0 ‘n b e s hi n chi b o b
TUZOQDA
Keyingi kuni, 22-martda, ertalab soat oltida
«Nautilus» koihandasi qaytishga tayyorgarlik ko'ra
451
boshladi. So'nggi yog'du tun qorong'isiga singib
ketdi. Sovuq sezilarli darajada edi. Yulduz turkum-
lari ko'kda g'oyat yorqin charaqlardi. Tikkada janu
biy yarim sharda qutb yulduzi vazifasini bajarayot-
gan Janub Buti ko'zni qamashtirar edi.
Termometr noldan pastki o'n ikki darajani
ko'rsatardi. Ayoz yuzni chimchilar edi. Dengizning
qirg'oq tomonlarini yupqa muz qoplagan, bir ne
cha soatdan so'ng butun dengiz muzlab qoladigan-
day edi. Aftidan, olti oylik janub tuni mobaynida
qutb havzasi tamoman o'tib bo'lmas darajaga yet-
sa kerak. Kitlar nima qiladilar? Ular yax ostidan
muzlamaydigan dengizlarga ketsa ajab emas. Qat
tiq sovuqqa odatlanib qolgan tulenlar bilan morj
lar shu muzlar olamida qolishardi. Bu jonivorlar
muz yalangliklarini teshishar va uning butunlay
qoplanishiga yo'l qo'yishmas edi. Shu teshiklardan
ular nafas olishadi. Qushlar sovuqdan qochib shi-
mol tomonga, issiqroq o'lkalarga ketganda, morj
lar bilan tulenlar qutb qit’asining yakka-yu yagona
xo'jayinlari bo'lib qoladilar.
Shu orada «Nautilus» rezervuarlarini to'latib,
asta suvga cho'ka boshladi. Ming fut chuqurlikda
uning vintlari ishlay boshladi va kema soatiga o'n
besh milya tezlik bilan shimol tomon suzib ketdi.
Kechga tomon biz uzluksiz yaxlit muzliklarning ul
kan gumbazi ostida borar edik.
«Nautilus» to'satdan biror suzar muz bilan
to'qnashib qolishi ehtimoli bo'lganidan ehti-
yot shart salon derazalari to'siqlar bilan berkitib
qo'yilgan edi. Shuning uchun men kun bo'yi yozuv-
larimni tartibga soldim. Xayolim tamoman qutb ha
qidagi xotiralar bilan band edi.
Biz yer sharining inson qadami yetmaydigan bir
yeriga sira charchamay, butun qulayliklar bilan ye-
452
tib oldik, suzar vagonimiz go‘yo temiryo'l izlari us-
tidan yurib borardi.
Endilikda esa biz qulayliklar bilan kelgan izimiz-
ga qaytmoqdamiz. Bu у o'Ida bizni yangi mo‘jizalar
kutayotganmikin? Bunga ishonchim komil, zero,
dengiz xazinasi bitmas-tuganmasdir!
Tasodif bizni suvosti kemasiga tashlagandan bu-
yon o'tgan besh yarim oy davomida o'n to'rt ming
lyo yoki ellik olti ming kilometr bosib o'tdik va
yo'limizda ne-ne g'aroyib, kutilmagan va qo'rqinchli
sarguzashtlarni boshimizdan kechirmadik!
Ko'rganlarim tun bo'yi ko'z oldimga kelaverib,
shishib qizargan qovoqlarimni bir zum ham yumol-
madim. Men Krespo orolidagi suvosti ovimizni,
Torres bo'g'ozida beixtiyor to'xtab qolganimizni,
okean tubidagi marjon qabristonini, Seylon mar
varid konini, Arabiston tunnelini, Vigo ko'rfazi-
dagi sochma oltinlarni, Atlantidani, Janubiy qutb-
ni xotirlar edim.
Kechasi soat uchda qattiq silkinishdan uyg'onib
ketdim. O'rin ustida o'tirib olib diqqat bilan quloq so-
layotganimda to'satdan «Nautilus» bir tomonga qiy-
shayib, meni kayuta o'rtasiga polga itqitib tashladi.
Devorni ushlab salonga kirib oldim. U yerdagi
butun mebel polda ag'anab yotar edi. Baxtimiz-
ga vitrinalar yaxshi mahkamlangan ekan, kollek-
siyalar zararlanmayapti. Bakbortning quyi qismi
devordan butun bir fut ochilib ketganiga qaramay,
shtirbort qoplamasiga osib qo'yilgan suratlar yelim-
lab qo'yilganday qimir etmay turar edi.
Yo'laklarda oyoq tovushlari va g'ala-g'ovur eshi-
tilar edi. Biroq kapitan Nemo ko'rinmas edi. Salon-
dan chiqaman deb turganimda u yerga Ned Lend
bilan Konsel kirib kelishdi.
- Nima bo'ldi? - o'sha zahoti ulardan so'radim.
453
- Buni xo'jamdan so‘rayman deb kelgan edim,-
dedi Konsel.
- Ming la’nat! - xitob qildi kanadalik. - Men
bilaman nima bo'lganini! «Nautilus» sayoz yerga ti
qilib qoldi va uning og'ishiga qaraganda, o'tgan gal
Torres bo'g'ozidagidan ko'ra chuqurroq tiqilgan.
- Ammo, nima bo'lsa ham, biz dengiz sathi-
damizmi? - so'radim men.
- Bilmadim, - dedi Konsel.
- Buni aniqlash oson, - deya manometrga ya
qinlashdim. Uning mili uch yuz oltmish metr
chuqurlikni ko'rsatayotganini ko'rib g'oyat taaj-
jublandim.
- Bu nimasi? - xitob qildim men.
- Kapitan Nemodan so'rash kerak, - dedi Kon
sel.
- Ammo shu topda uni qayoqdan topasiz? -
e’tiroz bildirdi Ned Lend.
- Orqamdan yuringlar, - dedim men o'rtoq-
larimga.
Biz salondan chiqdik. Kutubxonada hech kim
yo'q edi. Kapitan Nemo shturval hujrasida degan
qarorga keldim. U yerda uni bezovta qilish noqulay
edi, binobarin, salonga qaytdik.
Ned Lendning shikoyat va motamlarini qaytarib
o'tirmayman. Bu gal uning xunobi oshishiga asos
bor edi. Hasratini aytib olib, biroz bo'shasin deb in-
damadim, ammo savollariga javob ham bermadim.
Shu alfozda yigirma minutcha «Nautilus»
yo'lagidagi har bir ovozga diqqat bilan quloq so-
lib turgan edik, to'satdan salonga kapitan Nemo ki
rib keldi. Aftidan, u bizni ko'rmadi shekilli. Uning
odatdagi osoyishta chehrasi bu gal qattiq hayajon-
lanayotganini ifoda etib turar edi. U miq etmay
kompas oldiga, manometrga bordi va nihoyat karta
454
oldida turib, barmog'i bilan xaritaning Janubiy qutb
dengizi ko'rsatilgan joyiga ishora qildi.
Uning xayolini bo'lgim kelmadi. Ammo bir ne
cha minutdan so'ng men tomon o'girilganida, un
dan so'radim:
- Yana biror ishkal chiqdimi, kapitan?
- Yo'q, - javob berdi u, - bu safar ko'ngilsiz vo
qea.
- Jiddiymi?
- Ehtimol.
- Xavflimi?
- Yo'q.
- «Nautilus» sayozlikka tiqilib qoldimi?
-Ha.
- Qanday qilib?
- Tabiatning allaqanday tushuntirib bo'lmay-
digan tuzog'i, bunda rul boshqaruvchining aybi
yo'q. U xatoga yo'l qo'ygani yo'q. Biroq biz tor-
tish qonuniga xalaqit berishga ojizlik qilamiz. In-
son joriy qilgan qonunlarni nazar-pisand etmaslik
mumkin, ammo tabiat qonunlari bilan o'ynashib
bo'lmaydi!
Kapitan Nemoning falsafa so'qishi hozir joiz
emas edi. Ochig'i u o'z javobi bilan menga hech ni
mani tushuntirib berolmadi.
- Bu hodisaga nima sabab bo'lganini aytolmay-
sizmi, kapitan? - deb so'radim men.
- Juda katta muz bo'lagi, butun boshli muz tog'i
ag'darilib ketdi... Aysberglar ostidan issiq oqim tek-
kanda: og'irlik markazi bir o'rindan ikkinchi o'ringa
ko'chadi, binobarin, ag'darilib ketadi. Suv ostida
suzayotgan «Nautilus»ga shunaqa muz tog'i duch
kelib qoldi. Ag'darilib ketgan aysbergning ostki qis
mi o'zi bilan «Nautilus»ni ham tortib, uni ko'tardi-
da, so'ng yonboshlatib qo'ydi.
455
- Xo‘sh, «Nautilus» rezervuarlarini bo'shatish
yo‘li bilan uni yengillatib, sayozlikdan olib chiqsa
bo'lmaydimi?
- Biz ham hozir xuddi shunday qilamiz, janob
professor. Quloq soling-a - u yoqda nasoslar ish-
lab, suvni siqib chiqaryapti. Manometr miliga qa
rang: «Nautilus» yuqoriga suzib chiqyapti, ammo
u bilan birga muz tog'i ham ko'tarilyapti. Uning
harakatini biror g'ov to'smaguncha, ahvolimiz
o'zgarmaydi.
Chindan ham «Nautilus» hamon shtirbort to-
monga og'ayotgan edi. Aysbergning yangi og'irlik
markazi atrofida harakati to'xtagach, «Nautilus»
ko'tariladi. Kim biladi, bordi-yu, aysbergning ay-
lanishini uzluksiz yaxlit muzlarning ostki sathi
to'xtaguday bo'lsa, biz ikki muz sathi orasida qo
lib katta kuch bilan siqilmasmikinmiz, bu-ku holva,
pachog'imiz chiqmasmikin?
Men «Nautilus» duch kelgan ko'ngilsiz hodisa-
ning barcha oqibatlari haqida o'ylayotganimda, ka
pitan Nemo manometr milidan ko'z uzmay turar edi.
«Nautilus» aysberg bilan to'qnashgandagi holatiga
nisbatan yuz ellik futga ko'tarilgan edi, ammo uning
og'ish burchagi hamon shtirbort tomonda edi.
To'satdan suvosti kemasining korpusi bir qal-
dirab oldi. «Nautilus» ko'tarilayotgan edi. Salon
devorida osig'liq turgan suratlarning turish holati
o'zgara boshladi, bugina emas, devorlarning o'zi
ham sezilarli ravishda tik holatga kelayotgan edi.
Biz hammamiz shunga e’tibor berib jim turar edik.
Asta-sekin kema korpusi ko'tarilayotganini nafas
olmay diqqat bilan kuzatar edik. Salon poli gori-
zontal holga keldi.
- Xayriyat, mana, nihoyat tiklanib oldik! - xitob
qildim men.
456
- Ha, xayriyat, - dedi kapitan Nemo salonning
chiqaverishiga bora turib.
- Xo‘sh, endi suzib ketamizmi? - so'radim men.
- Albatta, - javob berdi u, - rezervuarlar butun-
lay bo'shatilgani yo'q, binobarin, nasoslar ulardan
hamma suvni siqib chiqargach, «Nautilus» dengiz
sathiga ko'tariladi...
Kapitan chiqqan zahoti uning buyrug'iga bi-
noan nasoslarning ishlashi to'xtatildi. O'z-o'zidan
ayonki «Nautilus» ham yuqoriga ko'tarilmay qoldi.
Darhaqiqat, biz yana ko'tariladigan bo'lsak uzluksiz
yaxlit muzlarning ostki sathiga borib urilish xavfi
bor edi, binobarin, yaxshisi chuqurlikda ma’lum bir
joyda turish kerak edi.
- Baxtimizni qarang, qutulganga o'xshaymiz! -
dedi Konsel.
- Ha. Bu muz parchalari bizni osongina pachoq-
Iab tashlashi, juda bo'lmaganda asir qilib qo'yishi
mumkin edi. Ana unda, havo zaxirasini yangilash
imkoniyatidan mahrum bo'lgach... Baxtimiz bor
ekan, eson-omon qutulib oldik!
- Agar chindan ham qutulib olgan bo'lsak! -
dedi past ovozda Ned Lend.
Men kanadalik bilan behudaga bahslashib o'tir-
mafdim va uning luqmasiga javob ham bermadim.
Shu payt salon to'siqlari ochildi va biz deraza
oldiga yugurdik.
Projektor yog'dusi suvni munawar etib turar
edi. Bizdan o'n metrcha narida jimirlayotgan muz
devorlarning yonlari ko'tarilib turgan edi. Yuqo-
ridan ham, pastdan ham o'sha devorlar! Yuqorida
boshimiz uzra ulkan shipday bo'lib uzluksiz yaxlit
muz bo'lagi osilib turar edi. Ag'anab, og'irlik mar-
kazi yon devorlariga ko'chgan va shu holatda mus-
tahkam o'rnashib qolgan aysberg pastda pol vazi-
457
fasini о‘tar edi. Shunday qilib, «Nautilus» eni yigir
ma metr keladigan chinakam muz tunneli orasida
qolgan edi. Biz yo oldinga yoki orqaga suzib, o'sha
yerdan bir necha yuz metr chuqurlikka sho'ng'ib,
uzluksiz yaxlit muzliklar doirasidan bemalol chiqib
ketishimiz mumkin edi.
Shipdagi lampalar yonmayotganiga qaramay, sa
longa yorqin yog'du tushib turar edi. Bu «Nautilus»
projektori nurlarining muz devorlarda sinib qayta-
yotgan aks yog'dusi edi.
Men bu yog'duning sehrli jilosini so'z bilan ifo-
da etolmayman, zero, numing har bir sinishi, muz
parchasining har bir do'ng yeri kristall tuzilishiga
qarab turlicha rangda jilvalanar edi.
Bular go'yo son-sanoqsiz qimmatbaho toshlar -
sapfir, zumradlar xazinasiga o'xshab, bir-biri bilan
kesishayotgan yashil va ko'k ranglarda tovlanar edi.
Qalin qabariq oyna ichiga o'matilgan lampa singari
projektor yog'dusi ham yuz baravar oshgan edi.
- Naqadar go'zal! Ko'z qamashadigan chiroy! -
deya zavqlanib gapirdi Konsel.
- Ha, - dedim men, - bu unutilmas manzara!
Shunday emasmi, Ned?
- Ha, ming la’nat, haq gap! - deya e’tirof etdi
kanadalik. - Men bu fikrga qo'shilayotganimga
ichimdan zil ketyapman. Bunaqasini sira ko'rmagan
edim! Ammo bu tomosha bizga qimmatga tushsa
kerak, deb о ylayman. Tabiat inson uning eng max-
fiy sirlarigacha bilib olishini yoqtirmaydi.
Ned Lend haq edi. Bu manzara inson uchun had-
dan ziyod ajoyib edi. To'satdan Konselning qich-
qirig'idan u turgan tomonga qaradim.
- Nima bo'ldi? - deb so'radim.
- Xo'jam ko'zlarini yumib olsinlar! Xo'jam qara-
masinlar!
458
Shunday deb Konsel qo'lini ko'zlari tomon olib
bordi.
- Senga nima bo'ldi o'zi, og'ayni?
- Ko'zim qamashib ketdi!
Men beixtiyor deraza tomon qaradim-u, ammo
uning g'oyat kuchli yog'dusiga bardosh berolmay
o'sha zahoti ko'zimni olib qochdim.
Nima bo'lgani ayon edi: «Nautilus» shitob bilan
olg'a suzib ketdi. Biz bir joyda turganimizda oso-
yishta jimirlayotgan projektor yog'dusi juda yor
qin yaxlit nurlarga aylandi. Go'yo jimirlab turgan
milliardlab brilyantlar bir dasta bo'lib qo'shildi va
«Nautilus» charaqlab kesishayotgan yashin nurlari
oralab uchib borar edi.
Salon to'siqlari yopildi. Quyoshga uzoqroq ti-
kilganda to'rsimon qobiqchalar paydo bo'lib jimir-
lagani kabi oldimizdagi yorqin konsentrik1 duma
loq narsalar yog'dusidan qo'llarimizni qamashib
ketgan ko'zimizga bosdik.
Anchadan keyingina ko'zlarimiz o'z holiga ke
lib, atrofni ko'ra boshladik. Nihoyat qo'llarimizni
ko'zimizdan oldik.
- Shunaqa manzarani ko'rganini birov menga
gapirib bersa, - dedi Konsel, - o'lsamam ishonmas
edim!
- Men esa bunga hozir ham ishonmayapman,-
dedi kanadalik.
- Biz quruqlikka qaytganimizdan keyin, - so'zini
davom ettirdi Konsel, - tabiatning bu qadar ko'p
mo'jizalari oldida odamlar yashayotgan yer va in-
son qo'li bilan yaratilgan narsalar qanchalik ayan-
chli ko'rinarkin! Yo'q, endi bizni oddiy dunyo qo-
niqtirolmaydi!
Bizning qanchalik zavq-shavqqa to'Iib-toshga-
1
Do'stlaringiz bilan baham: |