BIRINCHI BOB.
ETNONIM VA ETNOOYKONIMLARNING O’RGANILISHI HAMDA
ULARNING TARIXIY-LISONIY ASOSLARI
1.
«Devonu lug`otit turk» asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati
O’rta Osiyo xalqlarining atoqli farzandi Mahmud Koshg`ariy XI asrda
yashab ijod etdi. Uning bebaho «Devonu lug`otit turk»
asari u davr madaniy
hayotida va tilshunoslik tarixida alohida sahifa ochdi. Uning asari o’z davri uchun
benihoyat katta voqea bo’lgani kabi, turkologiya fani sohasida ham birinchi
namuna bo’ldi. Mahmud Koshg`ariy turkologiya fanining dastlabki ustodi bo’ldi,
turkologiyaning maxsus fan sifatida rivojlanishiga asos soldi. Shuning uchun ham
u allaqachonlar jahon mikyosida buyuk olim sifatida tanildi. Turkologlar,
tarixchilar. adabiyotshunoslar, arxeologlar hanuz unga ulug`
ustod sifatida chuqur
hurmat bilan qarab yondashadilar, unga asoslanadilar.
Mahmud Koshg`ariyning uzoq vaqtlar yurtma-yurt kezib to’plagan
materiallari unga, birinchidan, o’sha davr tilini har tomonlama yoritishga
imkoniyat tug`dirgan bo’lsa, ikkinchidan, til faktlari asosida puxta ilmiy
xulosalar
chiqarishga ham yo’l ochdi. U materiallar Mahmud Koshg`ariyga, u davr tilining
fonetikasi, leksikasi, morfologiyasi va dialektologiyasini juda puxta hamda to’la
ilmiy asosda izohlab berishga asos bo’ldi.
XI
asrda bir qancha ilmiy, tarixiy asarlar yaratilgan bo’lsa ham, bu
asarlarning ko’plari bizga etib kelmagan. Beruniy ko’pgina noyob asarlarni Xalifa
Qutayba toptirib yondirtirganidan darak beradi. Qutayba har bir yozuv bilgan
kishini halok qilgan. Shuning uchun u asarlarning ko’plari bizga etib kelmagan. U
davrdan bizga salomat etib kelgan asarlarning biri «Devonu lug`otit turk»dir.
Bu asar katta hajmlik uch tomdan ibratdir. Asar muallifi Mahmud
Koshg`ariy izohidan ma’lum bo’lishicha, har uch tom 469-yilgacha (hijriy) yozilib
bitgan. U shunday yozadi: «
Nok yili turklarning o’n ikki yil nomlarining biridir. Bu
kitobning yozilgan yili nok yili edi
». Yuqorida aytilganidek, asarning yozilib bitgan
yili aniq bo’lsa ham, asar ustida qancha vaqt ishlagani haqida biror ma’lumot yo’q.
Asarning
kattaligi, ko’p qirrali ekani, unda juda katta ilmiy masalalar ko’pligi bu
haqda muallif 15 yil ishlagan degan rivoyatning to’g`ri bo’lishiga shubha
qoldirmaydi.
Bizga devonning birgina qo’lyozmasi etib kelgan. Qo’lyozma Istambulda
saqlanadi. Qo’lyozma haqida bungacha deyarlik to’liq ma’lumot berilmagan.
Shuning uchun biz qo’lyozma haqida biror fikr aytolmaymiz. Qo’lyozmani
ko’chiruvchi kotib Muhammad bin Abu Bakr Damashqiy ma’lumotiga ko’ra, u
qo’lyozma asarni Mahmud Koshg`ariyning o’z qo’li
bilan yozilgan nusxadan
ko’chirilgan. Mundarijasiga ko’ra devonni ikki asosiy bo’limga ayirish mumkin:
1. Muqaddima.
2. Lug`at qismi.
Muqaddimada muallif turk tilining ahamiyati va xususiyatlari, o’z oldiga
qo’ygan maqsadi, asarning tuzilish tartibi, qo’llanilgan yozuv, fe’llardan
yasalgan
ismlar, so’zlarning tuzilishi va o’zgarishi, zikr qilinmagan sifatlar, masdarlar
haqida, turk qabila va qabilalari haqida qisqacha izoh beradi.
Lug`at bo’limida muallif u davrda iste’molda bo’lgan ko’p so’zlarni
qamrashga intilgan va ularni yetarli darajada ilmiy, tarixiy nuqtai nazardan keng va
to’liq yoritgan. Mahmud Koshg`ariyning so’ziga ko’ra, u o’zining bu asarida o’sha
davrda iste’moldan chiqqan so’zlarnigina tushirib qoldirgan. «
Do'stlaringiz bilan baham: