3. Derivatsiya kanalining gidravlik hisobi.
Olib keluvchi derivatsiya kanali yordamida suv manbaidan GESga suv olib kelinadi. Olib ketish kanali orqali esa GESdan chiqqan suv (daryo, kanal) o`zaniga uzatiladi.
Derivatsiya kanalini gidravlik hisobini bajarishdan maqsad – kanalning gidravlik elementlarini aniqlash, kanalni yuvilish va ko`milish tekshirish hamda kanalning ko`ndalang kesimini qurishdir.
Kanalning gidravlik elementlarini hisoblash quyidagi keltirilgan boshlang`ich ma`lumotlar asosida hamda jadval ko`rinishida bajariladi. Derivatsiya va olib ketish kanallari uchun gidravlik hisob bir xilda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |