«Vatan muhabbatidan benasib odamlar esa, unga loqayd
qaraydigan, hatto unga qo‘l ko‘tarishdan toymaydigan odamlar
esa, har qanday qiyofaga ega bo‘lmasin, basharasini har qanday
niqob bilan panalamasin, ma’naviy qashshoq, imonsiz, xudobe-
xabar, baxtsiz odamlardir. Ular Alloh oldida qandaydir gunoh
qilgan maxluqdirki, Alloh ularni Vatanni sevish baxtidan benasib
qilgan».
Shiddatli umri davomida juda ko‘p yurtlarni ko‘rgan, yer
yuzining eng go‘zal go‘shalari, dunyo madaniyatining eng ilg‘or
markazlari to ‘g‘risida jild-jild kitob o‘qigan va barcha ko‘rgan-
bilganlarini sarhisob qilib, buyuk haqiqatni o ‘zi kashf etgan
mutafakkir inson Ozod Sharafiddinov avlodlarga mana bunday
vasiyat qoldirdi:
«Siz bilan bizga Alloh 0 ‘zbekiston deb atalgan, tuprog‘ida
oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog‘ desa tog‘i
bor, bog‘ desa bog‘i bor, har tongda bulbullar madhini o ‘qib tamom
qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun
o ‘zimizni BAXTLI deb bilmog‘imiz kerak».
Savol va topshiriqlar
1. Ozod Sharafiddinovning hayot va ijod yo‘li to‘g‘risida bilganlaringizni
so‘zlab bering.
2. Olimning tarjimayi holida onasi to ‘g‘risidagi esdaligi keltirildi.
Sizningcha, onaning umri oxirida iztirobga tushishining asl sababi nimada
bo‘lgan?
3. 0 ‘qituvchingizdan O. Sharafiddinovning to‘g‘riso‘zligi, ilmiy va insoniy
halolligi, prinsipialligi bilan bog‘liq tafsilotlami so‘rab bilib olishga harakat
qiling.
4. O.Sharafiddinovning ulkan merosidan nega aynan Vatan to‘g‘risidagi
maqolasi tanlanganini Siz qanday izohlaysiz?
5. « 0 ‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida Vatanni «og‘izda
sevish» bilan «amalda sevish» bir-biriga qarshi qo‘yilgan. Shu masalada
Siz muallif fikrlariga yana qanday qo‘shimchalar qila olasiz?
6. Darslikdagi namuna asosida maqoladagi boshqa muhim mulohazalami
ham sharhlashga harakat qiling.
7. O. Sharafiddinov maqoladajadidlarharakatinitilga olgan. Jadidlaming
Vatanga xizmat qilish yo‘lida ko‘rsatgan yana qanday fidoyiliklarini eslay
olasiz?
8. Muallif qahramon Shiroq hamda jadid bobolarimizning Vatan ozodligi,
uning taraqqiyoti uchun qo‘shgan hissasi to ‘g‘risida yozgan. Siz bu borada
yana kimlami misol qilib keltirgan bo‘lardingiz?
9. Maqoladagi «Jasoratlar, fidokorliklar faqat favqulodda odamlaming
mahriga tushgan emas» degan fikrni izohlab, munosabatingizni bildiring.
10. Ozod Sharafiddinov to ‘g‘risida ishlangan hujjatli filmlar, u kishi
ishtirokida suratga olingan ko‘rsatuvlardan xabardormisiz? Taassurotlaringizni
sinfdoshlaringizga gapirib bering.
11. «Qalbimdagi Vatan tuyg‘usi» mavzusida uy inshosi yozing.
T O ‘RA SULAYM ON
Do'stlaringiz bilan baham: |