(1934-2005)
0 ‘zbekiston xalq shoiri, o‘z ijodi bilan
o‘zbek she’riyatiga qadim xalqona ohanglami
qaytarishga uringan iste’dodli adib T o‘ra
Sulaymon 1934-yilning 15-fevralida Jizzax
viloyati Baxmal tum anidagi Aldashm on
qislilog‘ida tavallud topdi.
Agar shoir tug‘ilgan yilga e’tibor bersan-
giz, uning bolalik yillari sobiq sho‘rolar dav-
latida «qama-qama»lar avjga cliiqqan, barcha
sohalarda «xalq dushmanlari va ularning
dumlari»ni qatli om qilish jarayoni kechayotgan pallaga to ‘g‘ri
kelganini anglaysiz. Bu falokat To‘ra Sulaymon oilasini ham chetlab
o‘tmagan. Uning otasini ham «xususiy mulk egasi», «mushtumzo‘r»
sifatida quloq (ruscha «kulak» — mushtumzo‘r so‘zining o‘zbekchaga
moslashtirilgan shakli) qiladilar. Oilaning butun tirikchilik tashvi-
shi bechora onaning zimmasiga tushadi.
1939-yilda uning otasi qamoqdan qaytadi va oilasini Sirdaryoga
ko‘cliirib ketadi. To‘ra Sulaymon shu yerdagi qishloq maktabida
o ‘qiydi. 0 ‘qishni bitirib, bir necha yillar davomida qishloq
maktablarida turli fanlardan dars beradi. Urushdan keyingi yillar
maktablarda oliy m a’lumotli mutaxassislar yetishmas, T o‘ra
Sulaymon singari maktablaming uquvli bitiruvcliilari ta’lim-tarbiya
isliiga jalb qilinardi.
Zamon o‘zgargan sari oliy m a’lumot olishga bo‘lgan ehtiyoj,
qolaversa, o‘zi qiziqqan badiiy ijodga umrini bag‘islilash istagi uni
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi
0 ‘zbekiston Milliy universiteti)ning fflologiya fakulteti sirtqi
bo‘limida o‘qishga undaydi. Bo‘lg‘usi shoir ham o‘qiydi, ham
islilaydi (1958—1964-yillar). О‘qishni bitirib, Guliston tumanidagi
maktablarda ona tili va adabiyotidan bolalarga saboq beradi.
Keyin tuman va viloyat gazetalarida melinat qiladi, 1972—1981-
yillar davomida esa Respublika Yozuvcliilar uyuslimasining Sirdaryo
viloyat bo‘limi mas’ul kotibi, adabiy maslahatcliisi lavozimlarida
islilaydi.
To‘ra Sulaymonning ilk she’riari 1958-yildan naslir etila boshlagan.
1962-yilda uning birinclii kitobi «Istar ko‘ngil» nomi bilan bosmadan
284
chiqadi. Shundan so‘ng, uning «Qorasoch» dostoni, «Men qayga
borar bo‘lsam» she’riy to ‘plamlari naslir etiladi va Sirdaryoda yana
bir iste’dodli ijodkor paydo bo‘lganidan ko‘pcliilik xabar topadi.
To‘ra Sulaymon poytaxt Toshkcntda kechayotgan adabiy-estetik
jarayonlardan doimiy voqif bo‘lib turar, ustoz va do‘stlari — Mirtemir,
Nosir Fozilov, Sa’dulla Siyoyev bilan yaqin aloqa o‘matgandi.
Shoir ijodi o‘ndan ortiq kitoblarga jo bo‘lgan. Ular orasida
«Jahongashta» dostoni (1970), «Hamqishloqlarim» (maqolalar
to ‘plami), «Intizor» (1973), «Sirdaryo qo‘sliiqlari» (1974), «Iltijo»
(1976), «Alhazar» (satirik va yumoristik asarlar to ‘plami, 1976),
«To‘yboshi» (1977), «Siy.ni eslayman» (1980), «Qorako‘zginam»
(1981), «Gulshan» (1988), «Sarvinoz» (1989) kitoblari bor.
Mustaqillik yillarida shoir yangi kuch va ilhom bilan ijod qildi.
Respublika vaqtli matbuotida uning she’riyat, adabiyotshunoslik,
kunning dolzarb mavzulariga bag‘islilangan ko‘plab maqolalari chop
etildi. «Xarsang» (1984), «Jahonnoma», «Gul bir yon, chaman
bir yon» (1996), «Yovqochdi» (1998) singari kitoblari adabiy
jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, yillik mukofotlarga sazovor
T o ‘ra Sulaym onning qator she’rlari o ‘zbek xonandalari
tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, millionlab odamlaming ko‘ngliga
kirib bordi. Bu qo‘shiqlardagi o‘zbekona ohanglar tinglovcliini o‘ziga
rom etadi, qayta-qayta eshitishga chorlaydi.
1999-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan
To‘ra Sulaymonga « 0 ‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon
berildi.
2005-yilda ajoyib shoir va samimiy inson — To‘ra Sulaymon
71 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.
Bahor kelsa boshlanar bog'da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi.
Qirlarda lola sayli, qishlovlarda~ yilboshi,
To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi —
Bahor, ketma mening bog'imdan.
Qilmishi qing‘ir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg‘iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sensiz sahro-yu, tog‘-u toshga jon qayda?
Ketma, bahor, mening bog'imdan.
1 Sura lay —
patlari rang-barang qush turi.
Qishlovlar —
qishloqlar.
bo‘Idi.
ILTIJO
O'lmaslikka ishora — o'langa osliiqligim,
Saodatga ishora — zamonga osliiqligim,
Teranlikka ishora — ummonga osliiqligim,
Go'zallikka ishora — bo‘stonga osliiqligim —
Bahor, ketma mening bog'imdan.
Buknn qay bir yerda qish, qayda xazonrezgilik,
Qaylarda yoz, qayda kuz, qayda jondan bezgilik,
Ko‘klamning har nafasi umrga arzigulik,
Bog‘siz, bog‘bonsiz yerda ne ham qilsin ezgulik...
Ketma, bahor, mening bog'imdan.
Giyoh bilan qoplanmish ko‘lma qabr boslilari,
Maysadagi shudringlar kimlarning ko‘zyoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Har bahor eslar uni qavmi qarindoshlari —
Bahor, ketma mening bog'imdan.
Yoz bo'yi qorga zorman, qishda bahorga zorman,
Chamanda gul bo'yiga intiqman, intizorman,
Kuz kelmay xazon bo'lgan sevgi, guldan bezorman,
Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman" —
Bahor, ketma mening bog'imdan.
She’riyatda milliy badiiy tafakkurning noyob jilvalarini
namoyish qilgan G ‘afur G ‘ulomning «Vaqt» she’ri tahlili yodingiz-
da bo‘lsa kerak. Unda shoirning kichik hayotiy detallardan katta umum-
lashmalar yasay olish fazilatiga urg‘u bergan edik. Shoir, tomcliida
dengiz aks etganidek, lahzada abadiyat suratini chizgan edi.
To‘ra Sulaymonning «Iltijo» she’ri, chetdan qaraganda, yil
fasllaridan biri — go‘zal bahorga bag‘ishlangan. She’ming dastlabki
bandida, darhaqiqat, kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz
beradigan o‘zgarish va jonlanislilar tasvirlanadi.
Biroq ikkinchi banddan shoirning bahorga iltijosi tobora kengroq
ko‘lam, borgan sari chuqurroq mazmun kasb eta boshlaydi. Endi
bahor bir fasl nomigina emas, balki tansiq tuyg‘ular mujassami,
ezgulikning ramzi bo‘lib gavdalanadi.
Shoir
«Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» —
der ekan, bu saliro — beminnat makon qidirib sargardon kezgan
vatangado kim salarning, to g ‘-u toshlar — qilm ishi qing‘ir
zotlaming ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning
bahori yo‘q. Ular o‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga
1 Uzangidoshlari —
yor-do‘stlari, birga ot chopishgan jo'ralari.
Benazarman —
e’tibordan, nazardan qolgan.
noshukrlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir.Ular hayot
bahorini xazonga almashganlar.
Agar hayotiy qiyoslarga o‘tadigan bolsak, beminnat makon
ilinjida tog‘-u toshlarda uya qurgan, salirolarda kezib yurgan, o‘z
yurti va yurtdoshlari hayotiga zomin bolayotgan jangari — terroristik
guruhlar vakillari xuddi shunday kimsalar emasmi? Agar shunday
desak, To‘ra Sulaymon she’ridagi Bahor — Vatan, barcha tiriklikka
jon ato etguchi muqaddas yurt timsoli hamdir!
Shu nuqtayi nazardan she’rning to ‘rtinchi bandini qayta
o‘qisak, unda eslangan har bir fasl nomida ham ramziy m a’no
borligiga shohid bolam iz. Yurtida va yuragida bahor kezib yurgan
shoir uchun esa «ko‘klamning har nafasi umrga arzigulik!»
Bu bahor ko‘lma qabr boshlarini ham yam-yashil giyoh bilan
qoplaydi. Jonsiz xotiralar tirilib, dalalar bag‘ridan o‘tmish otalar
mingan ot dupurlari sadosi esliitiladi. Maysalarga qo‘ngan shudring —
shudring emas, balki armonli umr egalarining ko‘zyoshlaridir.
Yuqorida jazm etib chiqargan xulosalarimiz to ‘g‘ri ekanini
she’rning so‘nggi bandi yana bir bor tasdiqlaydi. Shoirning
«Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman»
degan e’tirofi she’rda
bahor obraziga jo qilingan teran mazmun-mohiyatga ishoradir.
Do'stlaringiz bilan baham: |