Liman -
daryo etaklaridagi ko’rfaz.
482
langan bo'lib, suvosti manzarasini go'zallashtirib
yuborgan edi. Men bu gapni asosan kapitan Nemo
ning bevosita kuzatuvlari natijasida, o'z qo'li bilan
tuzilgan bo'lsa ham ajab emas, kartaga qarab ayt-
yapman.
Ikki kun mobaynida bu suvlarning barcha chu-
qurliklarida bo'ldik. «Nautilus» o'zining chuqurlik
rullarini ishga solib, tikka holatda ortida ilon izi ho
sil etib suzar edi.
Ammo 11-aprelda u to'satdan suv sathiga ko'
tarildi va biz Amazonka daryosi quyiladigan joyda
yana yerni ko'rdik. Bu daryo deltasidan dengizga
shu qadar ko'p suv quyilar ediki, sohildan juda ko'p
milya narida ham okean suvi chuchuklashib borar
edi.
Biz ekvatordan o'tdik. juda yaxshi boshpana
bo'la oladigan Fransiya mustamlakasi Gviana biz-
dan yigirma milyacha g'arbda qolib ketdi. Ammo
kuchli shamol va shiddatli to'lqinlar yengil qa-
yiqchani suvga tushirishni xayolga ham keltirishga
qo'ymas edi. Bu Ned Lendga ham ayon bo'lsa kerak,
qochish haqida og'iz ochmadi. Men ham oqibati al
batta falokatga olib keladigan tentakona biror ishni
boshlab qolmasin deb, unga bu haqda hech narsa
flemadim.
Sirasini aytganda, bu monelikdan men sira
o'ksinmay, o'zimni ajoyib kuzatuvlar bilan ovun-
tirar edim. Ikki kun davomida - 11- va 12-aprelda
«Nautilus» hamisha dengiz sathida bo'ldi va uning
to'rlariga juda ko'p zoofitlar, baliqlar va o'rma-
lovchilar tushdi.
To'rga tushgan baliqlardan biri Konselning xoti-
rida yaxshi saqlanib qoldi, hatto anchagacha eslab
yurdi.
Voqea bunday bo'lgan edi.
483
Matroslar tashlagan to'rga boshqa baliqlar qa-
torida yassi va agar dumi qirqib tashlansa dum-
dumaloq skatning xili tushdi. Bu skat kattagi-
na bo'lib, vazni yigirma kilogrammdan kam emas
edi; uning qorni oq, qo‘ng‘ir yelkasida marmarga
o'xshash katta-katta qashqalari bor, terisi silliq va
suzgichlari ikki parrakli edi.
To'rdan palubaga tashlangan skat jonholatda ti-
pirchilab, qorniga ag'anab olmoqchi bo'ldi va chan-
gak bo'lib paluba chetiga shu qadar yaqinlashib
qoldiki, suvga dumalab tushishiga bir sekundgina
kifoya edi. Ammo u Konselning diqqatini jalb et-
gani uchun men uni to'xtatishga ulgurmay, baliqni
ikki qo'llab ushlab oldi.
Shu zahotiyoq u yarim shol holatida o'zini palu
baga tashladi.
U qichqirardi:
- Oh, xo'jam, xo'jaginam! Yordam bering!
Bu - men u bilan tanishganimdan buyon
sho'rlikning birinchi bor uchinchi shaxsda emas,
ikkinchi shaxsda murojaat etishi edi.
Kanadalik bilan men uni oyoqqa turg'izdik va
tez ishqalay boshladik. Konsel oyoq-qo'llarini idora
etish darajasiga yetgach, bu abadiy tasnifchi uziq-
yuliq ovozda shivirladi:
- Baliq sinfi, qiltanoqli baliqlar sinfchasi, skatlar
guruhi, elektr skatlar oilasi, marmar elektr skatlar
turi...
- Ha, og'ayni, - dedim men, - xuddi shu mar
mar elektr skat seni shu azobga solib qo'ydi.
- Xo'jamni ishontirib aytamanki, - deya e’tiroz
bildirdi Konsel, - men skatdan o'ch olaman.
- Qanday qilib?
- Men uni yeyman!
- U o'sha kechasiyoq skatning go'shti juda be-
484
mazaligiga qaramay, aftidan, faqat o'ch olish
uchungina bo'lsa kerak, aytganini qildi.
Sho'rlik Konsel elektr skatlarning eng xavfli tu
riga duch kelgan edi. Yaxshigina o'tkazgich hisob-
langan suvda turib bu skat o'zidan bir necha metr
masofadagi baliqni o'ldiradi: uning elektr zaryadi
shu qadar kuchli.
Ertasiga, 12-aprelda, kunduzi «Nautilus» Ma-
rona daryosi quyiladigan joyga yaqin yerga Gollan-
diya mustamlakasiga yaqinlashdi.
Bu yerda biz bir necha lamantinlar oilasini
ko'rdik. Bu manatlar bo'lib, dyugonlar singari si-
renlar guruhiga kirar edi. Bu ulkan maxluqlarning
uzunligi olti-yetti metr bo'lib, vazni salkam to'rt
ming kilogrammga borar edi.
Men Konselga tadbirkor tabiat bu sutemizuv-
chilarga foydali ishni topshirib qo'yganini gapi-
rib berdim: ular tulenlar bilan birga suvosti keng-
liklarida yashab, tropik daryolar quyiladigan joyni
ifloslantiradigan o'tlardan tozalaydilar.
* - Bilasizmi, - deb qo'shib qo'ydim men, -
odamzod Janubiy Amerika sohillarida bu max-
luqlarni butunlay qirib tashlagandan keyin nima
bo'lgan? Daryolar quyiladigan joylardagi chiri-
gan yo'sinlar ham suvni, ham havoni zaharladi-
lar, zaharlangan havoda esa bu ajoyib mamlakatlar
uchun ofat bo'lgan sariq bezgak keng tarqaladi. Bu
tun tropik dengizlaming sohillari zaharli o'simliklar
bilan to'lib ketdi, binobarin, bu kasallik Rio-de-la-
Platadan Floridagacha tarqaldi.
Tusnelning fikricha, so'nggi tulenlar va kitlar
qirib bitkazilgach, kelajak avlod boshiga tushadi-
gan falokatlar oldida bu hali hech gap emas. Unda
dengizlar bemalol ko'paya oladigan meduza va kal
marlar bilan to'lib-toshib, turli infeksiyalarning
485
katta o‘chog‘i bo'lib qoladi, chunki «tabiat dengiz-
larni tozalash vazifasini yuklagan bu katta qorinlar
yo'qolib ketadi».
-
«Nautilus» ekipaji bu nazariyalarga unchalik
ishonmaydiganga o'xshaydi, shuning uchun ham
go'shti molnikidan ancha mazaliroq manatlarning
oltitachasini ovlab oldi.
Bu maxluqlarni ovlashning hech qanday qizig'i
yo'q edi - manatlar o'zlarini himoya etmay, qochib
qutulishga harakat ham qilmay, o'limlariga tik qa
rab turaverar edilar. Shunday qilib, «Nautilus» om-
borxonalari bir necha ming kilogramm go'sht bilan
to'ldi, bu esa keyinchalik quritilib, bizga anchaga-
cha mazali taom bo'ldi.
O'sha kuni boyliklarga to'la bu suvlardagi yana
bir antiqa ov «Nautilus»da oziq-ovqat miqdorini
ko'paytirdi. Palubaga tortib olingan to'rlaming hal-
qasida boshi chetlari go'shtdor, tuxumsimon yas-
si shakldagi plastinka bilan tugaydigan bir necha
baliqlar ilinib qolgan edi. Bu makrel baliqlari oi
lasiga mansub bo'lgan prilipallar edi. Ularning tu
xumsimon plastinkalari harakat qilib turadigan
ko'ndalang kemirchaklardan iborat bo'lib, ana shu
kemirchaklar oralig'ida baliqlar bo'shliq hosil etar-
di, bu esa ularga istagan narsaning yuzasiga yopi-
shib olish imkonini berar edi.
To'rlardagi barcha prilipallami matroslarimiz
o'sha zahotiyoq suv to'latilgan maxsus chelaklarga
olib tashlashdi.
Baliq ovi tugagach, «Nautilus» suv sathida juda
ko'p sonli yirik dengiz toshbaqalari mudrab yotgan
sohilga yaqinlashib keldi.
Bu kamyob dengiz o'rmalovchilarini tutib olish
uncha oson emas edi, chunki ular tiq etgan tovush-
dan ham uyg'onib ketadilar, mustahkam kosala-
486
ri esa garpundan saqlaydi. Ammo prilipallar yor
damida toshbaqalarni tutib olish juda oson. Bu
baliq - tirik qarmoq har qanday baliqchiga omad
keltirar edi.
Matroslar prilipallarning har birining dumiga
bittadan halqa kiygizishdi. Bu halqalar ularning er
kin harakat qilishiga xalaqit bermaydigan darajada
keng edi. Ana shu halqalarga uzun arqon bog'lab,
uning bir uchini paluba panjarasiga mahkamlab
qo'ydilar.
Suvga tushirilgan prilipallar o'sha zahotiyoq
toshbaqalar oldiga suzib bordilar va ularning ko-
salariga yopishib oldilar. Ular shu qadar qattiq
o'rnashib olishdiki, uzib olishdan ko'ra burdalab
yulish osonroq edi. Endi ular yopishib olgan tosh
baqalarni palubaga chiqarish uchun arqonni tor-
tish kifoya edi.
Bu ov saranjomlanishi bilan Amazonka quyi-
lishidan jo'nab ketdik va tunda «Nautilus» yana
ochiq dengizda suzar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |