Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

Men devonda ishni 
ixchamlashtirish maqsadida tilda qo’llanib turuvchi so’zlarnigina berdim. 
Iste’moldan chiqqanlarini qoldirdim
»
8
. Mahmud Koshg`ariy devonda arxaik 
so’zlar namunasini ham ko’rsatib, ularning juda ko’p ekanini uqtiradi. Bu esa 
devonda izohlangan til juda qadimiy ekanligidan darak beradi. 
So’z shakllarini shuncha uzoq muddatga yetkazishda Mahmud Koshg`ariy 
tutgan alohida tartibning ahamiyati kattadir. Bu tartib asosida qo’lyozma 
zararlangan, o’zgargan taqdirda ham qaysi so’z qanday boshlanishi, o’rtada, 
8
Кошғарий М. Девону луғотит турк (Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. Муталлибов). Т. I-II-III. –Тошкент: 
Фан, 1960-1963. Т. I. 1960. –Б. 5. 


oxirida qay harf borligi va boshqalarni aniqlash osondir. Ehtimol, Mahmud 
Koshg`ariyning bu tartibni qo’llashda kuzatgan maqsadi ham shudir. 
Devonda so’zlar ikkita (ism, fe’l)ga ayirib ko’rsatiladi. Oldin ismlar, so’ngra fe’llar 
beriladi. Ismlarda ham, fe’llarda ham oldin hamza (u, o, a) harflari bilan 
boshlanadigan so’zlar, keyin maxsus alifbe tartibida
 
(b), (t) va boshqa harflar bilan 
boshlangan so’zlar izohlanadi. Devonda oz xarfli so’zlar oldin, ko’p harfli so’zlar 
keyin beriladi. Mahmud Koshg`ariy eng kam harfli ism ikki harfli, eng ko’p harfli 
ism etti harfli deb taxmin qiladi. 
Mahmud Koshg`ariy o’z davrining ulug` dialektologi
 
edi. U o’sha davrning 
benihoyat murakkab vaziyatdagi qabilalarini va ularning tillarini mukammal 
aniqlab chiqdi. Ma’lumki, XI asrda O’rta Osiyoda yashovchi qabilalar ham, 
ularning tillari ham u davr tuzumi sharoitiga muvofiq ancha murakkab vaziyat 
olgan edi. Ilgari kam nufuzli bo’lgan qabilalar yiriklashgan, ba’zi qabilalar bir-
birlari bilan birikishgan, yangi-yangi qabilalar paydo bo’la boshlagan edi. 
Ilgariroq boshchilik qilgan ayrim qabilalar vaqt o’tishi bilan o’zlarining 
boshdagi mavqelarini yo’qotib, yangidan ma’muriyatga ko’tarilgan qabilalarga 
tobe bo’lib qolgan bo’lsalar, boshqa mamlakatlardan kelib joylashib qolgan kichik 
nufuzli qabilalar ham o’sib, unib yirik qabilalar qatoriga ko’chgan edi. 
Mahmud Koshg`ariy qabilalar masalasiga alohida ahamiyat berdi. Bu 
to’g`rida u maxsus ilmiy tekshirish olib bordi. Har bir shaharni va har bir qishloqni 
boshdan-oyoq birin-ketin tartib bilan tizimli o’rgandi. Natijada u shuncha 
murakkab qabilalarni ham, ularning til xususiyatlarini ham, ilgarilardan shu erlarda 
o’sib-unganlarni ham, so’ng kelib joylashganlarni ham, hatto har qabilani tashkil 
etgan sonsiz-sanoqsiz urug`larni ham mukammal aniqlab chiqdi va ularning turar 
joylarini, jug`rofiy mavqelarini belgiladi va o’sha davr saviyasiga mos to’la ilmiy 
asosda xarita tuzdi.
Mahmud Koshg`ariy qabilalarni tarixiy asosda yoritdi. Ilgarilari katta o’rin 
tutib, XI asrda ergashuvchi qabilalar holiga tushgan qarluqlar, tangutlar, basmil va 
boshqalar ham devonda keng izohlandi. O’rxun yodgorliklaridan ma’lum 
bo’lishicha, bu qabilalar IX-X asrlarda etakchi mavqeda edilar. Lekin XI asrlarda 


bular o’zlarining u mavqelarini yo’qotib, boshqa qabilalarga singigan edi. Mahmud 
Koshg`ariy hatto ilgarilar bu erlarga kelib joylashib qolgan boshqa xalq toifalarini 
ham sinchiklab o’rgandi. U 
tubutlar 
haqida shunday ma’lumot beradi: «
Tubutlar
turk diyorida yashovchi bir qavm: Kiyik-Mushki (kiyikning kindigidan kesib olib 
hozirlanadigan atir) tubutlarda bo’ladi. Tubutlar bir jinoyat qilib, Yamandan 
qochib, Chinga borib o’rnashib qolgan, bola-chaqa qilib urchigan. Bani sobit 
avlodlaridir. Hozir ular bir ming besh parsax yerda yashaydilar. Sharq tomoni 
Chin, g`arb tomoni Kashmir, shimol tomoni Uyg`ur, janub tomoni Hind dengizidir. 
Ular o’z tillarini yo’qotib, turkiy tilni o’zlashtirgan bo’lsalar ham, so’zlarida o’z 
tillariga moslashtirish farqi sezilib turadi. Chunonchi, onani «uma» deydilar, otani 
«aba» deydilar». Bu qabilalar leksikasi haqidagi bu ma’lumotlar tilshunoslarga va 
ularning tarixiy jihatdan ular qaysi tilga yaqinligini ochib berishda katta 
ahamiyatga egadir. 
Mahmud Koshg`ariy ayrim shevalargagina xos bo’lgan til hodisalarini ham, 
ko’pchilik qabilalarning umumlashgan til xususiyatlarini ham o’z asarida izchil 
ravishda ko’rsatib berdi. Bu xil ma’lumotlar O’rta Osiyo xalqlari tillarining, shu 
jumladan, o’zbek tilining tashkil topishida asos bo’lgan qabilalarni aniqlash uchun 
yordam beruvchi benihoyat muhim material bo’lib xizmat qiladi. Hatto uning 
asarida qabilalar tilida so’z yasalish masalasi ham to’la yoritildi. U til dalillari 
asosida qabilalarning bir-biriga bo’lgan munosabatini ko’rsatdi va nihoyat u 
davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar asosida qabilalarning bir-birlari bilan birika 
boshlashi natijasida yuzaga kelgan boshlang`ich xalk tili namunalarini ham yaqqol 
ifodalab berdi. 
Ayniqsa, devonda qabilalar haqidagi ma’lumot juda muhim. Qabila masalasi 
u davrda ayniqsa ancha murakkab edi. Mamlakat idorasida yuz beruvchi tez-tez 
o’zgarish va almashishlar bilan bog`liq qabilalar o’rni tez-tez almashar, yangi 
qabilalar paydo bo’lar, birovlar ko’char, birovlar kelar edi. Hatto bu hodisalarni o’z 
ko’zlari bilan ko’rib turgan o’sha davr kishilari ham fark qila olmas edilar.
Mahmud Koshg`ariy yozadi: «Chinga qadar cho’zilgan Jayxun qirg`oqlarida 
yashovchilarni o’g`uzlar 
chigil
, deb ataydilar. Bu noto’g`ridir. Bu erlarda yolg`iz 


chigillar emas, ko’pgina qabilalar yashaydilar». Qabilalar masalasi chigalligini, 
o’sha davrda
yashab turganlar ham chalkashganini ko’rsatuvchi bu xil faktlar 
ko’pdir. Lekin bu hodisalarni e’tibor bilan kuzatib borgan Mahmud Koshg`ariy bu 
chigal masalalarni mukammal aniqlay olgan va ularni zarur o’rinlarda o’z asarida 
izohlab bergan. 
Mahmud Koshg`ariy ma’lumotiga ko’ra, XI asr boshlarida yetti qabila 
birlashmasini anglatuvchi etnik termin sifatida
arg`u
termini qo’llanar edi. 
Mahmud Koshg`ariyning qabilalar ustidagi chuqur tekshirishlari unga bu hududda 
yashovchi qabilalarning uzoq tarixi haqida puxta ilmiy xulosalar chiqarishga zamin 
yaratdi. Mahmud Koshg`ariy o’z asarida bu hududda yashovchi qabilalardan, til 
faktlariga ko’ra, qay biri eski qabila ekanini, qaysilari keyin vujudga 
kelganliklarini, qaysi qabilalarning tillari nuqsonli yoki to’g`riligini, ayrim 
qabilalar tilida yuzaga kelgan kamchilik sabablarini, qo’shni xalqlar bilan 
munosabatlarning tilga ta’siri masalalarini, u yoki bu qabiladagi yozuv tarixini, 
shaharliklar tillarini, hatto qaysi shahar xalqlari necha tilda so’zlashishlarigacha 
mukammal ko’rsatib berishga muvaffaq bo’ldi. Shu bilan birga u qaysi qabilalar 
bir-biriga yaqin-uzoqligini turli til faktlari asosida keng yoritdi. 
Mahmud Koshg`ariyning u davrdagi qabilalar hayotini sinchiklab o’rganishi, 
bir tarafdan, asarda u davr qabilalari tillarini puxta yoritishga xizmat qilgan bo’lsa, 
ikkinchidan, xalq tarixining dastlabki bosqichida alohida o’rin tutgan qabilalar 
tarixini aniqlashda ham benihoya muhim manba bo’lib qoldi. 
Ma’lumki, qabilalar masalasida tarixiy asarlarning ma’lumotlarini ilmiy 
jihatdan to’g`ri deb hisoblash qiyin. Masalan, ancha mashhur tarixiy asarlardan 
hisoblanuvchi Rashididdin asarida o’g`uz qabilasi quyidagicha izohlangan: 
«

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish