Soliq imtiyozlari:
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:
yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar:yuridik shaxslar tomonidan hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash uchun to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari boshqa xarajatlar sirasiga kiradi (O‘ZRSK145-moddasining 33-bandi);
yuridik shaxslarning hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sirasiga kirmaydi (O‘ZR SK 172 va 307 moddalari);
jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar: uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlarini to‘lashga yonaltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 179-moddasining 28-bandi).
Ta‘lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash
Sug‘urtaning mazkur turi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatdan qat‘iy nazar Sizga farzandingiz o‘qish dargohiga kirayotganda moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash masalasini hal etish imkonini beradi. Sug‘urta muddati mobaynida ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta‘minlab, oila boquvchisidan (Sug‘urtalanuvchidan) ayrilganda ham farzand o‘qishga kirayotganda kelishilgan pullarni oladi va kerakli mablag‘lar bilan ta‘minlangan bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:
1. Sug‘urta muddati 13 oydan 20 yilgacha;
2. Sug‘urta puli miqdori sug‘urtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab beradi. Sug‘urta mukofotining miqdori Sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urta muddati va sug‘urta badallarini to‘lash tartibiga bog‘liq;
3. Badallar to‘lovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning o‘zida to‘liq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalgam oshirilishi mumkun;
4. Sug‘urta quyidagi hollarda (sug‘urta hodisasi) to‘lanadi:
- farzand o‘qish dargohiga qabul qilinganda (OO‘Yu, kasb kolleji, akademik litsey, maktab);
- farzand Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yoshga to‘lganda (agar belgilangan muddatda o‘qishga kira olmasa).
Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda sug‘urta puli miqdori barcha to‘langan badallar va kompaniyadan qo‘shimcha bonus yig‘indisiga teng.
Ota-onalar uchun qo‘shimcha himoya:
Sug‘urta muddati mobaynida ota yoki ona halok bo‘lib, kelishilgan badalni to‘lay olmasa ham Sug‘urta kompaniyasi ota-ona to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ni (bonussiz ) to‘lab beradi.
5. Ota-onaning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |