Bir zamonlar
yetti iqlim xazinalari
Xiroj bergan bu toj endi hukmin yo‘qotdi!
Abdullatif gurahida bosiq holda quvonch holatlari ko'rinadi. Xo'ja Ahror
qo'llarini osmonga ko'tarib, Xudoga hamd-u sano qiladi.
Ammo, buning shartlari bor. Eshitasizmi?
Q о z i M i s к i n
Eshitamiz.
U 1 u g‘ b e к
Mamlakatda fitna-yu fasod
Butunicha tugatilishi, bitishi lozim.
Rozimilar bu shartimga?
Q о z i M i s к i n
Rozimiz, m a’qul.
U 1 u g‘ b e к
Qo‘ni-qo‘shni o'lkalarga bosqinlar qilib,
Naslimizga yog'ilmasin qarg'ish va la’nat.
Bu shartimga ahli parda rozimi?
Q о z i M i s к i n
(yana boyagi usul bilan)
Rozi!
U 1 u g‘ b e к
Xizmatimda, suhbatimda yurgan do'stlarga,
Arboblarga qasos tig‘i botirilmasin!
Bu shartimga ahli parda rozimi?
Q о z i M i s к i n
(yana boyagi usul bilan)
Rozi!
U 1 u g‘ b e к
Bizga oid haram ahli, ahli ayolning
Iffatiga, izzatiga g‘ubor cho'kmasin!
Bu shartimga ahli parda rozimi?
Q о z i M i s к i n
(yana boyagi usul bilan)
Rozi!
U 1 u g‘ b e к
Madrasaga va rasadga yetmagay zavol!
Kutubxonam, kitoblarim saqlansin omon!
Shu shartimga ahU parda rozi mi?
Q о z i M i s к i n
(yana boyagi usul bilan)
Rozi!
U 1 u g‘ b e к
Picha taskin topay deya ketgum safarga.
Bu diyordan tez fursatda jo ‘nab ketaman.
0 ‘zim esam iztirobdan, anduh-u g‘amdan,
Shartim shuki, berilmagay bizlarga xalal.
Shu shartimga ahh parda rozi mi?
Q о z i M i s к i n
(yana boyagi usul bilan)
Rozi!
U 1 u g‘ b e к
Bu va’daga ahd-u paymon qilasizlarmi?
A b d u l l a t i f o d a m l a r i
Ont ichamiz,
ahd etamiz, bahaqqi Xudo!
U 1 u g‘ b e к
Bilib qo'ying, bu qasamni buzsangiz agar,
Qayda bo'lmay, men o‘zimman sizga da’vogar.
Tangri sizni osiy sanar, el sharmanda der,
Tarix sizga la’nat o'qir.
A b d u l l a t i f o d a m l a r i
Qasam ichamiz!
U 1 u g‘ b е к
Bugun barcha vasiqalar yozilib bo'lur,
Imzo uchun madrasaga kelsin elchingiz.
Alvido, taxt va saltanat iztiroblari!
Endi sulton Ulug‘bek yo‘q, do'stlarga rahmat.
Majlis tamom.
Ahli parda, sizlarga mxsat.
A b d u l l a t i f o d a m l a r i chiqib ketadilar.
Bugun oqshom Samarqanddan chiqib ketamiz.
Devonbegi va Bek Arslon, borib shu topda
Ot va navkar, pul-ozuqa tadbirin ko‘ring!
B e k A r s l o n
Oh, shahriyor, nega kerak menga bu qilich?
Shu peslarga sira xizmat qilolmayman, yo‘q!
Siz qayerga, hatto Hindga borsangiz boray...
U 1 u g‘ b e к
Sadoqatli mard sardorim, ma’yus bo'lmangiz.
Ketib qolsa bu shahardan hamma yaxshilar,
Kimlar
yeydi xaloyiqning, elning g'amini?
Buyurganim bajaringlar!
D e v o n b e g i va B e k A r s l o n chiqadilar.
Mayli, o‘tsin oqpadarga ertangi kundan
Saltanat ham, iztirob ham, bezovtalik ham.
Ko‘p afsuski, Abdullatif boshga toj qo'ygach,
Otin tag‘in yugurtirar zulm yo‘lida.
Unga mendek qirq yil sulton bo'lish qayerda.
Qirq hafta ham taxt tutolmas... So'zimni eslang!
Samarqand atrofida qishloq. Namozgar vaqti. G ‘ira-shira qorong‘i. Kuz fasli.
O t a M u r o dning hovlisi. U 1 u g‘ b e к dadil turib hovlidan chiqmoqchi
bo‘ladi. Ammo Ulug‘bek qaysi tomonga yo‘nalsa, devor orqasida,
eshik
oldida, daraxt tagida, panjara yonida nayzalik s ip о h i a r pistirmada turgani
ma’lum bo‘ladi. Sipohlar uning yo‘lini to‘sib, hovlidan chiqarmaslik uchun
qurshovga olganligi ayon bo‘ladi.
U 1 u g‘ b e к
Ali-ha, tuzoq! Bir kishiga qarshi bir lashkar!
Oqpadarning qo'rqoqligi shundan oslikor!
Yo rabbano, bu zolimlar nima qilmoqchi!
Yalmog'izmi,
nima bular, aqlidan ozgan!
Shu paytda daraxt tagida soyada turgan A b b о s yoruqqa chiqib
Ulug‘bekka qarab yuradi.
U 1 u g‘ b e к
Sen hali ham tirikmisan, haromi, xabis!
A b b о s
Tirikmanki, toki ko'ray o‘limingizni.
Men otamning xunini deb, qasosin kutib,
Bir-u bordan shu fursatni yalinib keldim.
U 1 u g‘ b e к
Otang
qilgan badkirdorlik, beinsoflikka
Eng yengilroq jazo edi shahardan surgun.
Balki undan jabr ko‘rgan olomon o‘zi
Alash qilib o‘z hukmicha terakdan osib,
Xud asfalasofilinga jo‘natgan uni.
Bu gaplaring yo tuhmatdir yoki bahona.
A b b о s
Padarimning o‘limiga shar’iy mahkama
Faqat sizni javobgar deb biladi.
Mana!
Do'stlaringiz bilan baham: