Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134
(«Yana she rimga»)
Bu she’riy parchada yana bir narsa, ya’ni shoir ijodining 
yetakclii mazmuni — she’riyat va hayot oshig‘ligi namoyon bo‘ladi.
...Shoir ijodiy faoliyatida biz ikki pog‘ona borligini ko‘ramiz. 
Uning 1927-yildan 1932-yilgacha bo‘lgan ijodida publitsistika, 
voqealarga publitsistik munosabat, publitsistik pafos va ritorika 
ko‘proq ko‘zga tashlandi. Shuning uchun uning she’rlari shior va 
chaqiriq bo‘lib yangradi. Bu xususiyat Usmon ijodining zamon 
talabiga hozirjavobligini ko‘rsatadi...
Shoiming mana shu dastlabki davr ijodida tematik aktuallik va 
rang-baranglik ustun bo‘lsa-da, bu yillar badiiy mahorat va ijodiy 
mustaqillik yo‘lida izlanish davri edi...
Usmon Nosir o‘z ijodini, o‘z she’rini:
Sen yiiragimning chashma suvisan,
Sen ko‘zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim so‘rasa, de:
«Bahom — umrning bahosiga teng», —
(«She ’rim»)


deb baholagan yildan boshlab uning ijodining yangi davri, yangi 
oqimi, yangi to ‘lqini, yangi toshqini boshlandi. Bu toshqin shoir 
ijodining kamolot bosqichi edi. Bu bosqichda u yetakchi shoirlar 
kabi falsafiy fikrlashni, teran m ushohadani, voqeani poetik 
tasaw ur qilishni o‘rganib, bu xususiyatni o‘z she’rlariga badiiy 
sodda ifodalarda singdirdi. Uning lirikasida siyosat va ijtimoiy turmush 
hayotiylik, originallik, chuqur hissiyot, poetik tuyg‘u, intim
kechinmalar bilan sug‘orildi, yurak sadosi bo‘lib yangradi va mehr 
o‘ti bo‘lib olovlandi. Shuning uchun ham shoir shu yillardagi 
she’riy majmualariga «Yurak» va «Melirim» deb nom qo‘ydi...
Usmon Nosir yosh ijodkorlarga murabbiylik qildi. 0 ‘rta maktabda 
o‘qib yurgan chog‘larida Qo‘qondagi havaskor qalamkashlar, o‘z 
davrining yosh shoirlari Amin Umariy, Nasrulla Davron, Ibroliim 
Nazir va shu satrlaming muallifi — kamina kabi shoirlar uning 
ko‘magidan baliramand bo‘ldi... Keyinchalik Usmon Nosir barcha 
katta-kichik shoirlar yuragiga kirib bordi va ularga o‘mak bo‘lib qoldi.
...Usmon Nosiming adabiyotda paydo bo‘lishi hammaning 
e’tiborini tortgan edi. Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz 
kuclii bilan hammani o‘ziga jalb qilgan notanish bir palilavonning 
maydonga kirib kelishiga o‘xshar edi. Ha, u ijod maydoniga yosh va 
kichkina jussasi bilan keldi-yu, juda katta yuk ko‘tardi.
«Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! 
U shunday to ‘polon va to ‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy 
uslub va ijodni to ‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda « 0 ‘zbekning 
Lermontovi», Moskva gazetalarida «Sharqda Puslikin paydo bo‘ldi», 
deb yozishdi», — deydi shoir Turob To‘la.
...Usmon Nosir 1944-yil 23-martda 32 yoshida Uzoq Sharqda 
vafot etdi. Lekin, shoir o‘zi aytganidek, uni Vatan, xalqimiz, 
adabiyot unutmadi!
Bargdek uzilib ketsam 
Unutmas meni bog'im.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qumr.
She’rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham 
Unutmas meni bog'im, —

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish