O’qituvchi: M.Nurjonova
Sana:
Sinf: 5
Fan: matematika
Mavzu: Masshtab
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O'quvchilarga masshtab haqida tushuncha berish, masshtabdan foydalana olishni o’rgatish, mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanga muhabbat va
sadoqat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni fikrlash qobiliyatini, guruhlarda ishlash qobiliyati va nutqini o’stirish, shakllantirish.
Dars jihozi: Darslik, ko’rgazma, plakat.
Dars turi: Noananaviy
Tashkiliy qism
Salomlashish
Sinfni darsga tayyorgarligini kuzatish
Uyga vazifani tekshirish
O’tilgan mavzuni takrorlash
Asosiy qism
Yangi mavzu bayoni
Mustahkamlashga doir mashqlar yechish
Darsimiz shiori: Kimki matematikani bilmasa haqiqatni bilmaydi.
Bugungi darsimizni shunday satrlar bilan boshlaymiz.
Rene Dekart ta’kidlaganidek: Kimki matematikani bilmasa haqiqatni bilmaydi.
Hayotda qaysi kasb egasi bo’lishimizdan qat’iy nazar matematikaga duch kelamiz.Yetuk shaxs bo’lishimiz uchun bilim poydevorini mustahkamlab, matematikani qunt bilan o’qishimiz zarur.
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi. 1-shartda guruhlarga o’tilgan mavzu bo’yicha savollar beriladi. Savollar tarqatmalarga yozilgan. Tayyorgarlik uchun vaqt ajratiladi.
1-guruhga:
Savol: To’g’ri proporsional miqdorlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Agar bir miqdor k marta ortganda (kamayganda)
2-miqdor ham shuncha marta ortsa (kamaysa), bunday miqdorlar to’g’ri proporsional miqdorlar deyiladi.
2-guruhga:
Savol: Teskari proporsional miqdorlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Agar bir miqdor k marta ortganda (kamayganda)
2-miqdor k marta kamaysa (ortsa), bunday miqdorlar
teskari poporsional miqdorlar deyiladi.
3-guruhga:
Savol: Proporsiyaning asosiy xossasini ayting?
Javob: Proporsiyaning chetki hadlari ko’paytmasi uning
o’rta hadlari ko’paytmasiga teng.
Misol: 42 : 14=72 : 24
42 24=14 72
1008=1008
Javoblar eshitilgandan so’ng, yangi mavzu o’qituvchi tamonidan tushintiriladi:
Proporsiyaning amaliyotga yana bir tadbiqi sifatida masshtab tushunchasi bilan tanishamiz.
Qurilajak inshaotlar loyihasini tuzishda, mashinalarning chizmalarini tayyorlashda, xaritalar tuzishda masshtabdan foydalaniladi.
Masshtab- chizmadagi o’lchamning unga mos haqiqiy
o’lchamga nisbati.
Yangi mavzu misollar asosida doskada tushintiriladi.
1-masala: Xaritaning masshtabi 1:1000000. Ikki shaxar orasidagi masofa 400km. Bu shaxarlar orasidagi masofa xaritada qancha bo’ladi?
Yechilishi: X : 400 = 1 : 1000000
1000000x=400km
X=40000000:1000000
X=40sm.
2-masala: Xaritaning masshtabi 1:3000000. A va B shaxarlar orasidagi masofa xaritada 3,4sm. Bu shaxarlar orasidagi haqiqiy masofa necha kilometr?
Yechilishi: 3,4 : y = 1 : 3000000
1 y=3,4 3000000
Y=10200000sm=102km
Javob: 102km
3-masala: Ikki qishloq orasidagi masofa xaritada 6,5sm. Aslida 13km ga teng. Xaritaning masshtabini toping.
Yechilishi: 6,5sm:13km=6,5sm:1300000sm=1:200000
Javob: 1:200000 masshtabda
Mavzu yoritilib bo’lingach, mustahkamlanadi. Buning uchun guruhlarga topshiriqlar beriladi.
2-i shartda guruhlarning har biriga to’g’ri to’rtburchak shaklidagi chizma beriladi. Bunda o’quvchilar chizmaning eni va bo’yini o’lchab, uning haqiqiy o’lchamlarini topishlari kerak. Masshtabi 1:100
3-shartda guruhlarga mavzu yuzasidan masalalar beriladi.
1-guruhga:
Masshtabi 1:50000 bo’lgan va 2,4sm li kesma bilan ifodalangan masofani 4km/soat tezlik bilan qancha vaqtda o’tish mumkin?
Yechilishi: 2,4 : x =1 : 50000 1,2 : 4=0,3soat
X 1 = 2,4 50000 Javob: 0,3soat
X=120000sm
X=1,2km
2-guruhga: Ikki shaxar orasidagi masofa 700km ga teng. Bu masofa xaritada 70sm ga to’g’ri keladi. Xaritaning masshtabini toping.
Yechilishi:
Javob: 1:1000000
3-guruhga: Daryoning uzunligi 2500km ga teng. Agar xaritaning masshtabi 1 : 2500000 bo’lsa, daryoning uzunligi xaritada necha santimetr bo’ladi?
Yechilishi: x : 2500 = 1 : 2500000
X 2500000=2500km
X= 250000000 : 2500000
X=100sm Javob: 100sm
Baholash: Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar izohlanadi.
O’quvchilarga o’qituvchi berilgan uyga vazifani tushuntirib o’tdi va : N140;141;142;143;144 nomerli misollarni uyga vazifa qilbberdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |