Surxondaryo viloyati Respublikamizning sekin rivojlanayotgan viloyatlaridan biri hisoblanadi



Download 6,98 Mb.
bet2/3
Sana09.07.2022
Hajmi6,98 Mb.
#762905
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI KOMILA

Umumiy ma’lumotlar
Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Respublikaning janubisharqida joylashgan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km², sug’oriladigan yerlar 237,5ming gektar. Aholisi 2652,9 ming kishi, ayollar 1 311,9 ming kishi, erkaklar 1 341,0 ming kishi. Xonadonlar soni 455 697 ta, oilalar soni 625 342 ta, ko’p qavatli uylar soni 1 375 ta. Korxona va tashkilotlar soni 36 608 ta.
Tarkibida 14 tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi — Termiz shahri.1
Yalpi hududiy mahsulot
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2020- yilda Surxondaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YaHM ) hajmi joriy narxlarda 24003,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019- yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi. YaHM deflyator indeksi 2019- yil narxlariga nisbatan 106,6 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 4,1 % ga yetdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 9 040,6 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaHM ishlab chiqarish hajmi va o’sish suratlari






Mlrd. so‘m




O‘sish sur’atlari, o‘tgan yilga nisbatan % da

2019- yil

2020- yil

YaHM
shu jumladan:

21 573,7

24 003,6

104,4



Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati

20 693,1

23 302,0

104,4



Mahsulotlarga sof soliqlar

880,6

701,6

104,8

Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati

20 693,1

23 302,0

104,4

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

10 710,9

11 736,8

105,6

Sanoat (qurilishni qo‘shgan holda)

3 126,4

3 871,8

110,1

Sanoat

1 402,3

1 823,3

113,9

qurilish

1 724,1

2 048,5

107,1

Xizmatlar

6 855,8

7 693,4

99,8

savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar

1 779,9

1 956,8

97,8



axborot va aloqa

941,8

1 035,6

101,0

boshqa xizmat tarmoqlari

4 134,1 4

701,0

100,4

2

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi umumiy YaHMning 97,1 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,9 % ini tashkil etdi. Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 50,4 % ni, sanoat tarmog‘i 7,8 % ni, qurilish 8,8 % ni va xizmatlar sohasi 33,0 % ni tashkil qildi.


YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 105,6 % (YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 50,4 %), sanoatda – 113,9 % (7,8 %), qurilishda – 107,1 % (8,8 %), xizmatlar sohasida – 99,8 % (33,0 %) ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 97,8 % (8,4 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 101,0 % (4,4 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 100,4 % (20,2 %) dan iborat bo‘ldi.
YaHMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mutloq o’sish suratlari


3
2020-yilda YaHM o’sishida tarmoqlarning hissasi

2020- yilda YaHM deflyatori indeksi 2019- yil narxlariga nisbatan 106,6 foizni tashkil etdi. YaHM deflyatori indeksining eng yuqori ko‘rsatkichlari sanoatda – 114,2 % va xizmatlarda – 112,4 % qayd etildi.
Sanoat ishlab chiqarish

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5 trln. 515,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi* 113,9 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi (89,4 %) ni tashkil etdi.





Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi pasayishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida - 20,2 % ga hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda - 10,3 % ga pasayishi kuzatildi. Shuningdek, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning - 18,4 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning - 13,3 % ga o‘sishi kuzatildi.


Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 215,9 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,9 % ini tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4 trln. 929,3 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 89,4 % ini tashkil etdi.
2019- yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 0,2 % ni (2019- yilning yanvar-dekabr oylarida - 0,1 %), o‘rta-yuqori texnologiyali - 0,6 % (0,3 %), o‘rta-quyi texnologiyali - 19,9 % (21,3 %) va quyi texnologiyalisi - 68,7 % (65,0 %) ni tashkil etdi.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim pritseplar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi - 5,6 % (2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 124,4 %), metallurgiya sanoatining ulushi - 0,5 % (2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 164,1 %), to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 47,0 % (2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 126,9 %), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 26,7 % (2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 103,0 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi - 0,9 % (2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 275,1 %) ni tashkil etdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 24,5 ming tonna paxta tolasi (2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 191,3 %), 43,7 ming tonna chakana savdo uchun qadoqlanmagan yigirilgan ip (121,4 %), 133,3 ming tonna un (106,5 %), 167,8 ming tonna portlandsement (1,4 m.) ishlab chiqarilib yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 291,9 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (5,3 % ini) tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida gаzsimon yoqilg‘ini quvurlar orqali taqsimlash bo‘yicha xizmatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 45,7 % ga oshganligi kuzatildi.
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 78,8 mlrd.so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,4 % ini) tashkil etdi.
2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan boshqa axlatxonalarda xavfsiz chiqindilarni yo‘qotish bo‘yicha xizmatlar 49,6 % ga, oqava suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 39,7 % ga oshganligi kuzatildi.
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trln. 32,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 11,7 % ga o‘sgan holda uning jami sanoatdagi ulushi 36,8 % ni tashkil etdi.



Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida vino va aroq mahsulotlari va pivo 1,5 % (2019- yil yanvar-dekabr oylarida 2,8 %)ni tashkil etdi. Hududlar kesimida iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Termiz shahriga to‘g‘ri kelib 22,4 % ni, shuningdek, Denov tumani 15,5 % ni, Sho‘rchi tumani 14,2 % ni, Jarqo‘rg‘on tumani 8,0 % ni hamda Termiz tumani 6,1 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’ati (viloyat o‘sish sur’ati 111,7 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Qumqo‘rg‘on (139,5 %), Oltinsoy (116,8 %), Bandixon (127,8 %), Qiziriq (121,3 %), Muzrabot (121,3 %), Sariosiyo (115,5 %), Boysun (115,3 %), Uzun (118,1 %), Termiz (112,4 %), Angor (117,7 %) tumanlari hamda Termiz shahrida (112,3 %) qayd etildi.
Hisobot davrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 1 trln. 82,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning umumiy ishlab chiqarishdagi tutgan ulushi 19,6 % ni tashkil etdi.
Surxondaryo viloyati jami sanoat mahsulotlari hajmida hududlarning ulushi, % da
Viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Termiz shahri (Viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 21,0 % i), Jarqo‘rg‘on (18,5 %) hamda Denov (15,7 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng past ko‘rsatkich esa Bandixon (0,1 %), Qiziriq (1,4 %) hamda Boysun (1,8 %) tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Termiz shahri (6 405,2 ming so‘m), Jarqo‘rg‘on (4 633,8 ming so‘m), Denov (2 237,9 ming so‘m), Sherobod (2 301,9 ming so‘m) hamda Sho‘rchi (2 273,1 ming so‘m) tumanlarida o‘rtacha Viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (2 077,5 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 765,5 ming so‘m bo‘lgani holda Termiz shahrida – 2 508,7 ming so‘mni, Termiz tumanida – 1 589,7 ming so‘mni, Sho‘rchi tumanida – 1 370,2 ming so‘mni, Denov tumanida – 808,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 2 trln. 608,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 47,3 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Oltinsoy, Bandixon, Uzun (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 100,0 % dan), Qiziriq (98,9 %), Boysun (94,7 %), Angor (92,1 %) hamda Termiz (89,4 %) tumanlarida kuzatildi. Viloyatamiz hududlari kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes sub’yektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Sherobod (30,9 %), Qumqo‘rg‘on (37,1 %), Denov (33,7 %), Jaqo‘rg‘on (37,7 %), Sho‘rchi (44,2 %) tumanlari hamda Termiz shahrida (42,1 %) sanoat ishlab chiqarish hajmidagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini mazkur hudularda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.
Bugungi kunda viloyatda 4086 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 724 tasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,7 % i) Termiz shahriga va 508 tasi (12,4 %) Denov tumaniga to‘g‘ri kelmoqda.
2020- yilning yanvar-dekabr oyida viloyatda 1 788 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi, shulardan 277 tasi (jami yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari hajmidagi ulushi 15,5 %) Denov tumanida, 213 tasi (11,9 %) Termiz shahrida tashkil etildi.
Viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mazkur dastur doirasida kiritilgan 20 ta loyiha bo‘yicha 56,4 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 235 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda yangi tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 13,3 % ga kamaygan.
Kichik tadbirkorlik
2020 – yilning yanvar - dekabrida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 77,1 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni har 1000 aholiga 9,5 birlikni tashkil qildi. 2020 – yilning yanvar - dekabrida 7,5 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55,7 foizga ko‘p.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2446 ta, savdoda 2165 ta, sanoatda 1788 ta, qurilishda 315 ta, yashash va ovqatlanishda 264 ta, tashish va saqlashda 105 ta tashkil etilgan.




O’lchov birligi

2019-yil

2020-yil

Farqi (+;-)

Faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni

birlikda

15 509

21 563

6 054

Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni

Birlikda

4 845

7 542

2 697



Kichik tadbirkorlikning ulushlari:













YaHM

%

77,9

77,1

-0,8

Sanoat

%

42,0

47,3

5,3

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi

%

99,0

97,3

-1,7

Investitsiya

%

73,3

44,0

-29,3

Qurilish

%

80,5

85,7

5,2

Chakana savdo

%

90,8

91,6

0,8

Xizmatlar

%

69,9

66,8

-3,1

Yuk tashish

%

74,5

72,5

-2

Yuk aylanmasi

%

79,9

85,8

5,9

Yo‘lovchi tashish

%

90,2

93,3

3,1

Yo‘lovchi aylanmasi

%

94,7

95,6

0,9

Eksport

%

73,4

63,9

-9,5

Import

%

75,0

92,9

17,9

2020 - yilning yanvar - dekabr oylarida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Denov tumani – 13,8 %, Termiz shahri – 10,9 %, Qumqo‘rg‘on tumani – 10,2 %, Jarqo‘rg‘on tumani – 7,9 %, Sho‘rchi tumani – 7,4 %, Sherobod tumani – 6,8 % va Qiziriq tumani – 6,3 % hissalariga to‘g‘ri keldi.


2020 – yil yanvar – dekabr oylarida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlarining soni har 1 000 aholiga nisbatan, 9,5 birlikni tashkil etdi.
2020 – yilning yanvar – dekabrida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni har 1000 aholiga hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Termiz tumanida 24,4 birlik, Termiz shahrida 22,4 birlik, Qiziriq tumanida 14,7 birlik, Boysun tumanida 13,1 birlik, Sherobod tumanida 11,3 birlik, Muzrabot tumanida 10,7 birlik, Angor tumanida 10,0 birlikni tashkil etgan. Sariosiyo tumanida esa ushbu ko‘rsatkich eng past bo‘lib 7,8 birlikka to‘g‘ri keldi.
2020 - yilning yanvar – dekabrida kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi 77,1 % ni tashkil qildi. (2019 - yilning yanvar – dekabrida 77,9 %). YaHMning o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan izohlanadi.
2020 - yil yanvar – dekabr oylarida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 139,5 million AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 63,9 % ini tashkil etdi.
2020 - yil yanvar – dekabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Bandixon tumanida – 100,0 %, Qiziriq tumanida – 100,0 %, Muzrabot tumanida – 100,0 %, Oltinsoy tumanida – 100,0 %, Boysun tumanida – 99,8 %, Sariosiyo tumanida – 94,3 % ni, eng past ko‘rsatkich Sherobod tumanida – 22,8 % ni tashkil etdi.
2020 - yil yanvar – dekabr oylarida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 188,9 million AQSh dollarini yoki umumiy importning 92,9 % ini tashkil etdi.
2020 - yil yanvar – dekabr oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 2608,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Kichik biznes sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11308,8 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 91,6 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2019 - yil yanvar – dekabr oylariga nisbatan 103,1 foizni tashkil qildi. Yuk tashishining umumiy hajmida kichik biznesning ulushi 72,5 foizni tashkil etdi. 2019 - yil yanvar – dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 97,3 foizni tashkil qildi. Avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik biznesning ulushi 85,8 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2019 - yil yanvar – dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 107,4 foizni tashkil qildi.
2020 - yil yanvar – dekabr oylarida, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik biznesning ulushi 93,3 foizni tashkil etib, bu esa 2019 - yilning yanvar – dekabr oylariga nisbatan 103,4 foizga oshishiga olib keldi. 2020 - yil yanvar – dekabr oylarida, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik biznesning ulushi 95,6 foizni tashkil etib, 2019 - yil yanvar – dekabr oylariga nisbatan 101,0 foizga oshishi kuzatildi.
Xizmat ko’rsatish
Surxondaryo Viloyatining iqtisodiy holatini baholashda xizmatlar sohasining ko‘lami, tarkibi va rivojlanish darajasi alohida o‘rin tutadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini o‘z ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 919,7 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 937,8 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar iste’molchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini o‘zgartiradigan yoki tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar bilan ayirboshlashiga ko‘maklashadigan ishlab chiqarish faoliyatining natijasi hisoblanadi.

2020- yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning dekabr oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 0,7 trln. so‘mga o‘sdi va 7,9 trln. so‘mga yetdi.
Taqqoslash uchun: o‘tgan yilning shu davrida ularning hajmi 0,7 trln. so‘mga o‘sgan va 7,0 trln. so‘mga teng bo‘lgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 38,5 % ni tashkil etdi.
Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi. Transportning ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli eng ko'p talabga ega hisoblanadi.
2020- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 73,3 % ga yetdi.

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xizmat ko’rsatish sohasida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallagan bo’lsada, o’tgan yilgiga nisbatan kamayganini ko’rishimiz mumkin. Eng yuqori o’sish suratlarini moliyaviy xizmatlar egallagan.
Savdo xizmatlariga yaqinroqdan qaraydigan bo’lsak, u asosan uch guruhga bo’linadi: avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi, jumladan, ularni ta'mirlash xizmatlarini qo‘shgan holda – 3,8%; Ulgurji savdo xizmatlari (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) – 13,1%; Avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo bo‘yicha xizmatlar – 83,1%.
Moliyaviy sohaga qaraydigan bo’lsak, sug’urta va moliya ta’minoti bo’yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar eng ko’p – 94,9% ulushga ega.

2020- yilning yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 982,8 ming so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 101,1 % ni tashkil etdi.
Ko'plab xalqaro ekspertlarning fikriga ko'ra, xizmatlar sohasining jadal rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining zamonaviy tuzilmaviy moslashtirishni muvaffaqiyatli yakunlash uchun hal qiluvchi shartdir. Xizmatlar sohasining tarmoqlar tarkibi va texnologiyalari tobora murakkablashib borishi, mahsulot sifati va rang-barangligini oshirish, shuningdek, yuqori texnologiyali xizmatlar tarmoqlarining jadal rivojlanishi korxona va tashkilotlar, uy xo'jaliklarining samaradorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirishga yordam beradi.
Qishloq xo’jaligi
Surxondaryo viloyati iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi alohida o’rin tutadi.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2020– yilning yanvar– dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 19 921,7 mlrd. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 105,6 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar– 19 660,7 mlrd. so‘mni (105,6 %), o‘rmon xo‘jaligi–201,3 mlrd. so‘mni (101,9 %), baliqchilik xo‘jaligi – 59,7 mlrd. so‘mni (121,5 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Surxondaryo viloyatining ulushi 7,7 % ni tashkil etdi.
2020– yilning yanvar– dekabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining eng yuqori hajmi Denov (3 089 mlrd. so‘m) va Sherobod (2 109 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Termiz shahri (130 mlrd. so‘m), Bandixon (659 mlrd. so‘m) va Qiziriq tumani (756 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin. Viloyat ko‘rsatkichidan (105,6 %) yuqori o‘sish sur’atlari Angor (116,5 %), Termiz (115,6 %), Muzrabot (112,1%), Jarqo‘rg‘on (109,0 %), Qumqo‘rg‘on (106,8 %) va Bandixon (106,3%) tumanlarida kuzatildi. Sho‘rchi (105,1%), Uzun (104,1 %), Denov (104,0%), Sariosiyo (103,3%), Sherobod, Oltinsoy tumanlarida va Termiz shahrida (102,0 %), Boysun (101,9 %) hamda Qiziriq (92,2 %) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 19 504,6 mlrd. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari–9 801,9 mlrd. so‘mni (107,7 %), chorvachilik mahsulotlari– 9 702,8 mlrd. so‘mni (102,7 %) tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqonchilik mahsulotlari – 50,3% va chorvachilik mahsulotlari – 49,7% ulushni egallaydi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 71,3 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 24,1 % i – fermer xo‘jaliklariga, 4,6 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 9 801,9 mlrd. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.
Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 678,3 ming t. don (2019– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 10,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 78,0 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 013,5 ming t. sabzavot (2019– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 4,3 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Sabzavot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot ishlab chiqarish umumiy hajmidan 76,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.


Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 9 702,8 mlrd. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 49,7 % ni tashkil etdi. Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha choratadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste‘mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 193,2 ming t. go‘sht (2019– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 3,6 % ga ko‘p), 885,7 ming t. sut (2,1 % ga ko‘p), 516,0 mln. dona tuxum (0,6 % ga ko‘p), 2 574,0 t. jun (2,7 % ga ko‘p), 11,5 ming dona qorako‘l teri (3,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi va 4 399,8 t. baliq (21,9 % ga ko‘p) ovlandi.
2021– yining 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 5,1 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 93,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,4 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumiy sonidan 17,6 % i fermer xo‘jaliklariga, 80,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 2,2 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 24,7 % i fermer xo‘jaliklariga, 73,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 2,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 6,6 % i fermer xo‘jaliklariga, 50,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 43,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Tashqi savdo
Tashqi iqtisodiy faoliyat, xususan mamlakatda amalga oshirilayotgan tashqi savdo siyosatining natijasi to'g'ridan-to'g'ri aholi turmush darajasiga ta'sir qiladi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylari natijalariga ko'ra viloyatning tashqi savdo aylanmasi(matnda TSA) 421 713,8 ming AQSh dollarini tashkil qildi va o'tgan yilning shu davriga nisbatan 140 938,9 ming AQSh dollariga kamaydi.
O`zbekiston Respublikasi tovarlar tashqi savdosi statistika ko`rsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (keying o`rinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi o`rinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu o`z navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST bo`yicha kodlashtirish, TIF TN va XSST o`rtasida o`tish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.
TSAning umumiy hajmidan eksport 218 289,2 ming AQSh dollariga etdi (2019- yil yanvar-dekabriga nisbatan 9,4 % pasayish qayd etildi), import esa 203 424,6 ming AQSh dollarini (pasayish 36,8 %) tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining 14 864,6 ming AQSh dollari miqdoridagi faol saldosi qayd etildi.
Eksport tarkibida sezilarli o'zgarishlarga import tovarlar o'rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishning o'sishi va sanoat ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish natijasida erishildi.
Surxondaryo viloyati dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshiradi. Ularning tashqi savdo aylanmasining eng kata hajmi Xitoy (33,7 %), Rossiya Federatsiyasi (11,6 %), Afg'oniston (10,8 %), Pokiston (9,5 %), Qozog'iston(8,5 %), Turkiya (5,6 %), Tojikiston (5,1 %), Qirg’iz Respublikasi (3,7 %) va Hindiston (1,5 %).

Shuningdek, qo'shni davlatlar bilan o'zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko`rish mumkin.


Xususan, so'nggi yillarda TSA da jiddiy o'zgarishlar kuzatildi, masalan, Qirg'iziston va Tojikiston kabi davlatlar bilan sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Qirg'iziston, Tojikiston va Afg'oniston bilan faol tashqi savdo balansi mavjudligini mamlakatning tashqi savdosidagi ijobiy natija deb hisoblash mumkin. TSAning boshqa davlatlar bilan eng kata hajmi (qo'shni davlatlardan tashqari) Xitoy, Rossiya, Pokiston va Turkiyaga to'g'ri keladi.
Respublika hukumati tomonidan tashqi savdoni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida xorijiy mamlakatlarning tashqi savdo aylanmasining 2019- yilning shu davriga nisbatan ulushi 4,6 % ga oshdi va ularning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 69,4 % ni tashkil etdi.
2020- yil yanvar-dekabr oylarida MDH mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2019- yilning shu davriga nisbatan pasaygan (4,6 % ga kamayish) va umumiy tashqi savdo aylanmasining 30,6 % ni tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida eksport qiluvchi subyektlarning umumiy soni 315 tani tashkil etib, bu eksport hajmini 218 289,2 ming AQSh dollariga yetkazishni ta'minladi (pasayish 2019- yilning shu davriga nisbatan 9,4 % ni tashkil etdi). Eksport tarkibining 98,7 % ni asosan oziq-ovqat mahsulotlariga (50,1 %), sanoat mahsulotlariga (33,9 %) to'g'ri keladi.
Tovarlarni eksport qilish yo'nalishida MDH va boshqa xorijiy davlatlar o'rtasidagi xizmatlardafarq mavjud. Shunday qilib, MDH mamlakatlariga eksportning 63,5 foizi birinchi navbatda bu oziqovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, undan keyin turli xil tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarilgan mahsulotlargato'g'ri keladi.
Hisobot davrida MDH mamlakatlariga turli xil tayyor mahsulotlar, sanoat tovarlari, nooziq-ovqat xom ashyolari, yoqilg'i, hayvonot va o'simlik moylari, shuningdek kimyoviy moddalar va shu kabi mahsulotlar eksporti oshdi, asosan oziq-ovqat va tirik hayvonlar, sanoat mahsulotlari eksporti pasayishi qayd etildi. Eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahliliboshqa mamlakatlarga yuborilgan 2020- yil yanvar-dekabr oylarida 2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan yoqilg'i, hayvonot va o'simlik moylari, shuningdek, turli xil tayyor mahsulotlar va kimyoviy moddalardan tashqari nooziq-ovqat xom ashyolari eksporti hajmi oshganligini ko'rsatdi. Oziq-ovqat va tirik hayvonlar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar eksporti kamaydi.

2020- yil yanvar-dekabr oylarida import hajmi 203 424,6 ming. AQSh dollarini va 2019- yilning mos davriga nisbatan 36,8 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng kata ulush, sanoat tovarlari (37,5 %), mashina va transport uskunalari (33,1 %), shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (15,7 %) egallaydi.



Asosiy kapitalga investitsiyalar


Joriy davrda 9 923,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 78,8 % jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 21,2 % moliyalashtirildi.
Markazlashgan manbalari hisobidan:
Respublika byudjeti: 682,8 mlrd. so‘m; Suv ta`minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi: 112,6 mlrd. so‘m; O‘zR kafolati ostida xorijiy kreditlar: 677,6 mlrd. so‘m
Markazlashmagan manbalari hisobidan:
Aholi mablag‘lari : 1 282,2 mlrd. so‘m; Korxona mablag‘lari: 822,7 mlrd. so‘m; Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari: 864,5 mlrd. so'm; To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar: 5 480,6 mlrd. so‘m.
Joriy davrda ham asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlarning katta qismi tog‘-kon sanoati o‘zlashtirilib, u 3 334,9 mlrd. so‘mni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida 54,1 % ni tashkil etdi. Hajm jihatidan keyingi o‘rinni qayta ishlash sanoati egallagan. Ushbu faoliyat turi bo‘yicha – 1 195,1 mlrd. so‘m yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 19,4 % o‘zlashtirildi. Qishloq xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha - 971,3 mlrd. so‘m, tashish va saqlash faoliyati bo‘yicha - 244,4 mlrd. so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
Qurilish ishlari
Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida jami 4 690,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati 2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 107,1 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik shakli, davlat va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibi bo‘yicha bo‘linadi.
Qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta‘mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.
2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 2 486 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 218 taga oshdi.



Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu bino va inshootlar qurish ishlarining o‘tgan yilga nisbatan 102,0 % ga (jami qurilishdagi ulushi 67,3 %), fuqarolik obyektlarini qurish 125,0 % ga (jami qurilishdagi ulushi 12,7 %), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 132,5 % ga (jami qurilishdagi ulushi 20,0 %) o‘sishidir.


Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 670,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 79,2 % ga bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 5,2 % punktga kamayib, 14,3 % ni tashkil etdi.
Surxondaryo viloyati iqtisodiy istiqbollari
Aholisi

DEMOGRAFIK KOʻRSATKICHLAR TAHLILIDAN KELIB CHIQIB ASOSIY VAZIFALAR
Ijtimoiy infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha:

  • MTTlar oʻrinlar sonini 158 226 taga oshirish va MTT qamrovini 41,5 foizdan 74,3 foizga yetkazish;

  • Maktablardagi quvvatni 36,7 ming ta oʻringa oshirish

  • Yangi kurilish -7 ta Rekonstruksiya qilish 118 ta, Mukammal taʼmirlash -33 ta, Nodavlat sektorda oʻrinlar soni 2 375 taga yetadi. 2 345 nafar bitiruvchilar tibbiyot tizimiza ishga joylashadi.

Muhandislik-kommunikatsiyalar infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha:

  • Markazlashgan ichimlik suvi taʼminotini 68,1 foizga yetkazish

  • Elektr tarmoqlarini 92 %, TPlarni 97 % yaxshilash va 3 ta yirik podstansiya qurish

  • Termiz shahar va tumanlar aholisni 100 foiz tabiiy gaz bilan taʼminlash va 8 862 ta maishiy gaz balonlar tarqatish

  • Mahalliy va ichki yoʻllarni 70 foizga yaxshilash

Bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish:

  • Mavjud 122 ming ishsizlarning bandligini taʼminlash

  • Yiliga mehnat bozoriga yangidan kirib keladigan oʻrtacha 35-40 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash

  • Aholini bandlik va daromadini oshirish orqali kambagʻallikni qisqartirish

Sog’liqni saqlash


Mavjud muammolar:

  • Nodavlat va davlat xususiy sherikchilikdagi tibbiyot muassasalarning soni yetarli miqdorda emasligi.

  • Tizimda jami 309 ta muassasadan 165 tasi (53%) taʼmirga muxtoj

  • Bugungi kunda viloyat boʻyicha jami 1758 ta vakansiya oʻrinlari mavjud

Yechimlar:

  • Tibbiyot sohasida sogʻlom raqobatni shakllantirish maqsadida 2022-2026 yillarda 48 ta davlat xususiy sherikchilik asosida 177 ta nodavlat tibbiyot muassasalari tashkil etish hisobiga aholiga koʻrsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish yaxshilanadi

  • Ushbu taʼmirtalab muassasalarni taʼmirlash uchun 2022-2026 yillar Investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrish.

  • Viloyatdagi mavjud sogʻliqni saqlash muassasalardagi vakansiya ish oʻrinlarini qoplash uchun oliy taʼlim muasssasalarga qoʻshimcha kvota ajratish.


2022-2026 yillarda makro-iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari

IQTISODIY OʻSISH SURATLARINI TAʼMINLASH BOʻYICHA DRAYVER SOHALAR VA YOʻNALISHLAR
Sanoat yo’nalishining asosiy drayverlari:

  • Tekstil va to’qimachilik sanoatida: paxta va ip kalavani qayta ishlash; ipakni qayta ishlash

  • Qurilish materiallari sohasida: sement ishlab chiqarish; DSP ishlab chiqarish; gipsakarton ishlab chiqarish; oynaga qayta ishlov berish

  • Nefr va kimyo: neftni qayta ishlash

  • Energetika: elektr enetgiya ishlab chiqarish

  • Oziq ovqat sanoatida: meva-sabzavotlarni qayta ishlash; uzumni qayta ishlash

Qishloq xoʻjaligi sohasining asosiy drayverlari:

  • 90 ming gektar gʻalla maydonlarida takroriy ekin ekish orqali 1 mln.tonnadan ziyod qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va 35 ming nafar oilani bandligini taʼminlash

  • 49 ming gektar aholi tomorqa yer maydonlari mavjud, 467 mingta xonodon aʼzolarini bandligini taʼminlash va 1 mln.tonnadan ziyot qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish

  • 32 ming gektar yer maydonlarda suv chiqarish orqali oʻzlashtirish hisobiga 50 mingdan ortiq ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish

  • Issiqxonachilik: pomidor yetishtirish; bulg’or qalampiri yetishtirish.

  • Bog’dorchilik: anorchilik; uzumchilik; xurmo yetishtirish; olma yetishtirish

  • Limonchilik

Xizmat ko’rsatishning asosiy drayverlari:

  • Tibbiy xizmatlar: tibbiy diagnostika xizmati; ambulatoriya xizmati; statsionar xizmati.

  • M-39 magistral yo’l bo’yicha xizmar ko’rsatish obektlari: avtomoyka xizmati; avtoservis xizmati; yoqilg’i quyish shaxobchasi; umumiy ovqatlanish shaxobchasi; savdo do’konlari; motel xizmati.

  • Turizm: ziyorat turizmi; tibbiy turizm; eko turizm.

  • Xalqaro savdo: tashqi savdo markazi; mehonxona xizmati; dam olish maskani.

2022-2026 YILLARDA SANOAT ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI OʻSISH SURATLARI

mlrd so’mda

Sanoatni drayver tarmoqlari loyihalari


Qurilish materiallari; loyihalar soni 171ta
To’qimachili: loyihalar soni 39ta
Elektrotexnika: loyihalar soni 10ta
Charm-poyabzal sanoati: loyihalar soni 13ta
Oziq ovqat sanoati: loyihalar soni 114ta
Farmasevtika: 5ta
Innovatsiyalar: loyihalar soni 14ta
2020-2026 yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko’rsatkichlari.


Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish