Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134
и k o ‘rinishda odamga o ‘xshasa ham, g ‘azab
bobida vahshiy, shahvat, ya ’ni jinsiy rag‘batda esa uning hayvondan
aslo farqi yo ‘q.
Xo‘sh, u insonlar safiga kirishi uchun nima qilishi kerak?
Tasavvufning bu masalada nuqtayi nazari qat’iy: 
agar fano
dayri, ya ’ni mayxonasida bir qadah boda ichsa, и odam soniga
kiradi
(ye t t i n ch i b a y t ) . Majozan 
fano dayri
tushunchasi 
ham tasawufni bildiradi. Demak, bu shayxda hali tasavvufning 
mohiyatiga yetish yo‘q.
Lirik qahramon birdan o‘zini o‘ylaydi. U, 
bir ozoda, y a ’ni
tamadan, riyodan xoli, haqiqiy shayx topilsa edi, murid tushib,
uning bandasi bo'lar edim
(s а к к i z i n ch i b a y t ) , deydi. 
Bundan, 
sen arziydigan, chinakam, betama, beriyo shayxgagina
murid tush, soxta, aldoqchi, «qo ‘Ibola» shayxlaming etagini tutib,
adashib-netib yurma,
degan nasihat hidi kelib turibdi.
G ‘azal oxirlagan sari lirik qahramonning riyokorga nafrati jo ‘shib 
boraveradi: o‘zini har qancha eranlar, ya’ni erkaklarday tutsa ham, 
bu shayx zeb-u ziynatga shunchalik berilganki, shoir uni qo‘rqrmay 
moda shayx
deydi (t o‘ q q i z i n ch i b a y t ) .


M aqta’, ya’ni g‘azalning oxirgi — o‘ n i n ch i b a у tiga kelib 
yana soxta shayxning ishqni man etishiga qaytiladi. U zamonlarda 
insonning insonga do‘stligi ham ishq deyilgan. 
Yor
so‘zining asl 
m a’nosi ham 
do
‘.s/ni bildiradi. Navoiy sodda yuzlik bir do‘st tilaydi, 
agar uni soda shayx man etsa ham, ne g‘am!
Xulosa chiqarish mumkinki, bu g‘azali bilan Navoiy asl 
tasavvufni soxta tasawufdan himoya qiladi. Chunki shoir sodda, 
omi odamlar aldanib, o‘zini shayx ko‘rsatib yurgan soxtakor, 
hiylagar, tamagir kimsalar yetagida yurib, ularga ergashib ketishi 
jamiyat uchun og‘ir og‘riqlar paydo qilishi, kutilmaganda ijtimoiy- 
siyosiy muammolar tug‘dirishini juda yaxshi bilgan.
Bu g‘azal hozir ham o‘ta dolzarb.
Dolzarbligi shundaki jamiyatimizda hamonki pir-muridlik 
an’analari saqlangan, ba’zan qayta tiklanayotgan, goliida bunga 
maxsus urinayotgan kuchlar ham topilayotgan ekan, bu masalalarda 
hech birimizning sodda, anoyibo‘lishga haqqimiz yo‘q. G ‘oyaviy- 
mafkuraviy kurashlar tobora avj olib borayotgan bir tahlikali 
zamonda hayotning o‘zi shunday nuqtayi nazarda qattiq turishimiz 
lozimligini taqozo etyapti.
...Bir oliy ma’lumotli o‘zbek tili va adabiyoti muallimi tasawufga 
qiziqib qolibdi. Bu qiziqish e’tiqodga aylanib, uni bir pir sari 
yetaklabdi. Pir unga tasawufga kirish uchun kishi halol mehnat 
qilib, rizq-ro‘z topishi, shu tariqa bola-chaqa boqisliini tushun- 
tiribdi. Eski kitoblardan topib, tarixda o‘tgan masliliur shayxlar- 
ning qaysilari qaysi kasb-kor bilan shug‘ullanganini bir-bir aytibdi.
Buning hammasi — yaxslii, hammasi — to ‘g‘ri.
Lekin bu «pir»ning maqsadi aniq. U muridining poklanishi, 
ruhan, m a’nan kamolga yetisliini istayotgani yo‘q. Aslo! Uning 
maqsadi — butunlay b o ‘lak. Dardi — muridini davlat idorasi 
xizmatidan qaytarib olish. Tasawufning ilk bosqichi sifatida yuzaga 
kelgan zohidlikda bir zamonlar shunday urinishlar bo‘lgan edi. 
Yigit «pir»ning bu gaplarini yalang‘och holda tushunib, muallim- 
likni yig‘ishtirib, yamoqcliilik kasbini o‘rganib, shu bilan tirikcliilik 
qilishga o‘tibdi. Holbuki...
Axir, bugun muallimning puli harommi? Elning bolalariga ilm 
berish bilan shug‘ullanib, imzo qo‘yib maosh olib, shu bilan bola- 
chaqa boqishning o ‘zi tasawufning halol mehnat bilan kun 
ko‘rishdek oliy talabiga aynan mos kelmaydimi? Bir soatlik ilm 
qirq yillik ibodatdan afzalligi haqidagi liikmatlar bekorga aytilganmi?


0 ‘tmishda kasb-korning turlari — oz, aksariyati — sodda, 
ko‘proq qo‘l mehnatiga asoslangan edi. Axir, halol kun ko‘rish 
degani faqat o‘sha ibtidoiy kasblar bilangina shug‘ullanish degani 
emas-ku. Navoiyning o ‘zi, masalan, bunday hunarlar bilan 
shug‘ullanib o ‘tirmagan-ku. Hatto, uning asarlarida shoh va 
darvesh masalasi o‘rtaga qo‘yilib, u haddi a’losida tahlil etiladi. 
Bu g‘oyaga asosan tasavvuf talablariga javob berish shaklga emas, 
mohiyatga ko‘ra belgilanadi. Kishi zohirda, ya’ni tashqi ko‘rinishda 
oddiy odamlardan farq qilib o‘tirmasligi kerak. Aytaylik, odam 
mamlakatga shohlik qilislii mum kin, lekin u qalban so‘fiy bo‘la 
oladi-ku.
Keling, masalaning ikkinchi bir tomonini olib ko‘raylik: halollik 
da’vosi bilan muallimni tap-tayyor kasbidan sovutib, o‘qigan, 
mutaxassislikka ega kishini qo‘l mehnati bilan kun ko‘radigan 
ishga d a’vat qilayotgan «pir»ning o ‘zi halolmi? U kimning 
liisobidan yashab, qaysi melmatlari evaziga qorin to ‘yg‘azib, qanday 
yo‘llar bilan bola-chaqaboqyapti? Navoiy aytayotganidek, avvalo, 
uning o‘zi komilmi? Namuna bo‘la oladimi? Yoxud yana o‘sha 
eski gapmi: 
«Mulloning aytganini qil-u, qilganini qilma!»
Bunday masalalarda soddalikka mutlaqo yo‘l yo‘q: tasavvuf 
tartib-qoidalariga amal qilish, o‘zni poklash, komillikka intilish, 
mukammallikka erisliish uchun, avvalo, ilm kerak.
Omi, o‘qimagan, ilmi past, tushunchasi tor kim sal ami «ovlash» 
soxta, riyokor, hiylakor «shayx»ga juda qo‘l keladi. Chunki ulaming 
bundan kutgan ilinji, ko‘zlagan g‘arazli maqsadi tagida tamasi bor. 
Bu maqsadlarning hammasiga, avvalo, shaxslarni mutelikka moyil 
qilish orqali erishiladi.
Eng yomoni, demokratik jamiyat qurayotgan bir paytimizda 
chetda, xorijiy yurtlarda aynan ana shunday mutelik imkoniyatidan 
o‘z yovuz maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘layotgan kuclilar 
ham borligini unutmaylik.
Ogohlik degani faqat bu so‘zni chiroyli tarzda takrorlashdangina 
iborat emas. Har qanday kosa tagida nimkosa bor.
Shundan boxabar bo‘laylik.
Adabiyot, xususan, ulug‘ Alisher Navoiy ijodi bizni shunga 
unday di.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish