Sud muhokamasining psixologik asoslari. Reja


I. Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarniig sud-psixologik ekspertizasi



Download 129,5 Kb.
bet2/5
Sana11.07.2022
Hajmi129,5 Kb.
#776195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sud muhokamasining psixologik asoslari.

I. Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarniig sud-psixologik ekspertizasi
Sud-psixologik ekspertizaning bunday turi kuyidagicha hol-larda o’tkaziladi: a) ishda mavjud bo’lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsi haqidagi ma’lumotlar shubha uyg’otganida; b) individual o’ziga xos xususiyatlarniig bir-biriga zid baholari mavjud bo’lganida; v) shaxsni tavsiflaydigan muxim jihatlar sifatidagi fe’l-atvorning etakchi sabablari va aniq xatti-harakatlar dalillarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilash talab etilganida; g) ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsining sub’ekt fe’l-atvoriga, shu jumladan unda jinoyatni sodir qilish niyatining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ayrim psixologik o’ziga xos xususiyatlarni (masalan, haddan ortiq ishonuvchanlik, ta’sirchanlik, qatiyatlshshk, ustun kayfiyat, fikriy echimlarni hal etish sur’ati va tuey va shu kabilar) tadqiq etish zarur bo’lganida; d) sub’ektning indivi­dual psixologik o’ziga xos xususiyatlarni xisobga olgan holda uning ayrim xatti-harakatlarini psixologik jixatdan talkin qilish kerak bo’lganida. Ko’rsatilgan shubxalarni vujudga kel-tiradigan ayblanuvchi va sudlanuvchilar sud-psixologik eks­pertizaning bunday turining ob’ektlari bo’lishi mumkin.

Amaliyot shuni ko’rsatadiki, agar sud-psixologik ekspertiza­ning oldingi turlari asosan dastlabki tergab-tekshirish jarayonida o’tkazilsa, individual psixologik o’ziga xos xususiyat-larning sud-psixologik ekspertizasi asosan sud tergovi ja­rayonida o’tkaziladi. Bu tushunarli, chunki sudya sudlanuvchining malakali tarzda tuzilgan «psixologik portreti»ni olishdan g’oyat manfaatdor bo’lib, uning vositasida jinoyat sodir qilinishi-ning psixologik mexanizmini chuqurroq tushunish imkoniyati paydo bo’ladi va binobarin, ish yuzasidan ancha puxta va to’g’ri qaror qabul qilish mumkin.


Sud-peixologik ekspertizaning bunday turini o’tkazishda ekspert-psixologlarga savollar har xil bo’lishi mumkin. Quyida ana shunday sud-psixologik ekspertiza turini tayinlashda eng ko’p uchraydigan savollar keltirilayapti.
Ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi haxsining asosiy individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat (mijozi, xarakteri, intellekta, emotsional irodaviy va sababli sohalari)?
• ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi dalillashining asosiy o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
• ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi haddan ortiq ishonuvchanmi (yoki shaxsning sudni kiziktiradigan qandaydir boshqa xususiyatlariga, masalan, kat’iyatlilik, ta’sirchanlik, emotsional beqarorlik va shu kabi xususiyatlarga egami)?
• ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi unda bunday jinoyatni sodir kilishga asos shakllantirishi mumkin bo’lgan individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarga egami?
Bu turdagi sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holat-larda o’tkazilishi mumkin:
a) ayblanuvchi yoki sudlanuvchining shaxsi haqidagi ma-lumotlarda shubha uyg’otganda;
b) shaxsiy xususiyatga berilgan qarama-qarshi bahoni aniqlashda;
v) shaxsning o’zini o’zi tutishida, xulqida va muhim vaziyat-larda aniq harakatlar bajarishini ko’rsatuvchi shaxsiy xarakter xususiyatlarini aniqlash kerak bo’lganda;
g) ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsning shaxsiy psixologshs xususiyatlarini aniklash kerak bo’lganda, ya’ni shaxe jinoyat sodir etishga qadar bo’lgan va uning xulqiga ta’sir etuvchi, shakllan-tiruvchi, niyatini amalga oshirishga turtki bo’lgan motiv, shu shaxsning o’zigagina xos bo’lgan psixologik xususiyatlari tek-shirilishi kerak bo’lganda (yuqori darajadagi ta’sirchanlik; ta’sirga darrov berilib, xatga-harakatga kirishuchanlik; qaysar-lik, o’z fikridan qaytmaslik; kayfiyatini ustunlik qshshshi, yoki kayfiyatiga bo’ysunuvchanlik; masalani o’zgacha xal etish; fikr yuritish tezligi kabi xarakter xususiyatlari jinoyat sodir etilishida ahamiyatli ta’sir etganda bu holatlar o’rganilib chikilishi kerak bo’ladi).
d) shaxsning individual psixologik xususiyatlariga asoslangan holda uning ba’zi bir xarakatlarini psixologik jihatdan izohlab berish kerak bo’lganda ekepertizaning bu turiga murojaat etiladi.
Bu turdagi ekspertiza asosan ayblanuvchi, yoki sudlanuvchi shaxslarga nisbatan shubhalanish paydo bo’lganida shaxsdagi individual psixologik xususiyatlarni tekshirish lozim bo’lganda o’tkaziladi.
Amaliyotni ko’rsatishicha hozirgi vaktda sud-psixologik eksperitzasining avvalgi turlari asosan dastlabki tergov faoliyati jarayonida o’tkazilgan bo’lsa, shaxsning individual psixologik xususiyatlarini tekshirish uchun o’tkaziladigan bu sud-psixologik ekspertizasi ishning sudda ko’rilishi jarayonida olib borilishshga talab etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, jinoyat sodir etgan shaxsning psixologik portretini va psixo­logik mexanizmlarining nozik jihatlarini chuqur analiz qilib, to’g’ri va to’liq xulosa chiqarish uchun faqatgina sudyaga kerakli hisoblansa va sud hukmiga ahamiyatli bo’lsa, hamda sudya bunta ahamiyat bersagina, bu turdagi ekspertiza o’tkazilishi mumkin.
Bu turdagi sud-psixologik ekspertizasining o’tkazilishida ekspert-psixologga har turli savollar berilishi mumkin. Quyi-dakeltirilgansavollarko’proquchraydi:
- tekshirilayotgan shaxsning asosiy shaxsiy psixologik xu­susiyatlari qanday? (temperamenta, xarakteri, intellekta, iroda va hissiyoti, xatti-harakatga undovchi psixologik muhit).
- tekshirilayotgan shaxeni harakatga undovchi xulqi, uning asosiy xususiyatlari nima hisoblanadi?
- tekshirilayotgan shaxeni yuqori darajadagi ta’sirchanlik xususiyati bormi? Yoki shunta o’xshash boshqa shaxsiy xususiyatlari bormi? Ya’iya, rigidlik, impulsivlik, ta’sirga darrov berilib, xatga-harakatga kirishish, beixtiyor harakat kilish, hissiyotga berilib, o’z-o’zini boshqara olmaslik holatlariga tushish xusu­siyatlari bormi?
- tekshirilayotgan shaxsning individual psixologik xususiyat­lari jinoyatni sodir etishida turtki bo’lib ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?

Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish