Sud hujjatlari


II BOB. Sud portsessida qabul qilinadigan hujjatlar. 1.§ sud buyrug‘i



Download 124 Kb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi124 Kb.
#229416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5294035203684044604 (2)

II BOB. Sud portsessida qabul qilinadigan hujjatlar.

1.§ sud buyrug‘i.

Fuqarolik protsessual qonunchilikda sud buyrug'ini chiqarish uchun protsessual muddat belgilangan bo'lib, unga ko'ra sud buyrug'i ariza kelib tushgan kundan e’tiboran, uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi masalani sudya undiruvchi va qarzdorni chaqirmasdan hal etadi. Sud buyrug'i ishni mazmunan ko'rmasdan, sudyaning yakka o'zi tomonidan chiqariladigan hujjat hisoblanadi. Ushbu o'rinda sudya guvoh ko'rsatmalarini va ekspert xulosalarini tekshirmaydi, undiruvchi va qarzdorning tushuntirishlarini eshitmaydi, u mavjud hujjatlar asosida o'z buyrug'ini chiqaradi. Sud buyrug'ining kirish qismida quyidagilar ko'rsatiladi:

  • ish yuritish tartib raqami va buyruq chiqarilgan sana;

  • sudning nomi, buyruq chiqargan sudyaning familiyasi hamda ismi, otasining ismi bosh harflari;

  • undiruvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi va joylashgan yeri;

  • qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi va joylashgan yeri. Sudya o'z buyrug'ida undiruvchining talabini qondirish uchun asos bo'lgan qonunni ko'rsatishi lozim bo'ladi

  • talabni qondirish uchun asos bo'lgan qonun;

  • undirilishi lozim boIgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim boMgan ko'char mol-mulkning qiymati ham ko'rsatilgan holdagi belgisi:

  • agar qonunda yoki shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan bo'lsa, neustoyka miqdori;

  • qarzdordan undirilishi lozim bo'lgan davlat bojining summasi;

  • arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan etiroz bildirish muddati va tartibi.


2.§ sud majlisi bayonnomasi.

Sudning har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek, sud majlisidan tashqari qilingan har bir alohida protsessual harakati to‘g‘risida bayonnoma tuziladi (FPKning 20-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining bir necha qarorlarida sud majlisining bayonnomasi asosiy protsessual hujjatlardan biri ekanligi, uning ahamiyatini sud amaliyotida yetarlicha baholamaslik holatlari kuzatilayotganligi bayon etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash, ularni ko‘rish muddatlari to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandiga ko‘ra, sud majlisi bayonnomasining to‘la va o‘z vaqtida tuzilishiga, shuningdek, uning to‘g‘riligiga raislik etuvchi va sud majlis kotibi mas’ulligini nazarda tutib, sudlar kotiblar malakasi va ishni tashkil qilish darajasini oshirishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosatining 2014-yil 31-martdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi RS-22-14-sonli qaroriga asosan ish ko‘rilib, sudning hal qiluv qarori yoki ajrimi chiqarilgandan keyin sud majlisi kotibi quyidagi harakatlarni bajaradi: - ishga barcha hujjatlarni bir tartibda, oldin sud majlisigacha bo‘lgan qaror, ajrim va boshqa yozishmalarni, so‘ng sud majlisi davomida qo‘shilgan (muzokarada taqdim etilgan) hujjatlarni, keyin sud majlisi kotibi va sudya tomonidan imzolangan sud majlisining bayonnomasini va sudning hal qiluv qarorini yoki ajrimini tikadi;


- fuqarolik ishidagi varaqlarga raqam qo‘yib chiqadi va ishdagi
barcha hujjatlarning, shu jumladan, sud majlisi bayonnomasining necha varaqdan iborat ekanligi haqida ro‘yxat tuzib, o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi;
- sud majlisida ko‘rishga tayinlangan ishlarning hisobini olib
borish daftariga ishning ko‘rilganlik natijalarini qayd etadi;
- sud qarori darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ijro
varaqalarini yozadi.

3.§ Qo‘shimcha hal qiluv qarori va uni rasmiylashtirishning
protsessual tartibi.

Sudning hal qiluv qarorida arz qilingan da’vo talablariga to‘liq va


asoslantirilgan javob berilishi kerak hamda sud xarajatlari masalalari hal etilishi lozim. Agar bunday talablar qondirilmagan bo‘lsa, sud qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish orqali ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi (FPKning 214-moddasi). Ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin: a) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;

b) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi


shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu
xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa;
d) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Sud, agar hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash masalalariga oydinlik kiritilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqaradi. Ish bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori FPKning 214-moddasida belgilangan holatlardagina va faqat ishni ko‘rish chog‘ida aniqlangan haqiqiy holatlar asosida chiqarilishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechikmay qo‘zg‘atilishi mumkin. Agar sudning hal qiluv qaroriga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va shu bilan bir vaqtda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi ham qo‘yilgan bo‘lsa, sud avval qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini
hal qilib, keyin ishni kassatsiya bosqich sudiga ko‘rish uchun yuboradi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini qo‘yish bilan bog‘liq muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan holda, u FPKning 130-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan tiklanishi mumkin.
3.§ Sud chaqiruv qog‘ozi va uni rasmiylashtirish tartibi.

Fuqarolik ishi sudda ko‘rishga tayinlanganidan so‘ng ishda ishtirok


etuvchi shaxslar, shuningdek, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va
tarjimonlar sudga chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa
telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalari orqali
chaqiriladilar hamda sudning ayrim protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadilar. Telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqirilgan yoki sudning ayrim protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilingan
hollarda telefonogrammalar, telegrammalar, axborot tizimi orqali electron shaklda yuborilgan sud chaqiruv qog‘ozining nusxasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Sudya chaqiruv qog‘ozi bilan bir vaqtda javobgarga arizaning va arizaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini ham yuborishi mumkin. Shuningdek, agar javobgar sudga yozma tushuntirish yoki e’tiroz bergan bo‘lsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qog‘ozi bilan birga
ana shu tushuntirish xati yoki e’tiroznomaning nusxasini ham yuborishi lozim.

Sudning chaqiruv qog‘ozida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:


sudning nomi aniq manzili, telefon raqami, elektron manzili;
borish joyi va vaqti;
shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi;
shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish bo‘yicha o‘zlari ega
bo‘lgan hamma dalillarni taqdim etish to‘g‘risida taklif;
chaqiriluvchining shaxsan o‘zi yo‘qligi sababli chaqiruv
qog‘ozini qabul chaqirilayotganligi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish bo‘yicha o‘zlari ega
bo‘lgan hamma dalillarni taqdim etish to‘g‘risida taklif;
chaqiriluvchining shaxsan o‘zi yo‘qligi sababli chaqiruv
qog‘ozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat bo‘lishi bilanoq uni
oqibatlari.

4.§ Sud hal qiluv qarorining mazmuni.

Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qiladigan qarori hal qiluv qarori shaklida chiqariladi. Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosatining 2014-yil 31- martdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi RS-22- 14-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu Yo‘riqnomada sud hujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash, tuzish va rasmiylashtirish to‘g‘risida qoidalar bayon etilgan. Sudning hal qiluv qarori ish ko‘rib bo‘linganidan so‘ng darhol chiqariladi. Alohida hollarda juda murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, lekin sud ishni ko‘rish tamomlangan majlisning o‘zidayoq hal qiluv qarorining xulosa qismini e’lon qilishi kerak. Ayni vaqtda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishlari mumkinligini e’lon qiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi sudya (sudyalar) tomonidan imzolanadi va ishga qo‘shib qo‘yiladi. Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi, yozma ravishda tuziladi va sudya tomonidan imzolanadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud hal qiluv qarorini chiqarayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini, qandaylari aniqlanmaganligini, bu ishga nisbatan qanday qonun qo‘llanilishi lozimligini va arz qilingan talabni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini aniqlaydi. Sud, shuningdek, sud xarajatlarini taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal etadi. Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarori chiqarmasdan, ishni sudda ko‘rishni tiklaydi va bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud ishni faqat qo‘shimcha tekshirishga muhtoj holatlar doirasidagina ko‘radi. FPKning 206-moddasiga asosan, hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa.



XULOSA:

Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasi isloh etilib, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga asoslangan huquqiy tizim shakllandi. Ayniqsa soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash hamda sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mamlakatimizda barcha soxalarda olib borilayotgan oʻzgarish va isloxotlar, avvalo inson manfaati, uning orzu-umidlari, ezgu niyatlarini roʻyobga chiqarishdek xayrli maqsadga xizmat qilmoqda. Bu inson huquqlari ustuvorligi, har bir shaxsning davlat himoyasida ekanligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy prinsiplarini amalga oshirishni kafolatlashga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar 2021-yilda ham izchil davom ettirilishi belgilandi. Murojaatnomada muhtaram Prezidentimiz “Adolat bu – davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi oʻrinni egallaydi” deb ta'kidladi. 2021-yildan boshlab joriy etiladigan “bir sud – bir instansiya” tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini taʼminlashda bosh mezon boʻlishi koʻrsatib oʻtildi. Mazkur tamoyilning qonunchiligimizga joriy etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-sonli Farmoni bilan belgilangan edi. Farmonga koʻra, sud tizimida 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan: viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi; maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkaziladi;

maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlari tashkil etiladi, shu munosabat bilan tuman (shahar) maʼmuriy sdlari tugatiladi, bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, “Bir sud – bir instansiya” tamoyili boʻyicha sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish institutini tugatish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan apellyatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish, apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud qarorlarini Oʻzbekisto n Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlari protestiga koʻra kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqish belgilandi.

Muhtaram Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” degan ezgu gʻoyani ilgari surganlari davlat idoralari masʼullarining oʻz masʼuliyatini oshirishga yana bir turtki boʻlib, faqat inson manfaatlariga xizmat qiladigan qonunga boʻysunib va amal qilib, ishlashni talab etayotgani quvonarlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

I. Rahbariy adabiyotlar

1.1. Karimov I. A “Demokiratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish-mamlakatimiz taraqiyotining asosiy mzonidir” asari 2011-yil.

1.2.Shavkat M. M “ Erkin va farovon demokiratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, asari Toshkent 2016-yil.

II. Hormativ-huquqiy hujjatlar.

2.1. O`zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi Toshkent 2021-yil.

2.2. O‘zbekiston Respublikasidan «Sudlar to‘g‘risida» gi qonuni. Lex.uz

2.3. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. Adolat 2021-yil.

2.4. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenum qarori, “Fuqarolik ishlari bo’yicha birinchi instasiya sudining ajrimlari to’g’risida”. 2019-yil.

2.5. O‘zbekiston Respublikasi PF 6034 2020-yil

III. Maxsus adabiyotlar.

3.1. Quvondiqov Z «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual


huquqi». Toshkent. «Adolat», 2009-yil.

3.2. Shoraxmidov Sh “Fuqarolik protsessual huquqi” darslik Toshkent 2014-yil.



IV. Qo’shimcha adabiyotlar

3.3. Mamatova N “Fuqarolik ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar” Toshkent. «Adolat», 2017-yil.



3.4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi lex.uz.




Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish