Mavzuning dolzarbligi – Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga koʼra, odamlarning aksari qismi 5 % eshitgan va 20% koʼrgan maʼlumotlarini eslab qoladi. Bir vaqtning oʼzida uzatilgan audio va video koʼrinishidagi maʼlumotlarning esa 40-50% gacha boʼlgan qismi xotirada saqlanib qoladi. Multimediali dasturlar maʼlumotlarni bir necha koʼrinishda ifodalash imkoniyatiga ega boʼlgani uchun, taʼlim jarayonini yanada samaraliroq tashkil etsa boʼladi. mumkin. Bunda muayyan oʼquv materialini oʼzlashtirish uchun sarflanadigan vaqtni 30% gacha tejash mumkin, olingan bilimlar esa xotirada boshqa maʼlumotlarga qaraganda uzoqroq muddatga saqlanib qoladi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi “Geometriya” fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishning metodik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. “Geometriya” fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishning metodik tuzilmasi va komponentlarini aniqlashtirish;
2. Kompetensiyaviy yondashuv asosida “Geometriya” fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishning metodik imkoniyatlarini yoritib berish;
3. O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan smart texnologiyalarga asoslangan metodikani joriy etish mexanizmini takomillashtirish;
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari bajarildi:
“Geometriya” fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishning metodik tuzilmasi va komponentlarini aniqlashtirildi;
Kompetensiyaviy yondashuv asosida “Geometriya” fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishning metodik imkoniyatlarini yoritib berildi;
o’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan smart texnologiyalarga asoslangan metodikani joriy etish mexanizmini takomillashtirildi.
Mashgʼulotlarda multimediali texnologiyalardan foydalanganda darslarning strukturasi deyarli oʼzgarmaydi, yaʼni dars uchun rejalash-tirilgan bosqichlar saqlanadi, faqat ularning vaqt xarakteristikalari oʼzgaradi halos. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bu holda motivlashtirish kuchayadi va bilishga yoʼnaltiriladi. Bu esa taʼlim samarasini oshiradi, chunki oʼquvchilarning ijodiy faoliyatini yetmay turgan bilim zaxiralarini toʼldirishga qiziqishmaslik, tasavvur qila olmaslik va hissiy bilishga urinmaslik orqali tashkil qilishning amaliy jihatdan iloji yoʼq.
Kompyuter-axborot texnologiyalari modelidan foydalanish masalasi oʼqitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida namoyish qilinishi kerak boʼlgan obʼektning ichki, tashqi xossalarini koʼrsata olishdek muhim vazifani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, oʼz navbatida, axborot-pedagogik texnologiyalar asosida multimediali elektron darsliklar (MED) yaratish mumkin ekanligini koʼrsatadi.
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari oʼquv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:
differentsial va individual oʼqitish jarayonini tashkil etilishi;
oʼquv jarayonini baholash, teskari aloqa bogʼlashi;
oʼzini oʼzi nazorat qilish va tuzatib borishi;
oʼrganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini koʼrsatishi;
fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishi;oʼquvchi-larga fanni oʼzlashtirish uchun muhim koʼnikmalar hosil qilishi va hokazo.
Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan oʼquv jarayonida foydalanish va kelgusida taʼlim tizimida oʼquv jarayoni uchun maʼlumotlar bazasini va animatsion taqdimotlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar kun sayin jadal surʼatda taʼlimga kirib kelmoqdaki, bu esa oʼziga xos boʼlgan ilmiy axborotlashuv sharoitida oʼquvchilarda umumiy oʼqitish koʼnikmasini va malakalarini mustaqil egallashlari uchun oʼqitishning yangi metodlarini topmoq uchun imkon yaratadi. Oʼqitish metodlari faqat taʼlim berish emas, balki tarbiyaviy maqsadlarga erishishda muhim vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |