Sun’iy intelekt


II BOB BILIMLARNI TAQDIM ETISHDA FREYMLARDAN FOYDALANISH



Download 212,08 Kb.
bet11/22
Sana20.07.2022
Hajmi212,08 Kb.
#831121
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
course work frames (2)

II BOB BILIMLARNI TAQDIM ETISHDA FREYMLARDAN FOYDALANISH
2.1 Freym va ularning tuzilishi
Olamning mashinali modelini yaratishning murakkabligini asosiy sababi - bu ushbu olamning xilma-xilligidir. Marvin Minskiy psixologik va amaliy jihatdan eng qimmatli modellarni taklif qildi. Marvin Minskiy – AQShdagi Massachuset texnologiya va texnika institutida kompyuter fanlari professori. Tyuring mashinasi uchun dasturlash, sun'iy intellekt, bilimlar psixologiyasi sohasida mutaxassis, geometrik hisoblash, semantik hisoblash, mashinali idrok etish, simvolli o’rganish sohalarida ishlagan. Robototexnika va masofadan boshqarishni asoschilaridan biri, shaxsan, sensorli va vizual datchiklarni, birinchi robotlarning mexanik qismlarini ishlab chiqargan. 1951 yilda u birinchi neyron tarmoqlardan birini yaratdi va “Sun’iy intellekt” labaratoriyasini tashkil etdi. 70-yillarda u intellektning psixologik nazariyasini yaratdi. 1974 yilda "Bilimlarni taqdim etish uchun freymlar" nomli kitobi chop etildi.
Inson psixikasining (ongda boqealrning aks etishidan hosil bo’lgan ruhiy kechinmalar) freymlar nuqtai nazaridan talqini 2.1.1-rasmda keltirilgan.



Turli masalalarni echishga qarab inson har bir vaqtda fazoda mo’ljal olishga, mansab pillapoyalarida yuqoriga chiqishga, she'riyat ma'nosini tushunishga, kerakli ma'lumotlarni izlashga va boshqalarga imkoniyatlar yaratuvchi freymlarning turli global tizimlariga (2.1.2-rasm) ega bo’ladi.



Sun'iy intellektning bu yo'nalishi mavjud kompyuter modellari asosida intellektual masalalarni echishning algoritmlarini izlashga qaratilgan edi. Yangi ilm-fanni tashkil etishda Makkarti (Sun’iy intellekt masalalari uchun birinchi dasturlash tili-LISPning muallifi), Minskiy (Freym g'oyasining va bilimlarni taqdim etishning freymli modelining muallifi), Nyuell, Saymon, Shou, Xant va boshqalar o’zlarining salmoqli hissani qo’shdilar.




Freym va freymli modellar haqida
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o`ziga bog`lovchi tasvirlashlarni ishlab chiqishga intilish, freymli tasvirlashlarni paydo bo`lishiga olib keldi. Freymlar nazariyasi 1975 yilda M. Minskiy tomonidan chop etilgan. Freymlar nazariyasini, bilimlarni freymlar bilan tasvirlash oynasini va "Freym" terminini 1975-yilda M.Minskiy taklif qilgan [1-3]. "Freym" so`zi ingliz tilidan olingan bo`lib, paycha, panjara, ichki skelet kabi mazmunlarda ishlatiladi. Freymlar nazariyasining mohiyati quyidagicha. Inson yangi holatga tushib qolgan paytda, u o`zining xotirasidagi freymlar deb nomlanuvchi asosiy strukturasiga murojaat qiladi. Ya’ni bunday holatda to`g’ri yechimni qabul qilish uchun namunalarga murojat qilish kerakligini eslaydi.
Sun’iy intellektda freymlarning turli ta’riflari mavjud. Quyida ularning bazi birlarini keltiramiz [1-3, 6-8]:
Freym – bu ba’zi tushuncha yoki obyektni tavsiflovchi dinamikli, to’liq aniqlanmagan minimal struktura.
Freym – bu sun’iy intellektda haqiqiy vaziyatlarning harakat sxemasini o’zida aks ettiruvchi bilimlarni tasvirlash ulubi.
Freym – bu qandaydir obyekt, hodisa, vaziyat va jarayonning mohiyatini minimal tavsiflovchi mavhum timsolning modeli.
Freym bu idrok etishning qandaydir andozasini tasvirlashning mavhum(abstrakt) timsoli.
Freym –bu slotlar(maydon)dan iborat ma’lumotlar strukturasi.
Freym – bu qandaydir konseptual obyektni tasvirlashning ma’lumotlar bazasi bo’lib, freymga tegishli axborotlar uning tahkil etuvchilari bo’lgan slotlarda saqlanadi.
Slot (inglizcha - slot- (teshik, kovak, tirqish, yoriq) terminalli (ierarxiyaning beti) bo’lishi yoki freymning quyi bosqichini o’zida namoyon qilishi mumkin.
Freymli model haqiqiy olam obyektlarining ierarxiyasini yaxshi tizimlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Freymli modellar  strukturalashgan semantik tarmoqlar hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda obyektlar va hodisalar freymlar ko’rinishida tavsiflanadi.
Freymli modellar insonnig predmet soha haqidagi fikrlash jarayonini tasvirlash uchun qo’llaniladi.
Freymli model tarmoqli modelga nisbatan ancha maxsuslashtirilgan bo’lib, bilimlarni klasterlash (fragmentlash) prinsipiga asoslangan bo’ladi.
Boshqa turdagi modellardan farqli ravishda freymli modellarda axborot birliklarning qat’iy strukturasi qayd qilinadi. Bu yerda slotning qiymati (strukturasi) bo`lishi mumkin. Slotning qiymati sifatida freymni tasvirlashda ichkima - ichki tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi, freymni aniqlashtirishda unga va slotlarga aniq nom beradi va slotlarni to`ldirish sodir bo`ladi.
Freymli modellarning yutuqlari ularning kompaktliligi, ko’rgazmaliligi, egiluvchanligi, modulliligi va axborot birlilklarni yozishda birxilliligi bilan xarakterlanadi.
Freymli modellarning asosiy kamchiliklari-bu ularda xulosalashni boshqarish mexanizmlarining etishmasligi hisoblanadi. Ba’zi hollarda bu kamchilik tizimning foydalanuvchisi tomonidan slotlar-freymlar sifatida foydalaniladigan protseduralar yordamida tuzatilishi mumkin.
Predikatlar hisobi va semantik tarmoqlar bilimlarni tasvirlashda kuchli vositalar hisoblanadi, lekin ular murakkab strukturalashgan obyektlarni yoki hodisalarni etarlicha yaxshi tavsiflay olmaydi. Chunki, murakkab strukturalashgan obyektlarda yoki hodisalarda qo’llaniladigan qoidalar nabori-bu bir-biri bilan aniq shaklda bog’liq bo’lmagan yozuvlarning chiziqli ro’yxatidan iborat [1-3].
Mantiqiy tizimlar ham qandaydir strukturaga birlashmagan formulalar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ushbu formulalarga kirivchi mulohazalar, predikatlar yoki obyektlar oddiy o’zgaruvchilardan iborat bo’ladi. Semantik tarmoqlarda tugunlar holati fazoda qayd qilinmaydi, ya’ni tarmoq tugunlarini izomorfli almashtirishganda biz butunlay boshqa ko’rinishdagi tarmoqni hosil qilamiz, likin tarmoqning shakli o’zgargani bilan ushbu tarmoqdagi tugunlar orasidagi bo’g’lanishlar o’zgarmaydi [1-3].
Shunung uchun freymli modellarda obyektni va hodisalarni to’liq tasvirlashga alohida e’tibor beriladi. Har bir freym bilan quyidagi ma’lumotlar bog`langan bo’ladi:
1) Freymdan qanday foydalanish haqida;
2) Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi;
3) Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak.
Freymlarning bilimlarni tasvirlash modeli sifatidagi asosiy yutuqlari –bu model inson xotirasining fikrlash asosini tashkillashtirishni hamda uning egiluvchanligi va ko’rgazmaliligini aks ettiradi. Shuningdek, boshqa tarmoqli modellardan farqli ravishda, freymli modellarda axborot birliklar orasidagi aloqalar qat’iy tuzilishga ega bo’ladi. Amaliy jihatdan freymli modellardan sun’iy intellektda, ya’ni exspert tizimlarda bilimlarni tasvirlashda keng foydalanildi.
Freym bir qator tavsiflangan slotlardan tashkil topgan strukturalardan iborat bo’ladi. Slot ikkita elementdah iborat: slot nomi va slot qiymati. Slotlarning nomlaridan tushunchalarning o’xshashligini aniqlashda foydalaniladi. Slotlarning qiymatlari sifatida boshqa freymlarning nomlari ham qatnashishi mumkin.

Download 212,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish