Sug’urta ishi” fanidan 1-qismi o’quv tarqatma materiallari


-jadval Dunyoning turli mamlakatlari qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar hayotini sug‘urta qilish43



Download 4,14 Mb.
bet73/143
Sana03.07.2022
Hajmi4,14 Mb.
#733934
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   143
Bog'liq
Sug’urta ishi” fanidan 1-qismi o’quv tarqatma materiallari

1-jadval
Dunyoning turli mamlakatlari qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar hayotini sug‘urta qilish43
(ming AQSH doll.)

Mamlakat

Sug‘urta turi shakli

Sug‘urta hodisasi

Sug‘urta to‘lovi miqdori

AQSH

Shaxsiy (imtiyozli)

O‘lim (halok bo‘lish)

10-250

Italiya

Davlat

Harbiy xizmatchining Fors ko‘rfazida halok bo‘lishi (1991 y.)

Uchuvchilar tarkibi - 450
Polkovnik - 300
Oddiy askar - 120

Shvetsiya

Davlat

100%lk nogironlik yoki o‘lim

100 dan

Rossiya

Majburiy davlat

Harbiy xizmatchining o‘limi (halok bo‘lishi)

5 - 18

Harbiy xizmatchilarni davlat tomonidan sug‘urta qilish elementlari Shvetsiya va Italiyada ham mavjud (3.1.1-jadval). Xususan, Shvetsiyada «risk to‘lovi» maksimal hajmi hozirgi paytda 796,4 ming shved kroniga teng (100 ming dollardan ko‘p.). Ushbu summa harbiy xizmatchi 100% nogironlikka uchragan yoki halok bo‘lgan hollarda Davlat sug‘urta kengashi tomonidan to‘lanadi. Fors ko‘rfazi hududida «ko‘pmillatli tinchlik o‘rnatish kuchlari» tarkibida janogovar harakatlarda ishtirok etgan italyan harbiy xizmatchilari uchun mamlakat parlamenti harbiy xizmatchi halok bo‘lgan hollarda 200-750 mln. italyan lirasi (120 ming doll. - 450 ming doll.) miqdorida maxsus sug‘urta to‘lovlari joriy qilgan. SHunga alohida e’tibor qaratish kerakki, bu ikki mamlakatda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmi masalan, AQSHdagi an’anaviy sug‘urtadan ko‘ra ko‘proq davlat ijtimoiy ta’minotini eslatib yuboradi.


Germaniyada chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar kasallik, mehnat layoqatini yo‘qotish va ishsizlikdan majburiy sug‘urta qilinishi lozim. Oddiy (fuqaro) aholidan farqli ravishda, ular uchun sug‘urta badallarini to‘liq hajmda davlat to‘laydi, bu esa askarlarga ertangi kundan ishonch bilan xizmat qilishga imkon beradi.


Tadqiqot maqsadlarida Fransiyada harbiy xizmatchilarga taqdim etiladigan ijtimoiy kafolatlar tizimi alohida qiziqish uyg‘otadi. Uning alohida xususiyatlari qatoriga ijtimoiy ta’minot milliy kassalari faoliyat ko‘rsatishini kiritish mumkin bo‘lib, bu kassalarga a’zolik majburiy hisoblanadi.
Mazkur institut faoliyatining maqsadi sug‘urta qilinganlarni kasallik holatida sug‘urta nafaqasi bilan, ayol harbiy xizmatchilarni esa – onalik bo‘yicha nafaqa bilan ta’minlash hisoblanadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish tizimi emerital kassalar tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha munosabatlar vujudga kelishi uchun asos bo‘lib 1998 yil 28 martda qabul qilingan va 1998 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kirgan "Harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inga chaqirilga fuqarolar, Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar organlari, Davlat yong‘inga qarshi xizmati, giyohvand vositalar va psixotrop moddalar aylanmasi ustidan nazorat bo‘yicha organlarning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibi, jazoni ijro etish tizimi muassasalari xodimlari va soliq politsiyasi federal organlari xodimlarining hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi to‘g‘risida"gi Federal qonun (bundan keyin - 52-FZ sonli Federal qonun) asosida sug‘urta qildiruvchi (Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi) va sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma xizmat qiladi;
1) sug‘urta qiluvchi sifatida konkurs o‘tkazish natijasida tanlab olingan sug‘urta tashkiloti ishtirok etadi;
2) sug‘urta qiluvchiga to‘lanadigan sug‘urta mukofoti hajmi federal qonunning o‘zida belgilab beriladi;
3) harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi uchun RF FK 48-moddasining qoidalari subsidiar ravishda, ya’ni faqat qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlarda o‘zgacha holat ko‘zda tutilmagan yoki mos keluvchi munosabatlardan kelib chiqmaydigan hollarda qo‘llanadi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi tor, sug‘urta ma’nosida ham, keng – konstitutsion-huquqiy ma’noda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tor, sug‘urta ma’nosida bu – qonun kuchi bilan va sug‘urta qildiruvchi (Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi) bilan sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va salomatligini sug‘urta qilish shartnomasi asosida, belgilangan hodisalar (sug‘urta holatlari) ro‘y berganda sug‘urta qiluvchi sug‘urta qildiruvchining sug‘urta qildiruvchiga federal byudjetdan ajratiladigan sug‘urta badallaridan (sug‘urta mukofotlaridan) shakllantiriladigan pul fondi hisobiga amalga oshiriladigan sug‘urtadir
Keng, konstitutsion-huquqiy ma’noda bu – Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga sug‘urta holati ro‘y berishi oqibatida sug‘urta qilingan shaxsning moddiy va (yoki) ijtimoiy holati o‘zgarishi oqibatlarini o‘rnini to‘ldirishi, jumladan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashi ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan etkazilgan ziyonning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘lovlar hajmidir.
«Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Rossiya Federatsiyasi Qonuni 6-moddasi 1-bandiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi hududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsunziyasini olgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar (sug‘urta tashkilotlari va o‘zaro sug‘urta jamiyatlari) tan olinadi. Sug‘urta qiluvchining Rossiya Federatsiyasi hududida majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirishi uchun asosiy shart ushbu sug‘urta turini amalga oshirish huquqini beradigan maxsus davlat litsenziyasi olish hisoblanadi (52-FZ Federal qonunning 3-moddasi 2-bandi).
«Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 5-moddasiga muvofiq, sug‘urta qildiruvchi deb sug‘urta qiluvchilar bilan sug‘urta shartnomasi tuzgan yoki qonun kuchi bilan sug‘urta qildiruvchi hisoblangan yuridik shaxslar va yuridik salohiyatga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tan olinadi. Sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta qiluvchilar bilan uchinchi shaxslarni ularning (sug‘urta qilingan shaxslarning) foydasiga sug‘urta qilish haqida shartnoma tuzishga haqli.
52-FZ sonli Federal qonun sug‘urta qildiruvchini ta’riflashga iddiyroq yondoshgan. Agar ilgari Rossiya Federatsiyasi hukumatining 1993 yil 5 apreldagi 295-sonli qaroriga muvofiq manfaatdor vazirliklar va idoralar sug‘urta qildiruvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda yuqorida aytib o‘tilgan qonunga muvofiq majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirishda faqat qonunchilik bilan ularda harbiy xizmat (xizmat, harbiy yig‘in o‘tash) ko‘zda tutlgan ijroiya hukumati federal organlari sug‘urta qildiruvchi bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta qilingan shaxs bu – uning hayotida bevosita shaxs yoki uning hayotidagi voqea-hodisalar bilan bog‘liq sug‘urta holati ro‘y berishi lozim bo‘lgan shaxsdir (Shaxsiy sug‘urta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida sug‘urta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.
Foyda oluvchi bu – sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta summasi olish uchun tayinlangan jismoniy shaxsdir.
1992 yilning 27 noyabrida qabul qilingan 4015-1 sonli «Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 5-modda 3-bandiga muvofiq sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxslar (foyda oluvchilar) tayinlash huquqiga ega.
Sug‘urtada ko‘pincha uchinchi shaxs foydasiga shartnoma konstruksiyasi foydalaniladi, bunda sug‘urta summasi to‘lash haqida sug‘urta qiluvchiga talab shartnoma tomoni sanalgan sug‘urta qildiruvchida emas, balki uchinchi shaxsda foyda oluvchida vujudga keladi. Aynan shunday shartnomalar mavudligi «Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 6-moddasi 1-bandida ko‘rsatilgan.
«Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 2-modda 4-bandida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha foyda oluvchilar ro‘yxati keltirilgan va ular bunday bo‘lishi va mos keluvchi sug‘urta summasini olish huquqiga ega bo‘lishi shartlari belgilab berilgan: sug‘urta qilingan shaxs halok bo‘lgan kunda u bilan qonuniy qayd qilingan nikohda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i, sug‘urta qilingan shaxsning ota-onasi (farzand qilib olgan shaxslar), bobosi va buvisi – uning ota-onasi bo‘lmagan, ular tomonidan kamida 3 yil tarbiyalangan va qaralgan hollarda, sug‘urta qilingan shaxsning o‘gay otasi yoki o‘gay onasi – agarda ular kamida besh yil tarbiyalagan va qaragan hollarda, 18 yoshga etmagan bolalari yoki 18 yoshdan katta bo‘lgan nogiron bolalari, shuningdek, mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlar, ularning o‘qishi tugagunga yoki 23 yoshga to‘lgunga qadar.
Ta’kidlash joizki, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini takomillashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hukumatining 1993 yil 5 apreldagi 295-sonli qarori bilan foyda oluvchilar ro‘yxati ilgari amal qilgan me’yorlarga nisbatan ancha kengaytirilgan.
Sug‘urta to‘lovlari tartibi va hajmi. «Sug‘urta holati» tushunchasiga «Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 9-modda 2-bandida berilgan. Sug‘urta shartnomasida yoki qonunda ko‘zda tutilgan, uning ro‘y berishi bilan sug‘urta qluvchining sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urta qilingan shaxsga, foyda oluvchiga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sug‘urta to‘lovi to‘lash majburiyati yuzaga keladigan ro‘y bergan hodisa sug‘urta holati hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta holatlari «Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunda belgilab qo‘yilgan:

  • sug‘urta qilingan shaxsning harbiy xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar davrida yoki harbiy xizmatdan, xizmatdan bo‘shatilganidan, harbiy yig‘inlar yakunlanganidan so‘ng bir yil davomida xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar davrida shikastlanish (yaralanish, jarohat, kontuziya) yoki kasalliklar oqibatida halok bo‘lishi (o‘limi);

  • sug‘urta qilingan shaxsga harbiy xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar davrida yoki harbiy xizmatdan, xizmatdan bo‘shatilganidan, harbiy yig‘inlar yakunlanganidan so‘ng bir yil davomida xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar davrida shikastlanish (yaralanish, jarohat, kontuziya) yoki kasalliklar oqibatida nogironlik belgilanishi;

  • sug‘urta qilingan shaxsning harbiy xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar davrida og‘ir yoki engil shiskastlanishi (yaradorlik, jarohat, kontuziya);

  • chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxsning, harbiy yig‘inga harbiy qism lavozimlar shtatida starshinagacha bo‘lgan lavozim ko‘zda tutilgan harbiy lavozimga chaqirilgan fuqaroning, jumladan, harbiy xizmatni o‘tash muddati davomida olingan shikastlar (yaradorlik, jarohat, kontuziya) yoki kasallik oqibatida harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy xizmatga cheklangan tarzda yaroqli deb topilgan shaxslarning harbiy xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatilishi.

Afrim toifadagi fuqarolarga nisbatan ham o‘z ishining xususiyatlari, qiyinchiliklari va xavfliligi tufayli Rossiya Federatsiyasining hayot va salomatlikning davlat majburiy sug‘urtasi ko‘zda tutilgan boshqa qonunlari va me’yoriy hujjatlari amal qilishi mumkin. Majburiy davlat shaxsi sug‘urta sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik bazasini tahlil qilish ham buni tasdiqlaydi. Masalan, harbiy sudlar sudyalariga nisbatan majburiy davlat Shaxsiy sug‘urtasi belglangan ikkita federal qonun amal qilishi mumkin. Xuddi harbiy xizmatchilar kabi ularga nisbatan ham 52-FZ sonli Federal qonunga muvofiq hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi amal qiladi. Sudya sifatida ular 1992 yil 26 iyunda qabul qilingan 3132-1 sonli «Rossiya Federatsiyasida sudlar huquqiy holati to‘g‘risida»gi va 1995 yil 20 aprelda qabul qilingan 45-FZ sonli «Sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining davlat himoyasi to‘g‘risida»gi qonun ta’siri ostida bo‘lib, bu qonunlar sudyalarning majburiy davlat Shaxsiy sug‘urtaini tartibga soladigan me’yorlardan iborat. Bunday vaziyatda ikkala qonun ta’siri ostida bo‘lgan sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta qilinganlarning o‘zi (ularning oila a’zolari, merosxo‘rlari) qonunlardan faqat bittasi bo‘yicha sug‘urta summasi olishni tanlashi mumkin. Sug‘urta summasi hajmi sug‘urta shartnomasining muhim shartlaridan biri hisoblanadi va sug‘urta shartnomasi tomonlari – sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchining kelishuviga ko‘ra belgilanadi.
Sug‘urta summasi – sug‘urta qildiruvchiga yoki uni olish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi bo‘yicha sug‘urta qiluvchining majburiyatlari maksimal hajmining puldagi bahosidir. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urta summasi sug‘urta qilishga qabul qilingan har bir risk bo‘yicha alohida yoki sug‘urta qiluvchining maksimal majburiyatlarini aniqlash uchun har bir sug‘urta holati bo‘yicha belgilanishi mumkin. Majburiy sug‘urtada sug‘urta summasi hajmi federal qonun bilan belgilana



Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish