Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal hajmi, mavzusi, vazni va qofiyasi haqida m a’lumot bering.
2. G ‘azalda ishq tasviri uchun qanday ohoriy badiiy usul qo‘llangan?
3. Baytdan baytga mantiqiy bog‘liqlik qanday amalga osha boradi?
4. G ‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
5. Lirik qahramon ishqiga haqiqiy «aybdor» kim?
6. G ‘azalni yodlang.
«YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL
Yordin aym ko'ngul mulkedumr sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedumrkim joni yo‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog‘dekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q.
Bir qaro tufroqkim, yo‘qtur gul-u rayhon anga,
Ul qorong‘u kechadekdurkim, Mahi toboni yo‘q.
Ul qorong‘u kechakim, yo‘qtur Mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q.
Do‘zaxiykim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid,
Bir xumoredurkim, anda mastliq imkoni yo‘q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajridin dard-u va lekin vasildin darmoni yo‘q.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 310-g‘azali.
Baytlardagi mantiqiy bog‘liqlik nuqtayi nazaridan bu g‘azal
ham «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o ‘lmakim kayfiyati?..»
g‘azaliga o‘xshaydi.
Matla’ning o‘zidayoq muallif awal yordan ayri ko‘ngilni sultoni
yo‘q mamlakatga, keyin esa sultoni yo‘q mamlakatni joni yo‘q
jismga o‘xshatadi.
Ikkinchi baytda mulohaza shu tarzda davom etadi:
«Ey musul-
monlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, и gul-u rayhoni yo ‘q
bir qora tuproqning o ‘zginasi-ku».
Uchinchi baytda aytiladiki:
«Agar gul-u rayhoni yo ‘q bir qora tuproq
bo Isa, и bir porlab turgan Oyi y o ‘q qorong'i kecha ekan-da».
To‘rtinchi baytda aynan ana shu qorong‘i kecha ta ’rifi ketadi:
«Porlab turgan Oyi y o ‘q qorong
7
kecha bo Ъа, и hayot sarchash-
masi y o ‘q zulmat ekan-da».
Beshinchi baytda aynan ana shu hayot sarchashmasi yo‘q
zulmat lirik qahramonni do‘zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi
haqida so‘zlashga undaydi, do‘zax esa shunday bir xumordirki,
unda mastlikning imkoni yo‘q.
(Mastlik
deganda shoir ishqni,
ya’ni Yaratganga intilishni ko‘zda tutgan.)
Maqta’da lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib:
«Unga shun
day uqubatlar yuborilganki, hajridan dardi, lekin vaslidan darmoni
y o ‘q», —
deydi.
G ‘azal ramali musammani maqsur (yoki mahfuz) vaznida bitilgan.
Uning ohangi:
«foilotun — foilotun — foilotun — foilun
(yoki
foilon
)»
bo‘ladi (taqte’si: - V - - / - V - - / - V ----- / - V - ) .
Do'stlaringiz bilan baham: |