Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

.
22
Shu jihatdan 
oq, qora
juftligi asosida yaratilgan toponimlarning lug`aviy-
ma’noviy guruhlari turlichadir. Etnooykonimlar tarkibidagi 
qora s
o’zi boshqa 
ma’no tashishga hizmat qiladi. So’zlarning etnonimlik va etnonimgacha hamda 
etnonimdan joy nomiga aylangandan so’nggi ma’nosi bir-biridan farq qiladi. 
Masalan, turkiy va mo’g`ul tillarida 
qora-kara-xara-xыra
― tepa, balandlik: 
tikligi pastroq bo’lgan do’nglikdir. Etnonimga aylanguncha laqab, ism belgi yo 
predmet bildirgan. Qora, Qoracha, Qoraxon kabi ism (laqab)lar etnonimga o’tgach, 
bu so’zlar kishilarning etnik, hududiy yoki kasb-hunariga nisbatlangan atamasiga 
aylanadi
.
Etnonim joy nomiga o’tgach, dastlab ikki vazifada bo’ladi: avvalo, aholining 
etnik tarkibini, ikkinchidan, ularning yashagan joyini bildiradi. Etnonim, vaqt 
o’tishi bilan asta-sekin aholining etnik tarkibi unut bo’lib ketib, uning ikkinchi joy 
nomi ma’nosi saqlanib qolgan. O’zbek qavmlaridan 
qirqqatag`on, laqay
qabilalarining bir tarmog`i 
qora (qoracha
) deb atalgan. Qoraxon¸ qoraxoni urug`i 
vakillari o’zlarini Avliyo ota nomi bilan mashhur bo’lgan Qoraxon avlodlari deb 
hisoblaydilar. Qoraxon Qoraxoni xo’jalari urug`i vakillari yashaganliklari uchun 
shunday nomlangan. O’zbek urug`lari tarkibida 
qorateri, shakarteri, itteri
kabilar 
ham bo’lgan. Aslida 
teri 
― tira so’zi bo’lib, u urug`, urug` tarmog`i ma’nosidadir. 
Tira
so’zining talaffuzi o’zgarib, teri tarzida qo’llanilib keladi. Qorapichoq, 
Qoraqasmoq, Qorasiyroq etnooykonimlari ham o’zbek xalqining qadimiy 
urug`larini bildiruvchi nomlardir. 
«Devonu lug`otit turk» asarida qipchoq
 
etnonimi xususida ko’p ma’lumot 
uchraydi. Qipchoq qabilasi tarkibida 
qorapichoq,
qorasiyroq¸ oqpichoq, 
sariqpichoq 
nomli urug`lar bo’lgan. Qorapichoq ― umumturkiy etnonim. O’zbek 
22
Туробов А. Самарқанд этноним ва этноойконимлари. –Самарқанд: СамДЧТИ, 2002. -208 б. 


qavmlaridan laqaylarning kichik bir tarmog`i qorasiyroq deb atalgan. Qoraqalpoq, 
no’g`aylarda ham qorasiyroq urug`i mavjud. Xullas, 
qora s
o’zining aholi punktlari 
yoki atoqli otlar tarkibidagi ma’nolari turli-tumandir. Bu ma’nolar lug`atlarda o’z 
aksini topmagan. O’zbek xalqining tabiat va jamiyatdagi hodisalarni 
qora
so’zi 
bilan ifodalashidagi milliy o’ziga xoslik joy nomlarida o’z aksini topgan. 
«Devonu lug`otit turk» asarida tuxsi
 
etnonimi xususida ham ko’p ma’lumot 
uchraydi. Ayonki¸ qadimgi turkiy tilda tug` uchiga ot (qo’tos) dumi osilgan yoki 
yarim oy yoxud kerilgan panja tasviri solingan, metaldan ishlanib tayoqqa 
kiritilgan belgi bayroq. XI asrda tug` ― xon huzurida chalinadigan nog`ora, dovul

Qadimgi turkiy qabilalardan biri to’xsi etnonimi ham tug` - to’q so’zi bilan 
bog`liq. Qarluq, chigil, to’xsi, yag`mo qabilalari ittifoqi VIII-XI asrlarda Markaziy 
Osiyo xalqlari hayotida katta rol o’ynagan. Etnooykonimlarining paydo bo’lishi va 
rivojlanishi uzoq va murakkab tarixiy jarayon bo’lib, turli-tuman ijtimoiy-tarixiy, 
lingvistik omillar bilan bog`liqdir. 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish