Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134
JAHON ADABIYOTIDAN
ABULQOSIM FIRDAVSIY
(934 - 1030)
Abulqosim Firdavsiyning hayoti va ijodi.
Har bir yurt, har qaysi xalqning o‘z tarixi, 
o‘z davlatchiligi, o‘z e’tiqodi, o‘z adabiyoti, 
o‘z afsonalari bo‘ladi. El-ulus asr-asrlar mo- 
baynida ana shu qadriyatlar bilan yashaydi, 
taraqqiy etadi. Ulami e’zozlab, yoddan cliiqar- 
maslikka, yoniga yangi-yangilarini qo‘shib 
borishga intiladi.
Xalq tarixida shunday davrlar bo‘ladiki, 
ajdodlardan qolgan, uzoq o‘tmish qa’ridan 
bo‘y ko‘rsatib kelayotgan boy merosni jamlab, tartibga solish, 
zamondoshlar va kelajak avlodni shu m a’naviy sarvatlar asosida 
tarbiyalash ehtiyoji kuchayadi.
Abulqosim Firdavsiyning «Sholmoma» epopeyasi o‘z davrining 
aynan ana shunday talab va taklifiga javob tariqasida dunyoga keldi.
Abulqosim Firdavsiy milodiy 941-yili Xurosonning hozirgi 
Eron Islom Respublikasi hududidagi qadimiy Tus shahri yaqiniga 
joylashgan Boj qishlog‘ida yer-suvini yo‘qotib, kambag‘allashib 
qolgan dehqon oilasida tug‘ildi. Hozir Tus shahri 
Firdavs
deb 
yuritiladi.
Ba’zi m a’lumotlarga ko‘ra, Abulqosim dehqoncliilik qilib kun 
ko‘rgan, shuningdek, sarbozlik (askarlik) xizmatida bo‘lgan.
Bo‘lg‘usi shoir Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda 
ta ’lim olgan. Katta ilm egasi b o ‘lib yetishgani uchun ham uni 
zamondoshlari 
«hakim»,
ya’ni donishmand, faylasuf deb ulug‘- 
lashgan.
M a’lumotlarga qaraganda, u ko‘plab she’rlar yozgan, «Yusuf 
va Zulayxo» dostoni ham bo‘lgan. Biroq ulardan birortasi 
bizgacha yetib kelmagani uchun bir narsa deyish qiyin.
Firdavsiy hayotining asosiy qismi poytaxti Buxoro bo‘lgan 
Somoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to ‘g‘ri keldi.
«Shohnoma»ning yozilish tarixi, uning m azmun-mohiyati,
Sharq dostonchiligidagi o ‘rni va ahamiyati.


Somoniylar hukmronligi davrida Turon va Eron xalqlari kuchli 
ijtim oiy-siyosiy, m ad an iy -m a’naviy taraq q iy o tn i boshdan 
kechirayotgan edi. Bu davrda milliy o‘zlikni anglashga ishtiyoq 
kuchaydi. Bu davlat mustahkamligini ta ’minlash, boshqalarga 
kimlarning avlodi ekanini bildirib qo‘yish uchun ham kerak edi.
Somoniy hukmdorlar topshirig‘i va qo‘llab-quvvatlashi bilan 
Turon-u Eronning ming-ming yillik shonli tarixini tiklash, afsona 
va rivoyatlarni, tarixiy voqea-hodisalar haqidagi m a’lumotlami 
to ‘plash, tartibga keltirish ishlari avj oldirildi. Maqsad shu asosda 
yirik bir she’riy kitob — «Shohnoma» bunyod etish edi.
Bu vazifa taniqli shoir Abu Mansur Daqiqiyga topshirildi. U 
ishtiyoq bilan asarning ming baytini bitdi. Afsuski, Daqiqiy fojiali 
tarzda o‘ldirildi, ish oxiriga yetmay qoldi.
Shundan so‘ng somoniy amiri Null ibn Mansur Abulqosim 
Firdavsiyni Buxoroga chaqirib, unga chala qolgan «Shohnoma»ni 
tugatib berish vazifasini yuklaydi. Shuning u chun hozirgi 
Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub «Shohnoma»ning ming 
bayti — Daqiqiyniki.
Demak, «Shohnoma»ning bir qismi aynan Buxoroda bitilganiga 
hech qanday shubha yo‘q.
Bu yirik epik asarda Eron va Turonning qariyb 4 ming yillik 
tarixi qalamga olingan. Eng qadimgi davrlar haqida forsiy qabilalar 
to ‘qigan, xalq xotirasida saqlanib, tildan tilga o‘tib kelayotgan turli 
afsonalar va qaliramonlik dostonlari berilgan, shuningdek, Eronning 
Iskandar Zulqamayndan (eramizdan oldingi III asrdan) to arablar 
bostirib kelib, sosoniy hukmdor Yazdigard Uchinchi qatl etilgan 
milodiy 651-yilgacha bo‘lgan tarix yoritilgan. Shu tariqa dostonda 
Eronda hukm surgan to ‘rt sulola — peshdodiylar, kayoniylar, 
aslikoniylar, sosoniylar davriga oid voqealar bayon qilinadi. Bu 
to ‘rt sulolada jami 50 hukmdor taxt so‘ragan.
Eron qaliramonlik eposini bir kitobga yig‘ish masalasini arab 
istilosigacha bo‘lgan III — VII asriarda taxt so‘ragan so‘nggi 
eroniy sulola — sosoniylar ko‘targan, ular amri bilan pahlaviy 
(eski fors) tilida «Xudoynoma» («Hukmdorlar haqida kitob») 
degan maxsus asar yozilgan edi. Hatto, u arab tiliga to ‘qqiz marta 
tarjima ham qilingan. Ammo uning na asliyati, na tarjimalari 
bizgacha yetib kelgan.
X asrda bu masala yana qo‘zg‘aldi. Abul Muayyad Balxiy 
nasriy yo‘l bilan shohlar tarixini bitgani, to ‘rt olim birgalikda 
«Sholinomayi Mansuriy» nomi bilan mashhur bo‘lgan nasriy kitob


yozgani, Abu Ali Muhammad ibn Ahmad Balxiy, shuningdek, 
M as’ud Marvaziylarning (966-yildan oldin yaratilgan) she’riy 
«Shohnoma»lari haqida m a’lumotlar saqlanib qolgan.
Ana shu ko‘p asrlik intilishlami Firdavsiy oxiriga yetkazdi. Juda 
katta epik (voqealar bayoni birlamchi bo‘lgan adabiy tur) asar 
bunyod etdi. Mantiqan bilinib turibdiki, Firdavsiy bu masalada 
o‘zigacha yaratilgan, qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lgan barcha 
manba va materiallardan unumli foydalangan, ulami puxta o‘rganib, 
tartibga solgan, talilil qilgan, ustalik bilan o‘z asari tarkibiga kiritgan.
«Shohnoma» 60 ming baytni o‘z ichiga oladi. Asar biz bilgan 
an’anaviy «Xamsa»lardan hajman ikki-ikki yarim barobar katta.
«Shohnoma» aruzning mutaqoribi musammani mahfuz (yoki 
maqsur), ya’ni 
«faulun—fau lu n —fau lu n —fa u l
(yoki 
faol)»
vaznida 
yozilgan. Bu eshitilishda xuddi 
«ba-bam-bam ba-bam-bam ba-
bam-bam ba-bam»
tarzida chalinadigan nog‘ora ohangini eslatadi. 
Qadim sholilar hayoti va faoliyatini uruslilarsiz tasawur qilish qiyin 
bo‘lgani kabi, hukmdorlar timsollari asosida yaratilgan asarlar ak- 
saran shu vaznda bitilgan. Bu an’ana forsiy va turkiy dostonchi- 
likda «Shohnoma»dan keyin yana-da keng quloch yoydi.
«Shohnoma»ni shoir 30 yil mobaynida yaratdi.
Yillar, asrlar davomida bu asaming turli nusxalari paydo bo‘ldi, 
ba’zi qissalari asosida xalq kitoblari ham yuzaga keldi. XV asr 
birinclii yarmida temuriy hukmdor, Mirzo Ulug‘bekning akasi 
Boysunqur Mirzo Hirotda mutaxassis olimlami to ‘plab, «Shoh- 
noma»ning 40 dan ortiq nusxasini qiyosiy o‘rganib, mukammal 
holga keltirilgan yagona ilmiy-tanqidiy matn tuzishga buyurdi.
«Shohnoma», tasvir manbasiga ko‘ra, uch qismga bo‘linadi:
1. Qayta ishlangan eng qadimiy afsonalar bayoni.
2. Xalq qahramonlari haqidagi afsona, rivoyat va qissalaming 
badiiy talqini.
3. Tarixiy sholilar hayotidan olingan voqea-hodisalar asosidagi 
qissalar.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish