Suv ostida sakson ming kilometr


Y i g i r m a n c h i   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Y i g i r m a n c h i   b o b

KENGLIKNING 47-GRADUS 24-MINUTI



VA UZUNLIKNING 17-GRADUS 28-MINUTIDA

Bo'ron  bizni  sharqqa  olib  kelib  tashladi.  Nyu- 

York sohillariga yaqin yerdan yoki  muqaddas  Lav­

rentiy daryosi quyilishidan qochish borasida barcha 

umidlar barbod bo'ldi.  Bechora Ned g‘am-anduhga 

to‘lib, kapitan Nemo  singari yolgizlanib qoldi.  Biz 

Konsel bilan hech ajralmas edik.

«Nautilus»  sharqqa,  aniqrog'i,  shimoli  sharqqa 

keltirib  tashlanganini  yuqorida  aytdim.  U  bir  ne- 

cha kun davomida dengizchilar uchun xavfli tuman 

ichida  goh  suv  ostida,  goh  dengiz  sathida  daydib

515



yurdi.  Bu  tumanlar  asosan  muzlarning  erishidan 

havoni bug* qoplashi natijasida hosil bo'ladi.

Bu  yerlarda  sohildagi  sarob  shu’lalarga  intilib, 

qanchadan  qancha  kemalar  halok  bo'ladi!  Tuman 

oqibatida  qanchadan  qancha  baxtsizlik  ro‘y  ber- 

gan. Fonarlar yonib turganiga, gudok chalishlariga, 

kema jomlarining dahshat bilan urilishiga qaramay 

qanchadan  qancha  kemalar  halok  bo'ldi!  Shamol 

to'lqinningqirgoqqa urilish ovozini bosib tushadi- 

gan joylarda suvosti toshlariga qanchalar kelib uril- 

gan!

Bu  joylarda  dengiz  tubi  jang  maydonini  esla- 



tishiga  ajablanmasa  ham  bo'ladi.  Bu  yer  halokat 

qoldiqlari  bilan  qoplangan  -  ba’zi  birlari  eski  va 

to'zigan, boshqalari yangi, mis qoplamasi hali ham 

qoraymagan va ular projektorimiz yog'dusida

Bu  yerda  butun  ekipaji  va  tirik  yuki  -  muho- 

jirlari  bilan  birga  dom-daraksiz  yo'qolgan  qan-  . 

chadan  qancha  kemalar  yotar  edi.  Barcha  ma’lu- 

motnomalarda ko'rsatilgan eng xavfl zonalar - Sen 

Pol  oroli,  Ras  buruni,  Bel  II  bo‘g‘ozi  yonida,  Lav­

rentiy daryosi quyiladigan joyda har yili qanchadan 

qancha halokat yuz beradi!

Keyingi  bir  necha  yil  mobaynidagina  shu  joy­

larda  g'arq  bo'lgan  kemalarning  qayg'uli  ro'yxa- 

tiga:  «Solvey»,  «Izida»,  «Paramatta»,«Vengriyalik», 

«Kanadalik», «Anglo-saks», «Gumboldt», «Qo'shma 

Shtatlar»  singari  dovulda  g'arq  bo'lgan  kemalar- 

ni;  «Arktika»  va  «Lions»  kabi  to‘qnashib  halok 

bo‘lganlarni;  «Prezident»,  «Tinch  okean»,  «Glazgo 

shahri»  kabi  noma’lum  sabablar  bilan  halokatga 

uchragan kemalarni kiritishga to‘g‘ri keldi.

«Nautilus» halokat qoldiqlari oralab, xuddi mur- 

dalarni ko'zdan kechirayotganday suzib borar edi.

15-mayda biz Nyufaundlend sayozligining janu-

516



biy  chekkasida  edik.  Bu  sayozlik  dengiz  oqizib 

kelgan  narsalardan  hosil  bo'lgan  edi.  Bular  turli- 

tuman organik qoldiqlar yig'indisi bo‘lib, bu yerga 

ekvatordan Golfstrim yoki Shimoliy qutbdan Ame­

rika sohilini aylanib o'tadigan qarama-qarshi sovuq 

oqim olib kelgan. Shuningdek, bu yerda milliardlab 

halok bo'lgan, haddan tashqari ko‘p baliq ustuxon- 

lari, molluska hamda zoofitlarning qoldiqlari uyulib 

yotar edi.

Nyufaundlend  sayozligida  dengiz  aytarli  dara- 

jada chuqur bo‘lmay bir necha yuz futdangina ibo- 

rat  edi,  xolos.  Biroq  janubroqda birdan katta  chu- 

qurlik  -  uch  ming  metrli  jarlik  hosil  bo'lgan.  Bu 

yerda  Golfstrim  kengayadi.  U  bu  yerda  butun  bir 

dengizni hosil etadi, ammo shu bilan birga o'zining 

tezligi va haroratini yo'qotadi.

«Nautilus» yaqinlashib  cho'chitib yuborayotgan 

baliqlar  orasida  men  kattaligi  yarim  metr  keladi- 

gan,  yelkasi  qoramtirroq va  qorni  pushti  rang du- 

maloqsuzgichlarni,  -  bularning  nari  bilan  modasi 

!bir-biriga  g‘oyat  sadoqatli  bo'lishning  ajoyib  tim- 

solidir; ta’mi mazali uzun zumrad murenlarni; bo- 

shi nimasi bilandir it boshiga o'xshab ketadigan yi- 

rik ko'zli karrakslarni; bichok va gubanlarni  ajrata 

oldim. Ammo ko'pincha bizga treska uchrar, ularni 

o'zlari yoqtiradigan joylari  -  Nyufaundlend sayoz- 

liklarida ko'rar edik. Treska - tog' balig'i, deb dadil 

aytsa  bo'ladi,  chunki  Nyufaundlend  suvosti  tog'i- 

da.  «Nautilus»  saf tortib tizilishib yurgan treskalar 

orasidan  o'ziga  yo'l  ochib  borayotganida  Konsel 

hayratini yashirolmadi.

-  Bu  qanaqasi  bo'ldi,  treska!  -  deya  qichqirdi 

u.  -  Men bo'lsam treska ham kambala singari yal- 

poq bo'ladi deb yuribman.

- Bu qanaqa safsata! Treska ichak-chavog'i olib

517



tashlanib chiqariladigan baliq do‘konlaridagina yal- 

poq bo'ladi. Dengizda u golavl singari urchuqsimon 

baliq va suzishga yaxshigina moslangan!

-  Xo'jamga  ko'proq  ayon,  -  javob  berdi  Kon- 

sel.  -  Ammo  bu  yerda  baliqlarning  ko‘pligini  qa- 

rang - chumoli ini-ya!

-  Agar  ularning  ganimlari  -  odamlar  bo'lma- 

ganida  edi,  do'stim,  yanada  beqiyos  darajada 

ko'payar edi. Uning bittagina modasi qancha urug‘ 

qoyishini bilasanmi?

- Faraz qilaylik, besh yuz ming.

- 0 ‘n bir million, ogayni!

-  0 ‘n  bir  million!  Yo‘q,  o'zim  sanab  ko'rma- 

guncha bunga sira ishonmayman.

- Sanab ko‘r! Ammo menga ishonsang, unga ke- 

tadigan vaqtingni tejab qolasan. Treskani juda kat­

ta  miqdorda  tutishlarini  unutma.  U  nihoyat  dara­

jada  ko‘p  iste’mol  qilinadi,  binobarin  ko'payishga 

goyat  qobiliyatli  bo'lmaganida,  bu  baliqdan  alla- 

qachon  nom-nishon  qolmas  edi.  Birgina  Angliya 

bilan  Amerikada yetmish  besh  ming  dengizchilari 

bo'lgan besh ming kema treska ovlaydi.  Bu kema- 

lardan har biri mavsum davomida o‘rta hisobda ka- 

mida qirq ming treska ovlaydi,  demak,  jami qariyb 

yigirma millionni tashkil etadi. Norvegiya sohillari- 

da ham uni shu miqdorda ovlaydilar.

-  Juda  soz,  -  dedi  Konsel.  -  Men  xo'jamga 

ishondim va sanab o'tirmayman.

- Nimani sanab o'tirmaysan, Konsel?

- 0 ‘n bir million urug'ni. Ammo men bir narsani 

aytib qoyishim kerak.

- Nimani?

- Shuniki, bordi-yu, har bir urugdan baliq bun- 

yodga kelganida, ikki juft treska bilan butun Angli­

ya, Amerika va Norvegiyani boqsa bo'lar edi.

518



Biz kema tumshugi qumga tegay-tegay deb Nyu- 

faundlendning  eng  sayoz  joylaridan  o'tayotganda, 

men treska ovlash uchun ikki yuztadan qarmoq ilib 

qoyilgan  uzun  ingichka  arqonlarni  ko'rdim;  baliq 

ovlaydigan har bir kema ulardan bir necha o'ntasini 

suvga  tashlaydi.  Bir  uchi  ilgaklan-gan  arqonning 

ikkinchi  uchi  dengiz  sathida  buykalar1  yordamida 

saqlanar edi. «Nautilus» ana shu suvosti to'rlarining 

o'rtasidan suzib borar edi.

Ammo suvosti kemasi odam ko‘p uchraydigan bu 

joylarda uzoq turmadi. U Yevropani Shimoliy Ame­

rika bilan bog'laydigan  telegraf liniyasi  kabelining 

Atlantik okeandan kesib o'tib tugagan joyi Senjons 

orolida Nyufaundlend kengligigacha bordi.

«Nautilus»  bu  yerdan  o‘z  yo'lini  shimol  tomon 

davom  ettirish  o'rniga,  ostidan  kabel  o'tgan  yas- 

si  tepalikni  tadqiq  etmoqchi  bo'lganday  sharq  to­

mon yo‘l oldi. Zond bilan necha martalab tekshirib 

ko'rilgani  uchun  bu  yerlarning  relyefi  eng  mayda 

ikir-chikirlarigacha ma’lum edi.

'17-mayda  Sen-Jonsdan  besh  yuz  milya  nari- 

da,  ikki  ming  sakkiz  yuz  metr  chuqurlikda  qumda 

cho'zilib  yotgan  kabelni  ko'rdim.  Konsel,  bundan 

xabardor qilishga ulgurmaganim uchun, uni g'oyat 

ulkan  dengiz  iloni  deb  o‘ylab,  endi  o'zicha  tas- 

niflashga  kirishmoqchi  edi.  Ammo  men  bu  ajoyib 

odamni  shaxtidan  qaytarib  qo'ydim  va  uni  tinch- 

lantirish  uchun  kabel  qanday  yotqizilgani  haqida 

batafsil hikoya qilib berdim.

Dastlabki kabel  1857- va  1858-yillar mobaynida 

yotqizilgan  edi.  Ammo  to'rt yuz  telegramma  uza- 

tilgandan keyin u tocsatdan ishlamay qoydi.  1863- 

yilda  injenerlar  uzunligi  uch  ming  to‘rt  yuz  kilo- 

metrli  yangi  kabel  yotqizdilar;  uning  vazni  to‘rt




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish