Sug`urta ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi
ADILOVA GULNUR DJJURABAYEVNA
“SUG’URTA ISHI”
FANIDAN
1-QISMI
O’QUV TARQATMA MATERIALLARI
TOSHKENT 2021
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Sug’urta ishi” kafedrasi
“Sug’urta ishi”
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
200000
|
–
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
–
|
Iqtisod
|
|
|
|
|
Ta’lim yo’nalishlari:
|
5230100
|
–
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
|
5230200
|
–
|
Menejment (xizmatlar sohasi)
|
|
5230600
|
–
|
Moliya
|
|
5230700
|
–
|
Bank ishi
|
|
5230800
|
–
|
Soliqlar va soliqqa tortish
|
|
5230900
|
–
|
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
|
|
5231300
|
–
|
Pensiya ishi
|
|
5231500
|
–
|
Baholash ishi
|
|
5232000
|
–
|
Davlat byudjetining g’azna ijrosi
|
|
5232100
|
–
|
Korporativ moliya
|
|
5232400
|
|
Iqtisodiy xavfsizlik
|
|
5232700
|
|
Investitsion loyihalarni moliyalashtirish
|
|
5232800
|
|
Elektron tijorat
|
|
5233800
|
|
Moliyaviy texnologiyalar
|
|
5233900
|
|
Bank hisobi va audit
|
|
5234000
|
|
Byudjet hisobi va nazorati
|
|
5234400
|
|
Xalqaro valyuta kredit munosabatlari
| TOSHKENT-2021
Adilova G. “Sug’urta ishi” fanidan O’quv-uslubiy majmua. T.: TMI, 2021. ______ bet
Ushbu o’quv uslubiy majmua “Sug’urta ishi” fanining O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 202__ yil _____________dagi __ sonli buyrug’ining __ ilovasi bilan tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Adilova G.
|
–
|
“Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi o’qituvchisi
|
Taqrizchilar: Xasanov F.
|
|
“ALSKOM” OAJ SK bosh direktor o‘rinbosari
|
Yuldashev O.T
|
–
|
TMI, “Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Fanning O’quv uslubiy majmuasi kafedraning 2021 yil “___” ___________dagi ___ sonli yig’ilishi muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri I. Abduraxmonov
Fanning O’quv uslubiy majmuasi Soliqlar va sug’urta fakultetining Kengashi muhokamasidan o’tkazilgan va institut o’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan. (2021 yil “___” ____________dagi __ - sonli qaror)
Fakultet dekani L.Zoyirov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i I.Choriyev
O’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Tuychiyev
Fanning O’quv uslubiy majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 2021 yil “___” avgustdagi _-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.
MUNDARIJA
|
KIRISH………………………………………………………………….........
|
|
|
O’QUV MATERIALLARI.............................................................................
|
|
1.
|
Ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari.............................................................
|
|
1-mavzu
|
Risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli
|
|
2-mavzu
|
Sug’urtaning nazariy asoslari va iqtisodiy mohiyati
|
|
3-mavzu
|
Sug’urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
|
|
4-mavzu
|
Sug’urtaning huquqiy asoslari
|
|
5-mavzu
|
Sug’urta munosabatlari va ularni tartibga solish mexanizmlari
|
|
6-mavzu
|
Sug’urta tashkilotining tashkiliy-huquqiy asoslari va konseptual modeli
|
|
7-mavzu
|
Sug’urtada tarif siyosati
|
|
8-mavzu
|
Sug’urta sohalari va ularning interpretatsiyasi
|
|
9-mavzu
|
Mulkiy sug’urta
|
|
10-mavzu
|
Javobgarlik sug’urtasi
|
|
11-mavzu
|
Shaxsiy sug’urta
|
|
12-mavzu
|
Majburiy va davlat majburiy sug’urtasi
|
|
1.2.
|
Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv materiallari......................................
|
|
1-mavzu
|
Risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli
|
|
2-mavzu
|
Sug’urtaning nazariy asoslari va iqtisodiy mohiyati
|
|
3-mavzu
|
Sug’urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
|
|
4-mavzu
|
Sug’urtaning huquqiy asoslari
|
|
5-mavzu
|
Sug’urta munosabatlari va ularni tartibga solish mexanizmlari
|
|
6-mavzu
|
Sug’urta tashkilotining tashkiliy-huquqiy asoslari va konseptual modeli
|
|
7-mavzu
|
Sug’urtada tarif siyosati
|
|
8-mavzu
|
Sug’urta sohalari va ularning interpretatsiyasi
|
|
9-mavzu
|
Mulkiy sug’urta
|
|
10-mavzu
|
Javobgarlik sug’urtasi
|
|
11-mavzu
|
Shaxsiy sug’urta
|
|
12-mavzu
|
Majburiy va davlat majburiy sug’urtasi
|
|
2.
|
GLOSSARIY....................................................................................................
|
|
4.
|
ILOVALAR......................................................................................................
|
|
4.1.
|
Fan dasturi..........................................................................................................
|
|
4.2.
|
Fanning ishchi dasturi........................................................................................
|
|
4.3.
|
Tarqatma materiallar..........................................................................................
|
|
4.4.
|
Testlar................................................................................................................
|
|
Farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi
bizning kelajagimiz poydevoridur.
Shavkat Mirziyoyev.
KIRISH
Boshqa sohalar qatorida sug‘urta sohasida ham tubdan yangilash va qayta tashkil etish chora-tadbirlari keng qamrovda amalga oshirila boshlandi. Ma’lumki, taraqqiyotning o‘zbek modeliga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoilidan biri bo‘lgan “davlat – bosh islohotchi” tushunchasi bejizga alohida takidlab o‘tilmagan. Chunki mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan barcha islohotlar davlat nazorati va uning boshqaruv fnksiyasiga asoslangan holda amalga oshiriladi. Sug‘urta bozorini rivojlantirishda ham eng avvalo aynan shu yo‘l tanlandi. Eng avvalo, sug’urta bozori faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish va bozorda davlat mulki asosida faoliyat yuritadigan sug‘urta kompaniyalarini tashkil etish asosiy maqsad sifatida belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan harakatlar strategiyasining 3.1. bandi makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy e’tibor sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari”2 to’g’risidagi PQ-4699-sonli qaroriga muvofiq, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanib, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyasini joriy etish bo’yicha vakolatlar saqlab qolinadi. Vazirlik huzurida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” hamda “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari tashkil etilib va ularning asosiy vazifalari belgilanib berildi.
Shuningdek 2020 yil 14 dekabrda “Elektron turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish tartibini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 780-sonli qarorlariga asosan onlayn tartibida faoliyat yurituvchi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha yagona axborot tizimi (keyingi o’rinlarda — yagona axborot tizimi) joriy etish, hamda internet orqali E-polis sotishni yo’lga qo’yish, sug’urta hodisalarni internet orqali hal etish, sug’urtalanuvchilar haqidagi ma’lumotni internet orqali yig’ish vazifalari belgilab berilgan.
Iqtisodiyotda erishilgan marralar, istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, jahon bozoridagi real va yuzaga kelishi prognozlashtirilayotgan vaziyatdan kelib chiqib 2018 yilgi iqtisodiy dasturning bir qator eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgilandi. Shuningdek, mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.O‘zbekiston sug‘urta bozorini jahon standartlariga mos ravishda rivojlantirishga etibor qaratilmokda va sug‘urta bozorini modernizatsiyalash tubdan yangilashga katta etibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozori rivojlanishining yangi bosqichiga, ya’ni jamiyatimizning barcha iqtisodiy tarmoqlarida islohot qilishning to‘liq ishtirokchisi sifatida o‘zining manfaatlarini anglash bosqichiga qadam qo‘ydi. Ushbu bosqichda bu manfaatlarni mos ravishda aks ettira oladigan va mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish uchun hayotiy muhim muammolarni hal qilish yo‘llarini taklif qila oladigan, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining ijtimoiy tashkilotlarini roli va ahamiyati jiddiy tarzda ortadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida sug‘urta faoliyatini ham rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.CHunki hozirgi kunda sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni oshib borayotganligi bunga dalildir. SHuning uchun sug‘urta tashkilotlarining yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yilning 27 noyabrida 413-sonli qaror qabul qildi. Ushbu qarorga ko‘ra, sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uchun ustav kapitalning eng kam miqdorlariga bo‘lgan talab belgilandi. SHuningdek ular faoliyatini litsenziyalash tartibi ham amaliyotga joriy qilindi. Eng muhimi, yuridik shahslarning ixtiyoriy sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari ular tovar aylanmasining 2,0 foizi miqdorida soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadigan bo‘ldi.
Bulardan tashqari sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek sug‘urtalashni tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori3 bilan 2007-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturda sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash, shu jumladan, sug‘urtaning jamg‘arma turlari sohasida sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, respublika sug‘urta bozorini xalqaro sug‘urta bozorlariga integratsiyalash, sug‘urta sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur qaror bilan sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalariga (sug‘urtalovchilar) ustav kapitali miqdorlariga bo‘lgan talablar oshirildi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»4 ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat»1 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»2 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat mintaqalarida sug‘urta bozori tarkibiga kiruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. To‘g‘ri, hozirgi kunda mamlakatimiz mintaqalarida mustaqil yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan birorta sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatmaydi. ammo, bu degani sug‘urta tashkilotlarini tuzishga mintaqalarda yo‘l qo‘yilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Ma’lumki, sug‘urtalovchi har qanday sug‘urta bozorida, jumladan, mintaqaviy sug‘urta xizmatlari bozorida ham asosiy sub’ekt hisoblanadi. SHu munosabat bilan biz mazkur magistrlik dissertatsiyasi doirasida sug‘urtalovchi tushunchasiga nazariy jihatdan atroflicha to‘xtalib o‘tishni joiz deb hisoblaymiz.
Sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning nomlanishi turli adabiyotlarda turlicha nomlanadi. Dastlabki paydo bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari sug‘urta jamiyati deb atalgan. Keyinchalik, sug‘urta tashkiloti, sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalovchi nomlari shakllandi. Sug‘urta tashkiloti, sug‘urta kompaniyasi, sug‘urtalovchi degan atamalar bir xil ma’noni anglatishini yoddan chiqarmaslik zarur. Mavjud ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, qonunchilik hujjatlarida ko‘proq “Sug‘urtalovchi” degan tushuncha qo‘llanilsa, o‘quv va ilmiy adabiyotlarda “sug‘urta tashkiloti”, “sug‘urta kompaniyasi” degan atamalar ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, S.V.Ermasov, N.B.Ermasova muallifligida nashr etilgan “Straxovanie” o‘quv qo‘llanmasida “Sug‘urta kompaniyasi” degan tushuncha ishlatilgan5.
Do'stlaringiz bilan baham: |