Sug‘urta– ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urtabozori– sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Sug‘urtasummasi– sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urtashartnomasi– sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urtalimiti– moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urtahimoyasi– konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi–sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urtaqildiruvchi– sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urta mas’uliyati– sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urtaguvohnomasi(polisi)– sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urtafondi– sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladigan hamda sug‘urta holati natijasida sug‘urtalanuvchining ko‘radigan zararini oldini olish, lokalizatsiya qilish va qoplashga mo‘ljallangan sug‘urta rezervlari yig‘indisi.
Sug‘urtatarifi– sug‘urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug‘urtabadali(mukofoti)– sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha pul to‘lovi.
Sug‘urtaholati– sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urtadalolatnomasi– o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urtaportfeli– sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig‘indisi yoki tuzilgan va to‘langan shartnomalar soni.
Sug‘urtaqoidalari– ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.