(ch o ‘chib, sipohlarga)
Jadal bo‘ling, tez otlaning, darhol ketamiz,
Mana qasos, mana sizga otamning xuni!
( Ulug‘beк k o ‘ksiga xanjar tiqadi.)
B e r d i y o r
Seni tirik qochirmayman!
Abbosga o‘q uzadi. Abbos «o‘ldim» deganicha yerga yiqiladi. Berdiyor va
dehqonlar Ulug‘bekni darhol daraxtdan yechib yerga yotqizadilar. Odamlar
uning atrofida tiz cho‘kadilar.
U 1 u g‘ b e к
(ko'zini ochib)
Bu senmisan, Berdiyorim? Kechikding biroz.
В e r d i у о г
Oh, kechikdim bir daqiqa, qiblayi olam!
Biz u cholni ayab sekin yo‘l yiirib edik,
Bu qishloqning yaqinidan o‘tganimizda,
Ota Murod jar solganin eshitib darhol
O'zim chopib keldim bunga... Oh, zolim falak!
(Abbos qo ‘lidan olgan xanjarga qarab)
U la’nati sizga tiqqan shu xanjar tig'in,
Abdullatif ismi bunga yozug'lik ekan.
Bu Toshkandning xanjaridur, dami zaharli...
Ey Xudo, sen guvoh bo'lgin, bu xanjar bilan
Abdullatif kallasini olmasam agar
Yuz ming la’nat bo'lsin menga!
U 1 u g‘ b e к
Men davramda do'stlarimni ko'raman yana,
Demak, bizga o‘lim yo‘qdir, men bo‘lmasam-da.
Shu payt osmonda bulutlar orasidan to‘lin oy ko'rinib qoladi.
Sen ham biroz kechikibsan, ko‘kning fonusi!
Dushman meni yengolmasdi, chiqsang oldinroq.
Ortiq tamom, g‘urbatlarda daydib yurmoqdan
Shu vatanda shahid bo‘lmoq oliy saodat.
Xayr sizga, sho'x yulduzlar, senga g'amli oy!
Xayr sizga, do‘stlar, xayr, jami insonlar!
Xayr senga, oh Fimzam, qalbim singlisi!
Abdurazzoq, batafsil yoz bu qissalarni!
Dunyo, dunyo, bevafosan, bilaman seni.
Ammo, senga yomon farzand emas edim-ku!
Yomg‘ kunda, baxt ayyomi, meni yod ayla.
Bitdi nafas. Yig'lamayman, siz ham yig'lamang!
0 ‘ladi.
O t a M u r o d
Boshpanamiz to‘zib ketdi, sindi belimiz!
A b d u r a z z o q
Ey-voh! Endi yetim qoldi aql-u ma’rifat.
Lak-lak ablah Abbosdeklar harom qotadi.
Ammo, hayhot, tirilmaydi bitta Ulug'bek!
А 1 i Q u sh ch i
Koinotning chamaniga ochgan yo'lingiz
Yo'lchilarsiz qolmas, biling, aziz muallim!
Orta borar yiilduz soni jadvalingizda,
Qoningizdan o‘sib chiqar shodlik gullari.
P i r i Z i n d o n i y
Men ellik yil zindonlarda cliiritdim tanim,
Ne-ne balo, uqubatlar ko‘rmadi ko‘zim.
Ammo tangri shohiddirki, biron lahza ham
Ko'zlarimda ko'zyoshlari yalt etgan emas.
Voasafo, hech kimsadan uyalmay bugun
Men yig'layman, yurak qoni bilan yig'layman!
Yetim qolgan el dardiga kuyib yig‘layman!
Bosh qo‘yaman tuprog‘iga ulug‘ insonning!
Do'stlaringiz bilan baham: |