Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134
avliyo, cibdol, solik,
faqr-u-fano ahli, darvesh, qalandar, oshiq, orif
va boshqa shu 
kabi so‘zlar bilan yuritilgan. Albatta, bu tushunchalar o‘rtasida 
muayyan o‘ziga xosliklar, nozik farqlar ham bor.
Tasawuf — ishq falsafasi. Unda Allohga ishq yo‘li ilgari suriladi. 
Shunday bo‘la turib, nega Navoiy mazkur g‘azalning birinchi 
satridayoq shayxni ishqni man etishda ayblayapti? Chunki...


Shoir b i r i n ch i b a y t , ya’ni matla’da umuman shayxni 
emas, «soda shayx»ni tanqid qilgan. Demak, Navoiy shayxlami 
aw al ikkiga — a s l s h a y x l a rga hamda s o x t a sh а у x 1 a r- 
ga bo‘lib oladi. Ushbu g‘azaldagi 
soda
sifati aynan 
soxta
degan 
m a’noda kelgan. Chunki 
soddci
so‘zining 
oddiy, to ‘g ‘ri
degan 
m a’nolari bilan birga, 
g o ‘I
degan m a’nosi ham bor. She’rxon 
adashmasin uchun bo‘lsa kerak, shoir keyingi baytda ruju san’ati 
qoidasi bilan 
soda shayx
deganidan ham qaytib, uni yana-da 
kuchliroq salbiy bo‘yoq bilan 
loda shayx
deydi. 
Loda
so‘zi esa 
lug‘atlarda 
ahmoq, aqlsiz, befahm, hayosiz
tarzida izohlanadi.
Farosatli she’rxonda bir mantiqiy savol tug‘iladi: chinakam, 
ya’ni asl shayx bo‘lganida edi, mantiqan u aynan ishqni targ‘ib 
etmasmidi?

к к i n ch i b a y tda shoir lirik qahramoni kitobxonga 
bevosita murojaatga o‘tib, 
bu shayx agar suv ustiga joynamozyoysa,
uni may ustidagi bir xascha ham hisoblama,
deydi. Awalo, bu 
yerda soxta shayxlarning xalq ko‘zini shamg‘alat qilib, har xil 
karomatnamo islilar ko‘rsatishga urinishlariga ishora bor. Holbuki, 
asl shayxlar Alloh inoyat etgan karomatlarini ham imkon qadar 
xalqdan pinhon tutgan, sir saqlagan, uni ko‘rsatish yoki oshkor 
etish minnat bo‘ladi, o‘zini pesh qilish hisoblanadi, deb bilgan. 
Shoir aytmoqchiki, asl tasavvufni mayning ustidagi xas emas, 
mayning o‘zi qiziqtiradi. May esa tasawufda ishq ramzi hisob­
lanadi.
Tasavvufkishilar ko‘ngliga yorug‘lik olib kirishi lozim. Ammo, 
u ch i n ch i b a y tda tasvirlanishicha, bu shayxdan yorug‘lik 
kutib bo‘lmaydi, chunki u zalolatga mukkasidan ketgan. Zalo- 
lat — e’tiqodda adasliish, yo‘lni yo‘qotish degani.
S h ay x n in g a d a sh ish ig a sabab b or: 
и riyo g a , y a ’n i
k o ‘zbo‘yamachUikka berilgan
(t o‘ r t i n ch i b a y t ) .
Riyo
dengiziga tarn a qayig ‘ini solib, hassasini uni hay dash uchun xoda,
ya ’ni eshkak qilib olgan.
В e sh i n ch i b a y tda ham shayxni qoralash izchil davom 
etadi: 
и odamlami ovlash uchun hiyla-nayrang (tazvir) qopqonini
yoyadi-da, bu ovga tayyorgarlik ко ‘rgan shayx unga go ‘yo tasbeh
donalarini don qilib sochadi.
«Soda shayx»ning bu baytdagi tasvirini o ‘qiganda, bobo- 
buvilaringiz bolaligi zamonlaridagi bir holat ko‘z o‘ngimizga keladi.


Yurtimizda ba’zi yillar qish qattiq keladi, qor ko‘p bo‘ladi. 
Keksa kishilar eski zamonlarning ayrim urf-odatlarini bolalarga, 
qiziqcliilik uchun bo‘lsa ham, o‘rgatar edi...
Katta savatni qiya qilib, bir yog‘ini tirsakdekkina keladigan 
omonatgina yog‘och xodaga tirab, tagiga don sochib qo‘yilar edi. 
Xodaning yerga tegib turgan joyidan bir ip boylanib, uning narigi 
uchi derazaning qiyasidan uyga kirgan bo‘lar edi. Uyda poylab 
turiladi. Qushlar, asosan, mayna, musicha, yowoyi kaptar, chum- 
chuqlar gurr etib savat tagiga don yeyish uchun uchib kiradi. 
Qushlar ishtaha bilan don cho‘qishga tushgan zahoti uydan turib 
ip tortib yuboriladi. Savat shunda birdan yerga qapishib, qush- 
laming bir qismi uning ichida qolib ketadi. Keyin kichikroq bir 
bola chaqqonlik bilan savat tagiga kiritiladi. Qushlarning qochgani 
qochdi, qolganini tutib, bir xaltaga soladi. Chollar ham anoyi 
emas: kaptarlar, ba’zan chumchuqlar so‘yilib, qozonga, maynalar 
mushuklaming komiga tushar, faqat musichayi begunohlar uchirib 
yuborilar edi...
«Soda» shayxning farqi shuki, xuddi shu bolalar qush 
ovlagandek, u odamlami ovlaydi.
О 11 i n ch i b a y t kishida bu shayxning soxtaligiga zarracha 
shubha qoldirmaydi: 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish