.
10
Har bir turkiy xalq bir necha turkiy (qisman mo`g`ul va ba'zi eroniy)
urug`larning qo`shilishi, birlashishidan vujudga keladi. Bunda turkiy urug`larning
biror guruhi asos, yetakchi bo`ladi, masalan: o`zbek va uyg`urlar uchun qarluq
qabilalari, qozoq, qirg`iz, tillar uchun qipchoq urug`lari, turkman, ozarbayjon,
turklar uchun o`g`uz urug`lari asos bo`lgan. Shu bilan birga ba'zi tashqi va ichki
sabablar tufayli ba'zi turkiy urug`lar bir necha xalqlarning tarkibiga kirgan. Shu
10
Бегматов Э. Ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –Т.: Фан‚ 1985. –Б. 17.
bilan birga shu narsa ham ma'lumki, har bir urug` yoki qabila birlashmasi
(qipchoq, o`g`uz, qarluq va boshqalar ) murakkab uyushma bo`lib, uning tarkibida
kichik turkiy urug`lar ham bo`lgan. Ma'lum ijtimoiy uyushmaning, xalqning va
tilining shakllanishi biror siyosiy markazning, davlatning barpo bo`lishi bilan
bevosita bog`liqdir. Qadimgi turkiy uyushma milodgacha bo`lgan turkiy
davlatlarning tarkib topishi bilan kelib chiqdi, o`zbek xalqi va tilining ildizlari va
asoslari esa miloddan avval va Turk xoqonligi davrida shakklangan.
Mahmud Koshg`ariyning "Devonu lug`otit turk" (XI) asarida 22 ta urug` va
qabila nomi qayd etilgan, Ular orasida
turk
etnonimii ham bor. U yozadi: "Men
turklar
, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar, qirqizlarning shaharlarini,
qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim, turli xil
so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqladim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun
emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim,
bo`lmasa men tilda ularning eng yetuklaridan, eng katta mutaxassislaridan, xush
fahmlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim".
11
Alisher Navoiy ,,Muhokamat ul- lug`atayn" (1499) asarida o`zbek xalqini
turk va uning tilini turk tili deb ataydi. Amalda
turk, turkiy, turk ulusi, turk tili, turk
iborasi, turkcha, turkiy til, turkiy alfoz
kabi ifodalarni keng ishlatadi. Masalan,
,,…mening ta`bim
turk
alfoziga muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izhor
qilurmen. Bu g`arib ma`ni adosida turkchada bu matla` borkim…".
XVI asr yozma manbalari — “Tarixiy Abulxayrxoniy”, ”Abdullanoma” va
“Matbuoti Allomiy” kitoblarida keltirilgan ma`lumotlariga qaraganda, o`zbek xalqi
tarkibiga kirgan qavmlar soni 92 taga yetgan. Xalqimiz juda ko`p turk-mo`g`ul
qavmlari asosida shakllangan. Bu qavmlar 92 urug` va qabilalardan iboratdir.
Ma`lumotlarga ko`ra, Shayboniy hukmdorlaridan bo`lmish Abdullaxon II (rasman
1583-1598) Hindiston podshohi Boburiy Jaloliddin Akbar (1556-1605)ga
yuborgan bir maktubida ,,Biz to`qson ikki o`zbek qavmi ustidan hukm yurg`izib
11
Кошғарий М. Девону луғотит турк (Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. Муталлибов). Т. I-II-III. –Тошкент:
Фан, 1960-1963. Т. I. 1960. –Б. 9.
yuribmiz", — deb yozgan. Afsuski, Abdullaxonning o`sha maktubida qavmlarning
nomlari to`la ko`rsatilmagan.
So`nggi davrda 92 o`zbek qavmi nomma-nom qayd etilgan to`rtta qo`lyozma
borligi aniqlandi. Ulardan ikkitasi: ,,Majmu` at-tavorix" va ,,Tuhfat ut-tavorix-iy
xoniy" Sankt-Peterburglik sharqshunos olimlar tomonidan aniqlandi. Qolgan
ikkitasi: ,,Nasabnomayi o`zbek" va ,,Asomiyi navodu du firqayi o`zbek”
qo`lyozmalari Toshkent shahrida mavjud. Mazkur to`rt asar ma`lumotlariga
tayanib, ularda keltirilgan 92 urug`-qabilalar haqida quyida ma`lumotlar beriladi:
«Majmu` at-tavorix» farg`onalik muarrix Sayfuddin Axsikariy qalamiga mansub
bo`lib, XVI asrda yozilgan. Mazkur asarda, asosan, Farg`ona Kosonida tavallud
topgan mashhur shayxlarning tarjimai holi va hayoti haqida fikr yuritiladi. Lekin
unda xalq og`zaki ijodi va tarixiy-elshunoslik ma`lumotlari ham oz emas. Asarda
92 qavmning ro`yxati keltirilgani g`oyat muhimdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |