CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI 19/4 GURUH TALABASI ABDUVALIYEV JASURBEKNING “BIOLOGIYADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH” FANIDAN “UMURTQALI HAYVONLAR QUSHLAR VA SUT EMIZUVCHILAR SINFLARIDAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
TEKSHIRDI.
BAJARDI.
Mavzu: Umurtqali hayvonlar qushlar va sut emizuvchilar sinflaridan masala va mashqlar yechish.
Reja:
1.Mavzuga oid nazariy tushuncha
2.Qushlarga mavzusidan masalalar
3.Sut emizuvchilar sinfidan masalalar
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Zoologiyani o‘qitishda masala va mashqiardan foydalanish-ning
asosiy maqsadi - o‘quvchilaming faol o‘qishga chorlash, bilish
faolligini oshirish, zoologiyadan olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirishga yordam berish, ulami o‘qishga
o'rgatish, o‘quv materialini chuqur o‘rgatishdan iborat. Ta’lim
jarayonida turli xil topshiriq va savollar, kuzatishlar, tabiiy ob’ektlar
ustida tajribalar qo‘yish orqali o‘quvchilaming bilishga bo‘lgan
intilishlarini rivojlantirishdir.
Masala, mashq va topshiriqlar ustida ishlash orqali o'quvchilar
biologik tushunchalarga bog‘liq holda o‘rganilayotgan mavzu
matnini to‘liq o‘zalshtirishga ega bo'ladilar. Masala va mashqlar
o‘quvchilaming ilmiy tushunchalarini tizimli bo‘lishiga, tabiat
muhofazasiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishiga, ishlab chiqarish va
qishloq xo‘jaligiga, sog‘liqni saqlashga umumbiologik shu bilan
birga zoologik bilimlamini qo‘llashga o‘rgatadi. 0 ‘qxivchilaming
aqliy faoliyatini, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda masala va
mashqlar asosiy o‘rin egallaydi. 0 ‘quvchilaming savollarga javob
topishi va uni bayon etishi, tablitsalar tuzishi, ma’ruza, hisobot,
ayrim hayvonlarga harakteristika berish, zoologik ob’ektlami
aniqlash, hayvonlaming tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish,
diagramma va sxemalar chizish, fanlararo bog‘lanishga oid
masalalar yechish, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashi
ilmiy dunyoqarashini kengaytirishiga asoslanadi.
Turli xil topshiriqlami bajarish, savollarga izchil javob
tayyorlab borish, dasturda berilgan umumbiologik va zoologik
tushunchalar, qonuniyatlar, nazariya va qarashlami izchil o‘rganib
borish imkonini beradi. Shuningdek topqirlik, xushmuomulalik, ona
tabiatga va mehnatga muhabbat, zoologiya bilan bog‘liq bo‘lgan
kasbga qiziqish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.
Zoologiyadan masala va mashqlardan foydalanishda o‘quvchilaming
bilim va malakasiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardir:
- tur, oila, turkum, sinf, tip haqidagi umumiy ma’lumotlami,
hayvonlar tiplarini asosiy belgilarini, hayvonot olamining xilma -
xilligini, hayvonlar sistematikasini;
- hayvonlaming tashqi muhitga bog’liq holdagi xususiyatlari.
Yashash muhiti va uning omillarini ta’sirini;
> - hayvonlaming o‘simliklardan asosiy farqi, o‘xshash belgilari;
- hayvonlaming tabiatdagi, insonlar hayotidagi va xo‘jalik faoliyatjdagi
ahamiyatini;
- umurtqasiz va umurtqali hayvonlar skeletining tuzilish xususiyatlarini;
- ichki organlar sistemasining funksiyasiga bog‘liq holdagi tuzilishini;
- umurtqasiz va umurtqali hayvonlar misolida qon-tomir, nafas
olish va nerv smstemalarining murakkablashib borishini- baliqlar, qushlar, sut emizuvchilaming hatti-harakati xususiyatlarini;
- o‘rganiIayotgan tip va sinflaming umumiy harakteristikasini;
- tabiiy guruhlarda hayvonlar, o‘simlklar va jonsiz tabiat omillarining
o‘zaro bog‘liqligini;
- o‘rganilgan asosiy hayvonlarni (kolleksiyadan, tabiatda) taniy
olishi;
- tablitsa, rasmlarga qarab baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar
va sut emizuvchilar organlar sistemasini bilishi;
- tabiiy guruhlarda organizmlar birgalikda yashashga moslashganligini
aniqlay olishi, oziqlanish zanjirini tuza bilishi;
- turli sistematik birliklar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlami
farqlay olishi;
- asosiy tip hayvonlarni taqqoslay olishi, ulaming qon-qarindoshligi
haqida xulosa chiqarib hayvonlaming tabiiy kelib chiqishini
isbotlay olishi kerak.
Zoologiya kursida sodda hayvonlar, bo‘shliqichlilar, yassi
chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, halqali chuvalchanglar,
molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, xordalilar tiplari va ulaming
sinflarini asosiy vakillari o‘rganiladi. Zoologiyadan masala va
mashqlar yechishda ham bu tiplaming asosiy xususiyatlarini,
ko‘payish tezligini, vakillarining tuzilishi, ular o‘tasidagi filogenetik
bog'lanishlar, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini,
shuningdek organizm tuzilishiga bog'liq holda organlaming
ahamiyatini ochib berishga qaratilishi kerak.
l.Agar 1m sodda hayvonlaming biomassi 7.8 g bo‘Isa. Bir
gektar maydondagi sodda hayvonlaming umumiy biomassasini
hisoblab toping.
Yechilishi:
1 gektar 10000 m2 ni tashkil etsa 1 mz sodda hayvonlaming
biomassi 7,8 g , 1 gektardagi sodda hayvonlaming umumiy biomassasini
hisoblab chiqamiz:
7,8 • 10000 = 78000 = 78 (kg).
Javob: 1 gektar maydondagi sodda hayvonlaming umumiy biomassasi
78 kg
2,Sigir oshqozonining 1 sm3 sathiga 2 mln dona infuzoriya
to‘g‘ri kelsa. Sigir oshqozonining hajmi 125 1 bo‘lsa undagi
infuzoriyalaming umumiy sonini toping.
Yechilishi: 1 litr 1000 snr ni tashkil etadi; 125 litr 125000 sm3 ga to‘g‘ri
keladi. Sigir oshqozonidagi infuzoriyalar sonini topamiz :
2000000 • 125000 = 25000000000 ta
Javob: sigir oshqozonida 250 mlrd. ga yaqin infuzoriya bor.
3. Inkubator shkafchasiga 13 ming dona tuxum joylashgan.
Inkubatsiya muddati 21 kun. 60 gr bo‘lgan tovuq tuxumi inkubatsiya
davrida 6 litr kislorodni o‘zlashtirib, 4.5 litr karbonat angidrid gazini
va 11 litr suv bug‘larini ajratadi. Inkubatsiya davrida 13 ming
tuxum qancha miqdorda kislorod (m3) o‘zlashtiradi? Qancha miqdor
karbonat angidrid gazi va suv bug‘ini ajratadi?
Javob: 13 000 • 6 = 78 000 (litr) = 78 (nr5 kislorod) 13 000 •
4,5 = 58 500 (litr) = 58,5 (m3 karbonat angidrid) 13 000 x 11 = 143
000 (litr) = 143 (m3 suv bug‘i)
4. Tovuqlarga haftada ikki marta ko‘mir kukuni beriladi. Bir
martalik ko‘mir kukunini normasi ikki osh qoshig‘i miqdorida 26 gr.
12 ta tovuq uchun bir yil davomida va 200 ta tovuqqa qancha ko‘mir
kukuni sarf qilinadi. Ko‘mir kukuni tovuq organizmi uchun qanday
rol o‘ynaydi?
Javob: 26 • 2 = 52 (g). bir hafta uchun 12 ta tovuqqa zarur
ko‘mir. 52 : 12 • 200 - 866,6 (g). Bu miqdor 200 ta tovuq uchun bir
hafta uchun zarur.
* 866,6 • 52 = 45 063,2 (g) = 45 (kg).
Bu miqdor 200 ta tovuq uchun bir yil uchun zarur (bir yil 52
hafta). Ko‘mir kukuni tovuq ovqatiga qo‘shib berilsa, uning
ishtahasi ochiladi. Oshqozon faoliyati yaxshilanadi, tuxum
po‘chog‘ini qattiqroq bo‘lishini ta’minlaydi.
5. Tana og'irligi 80 kg bo'lgan odamning tanasida aylanib
chiqadigan qon miqdorini hisoblang?
Yechilishi:
Bir kg tana massaga erkaklarda 75 ml/kg qon to'g'ri keladi. 80
kg li odamning qon tomirlarda aylanadigan qon hajmini topish
uchun 75 mini 80 ga ko'paytirish kerak.
75 ml/kg • 80 kg = 6000 ml chiqadi.
Javob: 6000 ml.
6. Qon tomirlarida 6 litr qoni bo'lgan erkak kishining qoni
tarkibida qancha miqdorda shaklli elementlar bo'ladi?
Yechilishi: Erkaklar qoni tarkibida gematokrit miqdori 47 % ni tashkil etsa.
Bundan ko‘rinib turibdiki, erkaklaming har 100 ml yoki 0.1 litr
qoniga 47 ml yoki 0.47 1 shaklli elementlar to‘g‘ri keladi. Bu
masalani yechish uchun proporsiya tuzamiz.
0,11. qonda - 0,047 1. shaklli elementlar
6,01. qonda - x
x = 6,0 1. • 0,047 1: 0,1 1. = 2,82 1. shaklli elementlar
Javob: 2,821. shaklli elementlar bo‘ladi.
7. Musobaqa vaqtida sportchi jarohat olib 700 ml qon yo£qotdi
Unga birinchi yordam sifatida 500 ml fiziologik eritma quyildi lekin
uning tarkibida biz bilamiz eritrotsitlar yo‘q. Agar sportchining tana
massasi 72 kg bo‘lsa uning gematokrit miqdori qanchaga o‘zgardi?
Yechilishi:
Buning uchun jarohatgacha bo‘lgan qonning miqdorini topamiz.
QM = 75 ml/kg • 72 kg. = 5,4 1.
Jarohatdan so‘ngi qon miqdorini topamiz: 5,41. - 0,7 1. = 4,7 1.
Jarohatdan so‘ngi shaklli elementlaming miqdorim topamiz:
4,71. qon-1 0 0%
xl. sh.el. - 47 %
x= 4,7 • 47 % /100 % = 2,209 1. sh.el.
Fiziologik eritma quyilgandan keyingi qon miqdori. x = 4,7 1.+
0,51 = 5,21.
Gematokritni fiziologik eritma quyilgandan keyingi miqdorini
topamiz.
5,2 1. qon - 2, 209 1. sh.el.
100% - x%
x = 2,209 1 • 100 % / 5,2 1. = 42,5 %
Javob: gematokrit 42,5 % gacha pasaygan.
8. Og‘irligi 90 kg bo‘lgan odamning tanasida aylanib chiqayotgan
qon hajmini hisoblang?
Yechilishi:
Erkaklaming 1 kg tana massasiga 75 ml/kg qon to‘g‘ri kelishi
ma’lum. 90 kg odam tana massasiga qancha qon to‘g‘ri kelishim
hisoblash uchun 75 ml/kg • 90 kg — 6000 ml.
Javob: 6750 ml.
9. Agar odam tanasida 5.5 1 qon bo‘Isa, undagi shaklli elementlaming
miqdorini hisoblang?
Yechilishi:
Erkaklarda gematokritning miqdori 47 % teng, bundan ko‘rinib
turibdiki har 100 ml. yoki 0.1 1 erkaklaming qonida 47 ml. yoki
0.047 1 shaklli elementlar to‘g‘ri keladi. Masalani yechish uchun
proporsiya tuzamiz
0.11 qonda - 0.047 1 shaklli element
5.5 1 qonda - x
x = 5.5 • 0.047 = 2.58 1
Javob: 2.58 1 shaklli elementlar.
10. Og‘irligi 110 kg bo‘lgan odamning tanasida aylanib chiqayotgan
qon hajmini hisoblang?
Yechilishi:
Erkaklaming 1 kg tana massasiga 75 m 1/kg qon to‘g‘ri kelishi
ma’lum. 110 kg odam tana massasiga qancha qon to‘g‘ri kelishini
hisoblash uchun quyidagi amalni bajaramiz.
75 ml/kg • 110 kg = 8250 ml. '
Javob: 8250 ml.
11.Agar odam tanasida 5 1 qon bo‘lsa, undagi shaklli elementlaming
miqdorini hisoblang?
Yechilishi:
Erkaklarda gematokritning miqdori 47 % teng, bundan ko‘rinib
turibdiki har 100 ml. yoki 0.1 1 erkaklaming qonida 47 ml. yoki
0.047 1 shaklli elementlar to‘g‘ri keladi. Masalani yechish uchun
proporsiya tuzamiz.
0.1 lqonda - 0.047 1 shaklli element
5.01 qonda- x
x = 5.0 • 0.047 = 2.351
• Javob: 2.35 1 shaklli elementlar boiadi.
12. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida 0 2 -16.3 %, C02 - 4,0 %’,
azot - 79,7 % gazlar aralashmasi bo‘ladi. Nafas chiqarilgandagi havo
tarkibidagi gazlar bosimming 159 mm s.u kislorodga, 0.2 159 mm
s.u CO2 ga, 600,8 mm s.u azotga to‘g‘ri keladi. Nafas chiqarilgandagi
gazlarning va atmosfera havosidagi gazlar bosimini foizini
toping? Yechilishi:
Atmosfera havosidagi gazlar miqdori 100 %ni, bosim esa 760 mm,
s.u tashkil etadi.
Masalani yechish uchun proporsiya tuzamiz.
760 mm, s. u. - 100 %
159 mm. s.u. - x
x = 159 • 100: 760 = 20,92 % kislorod
Javob: Shu yo‘l bilan nafas havosi tarkibidagi CO2 (0.03 %),
azot (79,1 %) ini va bosimini topish mumldn. Chiqarilgan havo
tarkibidai bosim: kislorod - 123,9 mm s.u.,C02- 30,4; azot - 605,72.
13. Sportchining tanasidagi qonning miqdori 6000 ml, gemoglobin
konsentratsiya 14.5 % ni tashkil etadi. Tanadagi umumiy
gemoglobin miqdorini toping.
Yechilishi:
Agar 100 g. qonda 14,5 g. gemoglobin bo‘lsa masalani yechimi
quyidagicha amalga oshadi
14,5 g. : 100 ml • 6000 ml. = 870 g.
Javob: 870 g.
14. 100 ml qonda qancha miqdor temir boladi? Agar qondagi
gemoglobin miqdori 13,8% ga teng bo‘lsa.
Yechilishi:
Ma’lumki 1 g. gemoglobinda 3,5 mg temir bo'ladi. Masalani
yechamiz:
13,8 g. : 100 ml • 3,5 mg/g = 48, 3 mg/100 ml.
Javob: 48, 3 mg/ 100ml.
15. Tarkibida 14.2 % gemoglobin bo‘lgan qon tarkibidagi
kislorod miqdorini aniqlang.
Yechilishi:
lg. gemoglobin 1,34 ml. kislorodni o‘ziga biritirishima’lum
bo‘lsa masala quyidagicha yechiladi:
14,2 :100 ml. • 1,34 ml. 0 2 = 19,312 ml. 0 2/100ml.
Javob: 19,312 ml. 0 2/100ml.
16. Arterial qondagi kislorod miqdori 21 % ni tashkil etsa,
qondagi gemoglobin konsentratsiyasini aniqlang.
Yechilishi:
Agar lg. gemoglobin 1,34 ml. kislorodni biriktirishi ma’lum
bo‘lsa masala yechimini topish mumkin:
21 ml. 0 2 : 1,34 ml. 0 2 = 15, 67 g./ЮО ml.
Javob: 15, 67 g./ЮО ml.
17. Arterial qon tarkibida kislorod miqdori 20% ga teng, venoz
qon tarkibida esa 15%. To‘qimalarda sarf bo'lgan kislorod miqdorini
toping.
Yechilishi: Sarf bo‘lgan kislorod foizi ishlatilgan kislorod miqdoriga qarab
topiladi.
100% : (20 -15): 20 • 100 % = 25 %.
Javob: 25 %.
18. Yurak urishi minutiga 60 marta bo‘lib, yurak har bir marta
qisqarganda qon tomirlarga 80 ml qon haydab chiqarsa, yurakning
minutlik ventilyatsiyasini hisoblang.
Yechilishi:
Yurakning minutlik ventilyatsiyasi (YuMV) ushbu formula
bilan hisoblanadi:YuMV = YuQS • QSM.
YuMV = 60 ud./min • 80 ml. = 4800 ml./min.
Javob: 4800 ml./min,
19. Yurak siklini (YuS) davom etish muddati 0, 83 s. teng bo‘lsa
bir minutdagi yurakning qisqarishlar sonini aniqlang (YuQS)
Yechilishi:
YuQS ushbu formula bilan hisoblanadi: YuQS = 60:YuS
YuQS = 60: 0,83= 72 .
Javob: YuQS minutiga 72 marta
20. Umidining qon tomirlarida aylanadigan qonining miqdori
5400 ml. Minutlik ventilyatsiyasi 4500 ml/min bo‘Isa. Umidning
tanasi bo‘ylab barcha qonini qanchada aylanib chiqishini hisoblang?
Yechilishi:
Masalani yechish uchun proporsiya tuzamiz'
4500 ml. - 60 s.
5400 ml. - x
x =5400 • 60 : 4500 = 72 s.
Javob: sportchining qoni 72 s. da to‘liq aylanib chiqadi.
21.Agar qon tomirlaming ko‘ndalang kesimiiu maydoni 6 sm2
bo‘lib, oqish tezligi 84 1/s bo‘lsa, qonning tomirlar bo‘ylab
harakatlanish tezligi qancha?
Yechilishi:
Qonning chiziqli harakati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
U= Q:A; U= 84 ml/s:6 sm2 = 14 sm/s
Javob: 14 sm/s
XULOSA
Men mustaqil ishimni tayyorlash jarayonida juda ko‘plab yangiliklar bilan tanishdim. Biologiya sohasida ko‘plab yangiliklar yaratilayotganini, ayniqsa turli mavzularda yangi uslubdagi masalalar bilan fanimiz boyitilayotganining guvohi bo‘ldim. Yangi turdagi masalalar bilan shaxsan tanishdim. Bu masalalar bilan ishlashda shu mavzulardagi bilimlarimni yanada oshirdim va ko‘p narsalarni o‘rgandim deb ayta olaman. Masalan qon aylanish tizimi, nafas olish tizimi haqida ko‘plab masalalar ishlaganim boisi. Shu mavzudagi olgan nazariy bilimlarim juda ham yordam berdi. Qo‘shimcha adabiyotlar bilan ham ishlashimga to‘g‘ri keldi. Nazariy bilimlarni yaxshi egallashimiz turli masala va mashqlar bilan ishlaganimizda qiynalmasligimizga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Azimov. I va boshqalar . Biologiya. Metodik qo'llanma. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002 yil.
2.. G.A.Shaxmurova, I.T. Azimov, U.E. Raxmatov. Biologiyadan masala va mashqlar yechish (Sitologiya va genetika asoslari). O'quv-uslubiy qo'llanma.
“Adabiyot uchqunlari” nashriyoti.Toshkent-2018.
3. .G.A.Shaxmurova, I.T. Azimov, U.E. Raxmatov. Biologiyadan masala va mashqlar yechish (Odam va uning salomatligi). O'quv-uslubiy qo'llanma.
“Adabiyot uchqunlari” nashriyoti.Toshkent-2017.
4. G.A.Shaxmurova, I.T. Azimov, U.E. Raxmatov. Biologiyadan masala va mashqlar yechish (Zoologiya). Uslubiy qo‘llanma.Toshkent-2016.
5. G.A.Shaxmurova, I.T. Azimov, U.E. Raxmatov. Biologiyadan masala va mashqlar yechish (Botanika). Uslubiy qo‘llanma. Toshkent-2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |