Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134
BIZ BAXTLI BO‘LAMIZ
Mayli-da kimgadir 
yoqsa,
yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz,
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni 
yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom
ko'kka oy chiqqach.
Faqat
yig‘lamagin,
aybim nima deb,
Aybing —
onang seni 
chiroyli tuqqanL
Menga bir tabassum
hadya et, ey yor,
nur tomsin
lablaring
sohillaridan.
О‘zing ayt, 
senday qiz 
yana qayda bor,
Kipriklari uzun
kokillaridan?..
Iymanib yashama
xayol pinjida,
Yoyil,
yayra, jonim, 
o‘rtanma g‘amda.


G'iybatlarga chida,
Tuhmatga chida:
Sen bittasan, axir,
Yomg‘ olamda.
Men esa oshig'ing 
sening eng g‘arib,
Tundan so‘z
qarz olib,
tongga tutguvchi. 
Sening yoningda ham
seni axtarib, 
Sening yoningda ham 
Seni kutguvchi.
Ista
tiz cho‘kaman
hozir oldingda,
Sevdim,
sevganimdan
uyalmoq nechun? 
Barcha farishtalar
sening qalbingda, 
Ijarada turgan
qizlar men uchun!.. 
Biz baxtli bo'lamiz,
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa, 
Uchrasharmidik.
Savol va topshiriqlar
1. Muhammad Yusuf hayoti va ijodining e’tiborga loyiq jihatlari to‘g‘risida 
gapirib bering.
2. Shoir adabiyot maydoniga kirganida unda qanday ruh hukm surardi? 
Javobingizni bir-ikki adabiy misol bilan isbotlay olasizmi?
3. Shoirning 
«Bizhalihammadan o ‘tamiz, qizim!..»
(«Madina» she’ridan) 
degan orzusini qanday izohlaysiz? Mana shunday maqsadlarsiz shoir boMish 
mumkinmi?
4. Muhammad Yusufning istiqlol yillaridagi ijodi to‘g‘risida mulohaza 
yuriting. Uning she’rlari asosida aytiladigan qaysi qo‘shiqlami bilasiz?
5. «Mehr qolur» she’ridagi
« 0 ‘tar qancha yillar to ‘zoni,
Yulduzlar — k o ‘zyoshi samoni»


misralarida ifoda etilgan mazmunni va bu mazmun ifodasining badiiy 
jihatlarini izohlang.
6. Mehr-u muhabbat qachon «
dunyoni tor aylaydi
»? Kimlarga dunyo 
tor ko‘rinadi?
7. «Yurtim, ado bo'I mas araionlaring bor» she’rida nima sababdan shoir 
« 0 ‘tmishingni о У lab og‘riydi jonim»,
 
deydi? Hamma ham shoiming bu 
so‘zlarini ayta oladimi?
8. Shoir nima uchun 
«Fayzullodek mardi maydonlar»
qismatini 
«bahor
ayyomlar»
va 
«oy botgan yoqlarga termulib shomlar
» o‘ylaydi? Bunda 
«bahor
ayyomi»
 
bilan 
«oy botgan shorn
» qanday holat va kayfiyatning ifodasi?
9. Yurtning 
«yulduzni yig‘Iatgan dostonIari»dan
 
xabardorm isiz? Bu yerda 
gap faqat o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari ustida ketyaptimi yoki boshqa 
mazmun ham borini?
10. Nega Cho‘lponning ko‘zlari 
«jayrondek termulgan
»? Shoir ijodida 
shu misrani eslatuvchi boshqa she’r ham borligini bilasizmi?
11. 
«Qurboning bo‘layin, ey onajonim»,
 
deganda shoir kimga murojaat 
qilyapti? Shu murojaat she’rdagi m a’noga qanday qo‘shimcha m a’nolar 
yuklaganini o‘ylang.
12. «Biz baxtU bo‘lamiz» she’rida link qahramon o‘z suyuklisiga qarata 
«Rayhon hidlarini yo ‘Uarimga sep»,
deydi. Shu misrada nazarda tutilgan 
hayotiy holatni so‘zlab bering.
13. 
«Menga bir tabassum
hadya et, ey yor,
nur tomsin
lablaring
sohillaridan»
degan she’riy parchada qanday badiiy san’atlar qo‘llangan?
14. Muhammad Yusuf o‘z sevgilisini 
«Kipriklari uzun kokillaridan ?»
deya ta ’riflaydi. Usmon Nosirning «Naxshon» dostonida esa 
«Kiprigi
k o ‘ksiga soya solgan qiz»
 
degan ta’rif bor. Ayting-chi, qay bir misra 
go‘zalroq? Qanday bo‘lmasin, fikringizni isbotlab bering.
15. 
«Tundan so ‘z
qarz olib,
tongga tutguvchi»
misralarida qanday manzara va kimning holati ifodalangan?
16. Muhammad Yusuf she’rlaridan ko‘ngUngizga eng yaqinini yod oling 
va sinfdoshlaringiz oldida ifodali o‘qib bering.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish