Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Bu asarni nega tasavvufiy g‘azal deymiz?
2. G ‘azalda ishq tushunchasi nimani anglatadi?
3. Shoir g‘azalda qanday toifalami bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi?
4. G ‘azalda qanday toifa qoralangan?
5. G ‘azalni baytma-bayt sharhlab bering.
6. G ‘azalning bugun uchun ahamiyatini tushuntiring.


«SHAYX» RADIFLI G ‘AZAL
Meni ishqdin man’ etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim, loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar suv uza solsa sajjoda shayx.
Yorug'luq emas mumkin andinki, bor 
Zalolat tariqida aftoda shayx.
Riyo bahri ichra tama’ zavraqin 
Solibtur asodin tutub xoda shayx.
Yoyar domi tazvir el saydig‘a 
Qilib subhadin dona omoda shayx.
G'azabda sabu’, shahvat ichra bahim,
Agarchi emr odamizoda shayx.
Kirar odamiy sonig'a qilsa no‘sh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Ibodattin o'lg'ay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin o'zni tutar garchi, bor 
O'kush zeb-u ziynat bila moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzluk yigit,
Ne g‘am gar oni man’ etar soda shayx.
«Navodir ush-shabob»ning 112-g‘azali.
Sho‘ro davri mafkurachilariga Alisher Navoiyning ana shu 
«Shayx» radifli g‘azali juda asqatdi. Unga «Soda shayx» deb sarlavha 
ham qo‘yib olindi. Holbuki, o‘tmishda g‘azallarga sarlavha qo‘yish 
rasm bo‘lmagan edi. Shu va boshqa asarlari bahonasida shoir 
shayxlami yomon ko‘rgan, u qalban dinga qarshi, ya’ni dunyoviy 
shaxs bo‘lgan, degan talqin ilgari surildi. «Dunyoviy» so‘zi orqali 
esa dahriy, ya’ni xudosiz deyilmoqchi bo‘lindi.
Aslida, kishilaming dunyoqarashi va hayot yo‘liga qarab «diniy» 
yoki «dunyoviy» toifalarga ajratish G ‘arb turmush tarziga xos 
narsa. Chunki nasroniy (xristian) dinida mistitsizm, masalan,


monaxlik tamoman tarkidunyochilikka asoslanadi. Bu yo‘lga kirgan 
kishi, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, turmush qurishi mumkin 
emas. Islomda esa bu tarzdagi tarkidunyochilik yo‘q. Chunki 
tasawufga kirish uchun aw al shariat bosqichini mukammal bosib 
o‘tish, unga umming oxiriga qadar bekam-ko‘st amal qilish shart. 
Shariat talabiga ko‘ra, uylanmagan kislii, ilmi har qancha baland 
b o ‘lsa ham, namozda imomlikka o ‘tolmaydi. Islom bag‘rida 
shakllangan tasaw uf qay bir jihatdan nasroniylikdagi monaxlikni 
eslatadi, ya’ni unga tipologik o‘xshaydi. Shundan kelib chiqib, 
ayrim G ‘arb mutaxassislari tasawufni ham mistitsizm deb liisob- 
layotganbo‘lsa, bilib qo‘ysinki, aksar shayxlar uylanib, bola-chaqa 
qilib yashagan, oilasini halol mehnati bilan boqqan. Jaloliddin 
Rumiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Aliror Ubaydulloh Valiy, 
Abdurahmon Jomiyning... ham farzandlari bo‘lgan.
«Shayx» radifli g‘azalga munosabatda sho‘ro adabiyotshu- 
nosligining eng katta xatosi shu ediki, bittagina asarini tutib olib, 
uni shoiming barcha shayxlarga umumiy munosabati sifatida talqin 
etdi. Holbuki, bundan kelib chiqadigan mantiqiy savol javobsiz 
qoldi: modomiki, Navoiy shayxlarga bunchalar qarshi ekan, nima 
uchun u ustozi va piri Abdurahmon Jomiydan aynan shayxlar 
haqida maxsus kitob — tazkira yozishni iltimos qildi? Axir, 
Abdurahmon Jomiyning 1475—76-yili yozilgan «Nafahot ul-uns 
min hazarot ul-quds» asari shu tariqa dunyoga kelgan-ku. Jomiy 
vafotidan uch yil o‘tib, ya’ni 1495—96-yili Navoiy uni ayrim 
qisqartirish, qo‘sliimcha va o‘zgartirishlar bilan o‘zbek tiliga tarjima 
ham qildi. Ulug‘ mutafakkirning «Nasoyim ul-muhabbat min 
shamoyim ul-futuvvat» tazkirasi shu asosda yaratildi.
Bu ikki tazkira hozirgacha ham butun islom olamidagi XV asr 
ikkinclii yarmigacha o ‘tgan jamiki shayxlar haqida m a’lumot 
bemvchi boy ilmiy-tarixiy manba hisoblanadi.
Gap shundaki, Navoiy shayxlami ikkiga ajratadi: asl shayxlar 
bor, soxta shayxlar bor. «Shayx» radifli g‘azalda barcha shayxlar 
emas, aynan ana shu soxta shayxlar qattiq tanqid ostiga olinadi.
Tasawuf vakillari umumiy m a’noda shayx, 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish