Somoniylar hukmronligi davrida Turon va
Eron xalqlari kuchli
ijtim oiy-siyosiy, m ad an iy -m a’naviy taraq q iy o tn i boshdan
kechirayotgan edi. Bu davrda milliy o‘zlikni anglashga ishtiyoq
kuchaydi. Bu davlat mustahkamligini ta ’minlash, boshqalarga
kimlarning avlodi ekanini bildirib qo‘yish uchun ham kerak edi.
Somoniy hukmdorlar topshirig‘i va qo‘llab-quvvatlashi bilan
Turon-u Eronning ming-ming yillik shonli tarixini tiklash, afsona
va
rivoyatlarni, tarixiy voqea-hodisalar haqidagi m a’lumotlami
to ‘plash, tartibga keltirish ishlari avj oldirildi. Maqsad shu asosda
yirik bir she’riy kitob — «Shohnoma» bunyod etish edi.
Bu vazifa taniqli shoir Abu Mansur Daqiqiyga topshirildi. U
ishtiyoq bilan asarning ming baytini bitdi. Afsuski, Daqiqiy fojiali
tarzda o‘ldirildi, ish oxiriga yetmay qoldi.
Shundan so‘ng somoniy amiri Null ibn Mansur Abulqosim
Firdavsiyni Buxoroga chaqirib, unga chala qolgan «Shohnoma»ni
tugatib berish vazifasini yuklaydi. Shuning u chun hozirgi
Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub «Shohnoma»ning ming
bayti — Daqiqiyniki.
Demak, «Shohnoma»ning bir qismi aynan Buxoroda bitilganiga
hech qanday shubha yo‘q.
Bu yirik epik asarda Eron va Turonning qariyb 4
ming yillik
tarixi qalamga olingan. Eng qadimgi davrlar haqida forsiy qabilalar
to ‘qigan, xalq xotirasida saqlanib, tildan tilga o‘tib kelayotgan turli
afsonalar va qaliramonlik dostonlari berilgan, shuningdek, Eronning
Iskandar Zulqamayndan (eramizdan oldingi III asrdan) to arablar
bostirib kelib, sosoniy hukmdor Yazdigard Uchinchi qatl etilgan
milodiy 651-yilgacha bo‘lgan tarix yoritilgan. Shu tariqa dostonda
Eronda hukm surgan to ‘rt sulola — peshdodiylar,
kayoniylar,
aslikoniylar, sosoniylar davriga oid voqealar bayon qilinadi. Bu
to ‘rt sulolada jami 50 hukmdor taxt so‘ragan.
Eron qaliramonlik eposini bir kitobga yig‘ish masalasini arab
istilosigacha bo‘lgan III — VII asriarda taxt so‘ragan so‘nggi
eroniy sulola — sosoniylar ko‘targan, ular amri bilan pahlaviy
(eski fors) tilida «Xudoynoma» («Hukmdorlar haqida kitob»)
degan maxsus asar yozilgan edi. Hatto, u arab tiliga to ‘qqiz marta
tarjima ham qilingan. Ammo uning na asliyati, na tarjimalari
bizgacha yetib kelgan.
X asrda bu masala yana qo‘zg‘aldi. Abul Muayyad Balxiy
nasriy yo‘l bilan shohlar tarixini bitgani, to ‘rt
olim birgalikda
«Sholinomayi Mansuriy» nomi bilan mashhur bo‘lgan nasriy kitob
yozgani, Abu Ali Muhammad ibn Ahmad Balxiy, shuningdek,
M as’ud Marvaziylarning (966-yildan oldin yaratilgan) she’riy
«Shohnoma»lari haqida m a’lumotlar saqlanib qolgan.
Ana shu ko‘p asrlik intilishlami Firdavsiy oxiriga yetkazdi. Juda
katta epik (voqealar bayoni birlamchi bo‘lgan adabiy tur) asar
bunyod etdi. Mantiqan bilinib turibdiki, Firdavsiy bu masalada
o‘zigacha yaratilgan, qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lgan
barcha
manba va materiallardan unumli foydalangan, ulami puxta o‘rganib,
tartibga solgan, talilil qilgan, ustalik bilan o‘z asari tarkibiga kiritgan.
«Shohnoma» 60 ming baytni o‘z ichiga oladi. Asar biz bilgan
an’anaviy «Xamsa»lardan hajman ikki-ikki yarim barobar katta.
«Shohnoma» aruzning mutaqoribi musammani mahfuz (yoki
maqsur), ya’ni
«faulun—fau lu n —fau lu n —fa u l
(yoki
faol)»
vaznida
yozilgan. Bu eshitilishda xuddi
«ba-bam-bam ba-bam-bam ba-
bam-bam ba-bam»
tarzida chalinadigan nog‘ora ohangini eslatadi.
Qadim sholilar hayoti va faoliyatini uruslilarsiz tasawur qilish qiyin
bo‘lgani kabi, hukmdorlar timsollari asosida yaratilgan asarlar ak-
saran shu vaznda bitilgan. Bu an’ana forsiy va turkiy dostonchi-
likda «Shohnoma»dan keyin yana-da keng quloch yoydi.
«Shohnoma»ni shoir 30 yil mobaynida yaratdi.
Yillar, asrlar davomida bu asaming turli nusxalari paydo bo‘ldi,
ba’zi qissalari asosida xalq kitoblari ham yuzaga keldi.
XV asr
birinclii yarmida temuriy hukmdor, Mirzo Ulug‘bekning akasi
Boysunqur Mirzo Hirotda mutaxassis olimlami to ‘plab, «Shoh-
noma»ning 40 dan ortiq nusxasini qiyosiy o‘rganib, mukammal
holga keltirilgan yagona ilmiy-tanqidiy matn tuzishga buyurdi.
«Shohnoma», tasvir manbasiga ko‘ra, uch qismga bo‘linadi:
1. Qayta ishlangan eng qadimiy afsonalar bayoni.
2. Xalq qahramonlari haqidagi afsona, rivoyat va qissalaming
badiiy talqini.
3. Tarixiy sholilar hayotidan olingan voqea-hodisalar asosidagi
qissalar.
Do'stlaringiz bilan baham: