Suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish


Gidroenergetik resurslardan foydalanish sxemasi



Download 9,44 Mb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi9,44 Mb.
#199608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Методичка Н ва НС. ГЭС

1. Gidroenergetik resurslardan foydalanish sxemasi.

To`g`onli va derivatsion gidrobo`g`in kompanovkasi.

Napor hosil qilish usullari.

Elektr energiyani olish maqsadida gidroenergetik resurslardan foydalanish uchun maxsus gidrotexnik inshootlar yordamida suv oqimini jamlab tushirish ya`ni napor hosil qilish zarur.

Napor hosil qilishning quyidagi usullari mavjud:


  1. To`g`on usuli yoki GESni to`g`onli sxemasi, bunda napor to`g`on yordamida hosil qilinadi, 1.3 va 1.4-rasm;

  2. Derivatsion usul – GESni derivatsiya sxemasi, bunda napor asosan derivatsiya (kanal, tunnel va boshqalar) 1.5 - rasm hisobidan hosil qilinadi;

  3. Aralalash usul – GES aralash usul sxemasi, bunda napor to`g`on hisobidan, hamda derivatsiya hisobidan hosil qilinadi, 1.6-rasm;

  4. Mavjud suv tashlagichlardan foydalaniladigan irrigatsion inshootlardagi GES.

To`g`onli GES sxemasi ko`proq katta suv sarfida va suv oqimining (daryoning) kichik nishabligida qabul qilinadi.

Napor to`g`on qurish va yuqori b`efda suv hajmini yig`ish hisobidan hosil qilinadi. To`g`on yordamida daryodagi A va B qirqimlar orasidagi sathlar farqidan foydalaniladi. Bu farq ga teng.

Bu erda - napor yo`qotilishi.

To`g`onli sxemada 1.3 va 1.4- rasm napor kattaligiga ko`ra GES ning o`zanli va to`g`on yoni turi mavjud bo`ladi.

O`zanli GES deb, GES binosi to`g`on kabi front tarkibiga, ya`ni napor xosil qiluvchi inshootlar tarkibiga kiruvchi GESlarga aytiladi. 1.4-rasm

Ular nisbatan kichik naporlarda quriladi, masalan Qayraqum GESi, Dnepr GESi, o`zanli GES binosi naporni yuqori b`ef tomonidan qabul qiladi va to`g`on kabi mustahkamlilik shartlariga javob berishi zarur.

O`rta va yuqori naporlarda to`g`on yoni GES larda quriladi 1.3- rasm. Bino to`g`on orqasida, uning himoyasida joylashadi va turbinalarga suv keltirish quvurlar orqali amalga oshiriladi.



1.3 - Rasm. To`g`onli napor hosil qilish sxemasi (plan):

1 – daryo, 2 - suv ombori, 3 - hamma yog`i berk to`g`on, 4 - GES binosi , 5 - suv tashlovchi to`g`on.





1.4 -Rasm. To`g`onli napor hosil qilish sxemasi (qirqimi)

To`g`onli napor hosil qilish usulining kamchiligi - anchagina er maydonini suv bosishi, to`g`onni qimmatligidadir.

Derivatsion sxemada napor derivatsiya (lotincha «suvni olib o`tish») yordamida hosil qilinadi, 1.5- Rasm.

Derivatsiya daryoning ma`lum qismida jamlangan naporni hosil qilish uchun xizmat qiladi.





1.5-Rasm. Naporni derivatsion usuli bilan hosil qilish

sxemasi (qirqim va plan)



Naporli xovuz qanchalik suv olish inshootidan uzoqda bo`lsa, shunchalik derivatsion kanal va daryodagi sathlar farqi katta bo`ladi. Derivatsiya usuli yordamida katta nishabli va kam sarfli, tog`li va tog` oldi daryolar energiyasidan foydalaniladi.

Napor derivatsiya (derivatsiya kanali, tonnel va quvur) va daryo nishabligi farqi hisobidan hosil qilinadi.

Inshootlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. GES inshootlarining bosh bo`g`ini: to`suvchi to`g`on (1), suv qabul qiluvchi yoki suv olish inshooti (2) keluvchi kanal (3);

2. Derivatsiya: ochiq kanal, tunnel, quvur;

3. GES naporli – stantsiya bo`g`ini: naporli hovuz (5), naporli quvur (6), bekorchi (ortiqcha) suv tashlagich (7), GES binosi (8);

4. Ketuvchi kanal (9).

Derivatsion sxemada GES napori

HST = ( Idaryo -I derivatsiya)* L - derivatsiyaga, teng

bu erda: HST – statik napor, L - derivatsiya uzunligi.

L qanchalik katta bo`lsa, shunchalik napor katta, ammo uzun kanallarda xarajatlar ko`p bo`ladi, masalan mavjud kanallarni, jarliklarni va boshqalarni kesib o`tishi mumkin.

Suv oluvchi bosh bo`g`in, derivatsiyaga kerakli miqdordagi suvni olishni ta`minlaydi. Bosh bo`g`inda tubdagi cho`kindilar bilan kurash olib boriladi (qirg`oqning egri qismida). Muallaq oqiziqlar bilan kurash olib borish uchun suv qabul qilgichdan so`ng tindirgichni o`rnatsa bo`ladi. Derivatsiya, joyning rel`efi va geologik sharoitiga qarab, ochiq kanal, tunnel yoki quvur ko`rinishida bajarilishi mumkin.

Ochiq kanal, daryonikiga (daryo nishabligiga) qaraganda kamroq nishablikka ega bo`lishi zarur.

Naporli – stantsiya bo`g`ini inshootlari vazifalari:

-naporli hovuz – naporsiz harakatni naporli harakatga aylantiradi, unda suv quvurlar orasida taqsimlanadi, muallaq axlat va cho`kindilarga qarshi tadbirlar olib boriladi, ortiqcha suvlar tashlab yuboriladi (naporli derivatsiyada naporli hovuz o`rniga tenglashtiruvchi rezervuar ishlatiladi);

-naporli quvurlar – naporli rejimda suvni turbinaga keltiradi (temir beton yoki po`latdan tayyorlanadi);

-bekorchi suvni tashlash inshooti – ortiqcha suvni turbinaning avariyali o`chishida yuqori b`efdan pastki b`efga avtomatik tarzda tashlaydi;

-GES binosi – turbinalarni, generatorlarni, taqsimlovchi qurilmalarni va boshqa yordamchi jixozlarni joylashtiradi;

-ketuvchi kanal – GESda ishlatilgan suvni suv manbaiga tashlaydi;

Derivatsion sxema tog`li va tog` oldi sharoitlarida, daryolarga nisbatan katta nishablik va qisqa uzunlik kichik ko`ndalang qirqimdagi derivatsiyaga nisbatan katta napor va GES quvvatini hosil qilganda afzal bo`ladi.

Napor hosil qilishning to`g`on – derivatsion sxemasida avvalgi sxemalar foydali xususiyatlardan foydalaniladi. Masalan, agar daryoning yuqori qismida kichik, pastki qismida katta nishablikka ega bo`lsa, unda yuqori qism oxirida suv omborli to`g`on qurish, so`ngra derivatsiya yordamida daryoning katta nishablik qismidan foydalanib, kattagina GESning umumiy naporini olish mumkin, 1.6 - rasm.

Bunda:


Tog`li joylarda suv omborlarini qurish deyarli ziyon keltirmaydi.





1.6-Rasm. Napor hosil qilishning aralash usuli sxemasi:

1-daryo, 2- suv ombori, 3- to`g`on, 4- derivatsion kanal , 5- GES naporli – stantsiya bo`g`ini




Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish