O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA IHSTITUTI
“SUV ENERGIYASI VA NASOS STANTSIYALARIDAN FOYDALANISH“ KAFEDRASI
“Gidroelektrostansiyalardan foydalanish” fanidan
amaliy mashg`ulotlarni bajarish bo`yicha
METODIK KO`RSATMA
TOSHKENT – 2021 yil
Metodik ko`rsatma institut ilmiy – metodik kengashining 2013 yil “ ” maydagi - sonli majlisida ko`rib chiqildi va chop etishga ruxsat etildi.
Ushbu metodik ko`rsatma 5A450101 – GES qurilishi va ulardan foydalanish magistratura mutaxassisligi hamda 5450100 – “Irrigatsiya tarmoqlari suv energiyasidan foydalanish”, 5340700 – “Gidrotexnika qurilishi”, 5450400 – “Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish” bakalavriatura yo`nalishlari uchun mo`ljallangan.
Metodik ko`rsatmada gidroelektrostantsiyasini loyihalashtirish asoslari berilgan bo`lib, unda to`g`onli va derivatsion gidrobo`g`in kompanovkasini tanlash, GESni hisobiy suv sarfini aniqlash, derivatsiya kanalini gidravlik hisobi, GES va turbina parametrlarini aniqlash, GES uchun statik naporlarini hisoblash, GES va turbina quvvatini aniqlash, universal xarakteristika va xusisiy grafiklardan foydalanib, turbina turini aniqlash, so`rish quvurining turi, so`rish balandligi va asosiy o`lchamlarini aniqlash, turbina kamerasi turi, yopiq temir – betonli va metalli spiral kameralarining hisobi, turbinani ishchi va ekspluatatsion xarakteristikalarini qurish hamda ko`rsatkichlarini aniqlash, gidrogenerator, avtomatik rostlagich va kran turini tanlash, naporli xovuz, naporli quvurlarni diametri, materiali va yotqizish usullarini aniqlash, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarni aniqlash va barcha gidrotexnik inshootlarni o`lchamlarini aniqlash bo`yicha ko`rsatmalar berilgan.
Tuzuvchilar: V.A.Zenkova - dotsent.
A.A.Ergashev - assistent.
Taqrizchilar: SHaazizov F.SH.- TIMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot iHSTituti, laboratoriya mudiri, t.f.n.
Qodirov O.- dotsent, t.f.n.
©Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2013 yil.
KIRISH
Gidroelektrostantsiya gidrotexnik inshootlar va jihozlar majmuasidan tashkil topgan bo`lib, gidrobo`g`inni mustaxkam, ishonchli va uzoq muddat samarali ishlashini ta`minlovchi texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega.
Gidroelektrostantsiya fanidan kurs loyixasini bajarishdan maqsad – bo`lajak mutaxassisga GESni loyixalashtirishni, texnologik tarkibini tuzishni, uni qurish va undan samarali foydalanishni, texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlarni aniqlash va jihozlarni tanlashni, parametrlarini xisoblashni o`rgatish.
Amaliy mashg`ulotni vazifasi – ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda olingan nazariy bilimlarni o`zlashtirish, gidroelektrostantsiyani loyixalashda talabani oldiga qo`yilgan masalalarni to`g`ri echimini aniqlash va qarorlar qabul qilish, koHSTrktsiyalash va gidrobo`g`in komponovkasini to`g`ri tanlashni o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |