3.9. Texnika xavsizligi va mexnat muxofazasi - 3.9. Texnika xavsizligi va mexnat muxofazasi
- Qishloq xo‘jalik korxonlarida mexnatni muxofaza kilish bo‘yicha iashkiliy ishlar qishloq xo‘jalik er va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxona muassasa va tashkilotlardagi mexnatni muxofaza kilish xamda texnika xavfsizligi nizomiga munosib tarzda o‘tkazish shart. Injiner texnik xizmatchilari quyidagi vazifalarni bajaradilar.
- -Korxonada mexnat muxofaza kilishni tashkil etish
- -Ishchilarga qo‘llanma (instuktans) berish va tushuntirish ishlarini olib borish.
- -Mexnat sharoitini yaxshilash maqsadida ish uslublari mukammallashtirib borish.
- -baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari oldini olish maqsadida ularni taxlil qilib borish. Jamoa xo‘jalik boshqarmasi yoki tashkilot raxbarlari quyidagi vazifalarni bajarishlari shart.
- -Texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitoriyasi tashkiliy ishlarni rejalashtirish hamda uni o‘z vaqtida o‘tkazish bu tashkiliy ishlprni moddiy jixatdan ta’minlash, ularga maxsus kiyim poyvfzal, ximoya vositalari bilan ta’minlash shart. Bulardan tashqari plakatlar bilan ta’minlash instruksiyalash berish kerak. O‘simliklarni ximoya qilish tizimida ishlaydigan, zaxarli moddalar bilan ishlaydigan shaxsalarga yangiliklar sifatida mexnat ta’tili berish ish kunlarini qisqartirish, bepul sut maxsulotlari maxsus kiyim boshqa va xokazolar bilan ta’minlash lozim. “Ishlab chikarishda baxtsiz xodisalar bilan kelib chiqishini aniqlash va xisobga olish” haqidagi nizomga muofiq mexnat muxofazasi olib borilishi shart. Ishlab chiqarish sanatoriyasi korxonlarning tuzilishi, qurollanganligi, ishlar sog‘ligini va atrofdagi axolining sog‘ligini qo‘riqalsh nuqtai nazaridan yondashadi.
Xulosa - Xulosa
- Buxoro viloyat, Romitan tumani “Nurafshon shirkat xo‘jaligining tarkibidagi “Sa’dulbobo” fermer xo‘jaligining o‘tloqi allyuvial tuproqlarida g‘o‘za+beda almashilba ekish terimida (3:7) madaniy o‘g‘itlarni qo‘llashning samaradorligini o‘rganish ” bo‘yicha dala tajribasida o‘rganilgan dala, laboratoriyaviy taxlillari va g‘o‘zaning o‘tish va rivojlanishi bo‘yicha biometrik o‘lchovlar natid’jasida olingan echinmalarga asosan quydagicha xulosalanish mumkin.
- -Tuproqlarda almashilab ekishni joriy etmasdan turib, uning unumdorligini, em-xashakni ko‘paytirish, o‘g‘itlarni qo‘llash, begona o‘tlarni yoqotish, kasallik va zararkunandalarni kamaytirish va bajariladigan agrotexnikaviy chora-tadbirlarning terimi yo‘lga qo‘yilib bo‘lmaydi.
- -Paxtachilik mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitidadan qatiynazar g‘o‘za bilan bedani to‘g‘ri almashilab ekilganda, xar yili meniral o‘g‘it solib surunkasiga g‘o‘za ekilib turilganligiga qaraganda gektoridan 10-11 sr gacha qo‘shimcha paxta xosili olinishi va tuproqning fizik-kimyoviy xossalarni yaxshilanib, natijada uning unumdorligi yaxshilanadi.
- -Xo‘jalikning o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda sug‘orish, almashilab ekish, ishlov berish, o‘g‘itlash va inson faoliyati ta’sirida, tuproqning 0-30 va 30-60 km qatlamida, asta-sekinlik bilan yillar davomida o‘girishlarini kuzatish mumkin.
- -Sug‘orilib dexqonchilik qilinadigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlaridan unumli foydalanishning birdan bir yo‘li, beda+g‘o‘za+don almashilab ekish terimini ekanligi isbotlandi.
- -Almashilab ekishda qo‘llanilgan N180, P150, K100 kg/ga meniralo‘g‘itlarning samaradorligi va tuproqdagi ozuqa moddlarning miqdori, davrma-davr o‘zgarib borishligi tajribaning 2 va 4 variantlarida aniq bo‘ladi.
- -almashilab ekish dalalarida N,P,K ozuqalari o‘rtasidagi nisbatlarni (1:1,5:1) to‘g‘ri o‘rnatish muxim axamiyatga ega ekanligini isbotladi.
- -Tajriba erida g‘o‘zaning “Buxoro-6” navini eng yaxshi o‘sib rivojlanishida (barg va to‘rtinichi, ikkinchi yili bedadan bo‘shagan va makkajo‘xoridan keyin g‘o‘za ekilganda sodir bo‘lib, g‘o‘zani bo‘yi 54, 6-58.6 m bir tupdagi ko‘sak soni-7,8 va 8,2 donani va xosildorlik 31, 4 srdan 34,2 sr/ga olinganligi aniqladi.
- -Xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘za+beda almashilab ekish terimi qishloq xo‘jalik ekinlaridan (g‘o‘zadan) io‘l va sifatli xosil olishda, qo‘llanilayotgan madaniy o‘g‘itlarning samaradorligini oshirishda (o‘g‘itlarning) va tuproqning unumdorligni yaxshilashda muxim agrotexnikaviy tadbir ekanligi isbotlandi.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |