A – Bunday maqsadga erishish mumkinmi? Ha. Odamda ko’plab bo’sh vaqtida internetga kirish, kurslarda o’qish va mos mablag’ topish imkoniyatlari mavjud.
R – Ushbu masalani hal etishdan foyda bormi? Ha. CHet tilini egalaganlik malakasidan foyda chiqarish mumkin.
T – Mashg’ulotlarni qo’yib yubormasligi uchun odam aniq vaqt chegaralarini qo’yishi mumkin, masalan bir yil. CHet tilidan zarur malakalarga ega bo’lish uchun shu vaqt etarli.
SHunday qilib, «smart» — bu atrof muhit bilan o’zaro ta’sirda namoyon bo’ladigan sistema yoki jarayonni hossasidir va qabiliyati bilan sistema va jarayonga: tashqi muhitdagi o’zgarishga tez javob berish; o’zgarish qilinayotgan shartlarga moslashish; mustAql rivojlanish va o’zini-o’zi nazorat qilish; natijaga samarali erishishga imkoniyat beradi. «Smart»ning tayanch xossasi atrof muhit bilan o’zaro ta’sir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustAql qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va ko’pgina boshqa kategoriyalarga qo’llanishi mumkin. Nima uchun ushbu maxsus xususiyatlar «smart» so’zi bilan belgilanadi? So’zma – so’z tarjimasi -Smart – «Aqlli» degan ma’noni anglatishini yuqorida ko’rdik. Lekin ingliz tilida, kamida ikkita boshqa aqlni egallashni belgilaydigan - clever va -intelligent umumiy foydalanadigan so’z mavjud. Aqlni ifodalaydigan barcha uchta so’zdan, eng chuqur ma’no beradigani -intelligent dir. Huddi shu so’z chuqur hulosa qilish, shuningdek, ratsional fikrlash va xulqga qandaydir boshlang’ich qabiliyat (inborntug’ma, inherent-tabiiy) imkoniyatini beradi. Bu erda smart nafaqat intellektual harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini, balki tashqi go’zallikni ham belgilaydi. Ana shuning uchun ham turli gadjetlarga nisbatan smart tushunchasi yaxshi ishlaydi: u estetika, ergonomika va intellektual funksiyalar orasidagi aloqa haqidagi tasavvurni ifodalaydi. SHu paytni o’zida, -Aqlli kabi qabul qilinadigan smart-texnologiyalardan, oqilona hulqning imitatsiyasi kutiladi. Mos holda smarttexnologiyadan biz foydalanish qulayligi bilan birga ba’zi intellektual funksiyalarga qobiliyatni kutamiz. SHuning uchun, sun’iy intellekt va smart-texnologiyani tenglashtirish mumkin emas.
Smart - texnologiya tushunchasi yaqindagina ommalashdi. Undagi - smart so’zi 40 yil muqaddam ma’lum bo’lgan. Dastlab atama azrokosmik tadqiqotlarda paydo bo’lib, bashqa fan sohasidan olingan. Smart - texnologiyalar – o’zaro ta’sir va tajriba almashish negizida protseduralarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir.
Dastlab – smart – tuzulish - konseptsiyasi, uni yaratish uchta: yangi materialga o’tish, materiallarning yangi xususiyatlarini foydalanish va elektronika va axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatlar kabi tendensiyalar bilan mustahkamlanadigan aerokosmik texnologiya kontekstida eslatilgan.
Smart-texnologiyalar intellektual sistemalarni «vizuallashtirish-dan» iborat. Demak, ularning -Aqlligi uchun intelletual sistemalar asosida yotgan chegaralarni qo’yish mumkin. Bunday chegaralar qatoriga, xatto sistema -o’rgatuvchi (agar, bu neyrokompyuterli sistema bo’lmasa) bo’lgan holda ham, uni o’qitish yo’lini chegaralaydigan ishning algoritmiklik tabiati kirishi mumkin. Intellektual sistemalar axborotni izlash va tizimlashtirish bo’yicha juda ko’p amallarni avtomatlashtiradi, lekin albatta, inson intellekti talab qilinadigan intellektual vazifalarni bajarmaydi.
«Smart-ta’lim» tushunchasi. Smart o’rab turgan atrof muhitida o’zgarishlarga ob’ekt yoki jarayonni bir onda moslashtirishga imkoniyat beradigan xususiyat sifatida, zamonaviy ijtimoiy rivojlanishda, ayniqsa, ta’limda eng talabli bo’lmoqda. Smart-ta’limning yangi konseptsiyasini shakllanishi, ta’lim tizmida yangi iqtisodiy va ijtimoiy samaralarga erishish va yangi samaradorlik olishga imkoniyat beradigan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlariga asoslanadi. Smart-ta’lim paradigmasini asta-sekinlik bilan shakllanishini doimiy ravishda smart-ta’lim va smart-o’qitish mazusidagi anjumanlarni o’tishi tasdiqlamoqda.
«Smart-ta’lim» tushunchasini ko’rib chiqishdan oldin, ta’limni ta’rifiga to’xtalamiz. «Ta’lim – ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan va inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlarida amalga oshiriladigan yagona maqsadga yo’naltirilgan tarbiya va ta’lim jarayonidir, shuningdek insonning intellektual, ma’naviy, axloqiy, ijodiy, jismoniy va (yoki) kasbiy rivojlanishi uchun, uning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlariga javob beradigan ma’lum bir miqdor vamurakkablikning erishiladigan bilimlari, ko’nikmalari, qobiliyatlari, qadriyatlari, faoliyat tajribalari va kompetensiyalari yig’indisidir». Shuni qayd etish lozimki, ta’lim – bu inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida amalga oshiriladigan jarayondir. So’ngi yillarda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdagi, AKTning turli sohalarga keng tarqalishi, shu munosabat bilan hamma joyga -bosimi ostida inson, oila va jamiyatning o’ziga xosligi o’zgarmoqda. Shunday qilib, -Aqlli mulk, iqtisodiyot, ishlab chiqarish texnologiyalari va ilm - fandagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda, individual va jamiyatning talab va ehtiyojlariga mos keladigan ta’limni rivojlantirish uchun zarurdir. Smart – ta’lim (yeducation) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o’tish uchun o’qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini birlashtirishdir. Smart-ta’lim - umumiy standart, texnologiyalar va o’quv yurtining tarmog’i va professoro’qituvchilar tarkibi orasidagi kelishuvlar negizida internetda ta’lim faoliyatini tashkil etishdan iboratdir. Smart – o’quv jarayoni - innovatsiyalar va internetdan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko’p o’lchovli ko’rish va ko’p aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda predmetlarni o’rganish asosida kasbiy kompetensiyalar egallashga imkoniyat beradi.
-Aqilli ta’lim – bu yangi ta’lim tizimining asosini tashkil etadigan shunday ta’lim paradigmasi bo’lib, u aqlli axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim jarayonini mos ravishda amalga oshirishni ko’zda tutadi. Aqliy ta’lim paradigmasini amalga oshirilishi o’zgaruvchan ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik muhit bilan egiluvchan va moslanuvchan ta’sir o’tkazish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va kompetentlikni olish uchun o’qitish va ta’lim jarayonini shaklantirishga qaratilganligini belgilash maqsadga muvofiqdir. Ushbu komponentalarga aqlli ta’lim o’lchovlari deb nom berilgan. Aqlli ta’lim o’lchovlari qatoriga: texnologik, tashkiliy, pedagogik kabi uchta o’lchovni kiritish mumkin.
-Aqlli dunyoga borish yo’li quyidagi rasmda keltirilgan.
Shakllanayotgan Smart – ta’lim sistemasi o’zining universalligi bilan:
- kunduzgi tizimda – talabalarning mustaql ishlarini sifatli va samarali tashkil etishda;
- masofali o’qitishda – ishlayotgan talabalarga bilim berishda;
- mutaxasisslarni malakalarini oshirishda;
- aholining umumiy norasmiy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli foydalanilishi mumumkin.
1.3-§. “Geometriya” fanini o’qitishda smart texnologiyalardan foydalanishning amaliyotdagi holati
Respublikamizda ta’lim jarayoni samaradorligi hamda sifatini oshirish, jumladan ta’limni smart texnologiyalashtirishga doir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoniga ko’ra, “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish” maqsadida dars jarayonida mediamahsulotlardan erkin foydalanish yo’lga qo’yildi 2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarorining 3-modda, 4-paragrafida:
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda bir nechta tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Ulardan biri axborot bilan ishlash kompetensiyasidir.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi— Smarttexnologiyalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish, belgilab qo’yilgan. Geometriya fanini o’qitish jarayonida meditexnologiyalardan foydalanish esa, Davlat Ta’lim Standartlarida belgilab qo’yilgan tanyach kompetensiyalarning qariyb hammasini egallash jarayonida bevosita qatnashadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi hisoblangan mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish bevosita barkamol, har tomonlama etuk, zamon bilan hamnafas zamonaviy shaxsga ta’lim hamda tarbiya berish vazifasini bajarishda asosiy mazmunni tashkil etadi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son Farmonida “O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish” hamda “xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish” 3 xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo’nalishlari sifatida belgilab qo’yilgan bo’lsa, “pedagoglarda Internet tarmog’i bilan ishlash malakalarini rivojlantirish, dars ishlanmalari elektron bankini shakllantirish” vazifasi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2017 yilning 30 martidagi “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglari o’rtasida “Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko’rik tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi 98-sonli buyrug’iga ko’ra, dars ishlanmalariga qo’yiladigan talablar doirasida ishlab chiqilgan Nizomning 3-bobida ta’kidlangan 4.
F.A.Hamroevaning fikricha, ta’lim jarayonida samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo’lgan ilmiy-metodik ta’minotni yaratishda smart texnologiyalar innovatsion axborot manbai bo’la oladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib ta’lim sifatini oshirish va ko’zlangan maqsadga erishishda media, ya’ni Internet, televidenie, radio, kino, video va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish samarali ekanligi o’z isbotini topmoqda. Medianing ta’limda paydo bo’lishi uzluksiz ta’lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitish, mashg’ulotlarning sifatli o’tilishi va ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi talabalarga tabiiy geografik fanlarni smart texnologiyalar asosida o’qitishning ilmiy metodikasini ta’minlovchi didaktik majmualar xususiyatlarini quyidagicha belgilaydi:
-multimedia tabiiy geografik fanlarni dasturiy ta’minot va texnikaviy bazalar yordamida audio, video, matn, grafika va animatsiya vositalari asosida o’qitish majmuasidir;
-smart texnologiya interfaol o’quv jarayonini yagona nazorat ostida vizual va audio effektlarni tayyorlash orqali dasturlashtirishdir.
Ushbu texnologiyalar muloqotning bir usuli, inson faoliyatining mahsulidir. Binobarin, ulardan foydalanish orqali ta’lim sifati hamda talabalarning fanga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, o’qish vaqtini tejash, bir vaqtning o’zida bir nechta sezgi organlariga ta’siri tufayli materialni chuqur o’zlashtirish, masofaviy va elektron ta’limni joriy etishga erishiladi. Smart texnologiyalar xususiyatiga ko’ra audiovizual texnologiyalar, multimedia texnologiyalari, gipermatnli texnologiyalar, xolografik texnologiyalar integratsiyalashgan murakkab texnologik tuzilmalarni tashkil etadi. Tadqiqotchining ilmiy ishi ob’ekti oliy ta’lim bosqichida o’qitiladigan geografik fanlar bo’lib, u tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya hamda model umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun murakkab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |