2-rasm. Riskni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi.
Aniqlash va baholash o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari, riskni boshqarish jarayoni qarama- qarshi yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan keyin uning sabablarini aniqlashda.
Do'stlaringiz bilan baham: |