Sud muhokamasining psixologik asoslari. Reja


O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertiza



Download 129,5 Kb.
bet3/5
Sana11.07.2022
Hajmi129,5 Kb.
#776195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sud muhokamasining psixologik asoslari.

2. O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertiza
O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertizani o’tkazish zaruriyati turli toifadagi jinoiy ishlarni tergab-tekshirishda paydo bo’lishi mumkin. Avvalo u Uzbekistan Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasini suitsid holatida Oini o’zi o’ldirishga olib borish) qo’llanish masalasi ko’ndalang bo’lganida o’zini o’zi o’ldirgan shaxslarga nisbatan o’tkaziladi.
Amaliyotda bunday toifadagi ishlarni tergab tekshirish, ko’-pincha harbiy prokuraturalar tergovchilari bilan harbiy xizmat-chylar o’rtasidagi o’zini o’zi o’ldirish faktlari bo’yicha shug’ul-lanadilar. O’limdan keyingi psixologik ekspertiza tergovchi tomonidan o’zini o’zi o’ldirish deb nihoblanadigan ehtimol tutilgan qotillik yoki qotillik sifatida niqoblanadigan o’zini o’zi o’ldirish hakidagi taxminlarni ishlab chiqayotganida zo’ravonlik bilan odam o’ldirish faktlarini tekshirishda tayin-lanishi mumkin. Bunday ekspertiza xulosasi, shuningdek, zarur hollarda o’zini o’zi o’ldirish bilan baxtsiz hodisa ro’y bergan holatlaridagi shaxslarga nisbatan o’gkazilgan ekspertiza natijasidagi o’limni farqlashga vrdam bershpi mumkin. O’limdan keyingi psixologik ekspertizani o’tkazishni zarur qiladigan shart-sharoitlar rang-barangligiga qaramay hamisha xam halok bo’lgan odam uning ob’ekt hisoblanadi va ekspertlar kuyidagicha bir xidtsagi vazifalarni hal qiladilar:
• halok bo’lgan shaxsning individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish;
• halok bo’lgan kishining o’limidan oldingi davrdagi psixik holatini tadqiq etish; uning o’zini o’zi o’ldirishga maylli bo’lganligi yoki bo’lmaganligi hakidagi masalani hal qilish;
• halok bo’lgan kishida uning o’zini o’zi o’ldirishiga olib kelgan psixik holatining sabablarini va rivojlanish shart-sharoitlarini o’rganish.
Ekspert-psixologlarga savollar quyidagi tarzda havola qi-linishi mumkin:
1. Halok bo’lgan kishining individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari qanday va ular uning o’limi holatida kay tarzda yuzaga kelgan?
2. Halok bo’lgan kishi o’limidan oldingi vaziyatda o’zini o’zi o’ldirishga olib keladigan psixik holat yuz berganmi va agar shunday bo’lsa, bunday holatning sababi nimada ek%n?
Mutaxassislar ekspertizaning bunday turini eng murakkab va masuliyatli turlar qatoriga kiritadi, chunki ekspertlar yuzma-yuz eksperimental psixologik tekshirish imkoyaiyatiga ega bo’l-maydilar. Odam o’lib ketgan, lekin uning obrazi, shaxsi, psixo­logik maqomini qayta yaratish, uning ichki dunyosi fikrlash tarzi, dunyoni sezishini qayta tiklash va tadqiq etish lozim, chunki uning olamdan ko’z yumishining sabablarini aniqpash yoki bunday sabablarnyang bo’lmaganligini qayd qilish kerak. Ekspertlar vazifalarining hal etilishi butunlay tergov jarayonida to’plagan jinoiy ish materiallariga asoslanadi va ekspertlar xulosa-larining asosliligi, ishonchliligi va samaradorligi ularning sifatiga, to’liqligi va ob’ektivligiga bog’liq bo’ladi. Bunday
ishlarni tergab-tekshirishda ekspert guvohlarni so’roq qilishda bevosita ishtirok etishi, ekspertga ekspertiza doirasida halok bo’lgan kishining qarindoshlari, do’stlari va yaqinlarini so’rab-surishtirish imkoniyatining berilishi ancha foydalidir.
Bunday ekspertizani o’tkazish uchun tayyorlangan jinoiy ish materiallari nafaqat halok bo’lgan kishini bilgan shaxslarning ko’rsatmalari, uning xatlari, yozuv daftarlari, shaxsiy kunda-liklari, yozishmalari, shuningdek, agar mavjud bo’lsa o’lgan kishining ijodiy namunalari sur’atlari, she’rlari, nasriy asarlari va shu kabilar ham o’z ichiga olinishi kerak. Magnitli manbalar — audiozapis va videokasseta hamda videorolik-lardagi malumotlar yana kompyuter va disketalar xotirasida muhim axborotlar qolishi mumkin. Ekspertlar savollarga asosli javob berishi uchun halok bo’lgan kishining shaxsi, xarakteri, hissiy ta’sirlanishining o’ziga xos xususiyatlari, nizoli vaziyatlardagi o’zini o’zi tutishi, shuningdek, tergalayotgan hodisa, voqea arafasida o’lgan kishining tevarak-atrofidagi vaziyat, psixologik muhit uning bu holatga munosabati haqida imkoni boricha to’liq va aniq malumotlar to’planishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, o’zini o’zi o’ldirish shaxsning ijtimoiy-psixologik jihatdan ko’nika olmasligi oqibati hisoblanadi, bunday vaziyatda odam vujudga kelgan shart-sharoitlarda bundan keyin yashash uchun imkon qolmadi, deb xisoblaydi. Bunday vaziyatning vujudga kelishining ko’plab sabablari mavjuddir. Masalan, shaxsning ko’nika olmay qolish holati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik davrlarida ob’ektiv ko’payadi, bu o’zini o’zi o’ldirish hollari statistikasida o’z aksini toptan. Ayniqsa, «orzu-umidlardan xalos bo’lish davri og’ir davr hisoblanib, bunda ijtimoiy-psixologik yuksalishning o’rnini inqiroz egallaydi, bu ijtimoiy-psixologik ong tang-ligini chuqurlashtiradi, jamiyat a’zolariga og’ir ta’sir qiladi va uning birmuncha zaif a’zolarining hayotdan ixtiyoriy ko’z yumishiga ko’maklashadi. Inqirozni o’z boshidan kechirayotgan va taraqqiyot istiqbollariga ega bo’lmagan jamiyatda bunday hol ko’p uchraydi. Rossiyadagi manzara bunga misol bo’lishi mumkin: 2004 yilda 81417 nafar kishining suitsid (o’zini o’zi o’ldirish) holati qayd qilingan (100 ming nafar aholiga taxminan 32 tadan) — bu Evropa, AQSh va Kanadani ham qo’shib hisoblagandagi butun g’arb dunyosidagi bunday hollardan ko’p deganidir.
Qayta qurishning dastlabki yillarida yaxshi o’zgarishlar bo’la-yotgan bir davrida o’zini o’zi o’ldirish hollari kamaya boshladi, lekin 1989-1990 yillarda, kartochkali tizim amal qilgan vaqtda bunday hollar yana ko’paydi. Hozirgi vaqgda 100 ming aholiga 38 ta holat to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda ijtimoiy himoyalanmagan shaxslar va boshqalarga nisbatan ko’proq depressiyaga, tushkun-likka tushadiganlar, ishonchsizlik hissi ko’proq rivojlanadi-ganlar, boshqalardan ko’ra zaifroq, ko’p ta’sirlanadigan, o’ziga shponmaydigan, shubhalanadigan, atrofdagilarga qaram kishilar vaziyatga moslasha olmaydilar. Etarlicha qayishqoq bo’lmagan, murosasiz, o’z-o’ziga nisbatan haddan ortiq talabchan kishilar ham bunday vaziyatda zaiflasha boradi. Og’ir kasallik, hayotdagi mag’lubiyatlar, yaqin kipgasini yo’qotish okibatida ham qatiy ko’nika olmaslik holati paydo bo’lishi mumkin. Har qanday holatda ham shaxsning ijtimoiy-psixologik ko’nika olmasligi-ning og’irligi va chukurligini baholashda uchta tarkibiy qism ko’rib chiqiladi:
• odatiy hayotiy sharoitlarning jidtsiy tuzilishi;
• odamning ularni talqin kilishi (hayotiy halokat, chiqib bo’lmaydigan vaziyat, shaxsning falokati yoki og’ir, lekin o’tib ketadigan epizod);
• moslashish uchun kuch-g’ayratlarni namoyon qilish xoxishi yoki bunta tayyorlik (hayotdan charchaganlik, «hayotni yana qaytadan boshlash»ni istamaslik, bu to’g’rida o’ylashdayoq noxushlik sezish yoki hayotiy io’nalishlarni qayta ko’rib chiqib, o’zini o’zi qo’lga olishga tayyorlik, vaziyatni o’z nazorati ostita olish).
O’zini o’zi o’ldirishlar o’z ahamiyatiga va psixologik sababla-riga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Ularning negizida ko’pincha ongli yoki ongsiz tarzda yaqin kishilarning xis-tuyg’ulari yoki jamoatchilik fikridan hamdardlikka ehtiyoj sezish, atrofidagi kishilardan yordam olishga intilish yotgan bo’ladi. Bunday holda o’zini o’zi o’ldirish harakatlari namoyishkorona tue olib, haqiqiy yoki shantajli harakatdan iborat ekanligi kuzatiladi. Ular ko’pincha odamlarning ko’zi oldida yoki kimdir kelishiga bir necha daqiqa qolganida sodir qilinadi, ularning usullari ko’pincha jiddiy xavf tug’dirmaydi — bir necha tabletka dori ichilishi, teri hamda vena qon tomirlarining biroz kesilishi, yupqa yoki zeki arqon ishlatilishi, eshiklar ochiq holida qoldi-rilishi mumkin.
Suitsid xatti-harakat, ziddiyat vaziyatdan chiqishning (bahsdagi oxirgi, tortishilmaydigan dalil sifatida) mantiqqa zid tus olishi mumkin, u bunda yolg’izlik, og’ir yo’qotish va shu kabilar okibatida o’zini o’zi o’ldirishni amalga oshirayotgan odamning hayotdan butunlay yiroqlashishidan farqli ravishda o’zini o’zi o’ldiruvchining hayot bilan uyg’unligini bilvosita anglatadi-Oxirgi holatda omon qolishga imkon qoldirmaydigan qo’pol va ishonchli usullar tanlanadi. Tadqiqrtchilarning fikricha, mudtsatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar o’rtasidagi o’zini o’zi o’ldirishlar asosida harbiy jamoadagi o’ziga xos turmush sharoitlariga moslashishning nomuvofiq taktikasi yotadi. Bu o’rindagi o’zini o’zi o’ldirishlarning 76% xizmatning dastlabki yarim yilligiga, faol ko’nikish davriga to’g’ri keladi. Yosh askarlar qatiy armiya tartibiga, jismoniy yuklamalarga, shaxeiy erkinlikning cheklanishiga, «qariyachilik» kabi salbiy hodisalar mavjud bo’ladigan, ayrim harbiy xizmatchilarning o’zini o’zi qaror toptirishi qo’pol jismoniy kuch ishlatilishi, axloqiy-psixologik tazyiq o’tkazilishi ehtimoli mavjud yopiq harbiy jamoaga moslashishga majbur bo’ladilar. Nizoli vaziyat-lar vujudga kelganida yosh askarlar ko’pincha raqobatchilik taktikasini tanlahtsa ancha noqobil va shu sababli oqibatda o’z joniga o’zi qasd qilishga olib boradigan usullarni ko’zlashadi. Xarakterida senzitiv-shizoid xususiyatlar: mahdudlik, indamas-lik, silo lik, norasmiy munosabatlarni o’rnatishga qiynalish, guruhli faoliyatga emas, balki ko’proq individual faoliyatga mayllilik, kamtarlik, osoyishtalik, shiddat va tajovuzkorlik darajasining pastligi, hissiyotning kuchliligi, jizzakilik ustunlik qiladigan shaxslarning armiyada ko’nikishi goyat murakkab kechadi. Ular o’zlarining intizomliligi, ijrochilili-giga qaramasdan jamoada past maqomga ega bo’ladilar, xizmatdosh-lari o’rtasida ommaviylasha olmaydi, kichik uyushgan guruhlarga kirmaydi, faqat bir-ikkita xizmatdoshlari bilan birmuncha yaqinlashadi, hatto ular do’st-o’rtoq orttira olishmaydi, sardor-lari e’tiborini o’zlariga jalb kila bilmaydi. Pirovard natija-da bunday holat emrtsional izolyatsiyaga, jamoa va ayrim harbiy xizmatchilarning ularni qabul qilmasligi, ajralib qolish va tajovuzga uchrashiga olib keladi. Bo’linmada samarali tarbiyaviy ma’naviy-ma’rifiy ishlarning kam olib borilishi bunday askarlardadepressiv (tushkunlik), frustratsiya (g’amginlik) hamda shok (ilojeizlik) holati kuchaya boradi, o’zini o’zi baholash va o’zini o’zi hurmat qilish susayadi va bu o’zini o’zi o’ldirish uchun qaror qabul qilinishiga bosh sabab hisoblanadi. Halok bo’lgan shaxe, haqida axborot to’plaganda uning bolaligidagi psixik rivojlanishi, maktabdagi o’zlashtirshpi, ota-onasining uydagi o’zaro munosabatlari tusiga doyr ma’lumotlarga alohida diqqat,
1 e’tibor qilish kerak, ayniqsa, o’smirni o’zini o’zi o’ldirshpni
5 tvrgab-tekshirish jarayonida buni unutmaslnk lozim. Harbiy
z xizmatchio’ing sushhdal (o’zini o’zi o’ldirish) holatida halok
1 bo’lgan shaxsni armiyaga chaqirilishdan avvalgi hayotini tavsif-
J laydigan materiallar zarur. Ekspertizadan o’tkazilayotgan shaxs-
' ning bolalikdagi psixik rivojlanishi yuzasidan exspert-
i psixologlar kuyqdagilarni bilishi muximdir:
1 • ekspertizadan o’tkazilayotgan shaxsning tug’ilgan vaqtida
1 uning onasining yoshi;
1 • homiladorlik xohlab, rejalashtirib amalga oshirilganmi;
homiladorlikning kechishi, tug’ish asoratlari;
• dastlabki o’sishida, yura boshlashda, so’zlashida qiyinchilik-largauchraganmi;
• fe’l-atvorning o’ziga xos xususiyatlari, hayajonlanish, yig’-loqiliq, passivlik, tez-tez jazavaga tupshsh, tungi ko’rqishlar, somnambulizm (tushida yurish), tungi enurez (siydikning tutil-masligi), duduqlik va h.;
• bolaligida kim tomonidan tarbiyalanganligi, tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari;
• onasi bilan uzoqlashishlar bo’lmaganmi;
• ota-onasining xarakter xususiyatlari, ularning tarbiyaviy uslubi;
• ota-onadan ajralganmi, necha yoshida, qanday sababga ko’ra;
• maktabgacha bolalar tarbiya muassasalariga borganmi, bu to’g’rida tar-biyachilarning fikrlari;
• maktabda o’qishni boshlagan vakti (yakuni);
• o’zlashtirish va uning dinamikasi, dedagoglarning fikrlari;
• qaysi fanlarni oson o’zlashtirgaya, qaysilari qiyinroq kech-gan;
• maktabdan tashqari vaktdagi maShg’ulotlari;
• pubertat («kiyin») yoshdagi o’^iga xos xususiyatlari, xarak-teridagi o’zgarishlar, uyidan qochib ketishlar, mashg’ulotlarga bormasliklar uchraydimi, chekish, ichimlik ichish, giyohvand moddalar iste’mol qilish, erga jinsiy aloqada bo’lishlar va shu kabilar mavjudmi;
• do’stlari, oshna-og’aynilari doirasida, psixik muloqotda bo’lish shakllari, o’smirning yaxshi kurgan odamlari va ideallari;
• kelgusiga munosabat, kasbiy yo’nalish, reja, niyatlarniYaG tuey, ularning mustaqilligi, realligi, barqarorligi;
• harbiy xizmatga munosabat: xizmat kilishga xoxishi mavjudmi, kaysi qo’shin turida xizmat qilipshi xohlagan va H.X.
Halok bo’lgan kishining fe’l-atvori, xarakteri, emotsion!L holatishshg o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni uni bilgan shaxslarning kuzatuvlaridan olish mumkin. Bunda biz uning quyidagi jihatlari qanday bo’lganligiga e’tibor qilishyai tavsiya qilamiz:
• tashki ko’rinishi: saranjom-sarishta, pala-partish, ko’zga tashlanmaydigan, qaltis, o’z yoshiga moe, yoshidan kichikroq, katta* roq ko’rinishi mumkin;
• uning yuziga xos ifodasi: osoyishta, so’ppaygan, bo’shashgan, qayg’uli, g’ayratli, jizzaki;
• o’zini tupshsh: bemalol, erkin, befarq, namoyishkaroia, artistona, surbetlarcha, o’rtadagi farqni mensimaslik, siqiluv-chan, asabiy, tortinchoq, senzitiv;
• nazari: yorqin, so’niq, sovuq, o’tkir, ochiq, zimdan, keskin, qamrovli, ehtiyotkorona, boshqa tomonga, past, qochirib;
• yig’isi va ko’z yoshlari: tez-tez yiglaydi, qandaydir hodisa-larni eslatganda ko’zlari yoshga to’lib ketardi, o’zini tuta bilishligi bilan ajralib turardi;
• kulishi: tortinchoq, ochiqchasiga, kinoyali, ahmoqona, sirli, bir xil emas;
• harakatlari va imo-ishoralari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, gayritabiiy, ohista, beso’naqay, hovliqma, imo-ishoralarsiz, harakatlar tez-tez qaytariladi;
• tovushi: sekin, baland, yuqori, past;
• nutq ohanglari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, g’azabli, jahldor, jizzaki, qagiy, talabchan, yumshoq, shikoyatli, alamli, iltimosli, quvnoq;
• nutqning mahsuldorligi: qisqa-lo’nda, kamgap, ko’p gapiradi-gan, oddiy;
• nutq sur’ati: sustlashgan, tanaffuslar bilan, jadal, nor-mal;
• nutqning o’ziga xos xususiyatlari: ayrim iboralarni tez-tez takrorlash, erkalatish va qisqartirilgan qo’shimchalarni ishla-tish, jargon, «begona so’zlar»;
• aloqaga kirishuvi: aloqaga birinchi bo’lib, oson, tez, xohish bilan, qiyin, o’zini tutib, ehtiyotkorona, kirgan, biroz kuttirib, ko’pincha o’rinsiz yoki mohiyatiga qaramay javob bergan;
• emotsional-irodaviy holati: qo’rqoq, qayguli, g’amgin, zeri-karli, erinchoq, o’zgaruvchan, jizzaki, jahldor, uyatchan, agressiv, serzarda, passiv, tushkun, optimist, quvnoq, sho’x, yuqori kayfiyat-li, jo’shqin, tashabbuskor, tirishqoq;
• diqqat-e’tibor: kuzatuvchan, parishonxotir, tez chalg’iydigan, o’ziga xos xususiyatlarsiz;
• xotirasi: o’tkir, yaxshi, yomon, o’ziga xos xususiyatlarsiz;
• fikrlashi: izchyl, yuzaki, fikrini yo’qotib qo’yadi, ziyrak, ixtiroli, kaltafahm, ezma, tez-tez aniqlashtiruvchi, ortiqcha detallashtirish.
Shuningdek, halok bo’lgan kishining salomatligi qanday bo’lganligi, qanday kasalliklarni boshdan kechirganligini ham aniqlash zarur. Ayniqsa, ushbu hodisadan oldin u nimadan shikoyat qilgani, uyqusizlikni boshdan kechirgan-kechirmagani, qanday holatda uyg’onganligini bilish muhim.
• Shubhasiz, halok bo’lgan kishining dindorlik darajasi, uning kasbiy dinamikasi, har xil muammolarning borligi: ichimlikka oid, moliyaviy, xizmatdagi, kriminal, shaxsiy muammolar va uning ularga munosabati ham kiziqish uyg’otadi. Agar halok bo’lgan kishining psixik jihatdan to’liq normal, sog’lom odam bo’lmagashshgi — bosh miyasi lat egan, fe’l-atvorida g’alati qiliqlar bo’lgan bo’lsa — taxmin qilinsa, unda kompleks psixologo-psixiatrik ekspertizani tayinlash kerak bo’ladi. Sui­tsid genezisida oila-odamning eng yaqin ijtimoiy tevaragining rolini xisobga olmay bo’lmaydi. Er-xotin o’rtasidagi, ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi oilaviy o’zaro munosabatlar, xarakteri shaxsning ijtimoiy-psixologik ko’nika olmaslipgaing rivoj-lanishida katta rol o’ynaydi. Oila ichidagi psixologik muhit shaxsning o’zini o’zi o’ldirishga olib keladygan vajlarini bosib, susaytirib qo’yishi va ularni kuchaytirishi, hatto shunta olib kelishi ham mumkin. Suitsidologlar o’zini o’zi o’ldirishga olib kelishi mumkin bo’lgan kuyidagicha oilaviy omillarni ko’rsatishadi:
• ilk bolaliqda otasizligi;
• oilada onaning bolaga mehribonligining kamligi;
• ota-ona obro’-e’tiborining yo’kligi;
• oiladagi munosabatlarning matriarhal uslubi;
• katta yoshdagi zaif oila a’zosining haddan ortiq qattiq qo’lligi, uning bolani qattiq urushib-koyib va tan jazolari orqali o’ziga bo’^ysundirishga urinishi;
• ajrashgan oilalar;
• ota-ona yoki yaqin qarindoshlar suitsidni yoki suitsidial holat va urinishlarni amalga oshirgan oilalar.
Shu bilan bir qatorda, oilalarning muayyan ijtimoiy-psixo­logik tiplari ham ajralib turadiki, ulardagi o’zaro munosabatlar uslubi o’zini o’zi o’ldirish yuzasidan potentsial xavf tug’diradi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Dezintegratsiyalashgan oila tshsh, ular a’zolarining ajral-ganligi, munosabatalarning rasmiyligi, shaxslararo emotsional aloqalarning yo’qligi ularning xarakterli o’ziga xos xueusiyat-lari hisoblanadi; qisman dezintegratsiyalashgan, kimdir unga qarshi birlashgan qarindoshlari qarshisida yolg’iz bo’lib ajralib qolgan oilada g’oyat xavfli vaziyat vujudga keladi.
2. Dezintegratsiyalashgan oilashshg qarama-qarshisi bo’lgan superintegratsiyalashgan oila tipi, unda oila a’zolarining shaxsiy avtonomlygi (mustaqillik) hislari buziladi, ular bir-biri bilan shunchalik «Kirishib» ketishganki, ayrim, aloxida holda yashashni tasavvur ham kila olishmaydi; bunday oilada bir a’zoning o’limi boshqa a’zoning mutlaqo nochorligini ochib Qo’yadi.
3. Disgarmonik oila tipi, u uning a’zolari maqsadlari, ehtiyojlarining bir-biriga bog’liq emasligi, hammaning ham birlik va totuvlikni so’zlab yashamasligi, o’zlarining manfaat-lari va urf-odatlaridan voz kechishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Bu erda qabul qilingan me’yorlarga rioya qilinishi majburiy tusga ega, kimdir uchun frustratsiya bilan bog’liq. Bir a’zoning boshqa a’zoga o’z odatlariny Doimo majburlayverishi, fe’l-atvorni o’zgartirishni talab qilish, uni uning uchun maqbul kelmaydigan hayotiy yo’nalishlarga muvaffaq yashashga majburlash bunday oilada xavfli vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.
4. Yopiq o’ziga to’q oila tipi, uning a’zolari uchun oila asosiy kuch-g’ayratlarni sarflaydigan soha, yagona hayotiy mazmun hisob­lanadi, boshqa hamma narsa — ish, oiladan tashqari muno­sabatlar va hkz. Faqat oiladagi farovonlikni ta’minlash va tutib gurish vositalari bo’lib hisoblanadi. Hayotiy faoliyatning asosiy sohasi oiladagi qandaydir tanglik uning a’zolari uchun suitsid xavfi soladigan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.



Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish