Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi termiz tuman kasb-hunar maktabi
Nosir
Mavzu: Avtomobil dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi detallarini ta’mirlash ishlari. Taqsimlash validagi asosiy nuqsonlar egilish, taqsimlash shesternasi o'tkaziladigan bo'yinni va tayanch bo'yinlarning yeyilishi hamda kulachoklarning yeyilishidir. Valni chekka bo'yinlari bilan prizmaga o'rnatib, oraliq buyinlarning tepishi tekshirib ko'riladi. Ruxsat etilgan tepish miqdori texnik shartlarda belgilab qo'yilgan. Agar tepish miqdori ruxsat etilgandan katta bo'lsa, u holda val zarb ostida to'g'rilanadi. Yeyilgan bo'yinlarni jilvirlab kichikroq diametrga, ya'ni navbatdagi ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Jilvirlangan bo'yinlarni abraziv tasmada yoki ГОИ pastasida yaltiratiladi. Yeyilgan tayanch vtulkalarni ham yangisiga almashtiriladi. Zichlab joylashtirilgan bu vtulkalarning ichki diametrlarini taqsimlash valining jilvirlangan bo'yinlariga mos keltirish uchun razvyortkalanadi yoki keskich yordamida yo'niladi. Valning ta'mirlash o'lchamidan chiqib ketgan bo'yinlarini xromlash yoki po'latlash orqali nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga keltirish mumkin. Kulachoklarning uncha katta bo'lmagan yeyilishlarini nusxalash-jilvirlash dastgohida sayqallab yo'qotiladi. Kulachok cho'qqisi ancha yeyilgan bo'lsa, uni suyultirib qoplash usulida sormayt №1 (asosi temir boigan serxromli va seruglerodli qattiq qotishma) qoplab tiklash mumkin. Shundan keyin unga elektr jilvirlash uskunasida dastlabki ishlov beriladi va nusxalash-jilvirlash dastgohida sayqallanadi. So'ng taqsimlash valining kulachoklari ЭБ220 yaltiratish lentasida yoki ГОИ №10 pastasida yaltiratiladi. Klapanlarda ko'p uchraydigan nuqsonlar ishchi faskalarni yeyilishi va kuyib ketishi, likopni (kallakning) deformatsiyalanishi, o'zakning egilishi va yeyilishidir. Ishchi faskalar oz-moz yeyilgan klapanlarni o'rindiqqa ishqalab tiklanadi. Yeyilishlar katta bo'lganda yoki chuqurchalar yoki chiziqlar bo'lganda awal jilvirlash keyin ishqalab moslashtirish amalga oshiriladi. Faskani jilvirlagandan so'ng klapan kallagining silindrsimon qismining balandligi texnik shartlarda belgilanganda kichik bo'lib qolmasligi lozim. Barcha klapanlar bir paytning o'zida maxsus dastgohda ishqalab moslashtiriladi. Klapan - o'rindiq juftligining germetikligi maxsus asbobda nazorat qilinadi. O'zakdagi egilishning va kallakdagi ishchi faskaning o'zakkanisbatan tepishi maxsus moslamada tekshiriladi. Nazorat indikatorlar (10 va 11) yordamida amalga oshiriladi. Klapan o'zagini va ishchi faskani ruxsat etilgan tepishi texnik shartlarda belgilab qo'yil-gan. Tepish katta bo'lganda klapan o'zagi to'g'rilanadi. Klapanning yeyilgan o'zagini xromlash yoki po'latlash yo'li bilan tiklanadi va nominal o'lchamga jilvirlanadi. O'zakning yeyilgan tores qismini ham tekis silliq yuza olgunga qadar jilvirlanadi. Klapan turtkichlarida sferasimon va silindrsimon yuzalar eyiladi. O'zakni ta'mirlash o'lchamiga jilvirlab yoki xromlash yo'li bilan tiklanadi. Turtkich yo'naltiruvchisidagi teshikni o'rnatiladigan o'zak o'lchamiga moslab yoki vtulkani zichlab o'rnatish uchun razvyort-kalanadi. Vtulka qo'ng'ir cho'yandan tayyorlanadi va 0,02 - 0,03 mm tig'izlik bilan o'tkaziladi. Birikmadagi zarur tirqishni ta'minlash uchun zichlab o'tqazilgan vtulkaning ichki diametriga razvyortka bilan ishlov beriladi. O'zakning sferasimon sirtidagi yeyilishlarning andoza bo'yicha jilvirlab bartaraf etiladi. Bunda texnik shartlarda belgilangan balandlik albatta, saqlab qolinadi. Klapan koromislolarida asosan vtulkalar yeyiladi. Ular yangisiga almashtiriladi va teshiklari nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga yo'nib kengaytiriladi. Yangi vtulkalarga moy teshiklari ham parmalanadi. Koromislo tumshug'idagi sferasimon sirtga jilvirlab ishlov beriladi. Dvigatelning ekspluatastiyasi jarayonida detallarning tabiiy eyilishlari hamda to’satdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yo’qotishi natijasida silindr porshen guruhsi (SPG), krivoship shatun mexanizmi(KShM) va gaz taqsimlash mexanizm(GTM)i hamda boshqa birikma va agregatlarda turli nosozliklar paydo bo’ladi. KShM ning asosiy nosozliklariga silindrlarning, porshen xalqalari va ariqchalarning, porshen bobishkasidagi devori va teshiklarining, shatun kallagi vtulkalarining, tirsakli val bo’yinlaridagi vkladishlarning eyilishi va porshen xalqalarini qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy ishdan chiqishlarga esa porshen xalqalarining sinishi, silindr yuzasining eyilishi, porshenning tiqilib qolishi, podshipniklarni erishi, silindr bloki va uning kallagida darzlar xosil bo’lishi misol bo’la oladi. KShM nosozligining alomatlariga dvigatel silindrlaridagi kompressiyaning yo’qolishi va uning shovqin bilan ishlashi, ko’p miqdorda gazlarning karterga o’tib ketishi va moy quyish bo’g’izidan quyuq tutun chiqishi misol bo’la oladi. GTM ning asosiy nosozliklariga turtgich va uning vtulkalarining, klapan tarelkalari va o’rindiqlarining, shesternyalarining, gaz taqsimlash vali tayanch bo’yinlarining va kulachoklarining eyilishi, klapan va koromisla orasidagi tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan prujinalarining elastikligining yo’qotishi va sinishi, gaz taqsimlash shesternyaining sinishi va klapanlarning kuyishi misol bo’ladi. Gaz taqsimlash mexanizmining shovqin bilan ishlashi, karbyuratordan alanga chiqishi va tutun so’ndirgichdan shovqin chiqishi nosozlik alomatlari hisoblanadi. KShM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish. Dvigatelning buzilishi va unda hosil bo’luvchi nosozliklarini oldini olish maqsadida avtotransport korxonalarida kompleks profilaktik tadbirlar bajariladi. Bu ishlar diagnostikalash, KXK; 1-TXK, 2-TXK va MX davridagi dvigatel bo’yicha maxkamlash, diagnostikalash, sozlash va moylash ishlari hisoblanadi. Shu jumladan zamonaviy engil avtomobillar uchun ham shu maqsadda davriy servis xizmat ko’rsatish ishlarini bajarishda yuqorida keltirilgan operastiyalar bajariladi. Xizmat ko’rsatish davrida asosiy e’tibor maxkamlash va nazorat-sozlash ishlariga qaratiladi. Maxkamlash ishlarini bajarishdan maqsad dvigatel birikmalarini (dvigatelning rama tayanchiga, silindr kallagi va karterni silindrlar blokiga va h.k.) germetikligini tekshirishdan iborat. Gaz va sovutish suyuqligining chiqib ketmasligini oldini olish uchun, silindr kallagining blokka maxkamlash momenti tekshiriladi. Bu vazifa avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavod ko’rsatmasiga binoan belgilangan ketma-ketlikda, hamda me’yoriy burash momentida dinamometrik kalitdan avtochilangar asboblari to’plamlaridan foydalanilanib bajariladi. Cho’yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq holatda mahkamlanadi. Dvigatellarda KShM va GTM bo’yicha sozlash ishlari klapan sterjenining yuqori qismi bilan turtgichlar yoki koromislolar oralig’idagi tirqishni sozlash, dvigatel tayanchining rama bilan birikmasini qotirish, silindrlar kallagi va karterni silindr bloki bilan birgalikda qotirish ishlaridan iborat bo’lib, diagnostikalash ishlari natijasiga ko’ra bajariladi. Klapan tirqishlarini sozlash ishlari 2-TXK da yoki zaruratga ko’ra bajarilib, GTMning ravon ishlashini ta’minlaydi, gaz taqsimlash jarayonini me’yorlaydi, silindrlarning yonilg’i aralashmasi bilan to’lishini ta’minlaydi, bular o’z navbatida dvigatelning quvvatini va kompressiyaning oshishiga imkon yaratadi. Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexanizmidagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80-150°S gacha, klapanlar esa 300-600°S gacha kiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kamayadi, bu esa detallarni issiqlik ta’sirida deformastiyalanishiga, klapanlarni uz uyalarig. Dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiklik tirqishi xaddan ziyod kichik bo’lsa, tarelka o’ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo’ladi, klapan egari yumshab, gazlar chiqib ketishi oqibatida uning eyilishi tezlashadi. Ikkinchidan yuqori harorat ta’sirida klapanlar ishlashida kuchli taqillashlar paydo bo’ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan eyila boshlaydi. Issiqlik tirqishi, odatda, pulat shchup yordami bilan 20-25°S haroratda aniqlanadi. Download 4,12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |