Savol va topshiriqlar
1. «Nil va Rim»dek yirik she’riy asarni yaratmoq uchun ijodkordan
iste’doddan tashqari yana nimalar talab qilingan?
2. Qullar mehnati, kuchi, hayoti evaziga Misr ehromlari, Rim obidalari
bunyod etilgan. Bu ikki hodisa o‘rtasida ziddiyat yo‘qmi? Agar bo‘lsa, Siz
uni qanday izohlagan bo‘lardingiz? Bu savollarga o‘qituvchingiz yordamida,
sinfdoshlaringiz bilan birga javob topishga harakat qiling.
3
. «О ‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo ‘Isa!
Bir parcha non nima о ‘zif Shunga zor bo ‘Isa!» —
misralarida ko‘proq qanday qadr to‘g‘risida gap ketyapti?
4. «
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon
» misrasida ko‘kdagi holat
nimaga o ‘xshatilyapti? Bu o‘xshatishning ramziy m a’nosi ham bormi?
5 .0 ‘zbekistonxalqshoiri A.Oripovning «Olomonga» she’rini topib o‘qing.
Bu she’rdagi olomon bilan «Nil va Rim»da yo‘lbars changalida parchalangan
gladiatoming o‘limiga chapak chalayotgan «xalq» o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu
masalani ham o‘qituvchingiz yordamida muhokama qiling.
6.
«Tun qancha qora b o ‘Isa, oy shuncha yorug‘!»
misrasigajo qilingan
ramziy m a’noni izohlashga urining.
7. She’ming lirik qahramoni o‘zini
« 0 ‘sha jonman, o ‘sha qonman va
о ‘sha shonman!!!» —
demoqda. Shu birgina misraga insoniyatning erk va ozodlik
uchun olib borgan kurashi jamlangan bo‘lishi mumkinmi? Mulohaza qiling.
8. «Nil va Rim» asaridan bir parchani yod oling va sinfda ifodali o ‘qib
bering.
MONOLOG
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o'pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko'ksidan,
Kim qalbidan qonlar to'kmagan?
Seni yaxshi bilaman, go'zal,
Petrarkani o‘qiganim hjor.
Buyiik Rimning Sapfosf azal
Xayolimni oshiqday tortar.
3
Bilamanki, Tasso bechora
Rohat ko'rmay o‘tgan bir umr.
Ey makkora qiz, Leonora ,
Nomi qora bilan yozilgur!..
Balki, guldan yaralgan pari
Tosh ko‘ngilli Beatriche :
— Gadosan, — deb qochmasa nari
Dante baxtli bo‘lardi picha!
Balki, Hamlet6 oydin tunlarda
Ofeliyani erkalatardi.
Balki, uzun socliini silab
Azongacha ertak aytardi.
Agar xiyonatni bilmasa,
Ezmasa fojia yuragin!
Yo‘q! Yo‘q, shoir! Gar shunday bo'lsa,
Shekspirning yo‘qdir keragi!
Dezdemona8, gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?
Bilaman, Otello , bilaman,
Otello haqlimi?.. Shoir — jim!..
7
Petrarka
—qadimgi Rim shoiri.
”
Sapfo —
qadimgi Rim shoirasi.
Tasso —
o‘tli ishq-muhabbat kuylangan asaming baxtsiz qahramoni.
Leonora —
yana bir adabiy qahramon.
Beatriche —
mashhur italyan shoiri Dantening sevgilisi.
Hamlet —
mashhur shoir va dramaturg Uilyam Shekspirning shu nomdagi
tragediyasining bosh qahramoni.
Ofeliya —
Hamletning sevgilisi.
Dezdemona —
Shekspirning yana bir tragediyasi — «Otello»ning bosh
qahramonlaridan biri.
Otello —
shu nomdagi asaming bosh qahramoni, Dezdemonaning eri.
21 4
Jim!.. Ufqdan botar quyoshni
Shart kesilgan boshga o‘xshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qo'rqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmasdan!
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
Mumkin emas, ey, oliy janob,
Necha yurakni aylab xarob.
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat!
Ki, odamning o'ziniginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
QiynalamanL Yuragimda hovur...
Bu — qarshilik! Yo‘q! Gina emas.
Bu — qarshilik! Ko'ring tarixni.
Umr tepasida musht tuygan...
Qiynalaman vijdon bilan man,
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
0 ‘z zimmamga katta ish oldim:
Ehtimolki, tamom qilmasdan —
Umrim tugar. Ammo, bo'lmaydi
(Ko‘nglim o‘rniga hech tushmaydi).
Senga qarshi bosh ko‘tarmasdan
Asrlarni yig‘latgan sevgi!!!
Ishq-muhabbat jahon adabiyoti, tasviriy va qo‘shiqchilik san’ati,
musiqasining doimiy va hech qachon ohori to ‘kilmaydigan
mavzusidir. Yodingizda bo‘lsa, masliliur tatar shoiri Xodi Toqtash:
«Muhabbat ul o‘zi eski narsa, Lekin har bir yurak uni yong‘orta
(yangilaydi)», — degan edi. Zero, har bir in son balog‘at yoshiga
yetar ekan, uning qalbiga aw al notanish bo‘lgan ajib bir his —
muhabbat hissi, albatta, m o‘ralaydi. Insonning o‘zi kabi in son
go‘zalligiga, latif chiroyiga, qalb xazinasiga bo‘lgan qiziqislii bosh
ko‘taradi. Ikki yosh bir-birini ko‘rgisi, ko‘zlariga termilgisi, uzoq-
uzoq suhbatlar qurgisi keladi. Odam bolasi sevgisi, sevilgisi keladi.
1933
Usmon Nosir hayoti va ijodi to‘g‘risida awalgi darsda o‘qiganingiz
m a’lumotda bu shoir to ‘g‘risidagi Turob To‘laning taassuroti bilan
tanishgan edingiz. Uning gaplariga yana bir e’tibor bering:
«
Do'stlaringiz bilan baham: |