g'oyat  katta  mashaqqat  va 

beso'naqay  harakatlar  bilan  sudralishadi:  boshda 

ular  orqa  oyoqlarida  turadilar  va  butun  gavdalari 

bilan  o'zlarini  oldinga  tashlaydilar,  so'ngra  oldin- 

gi  oyoqlarini  bukib,  ko'kraklari  bilan  yotib  oladi­

lar,  yelkalarini  ko'tarib,  tanalarining  orqa  qismini 

tortib  oladilar.  Keyin yana orqa oyoqlarida turadi­

lar va shu alfozda butun harakat qaytariladi.  Biroq 

yerda yurishga  no'noq  tulenlar  o'zlarining egiluv- 

chan orqa suyaklari, ingichka bellari, qalin jun qop- 

lagan  pardasimon  kalta  qo'llari  tufayli  suvda  juda 

epchillik bilan harakat qilar edi. Suv sathida va so- 

hilda  dam  olayotganda  bu  jonivorlar  juda  chiroyli 

ko'rinadi.

Konselning  diqqatini  bu  aqlli  jonivorlarning 

g'oyat taraqqiy etgan,  do'ng peshanalariga jalb et­

dim. Insondan boshqa bironta sutemizuvchida miya 

moddasi tulenlarnikichalik miqdorda emas. Shuning 

uchun  ham  tulenlarni  osonlik  bilan  o'rgatib  olish 

mumkin.  Ular  tezda  qo'lga  o'rganadilar  va  men

444



bir  qator  tabiatshunoslarning,  tulenlar  yaxshilab 

o'rgatilsa, ular baliq ovlash va umuman dengiz ovi- 

da  it o‘rnida odamga  anchagina foyda keltirishlari 

mumkin, degan fikrlariga tamomila qo'shilaman.

Biz  ularning  yonidan  o'tayotganimizda  ko'p- 

chilik tulenlar uxlab yotishgan edi. Men qum ustida 

va  sohil  yaqinidagi  qoyalarda  uzunligi  bir  yarim- 

ikki  metrli,  yuqori  lablari  qalin,  yo'g'on  burama 

moylovli  oddiy  tulenlarni  ko'rdim:  ularning  qu- 

loqlari  borligi  deyarli  bilinmas,  kichik  uchburchak 

shaklidagi do'nglikkina ko'rinardi.

Shu yeming o'zida tulenlar turidan bo'lgan hara- 

katchan, kalta xartumli dengiz fillari bor edi. Uzun­

ligi  o'n  metr  keladigan  bu  ulkan  hayvonlar  bizga 

sira e’tibor berishmas edi.

- Bu hayvonlar xavfli emasmi? - so'radi Konsel.

-  Yo'q,  -  javob  berdim  men,  -  agar  unga  te- 

gilmasa  indamaydi.  Ammo  ularga  hujum  qilinsa, 

ayniqsa  bolalariga  tegiladigan  bo'lsa,  tulenlarning 

qattiq  jahli  chiqadi va  ko'pincha  ehtiyotsiz  ovchi- 

larning qayiqlarini parchalab tashlashadi.

-  Shunday  qilishga  ular  tamoman  haqlilar,  - 

dedi Konsel.

- Ha, e’tiroz bildirolmayman.

Bizdan  ikki  milyacha  narida  dengizning  ancha 

ichkarisiga kirgan burun ko'rfazni janubiy shamol- 

lardan  to'sib  turar  edi.  U  yerdagi  qoyalar  suvga 

osilib  turar  va  ularning  osti  qirg'oqqa  uriladigan 

to'lqin ko'piklari bilan qoplangan edi.

Xuddi  shu yeming o'zida bizga to'satdan go'yo 

yaqin  orada  kavush  qaytaruvchi  mollar  podasi 

o'tlayotgani singari qattiq ma’ragan ovoz eshitildi.

- Bu yerga ho'kiz qayoqdan kelib qoldi, - so'radi 

Konsel.


445


- Bu ho'kiz emas, morjlar,- javob berdim men.

- Urishishyaptimi?

- Yo urishishyapti, yoki o'ynashyapti.

- Xo'jam ruxsat etsalar, ularni ko'rmoqchi edim.

- Yura qol, ko'ramiz, Konsel!

Biz  yana  qora  bazalt  qoyalar  yonidan  ketdik. 

Uning  xarsangtosh  pog'onalariga  tirmashib,  muz 

bilan qoplangan silliq sathida sirg'anishib borardik. 

Men bir necha bor qoqilib yiqildim va qattiq lat ye- 

dim.


Anchagina ehtiyotkoryoki chayirligidanmi, Kon­

sel biror marta ham yiqilmadi va meni ko'tara turib, 

har gal aytardi:

- Agar xo'jam oyoqlarini keribroq qo'yganlarida, 

muvozanatlarini saqlash ancha yengil bo'lur edi.

Burunning  eng  yuqorisiga  chiqib  olgach,  biz 

morjlar  yoyilib  yurgan  keng  qor  yalangligini 

ko'rdik.


Morjlar  bir-birlarini  quvlab,  o'ynab  yurishardi. 

Bizga eshitilgan shovqin, qahr-g'azabini emas, bal­

ki xursandchilikni ifoda etadigan qiyqiriqlari ekan.

Morjlar  yotog'i  atrofini  aylanib  o'tib,  orqaga 

qaytmoqchi bo'ldim. Soat o'n birga yaqinlashib qol- 

gandi.  Ob-havo  sharoiti  kapitan  Nemoning  kuza- 

tish olib borishiga imkon bersa, joy kengligini aniq- 

lashda ishtirok etmoqchi edim.

Ochigi,  bundan  umid  kam  edi.  Ko'k  gumbazi- 

ni  tamoman  qoplab  olgan  qalin bulutlar  quyoshni 

to'sib  turishardi.  Go‘yo  hasadchi  oftob  yer  shari- 

ning hech kim kelolmaydigan bu burchagini odam- 

lardan sir saqlash uchun ataylab bulut ortida yashi- 

ringanday tuyular edi.

Biz qoya tizmasining chekkasidan o'tgan torgina 

yo'lkadan yurdik.  Soat  o'n bir yarimda  biz  sohilga 

tushgan joyimizga yetib keldik.  Kapitan Nemo ba-

446



zalt bo'lagining cho'qqisiga chiqib turar edi. Yonida 

astronomik  asboblar.  Uning nigohi  shimolga,  ufq- 

ning  shu  vaqt  bulut  orqasida  ko'rinmayotgan  qu­

yosh turishi kerak bo'lgan tomoniga qadalgan edi.

Men  uning  yonida  turib,  jimgina  kuta  boshla­

dim.  Peshin bo'ldi,  ammo  quyosh  hamon  oldingi- 

day ko'rinmas edi.

Agar  ertaga  peshinda  ham  quyosh  chiqmasa, 

qutbning qayerdaligini aniq bilish uchun qilinayot- 

gan urinishdan voz kechishga to'g'ri keladi.

Bugun  20-mart.  Ertaga  21-martdan  kechasi- 

yu  kunduzi  baravar  bo'ladi,  binobarin,  nurlarning 

sinishi  hisobga  olinmasa,  ertaga  ufqda  quyosh 

ko'rinmaydi  va  olti  oy  davom  etadigan  qutb  tuni 

boshlanadi.

Sentabr oyi kecha-kunduz baravarligidan bosh­

lab  quyosh  shimol  ufqida  chiqib,  21-dekabrgacha 

tobora tik ko'tarilib kun uzaya boradi.  Janubiy ya­

rim shardagi ana shu yozgi quyosh turishi kunida u 

yana kun sayin pastlasha boshlaydi va nihoyat erta­

ga ufqda so'nggi bor namoyon bo'lishi kerak.

Men  xavotirlanayotganimni  kapitan  Nemoga 

aytdim.

-  Gapingiz to'g'ri,  janob professor,  -  dedi  u.  - 

Agar ertaga, yigirma birinchi martda, ufq uzra qu- 

yoshning  balandligini  aniqlay  olmasam,  unda  bu 

ishni  olti  oy  kechiktirishga  to'g'ri  keladi.  Ammo 

bordi-yu,  ertaga peshinda quyosh loaqal bir lahza- 

gina mo'ralasa ham, tasodif bizlarni bu yerga teng- 

kunlikda  olib  kelgani  tufayli  uning  balandligini 

aniqlash menga ayniqsa oson bo'ladi.

- Nega, kapitan?

-  Chunki  quyosh  osmon  gumbazida  katta  ay- 

lana  chizsa  uning  ufqdan  balandligini  aniq  bel- 

gilab  olish  juda  qiyin.  Asbob-uskunalaming  ko'r-

447



satkichlari  bunday  vaqtda  ko'pincha  noto‘g‘ri 

bo'ladi.


- Ertaga nimasi o'zgaradi?

-  Ertaga  men  asbob-uskunalarsiz,  birgina  xro- 

nometr  yordamida  aniq  kuzatish  olib  borishim 

mumkin.  Agar  ertaga  21-martda  peshinda  quyosh 

aylanasi - sinishini hisobga olganda, albatta, ufqqa 

qoq  o'rtasi  bilan  tursa,  biz  qutbning xuddi  o'zida 

ekanligimizni ko'rsatadi.

-  Bu-ku  to‘g‘ri-ya,  -  dedim  men.  -  Ammo  ik- 

kinchi  tomondan  bu  aniqlash  matematik  ravishda 

aniq bo‘la olmaydi-da, chunki tengkunlik peshinga 

to‘g‘ri kelmaydi.

-  Bunisini  bilaman,  janob  professor,  ammo  bu 

noaniqlik bir necha yuz metrgagina xatolikka sabab 

bo'lishi  mumkin,  bu  esa  mening  ishimga  xalaqit 

bermaydi. Shunday qilib ertagacha!

Kapitan  Nemo  «Nautilus»ga  qaytdi.  Konsel  bi­

lan men soat beshgacha shu yerda qolib,  qirg'oqni 

kuzatdik.  Ammo  o'zining  g'oyat  kattaligi  bilan 

e’tiborimizni  o'ziga  jalb  etgan  pingvin  tuxumidan 

boshqa biron qiziqarli narsa topolmadik. Ko‘k rang- 

ga  bo'yalgan  va  iyerogliflarga  o'xshab  ketadigan 

nuqtachalar  va  chiziqlar  tortilgan  bu  juda  g'alati 

tuxum uchun  ishqiboz  odam sira  ikkilanmay ming 

frank  to'lar  edi.  Men  bu  tuxumni  Konselga  ber­

dim; ehtiyotkor yordamchim uni qimmatbaho xitoy 

chinnisiday avaylab,  eson-omon  «Nautilus»ga yet- 

kazib keldi va u yerda tuxum muzey vitrinalarining 

biridan o'rin oldi.

Ovqat  vaqtida  mazasi  cho'chqa  go'shti  ta’mini 

beradigan bir parcha tulen jigarini zo'r ishtaha bi­

lan  yeb,  quyoshparast  hindular  singari  kunduz 

mash’alasining  marhamat  ko'rsatib  ertaga  tush 

paytida chiqishini iltijo qilib yotdim.

448



Ertasi kuni,  21-martda,  ertalab soat beshda pa­

lubaga chiqsam, kapitan Nemo o'sha yerda ekan.

Havo ochilayotganga o'xshaydi, - dedi u men­



ga. - Umidvor bo'lib turibman. Nonushtadan so'ng 

sohilga borib, kuzatish uchun qulay joy tanlaymiz.

Kapitan bilan kelishib olgach, men Ned Lend ol- 

diga bordim. Uni sohilga tushishga taklif etgim kel­

di. Biroq qaysar kanadalik takliflarimni qat’iyan rad 

etdi. U kun sayin ma’yus va asabiylashayotgan edi. 

Sirasini  aytganda,  bu  galgi  uning  qaysarligi  meni 

ortiqcha  xafa  qilmadi:  sohilda  juda  ko'p  tulenlar 

bo'lib, tavbasiga tayanmagan bu xudo bexabarning 

ularni behuda qirib tashlashiga yo'l qo'yib bo'lmas 

edi.

Nonushtadan  so'ng  men  sohilga  bordim.  «Na­



utilus»  tunda  janub  tomonga  yana  bir necha  m il­

ya yo'l bosgandi.  U endi  ochiq dengizda, balandli- 

gi to'rt yuz-besh yuz metr keladigan ingichka tog' 

cho'qqisi ostidagi sohildan to'rt kilometrcha berida 

turar  edi.  Qayiqda  mendan  boshqa  kapitan  Nemo 

va ikki matros bor edi.  Kapitan o'zi bilan kuzatish 

uchun uncha murakkab bo'lmagan asboblarini: xro- 

nometr, durbin va barometr olgan edi.

;  Sohilga  o'tayotganimizda  bir  necha  kitlarni 

ko'rdik.  Bu ulkan s-utemizuvchilar gala-gala bo'lib, 

sokin  suvda  g'ujg'on  o'ynashar  va  inson  qadami 

yetmaydigan bu janubiy qutb havzasi  shafqatsizlik 

bilan  qirilayotgan  kitlar  uchun  bexatar  boshpana 

bo'lganini tushundim.

Soat  to'qqizda  biz  serqoya  sohilga  kelib  to'x- 

tadik.  Havo tiniq. Tuman asta-sekin tarqalayotgan 

edi.  Kapitan Nemo to'g'ri  tog'ga  qarab yurdi,  afti­

dan, o'sha yerni kuzatuv joyiga aylantirmoqchi she- 

killi. Muz qoplangan sirpanchiq qoyalardan chiqish 

juda  og'ir  edi.  Kapitan  Nemo  eng  tik  qiyaliklarga

15 - J.Vem

449



ham  shu  qadar  chaqqonlik  bilan  chiqardiki,  har 

qanday yowoyi  echki  ovlovchi havas  qilgan bo'lur 

edi.  Orqasidan zo‘rg‘a yetib yurar ekanman, uning 

chaqqonligiga ajablanardim. Ayniqsa, yerda yurish- 

ga odatlanmagan dengizchining bu epchilligi kutil- 

magan hoi edi.

Biz  ikki  soatda  cho‘qqiga  chiqib  oldik.  Ko‘z 

o'ngimizda  dengizning ajoyib  manzarasi  namoyon 

bo'ldi,  hatto  uzoqdan  uzluksiz,  yaxlit  muzlarning 

qirralarigacha  aniq ko'rinib  turardi.  Tepalik  etagi- 

da  ko'zni  qamashtiradigan  darajada  oppoq  qor 

yastanib yotar edi.  Tepamizda bulutsiz,  och havo- 

rang  osmon.  Shimoldan  quyosh  aylanasi  ko'rinar, 

uning  ostidan  ufq  chizig'i  o'tgan  edi.  Suvdan  kit­

lar otayotgan yuzlab  faworalar ko'tarilmoqda  edi. 

Uzoqda, ochiq dengizda «Nautilus» to'lqinlarda ux­

lab  yotgan  kitday  chayqalib  turardi.  Atrofda,  ko'z 

ilg'agan joygacha, tosh parchalari va qoyalar tartib- 

siz holda yotibdi.

Gho'qqining uchiga  chiqib olgan kapitan Nemo 

birinchi  navbatda  keyinchalik  o'z  kuzatishlariga 

tuzatish  kiritish maqsadida barometr yordamida u 

joyning dengiz sathidan balandligini o'lchadi.

Soat  chorak  kam  o'n  ikkida  shu  vaqtgacha  at­

mosfera nurlarining sinishi natijasida ko'rinib tur­

gan quyosh aylanasi ufqdan chiqib, bizgacha biron 

kishining oyog'i tegmagan g'amgin, tashlandiq yer 

va dengizni o'zining qip-qizil nurlari bilan yoritdi.

Kapitan  Nemo  nurlarining  sinishi  natijasida 

ko'zni aldanishdan saqlaydigan oynali durbini bilan 

juda uzun doira bo'ylab shundoqqina ufqning usti­

da harakat qilayotgan kun shamini kuzata boshladi. 

Men  qo'limdagi  xronometming sekin  surilayotgan 

miliga qarab turar edim. Yuragim qattiq ura bosh­

ladi: agar peshinga borib quyosh aylanasining yar-

450



mi ufq ortiga yashirinsa, demak, biz qutbning xuddi 

o'zginasida bo'lamiz.

- Peshin bo'ldi! - deya qichqirdim men.

- Janubiy qutb! - deb javob berdi menga kapitan 

Nemo hayajonlanib.

U  menga  durbinni  uzatdi.  Undan  qarab  ufq 

chizig'i jimirlab turgan quyosh barkashini teng ik- 

kiga bo'lib turganini ko'rdim.

Ouyoshning  so'nggi  nurlari  cho'qqi  ustiga 

yog'du  sochib  turar,  uning  nishab  yerlariga  esa 

pastdan  yuqoriga  qarab  tun  soyasi  o'rmalayotgan 

edi.


Kapitan  Nemo  qo'lini  yelkamga  qo'yib,  menga 

tantanali ohangda murojaat qildi:

-  Janob  professor,  menkim,  kapitan  Nemo  bu­

gun,  1868-yilning yigirma birinchi martida Janubiy 

qutbga yoki janubiy kenglikning 90-gradusiga yet- 

dim  va  yer  sharining  ana  shu  qismiga  egalik  qila 

boshladim.

-  Bu  qit’aga kimning nomidan egalik e’lon  qil- 

yapsiz, kapitan?

- Shaxsan o'z nomimdan, janob professor!

U shu so'zlarni aytdi-yu, oltin bilan «N» harfi yo- 

zjlgan  katta  qora  bayroqni yoydi  va  ufqqa  so'nggi 

niirlarini  taratayotgan  kun  mash’alasiga  qarab  xi­

tob qildi:

-  Xayr,  quyosh!  Yog'du taratayotgan  mash’ala, 

ketaver!  Shu  bo'm-bo'sh  dengizga  sho'ng'igin  va 

mening yangi mulkimga olti oy tun soyasini tashla.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish