IKKINCHI BOB
«DEVONU LUG`OTIT TURK» ASARIDAGI ETNONIM VA
ETNOOYKONIMLARNING LUG`AVIY-MA’NOVIY
XUSUSIYATLARI
1. Etnonim va etnooykonimlarning lug`aviy-ma’noviy xususiyatlari
«Devonu lug`otit turk» asarida
budun s
o’zi
xalq¸ el
ma’nosida qo’llanilgan.
Ma’lumki¸ xalqning, millatning shakllanishida ishtirok etgan qavm-u qabila, har
xil katta-kichik etnik uyushma o‘z davrida har xil nom bilan atalib kelingan.
Shuning uchun ayni bir xalq turli davrda turli nomlangan. Istagan xalq yoki
millatning hozirgi nomidan ko‘ra uning etnik jihatdan shakllanishi ancha qadimiy.
Bu hodisani hozirgi rus, ingliz, nemis, fransuz kabi xalqlar tarixida ham ko‘rish
mumkin. O‘zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixi masalasi ham xuddi
shunday. Millat sifatida mavjud nom –
o‘zbek
etnonimini xalqimiz rasmiy ravishda
XX asrning boshlarida olgan bo‘lsa-da, hozirgi O‘zbekiston hududida o‘zbek
millati etnik asosining shakllanishi uzoq asrlarga borib taqaladi. O‘zbekiston (va
unga yaqin) hududlarda shakllanishi IX va undan oldingi asrlarga mansub. Buning
yorqin dalili ushbu davr yozma yodgorliklarida qayd etilgan toponim (joy
nomlari) va antroponimlar (kishi nomlari)dir. Jumladan, O‘zbekistonda
budun
tarkibiy qismiga ega bo‘lgan toponimlarni ko‘plab uchratish mumkin:
Shirbudun,
Qusbudun, Quzbudun
. Bu toponim tarkibidagi
budun
so‘zi qadimgi turkiy tilda,
X–XI asrlarda, chunonchi¸ aytilganidek¸ «Devonu lug`otit turk» asarida «xalq, el,
ulus» ma’nosida juda keng qo‘llangan. Demak,
Shirbudun
– shir xalqi, shir elati
ma’nosini anglatadi.
Shir, sir, chir
nomi bilan esa qadimgi turkiy xalqlardan biri
nomlangan.
Sir budun –
«sir xalqi», «sir qavmi» ma’nosida Kultegin yodgorligida
(732-yil) keng qo‘llaniladi.
Sin
so’zi qadimgi turkiy tilga xos bo’lib, u X-XI asrlarda bitilgan yozma
yodgorliklar tilida uchraydi va turli ma’nolarni anglatgan. Mahmud Koshg`ariyda
s
in
― qomat, gavda ma’nosida¸ Turfon yodgorliklarida s
in
― uzv, qism, «Oltin
yaruq», «Qutadg`u bilig»da
budsin
qo’shma so’z tarkibidagina saqlangan va bud
so’ziga yaqin ma’noni ifodalagan.
Sin s
o’zining shu ma’nosi hozirgi qozoq,
qirg`iz, qoraqalpoq, uyg`ur, tatar, chuvash, boshqird tillarida saqlangan. Turkiy
tillardan hakas, tuva, uyrot, oltoy kabi tillarda sanab o’tilgan ma’nolardan tashqari,
dastlabki bosh ma’nosi saqlangan. Ularda s
in
― tizma, tog`, tog` tizmasi, cho’qqi,
qoya, yuksak balandlik ma’nosini bildiradi.
Sin s
o’zining zikrlangan ma’nosi XIX-XX asrlarda yaratilgan lug`atlarning
barchasida o’z aksini topgan. Mahmud Koshg`ariy Chin bilan Tangut orasida
Katun sini
degan shahar (hozirgi Xo’tan) mavjudligini yozgan.
Sin s
o’zining joy
turi ma’nosi o’zbek adabiy tilida saqlanmagan. Xalq shevalarida s
ina
so’zi mavjud
bo’lib, u tojikcha s
iyna
(ko’krak) so’zining sheva shakli deb qaraladi. Shevalarda
sina so’zi qadimgi sin so’ziga -a qo’shimchasi qo’shilishidan hosil bo’lgan.
Janubiy O’zbekistonning tog`li tumanlarida sina ― er sathidan sal ko’tarilgan joy:
Sina, Sinabog`.
Sina s
o’zining yasama ekanligini mo’g`ul tili materiallari ham tasdiqlaydi.
Mo’g`ulcha shina ― balandlik, qum yoki tosh uyumi; tog`ning o’rmonli cho’qqisi;
baland nuqtasi demak. So’z boshida s - sh tovushlarining mosligi turkiy, jumladan,
o’zbek tili uchun xos hodisadir. Ma’lumki, qadimgi oltoy tillari turkiy, mo’g`ul va
tungus-manjur tarmoqlariga ajralgach, uning turkiy tarmog`ida shin-shыn, tungus-
manjur tarmog`ida zin-zыn qiyofasida shakllangan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,
sin so’zining boshqa tillardagi tovush tuzilishi bir muncha yaqin. So’g`d, fors,
tojik, afg`on tillarida sang ― tosh demak. Xitoy tilida shan ― tog`. Shuning uchun
bo’lsa kerak, qadimgi turkiy tillaridagi Tangritog` nomi xitoychaga Tyanshan
tarzida o’girilgan. Tyan ― tangri, xudo, ulug`, muqaddas; shan ― tog` demak.
Sin-sыn, shin-shыn, sang, shan
so’zlarining bosh ma’nosi tog`dir. Bu so’zlarning
tog` ma’nosida qo’llanishi insoniyatning ibtidoiy tasavvurlari va o’tmishiga xos.
Sin
so’ziga -chi affiksini qo’shish bilan sinchi etnonimi hosil qilingan, chunki
qipchoq qabilasining bir shaxobchasi s
inchi
deb ataladi.
Chirchiq
atamasi VII asr obidalarida ham,
Chir suyi, Chir suvi
shaklida
undan keyingi davrlarda ham qo‘llangan.
Budun
va
sir-shir-chir
tarkibiy qismiga
ega bo‘lgan onomastik leksikani butun O‘zbekiston hududidan topish mumkin.
Bundan xulosa qilish mumkinki, turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi O‘zbekiston
hududida qadim zamondan beri muqim bo‘lib kelgan. Manbalarning xabar
berishicha, bu mintaqada V–VI asrlarda hukmronlik qilgan eftalitlar turkiy
xalqlarga mansub bo‘lgan. O‘zbekiston hududida qadim davrlardan boshlab turkiy
va eroniy xalqlar (hozirgi kundagidek) yonma-yon va ahil yashab kelishgan.
O‘zbek xalqining tarixiy ildizi ham mana shu qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Lekin bu asosni faqat o‘zbek xalqiga nisbat berish mumkin emas. Turkiy-eroniy
qorishma – Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy asos. Shuning
uchun bevosita o‘zbek xalqi, hozirgi o‘zbek millati asosini O‘zbekiston hududida
turkiy xalqlarning qarluq toifasiga mansub bo‘lgan Ilikxon (Qoraxoniylar)
davlatining o‘rnatilishi, bu davlatda rasmiy saroy tili sifatida, Mahmud Koshg‘ariy
ta’biricha, «turkiy xoqoniy»ning ommalashish davrida ko‘rish mumkin. Mahmud
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida turkiy xoqoniy tilining berilgan
leksik-grammatik xususiyatini Yusuf Xos Hojibning qariyb 15000 misralik
«Qutadg‘u bilig» asari til xususiyati bilan qiyoslash Mahmud Koshg‘ariyning
«turkiy xoqoniy»i, Xos Hojibning «turkcha»si va Ahmad Yugnakiyning «turkiy»si
ayni bir til ekanligini ko‘rsatadi.
Til lug`at tarkibi va uning lug`aviy boyliklarini tadqiq qilish bilan bog`liq
muayyan qiyinchiliklar bor. Bu avvalo, lug`aviy materialni ma’lum tizimga
solishning murakkabligidir. Leksikada sistemalilik tilning boshqa sohalaridagidek
ko’zga tashlanib turmaydi. Lekin leksikaning ham o’z tizimi va bu tizimning
birliklari mavjud. Bular o’zbek tilidagi keng iste’mol so’zlar, professional leksika,
dialektal so’zlar, iste’moldan chiqqan so’zlar, ilmiy terminologiya, jargonlar,
frazeologiya, atoqli otlar tizimidir. Ana shu tizimda atoqli otlar, jumladan
etnonimiya muhim o’rin tutadi.
Lug`at boyligining bir qismini tashkil etuvchi etnonimlar orasidagi o’zaro
muayyan aloqadorlik, bunga xos qonuniyatlar shu asosda yuzaga keluvchi
tizimlilik tilning ichki taraqqiyot qonunlariga va tashqi omillarning ta’sirida
yuzaga keladigan kuchlarga tayanadi. Bular quyidagilar:
1) so’zlarning yasalish imkoniyatlari, turli etnonimlarning o’zaro munosabati
va ularning ma’lum lug`aviy-ma’noviy guruhlarga birlasha olish kuchi;
2) so’zlarning o’zaro ma’no munosabatlari bilan bog`liq kuchlar;
3) so’zlarning nutqda o’zaro qo’shila olish, bog`lana olish va yonma-yon kela
olish kuchi;
4) so’zlarning uslubiy talablarga ko’ra ma’lum guruhlarga moslasha olish
kuchi
Do'stlaringiz bilan baham: |