O`zbekiston respublikasida sud tizimi



Download 83 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi83 Kb.
#645522
Bog'liq
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD TIZIMI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD TIZIMI

Reja:



1.Sud va boshqa idoralarning qarorlarining ijrosi-fuqarolik protsessining 2.yakunlovchi bosqichi
3.Sud qarorlarini ijro etishda ishtirok etuvchi shaxslar
4.Ijro qilish asoslari
5.Ijro hujjatlarining majburiy ijroga topshirish muddatlari
6.Ijro ishining yuritishning umumiy qoidalari
7.Qarzdorning mulki hisobiga haq undirish tartibi
8.Ish haqidan undirish
9.Undirilgan summani undiruvchilar o`rtasida taqsimlash
10.Nafaqa undirish
11.Bekor qilingan sud hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlarining ijrosini qaytarish
Sud va boshqa idoralarning qarorlarining ijrosi-fuqarolik protsessining yakunlovchi bosqichi
Ushbu bob «sud hal qiluv qarorlarining ijro etilishi» deb atalsa-da, ammo bunda fuqarolik ishlari yuzasidan qarorlar chiqarishga huquqli bo`lgan boshqa organlarning qarorlarini ijro etish to`g`risida ham so`z boradi.
Odil sudlovlikni amalga oshirish maqsadida fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini qo`riqlash maqsadida chiqarilgan qarorlarni ijro etish fuqarolik protsessining yakunlovchi bosqichidir.
Sudning hal qiluv qarorlariga shikoyat yuqoriga shikoyat (protest) berilmasa yoki qaror sudlarda tasdiqlanganidan so`ng qonuniy kuchga kiradi. Bu qarorlar, shuningdek fuqarolik ishlari to`g`risida boshqa organlarining qarorlari odatda ixtiyoriy ravishda ijro etiladi. Agar bunday qarorlarni ijro etishga (tegishli summani to`lashga, narsalarni topshirishga, muayyan ishlarni bajarishga) majbur bo`lgan shaxs (yoki shaxslar) ixtiyoriy ravishda ijro etmasalar, sud FPKning 370-385-moddalari va sud qarorlarini ijro etish tartibi to`g`risidagi qonunlar bilan belgilangan tartibda ijro etiladi. Amaldagi FPK ijro bilan bog`liq bo`lgan ayrim harakatlar sud faoliyati va ish yuritish bilan bog`liq bo`lmaganligi sababli bu bob birmuncha qisqartirilganligi va shu tufayli qator huquqiy me`yorlar sud ijrochisining faoliyatida o`z aksini topishligi belgilangan.

Bulardan tashqari ijro harakatlari «Sud ijrochilari to`g`risida»gi hamda «Sud hujjatlarini ijro qilish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining 1999 yil ________ dagi qonunlari bilan tartibga solinadi.


Sud qarorlarini ijro etishda ishtirok etuvchi shaxslar
Sudning hal qiluv qarorlarini va boshqa aktlarni majburiy tartibda ijro etishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs sud ijrochisi hisoblanadi.
Sud ijrochisi o`z tashabbusi bilan hal qiluv qarorini tez va aniq ijro etish uchun hamma qonuniy choralarni ko`rishga va taraflarga, ularning huquqlari va qonun bilan ko`riklanadigan manfaatlarini himoya qilishda faol yordam berishga majbur.
Ijro etadigan burch-vazifalariga ko`ra sud ijrochilari sud akt hujjatlari va boshqa organlarning akt hujjatlarini ijro etadigan sud ijrochilariga va sudlarning belgilangan tartibda faoliyat yuritishini ta`minlashda yordam ko`rsatadigan sud ijrochilariga bo`linadi.
Sud ijrochilari to`g`risidagi qonunning mazmunidan aniqlanishicha, sud ijrochilari ijro hujjatlarini bajarilishi bilan shug`ullanuvchi ijrochilarga hamda sud faoliyatini tashkil qilish, odil sudlovni amalga oshirishda har tomonlama ko`maklashuvchi ijrochilar tashkil qilinishi muljallangan.
Amaldagi qonunlarga asosan sud ijrochilari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari tarkibiga kirgan sud ijrochilarining joylarda quyidagi tizimi mavjud:
Adliya vazirligining o`rinbosarlaridan biri bosh sud ijrochisi bo`lib, u Vazirlikda tashkil etilgan sud ijrochilari bosh boshqarmasini boshqaradi, boshqarmaga esa boshqarma boshlig`i rahbarlik qilib, o`z navbatida bosh sud ijrochisining o`rinbosari ham hisoblanadi.
qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ijrochilari boshqarmasi, bosh sud ijrochisi rahbarligidagi qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ijrochilari boshqarmasi.

Sud ijrochilari tuman, shahar bo`linmalari.


Sud ijrochilarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsion Sudidagi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida va O`zbekiston Respublikasi Oliy Xo`jalik Sudidagi, umumiy, xo`jalik va harbiy sudlardagi faoliyatni yo`lga qo`yish mazkur qonun va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


Agar sud ijrochilari 1963 yilgi fuqarolik protsessual kodeksiga asosan tuman (shahar) sudlari qoshida bo`lib ularning nazoratida faoliyat ko`rsatadigan bo`lsalar, hozirda esa O`zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh sud ijrochisining o`rinbosari, qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh sud ijrochisi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
Katta va oddiy sud ijrochilari egallab turgan vazifalariga qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ijrochilari boshqarma boshliklari tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
Sud ijrochilari to`g`risidagi qonunda bosh sud ijrochisidan tortib tuman (shahar) katta sud ijrochilarining vakolatlari 7-10-moddalarida belgilangan. Bu qoidalarda O`zbekiston Respublikasi bosh sud ijrochisi sud ijrochilarining faoliyatiga rahbarlik qiladi, mutaxassis kadrlarni tanlash, ukitish va ularni kasbiy va maxsus tayyorgarlik malakasini oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
sud ijrochilari xizmatining barcha xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo`lgan sud ijrochilarining faoliyatini tashkil etish moddiy va ijtimoiy ta`minot choralarini amalga oshirish tartibiga doir masalalarni tartibni belgilab turuvchi ko`rsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;
ajratilgan shtat xodimlari soni va mehnatga haq to`lash jamg`armasi doirasida sud ijrochilari xizmatining tizimini va xodimlar tarkibi (shtat)ni belgilaydi;
sud ijrochilari xizmatinig moliyaviy va moddiy texnikaviy-ta`minoti amalga oshiradi;
sud ijrochilarining xatti-harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni bo`ysinuv tartibida ko`rib chiqadi;
amaldagi qonunchilikda ko`zda tutilgan tartibda sud ijrochilari xizmatining zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari, shuningdek tuman (shahar) katta sud ijrochilarining vakolatlari ham o`zlariga berilgan huquqiy doirasida faoliyat ko`rsatishligi belgilab qo`yilgan.

Tuman (shahar)larning katta sud ijrochilari yuqoridagilardan tashqari sud raisining, shuningdek sudya yoki sud majlisida raislik qiluvchining ko`rsatma va topshiriqlarining to`g`ri va o`z vaqtida bajarilishi ta`minlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.


Sud ijrochilari ijro etiladigan hujjatlarni bajarishda qator burchga va huquqlarga ega bo`lib, ular amal qilgan holda ish tutishi lozim. Sud ijrochilarining burchlari quyidagilardan iborat:
1. Sud akt hujjatlari va boshqa organlar akt hujjatlarining ijro etilishi to`g`risida»gi qonunda ko`zda tutilgan sud akt hujjatlarining va boshqa organlarning akt hujjatlarini majburiy tartibda bajarish jarayonida sud ijrochisining burchlari:
ijro harakatlarining o`z vaqtida, to`liq va to`g`ri bajarilishiga qaratilgan choralarni ko`rish;
taraflarga yoki ularning vakillariga ijro ish yurituvining material-hujjatlari bilan tanishish imkoniyatini yaratish, ulardan ko`chirmalar, nusxalar olish;
ijro ish yurituviga doir arizalarni va mazkur ish yurituvda ishtirok etayotgan taraflarning iltimosnomalarini ko`rib chiqish va ular bo`yicha shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda qarorlar chiqarish;
basharti u bevosita shaxsan yoki bilvosita ish yurituvining natijasidan manfaatdor bo`lgan yoxud uning holisligiga shubxa tug`diruvchi boshqa sabablar mavjud bo`lgan hollarda ijro ish yurituvida ishtirok etishdan chetlatish (uzini-o`zi rad etish).
2. Sud ijrochisi quyidagi huquqlarga ega: ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo`yicha zarur axborot izoh-tushuntirishlar va ma`lumotnomalarni olish;
tashkilotlar va fuqarolar huzurida u yerda ishlayotgan qarzdorlarga daxldor ijro xatlarining bajarilishini va ularning bajarilishiga doir moliyaviy hujjatlarning yuritilishini tekshirish; qonunchilikka muvofiq holda ijro hujjatlarining bajarilishida ishtirok etayotgan tashkilotlar va fuqarolarga muayyan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;

qarzdor, shuningdek boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo`lgan binolar va omborlarga kirish, ko`zdan kechirish, zarur hollarda binolar va omborlarni majburiy tartibda ochish.


Yuqorida bayon qilinganidek sud ijrochilari ijroga oid hujjatlarni ijroga qaratish bilan bir qatorda sudlar faoliyatini amalga oshirishda odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar bilan ko`maklashadi. Bu borada ular qonunda ko`rsatilgan osoyishtalikni ta`minlash va mustahkamlashga qaratilgan quyidagi ishlarni bajarishlari kerak:
sudlarda sudyalar, guvohlar va boshqa protsess ishtirokchilarini xavfsizligini ta`minlash;
sud majlisi jarayonida tartibni saqlash yuzasidan raislik etuvchi, sud raislari va sudyalarni farmoyishlarini bajarish;
sud raisi yoki sudyalarning sudlashuvchi yoki boshqa fuqarolarga nisbatan majburiy protsessual xarakterdagi farmoyishlarini bajarish;
sud majlisi xonalari, maslaxat uylari va sud binosini ish vaqtida qo`riqlashni ta`minlash;
sud majlisi zallarini sud jarayonini olib borishlik uchun tayyorgarligini tekshirish, sudyalarni farmoyishi asosida doimiy ravishda ko`rilmaydigan joyga jinoiy ish va daliliy ashyolarni olib kelinishi hamda saqlashlikni ta`minlash;
Sud yoki sud ijrochisiga chaqirtirilganda kelmagan shaxslarni majburiy keltirish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda katta sud ijrochisi ko`rsatmasi asosida ishtirok etish.
Sud ijrochisi berilgan huquq doirasida amalga oshiriladigan qonuniy talablarini O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha davlat idoralari, tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarilishi majburiy bo`lib hisoblanadi.

Sud ijrochisining qonuniy talablarini bajarmaslik va uning zimmasiga yuklangan xizmat-vazifalarining ado etilishiga monelik qilish O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.1


Sud ijrochilari sudning hal qiluv qarorlarini ijro qilishning birdan-bir yagona organi emas, ba`zi hollarda, chunonchi: soliq organlari va banklar ham amalga oshiradilar.
Ijro hujjati asosida qarzdorning hisobida pul mablag`larini undiruvchining schyotiga yoki sudning depozit schyotiga majburiy ravishda o`tkazuvchi davlat banki hamda xodimlarning ish haqlaridan tegishli summani ushlab qoluvchi muassasa, korxona, jamoa xo`jaligining buxgalteriyalari ham ijro organlari bo`lib hisoblanishi mumkin.
Ijro hujjati-pul mablag`ini qarzdorning schyotidan undiruvchining schyotiga o`tkazish uchun qonuniy asosdir, lekin ijro varagida yoki xo`jalik sudining buyrugida qarzdorning pul mablag`i o`tkazilishi lozim bo`lgan schyoti ko`rsatilmagan bo`lsa, shuningdek ijro varagi va xo`jalik sudining buyrugida ko`rsatilgan qarzdorning schyoti davlat bankida bo`lmasa, ijro hujjati ijro qilinmasdan, uni bergan organga yuborish uchun undiruvchiga qaytariladi.
Sud qarorlarini ijro qilish protsessda odatda ikki taraf: hal qiluv qarorining ijro qilinishini talab etuvchi taraf-undiruvchi va sud qarorlarini ijro qilishga majbur bo`lgan taraf-qarzdor ishtirok etadi. Ijro qilish protsessidagi undiruvchi va qarzdor tushunchalari, sudda ish ko`rish vaqtidagi da`vogar hamda javobgar tushunchalari bilan hamma vaqt to`g`ri kelavermaydi. Agarda sud qarorlari bilan da`vogarning da`vo talabi qanoatlantirilgan bo`lsa, qarorni ijro qilish protsessida da`vogar undiruvchi, javobgar qarzdor bo`lib hisoblanadi. Agarda sud qarori bilan da`vogarning da`vosi rad etilib, undan javobgarning foydasiga, masalan, sud xarajatlarini undrishga qaror qilingan bo`lsa, u holda ijro protsessida da`vogar qarzdor javobgar esa, undiruvchi bo`lib qoladi. Shuningdek ayrim hollarda sud ish ko`rish protsessida butunlay ishtirok etmagan shaxslar yoki tashkilotlar ham ijro protsessida taraflar bo`lib qolishi mumkin. Bunday hollarda vorislr yoki undiruvchilardan ijro varaqasi bo`yicha haq talab qilish huquqiga ega bo`lgan shaxslar undiruvchi bo`lishlari mumkin. Odatda, ijro protsessida bir ijro hujjati bo`yicha bir undiruvchi va bir qarzdor bo`ladi. Lekin sud tomonidan sheriklik majburiyatidan kelib chiqadigan talablar qanoatlantirilgan bo`lsa, ijro protsessida qarzdor tomonidan ham javobgar tomonidan ham sherik ishtirokchilik bo`lishi mumkin.
Har bir hal qiluv qarori bo`yicha bitta ijro varagi beriladi. Lekin agar ijro turli joylarda o`tkaziladigan bo`lsa yoki hal qiluv qarori bir qancha da`vogarlarning foydasiga yoki bir necha javobgarlarga nisbatan chiqarilgan bo`lsa, undiruvchilarning iltimosi bo`yicha sud ijro joyini yoki hal qiluv qarorining ijro etilishiga tegishli qismini aniq qilib ko`rsatib, bir necha ijro varagi berishi mumkin. SHerik javobgarlardan pul mablag`lari undirish to`g`risidagi hukm yoki hal qiluv qaroriga asosan undiruvchining iltimosi bo`yicha sherik javobgarlarning soniga qarab bir necha ijro varaglari berilishi mumkin. Har bir ijro varagida undiriladigan pulning umumiy summasi ko`rsatilishi va hamma javobgarlar (ularning sheriklik asosida javobgar bo`lishlari ko`rsatilgan holda) sanab o`tilishi lozim.
Sud ijrochisi majburiy ijroga kirishganida taraflarga ularning protsessual huquq va burchlarini tushuntirishga majbur. Undiruvchi va qarzdor hal qiluv qaror ijro etilishi vaqtida shaxsan o`zi yoki vakillari orqali hozir bo`lishga, ijro ishini yurgizish materiallari bilan tanishishga, ijroning borishi haqida ma`lumot olishga, kelishuv bitimlari tuzishga, mulkning kimga tegishli va uning bahosi to`g`risida nizolashishga sud ijrochisining harakatlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Undiruvchining vakili tegishlicha xabardor qilingani holda hal qiluv qarorining ijro etilishida hozir bo`lmasligi sud ijrochisining ijro harakatlarini bajarishga to`sqinlik qilmaydi. FPKning 380-moddasiga muvofiq undiruvchi majburiy ijrodan voz kechishga, undirish miqdorini kamaytirishga, javobgarning ijroni keyinrok yoki qismlarga bo`lib bajarilishiga yo`l qo`yishga haqli. Ijro harakatlarini bajarayotganda sud ijrosi agar undirish uchun zarur bo`lsa, qarzdorning binolari va omborlarini ko`zdan kechirishga ham haqli bo`ladi. qarzdor sud ijrochisining binoga kirishishiga yo`l kuymagan taqdirda sud ijrochisi zarur bo`lgan hollarda holis shaxslarni taklif qilib, binoni ularning huzurida ochadi va ko`zdan kechiradi.
Sud ijrochisining ijro harakatini bajarish vaqtida qarzdorning shaxsiy erkinligiga va obruyiga qanday shaklda bo`lmasin, tajovuz qilishi qat`iyan man etiladi. Sud qarorlarini ijro qilishda qarzdorning shaxsi daxlsizdir. Sud ijrochisi qarzdorni sudga majburiy keltirish huquqiga ega emas va uning turar joyini cheklab qo`ya olmaydi hamda ijro qilish protsessida har ikki tarafning huquqlarini qo`riqlashga majburdirlar. U qarorning ijrosiga kirishishdan oldin qarzdorga hal qiluv qarorini 5 kunlik muddat ichida ixtiyoriy ravishda ijro qilish to`g`risida taklif yuboradi. qarzdor belgilangan muddatida qarorni ijro qilmasa yoki ixtiyoriy ijro qilishni rad etsa-sud ijrochisi qarorni majburiy ijro qilishga kirishadi.
Majburiy ijro qilish choralari: qarzdorning shaxsiy mulkini xatlash va mulkni sotish yo`li bilan undirish; qarzdorning boshqa shaxslarda bo`lgan shaxsiy mulkidan va pul mablag`laridan undirish; qarzdorning ish haqi, pensiyasi, stipendiyasi va boshqa turdagi daromadlaridan undirish; hal qiluv qarorida ko`rsatilgan ma`lum narsalarni qarzdordan olib undiruvchiga berish; qonunga muvofiq hal qiluv qarorida ko`rsatilgan boshqa choralar tarzida bo`ladi.
qarzdor va undiruvchi ijro qilish protsessida yuqorida aytilganidek, o`zlarining vakillari orqali ham ijro qilish huquqlariga egadirlar. Ijro qilish protsessida vakillikning barcha turlari: ixtiyoriy vakillik, qonuniy, ustav bo`yicha vakillik amalga oshirilishi mumkin.
Muomalaga layoqatli fuqaro tomonidan saylangan vakillikning va ijro protsessidagi yuridik shaxs vakilining vakolatlari notarial yoki vakolat beruvchining ish joyidagi ma`muriyat tomonidan guvohlantirilgan, yozma shakldagi, ishonch qog`ozi yoki vakolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo`lishi lozim. qonuniy vakillardan alohida vakolatnoma talab etilmaydi. Ijro protsessidagi vakillar taraflarning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Vakolatnoma vakilning o`z vakolatini boshqa shaxsga berish, ijro harakati vaqtida kelishuv bitimi tuzish, mulk va pul olish huquqlari maxsus ravishda ko`rsatilishi lozim. Bunday ko`rsatma bo`lmaganida ixtiyoriy saylangan vakil yuqorida aytilgan huquqlarni amalga oshira olmaydi.
Ijro protsessida vujudga kelgan bir qator masalalar ijrochi, sud yoki qarorni ijroga bergan organ tomonidan hal qilinadi, masalan, qarorni sir saqlash, qarorning ijrosini keyinga qoldirish, ijro hujjatlarini olish yoki uni keyinga qoldirish, ijro hujjatlarini olish yoki uni ijroga qaratish bo`yicha utib ketgan muddatni tiklash, qarzdorning umumiy mulkidagi xissasini belgilash, taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash, qarorning ijrosini to`xtatish va bekor qilish, ijro varaqasining dublikatini berish va shu kabi boshqa masalalarni hal qiladi.
Ijro ishida prokurorning ishtiroki qonunda nazarda tutilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan qonunlarning to`g`ri ijro qilinishi ustidan yuqorida nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuroriga va unga itoat qiluvchi prokurorlarga yuklatilgan (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasi, Prokuratura to`g`risidagi qonunning 1-moddasi).
FPKning 46-moddasiga muvofiq prokuror ishga protsessning boshlanish bosqichida kirisha oladi. Prokuror fuqarolik sud ishlarining yurgizilishida qonunning har qanday tusda buzilishini (bunday buzilishlar kim tomonidan sodir qilinganidan qat`iy nazar) bartaraf qilish uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni ko`radi.
Prokuror sud va boshqa idoralarning qarorlarining to`g`ri va o`z vaqtida ijro qilinishi ustidan ham nazorat olib boradi.

Ijro qilish asoslari


Sud hujjatlari (xal qiluv qarori, ajrim va qaror) va boshqa idoralarning ijro bilan bog`liq bo`lgan hujjatlarini ijro qilish to`g`risidagi qoidalar O`zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlarini ijro qilish to`g`risida»gi qonunda belgilangan. Bular quyidagilardan iborat.


Sudning hal qiluv qarori, darhol ijro etish hollaridan tashqari (FPKning 220-221-moddalari) hamma hollarda qonuniy kuchga kirgandan so`ng ijro etiladi.


Manfaatdor shaxsning iltimosi bo`yicha ijro hujjatlarining yuqorida ko`rsatilgan tegishli organ beradi. Bunday hujjatlar quyidagilardan iborat.
1) sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari, sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimlari, fuqarolar o`rtasidaga nizolar bo`yicha chiqargan hal qiluv qarorlari, ayrim ishlarni ko`rish uchun maxsus tayin etilgan arbitrajlarning hal qiluv qarorlari, chet el sudlarining qarorlari asosida berilgan ijro varaqalari;
2) notariuslar va notarial harakatlarni bajaruvchi mansabdor shaxslarga bergan ijro xatlari;
3) xo`jalik sudlarining qonunda ko`rsatilgan hollarda davlat muassasalari, tashkilotlari, kooperativ va jamoat tashkilotlari o`rtasidagi nizolar bo`yicha xo`jalik sudi va hakamlar sudi chiqargan hal qiluv qarorlari asosida beradigan buyruqlari;

4) to`lovchi tomonidan aksept qilingan, lekin muddatida to`lanmagan to`lov talablari;


5) mehnat nizolari bilan shug`ullanuvchi komissiyasining hal qiluv qarorlari asosida mehnat nizolari bo`yicha berilgan yoki mayib bo`lish, sog`liqka boshqacha shikast yetkazish yoxud boquvchining o`limi natijasida kelgan zararni to`lash haqidagi nizolar bo`yicha berilgan guvohnomalar;


6) ma`muriy organlarning fuqarolardan nizosiz tartibda pul undirish haqidagi qarorlari, sud ijrochilarining qarorlari qonunda ko`rsatilgan hollarda boshqa idoralarning qarorlari.


Ijro hujjatlarining majburiy ijroga topshirish muddatlari


Sud va boshqa organlarning qarorlarining majburiy ijro qilish ma`lum muddat bilan cheklangan. qarorlarni ijro qilish muddati institutning kiritilishi-undiruvchi bilan qarzdorning munosabatini uzoq vaqtgacha noma`lum holda qoldirishning maqsadga muvofiq bo`lmasligidan kelib chiqadi. FPKning 377-moddasida belgilanganidek, taraflardan loakal biri fuqaro bo`lgan ish bo`yicha sudning hal qiluv qarori, u qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil ichida, majburiy tartibda ijro etish uchun topshirilishi mumkin.


Davrli to`lovlarni undirish uchun berilgan ijro hujjatlari bu to`lovlar undiriladigan hamma davr ichida ijroga topshirilishi mumkin. Ijro hujjatini ijroga topshirishgacha o`tgan vaqt uchun davrli to`lovlar FPKning 377-moddasida belgilangan muddat chegarasida undiriladi. Shu moddaning birinchi qismida ko`zda tutilgan muddatlar har bir to`lov muddati tugagan kundan boshlab davom etadi.
Ijroga topshirish muddati, qonunda boshqacha hol ko`rsatilmagan bo`lsa, ijro hujjatining ijroga berilishi bilan, shuningdek har ikki taraf yoki ulardan biri fuqaro bo`lgan ish bo`yicha hal qiluv qarori qisman ijro qilinishi bilan uziladi.
Muddat uzilganidan so`ng uning o`tishi yangidan boshlanadi, lekin oldingi o`tgan vaqt yangi muddat hisobiga kirmaydi, ijro hujjati to`liq yoki qisman undirilmasdan qaytarilgan taqdirda, ijro hujjatini ijroga topshirish uchun yangi muddatni hisoblash ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlanadi.
Ijro varagini yoki notariusning ijro xatini ijroga topshirish muddatini o`tkazib yuborgan undiruvchilarga, agar qonunda boshqacha belgilangan bo`lmasa, o`tkazib yuborilgan shu muddat sud uzrli deb topgan sabablarga ko`ra tiklab berilishi mumkin. o`tkazib yuborilgan muddatni tiklash to`g`risidagi ariza hal qiluv qarori chiqargan sudga yoki ijro qilinadigan joydagi sudga beriladi. Ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilib sud majlisida ko`riladi, lekin ularni kelmaganliklarini o`tkazib yuborilgan muddatni tiklash to`g`risiagi masalani hal qilish uchun to`sqinlik qilmaydi.

Utkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganda-xususiy shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.


Ijroga topshirish muddati o`tkazib yuborilgan boshqa ijro hujjatlari bo`yicha muddatni tiklash mazkur hujjatlarni bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqorida bayon etilgan umumiy qoidalardan tubandagicha istesnolar belgilangan:
1) mehnat ishlari bo`yicha xodim mehnat nizolarining ko`ruvchi komissiyaning bayoni topshirilgan kundan boshlab uni majburiy ijro qilish uchun 3 oy ichida sud ijrochisiga taqdim etish kerak;
2) ma`muriy tartibda solingan jarimalarni undirish bo`yicha Respublika qonunlari bilan belgilangan ijro muddati qo`llaniladi;
3) davrli to`lovlarni (masalan, nafaqalarni) undirish to`g`risidagi qarorlar to`lovlar undirilishi lozim bo`lgan butun davr ichida ijro qilinish kuchini saqlaydi. Lekin ijro hujjatini taqdim etishga qadar o`tgan vaqt uchun, faqat qarorlarning ijro qilishning umumiy muddati chegarasidagina undirilishi mumkin;
4) xo`jalik sudlarining buyruqlari sud tomonidan belgilangan muddat tamom bo`lgan kundan boshlab 6 oy ichida ijro qilish uchun taqdim etilishi mumkin. qoida bo`yicha ijro muddati qarorning qonuniy kuchga kirgan kunidan boshlab hisoblanadi;1
5) hakamlar sudining ijro varaqalari 6 oy ichida ijro qilinishini kerak.

Ijro ishining yuritishning umumiy qoidalari


Sud ijrochisi belgilangan tartibda berilgan ijro hujjati asosida, qarzdorning og`zaki va yozma arizasi va shuningdek sud yoki prokurorning taklifi bo`yicha ijro harakatini boshlaydi. Ijro harakatini qo`zg`atish uchun tegishli ijro hujjati ijrochiga pochta orqali yuborilishining o`zi ham yetarli bo`ladi.


Ijro ishlarini qo`zg`atish uchun sud ijrochisi uch kun ichida qaror chiqaradi, bunda ixtiyoriy ijro uchun 5 kun muddat beradi.


Fuqarolik ishlarini sudda ko`rish vaqtidagidek, ijro protsessida ham erkin huquqlilik tamoyili (prinsipi)da harakat qilinadi. Ijro protsessida taraflar o`z huquqlaridan va ularni himoya qilish vositalaridan erkin foydalanadilar.
Undiruvchi ijro hujjatini ijroga qaratishga yoki qaratmaslikka haqlidir. U ijro hujjatini qaytarib olishga, shu hujjat bo`yicha ijro harakatini to`xtatish masalasini qo`yishga, ijro yuzasidan o`z huquqidan voz kechishga yoki o`z huquqlarini qonun yo`l kuygan hollarda boshqa shaxsga o`tkazishga haqlidir. Taraflar ijro protsessida kelishuv bitimini tuzishga va sud ijrochisining harakati ustidan shikoyat qilishga haqlidirlar.
Sud qarorlari undiruvchining foydasiga ijro qilinadigan bo`lsa ham, ammo qonunda qarzdorning huquqini himoya qilishga qaratilgan bir qator me`yorlar o`rnatilgan. Bu borada muhim me`yorlardan biri qarzdorning zimmasidagi burchini ixtiyoriy ravishda ijro qilib tamomlash huquqi hisoblanadi. qarzdorning hamma mulkidan ham haq undirib bo`lmaydi: uning qanday mulklaridan haq undirish mumkin emasligi qonunda belgilangan.
Bolalarning ta`minoti uchun aliment undirish ma`muriy tartibda jarima undirish to`g`risidagi qarorlar, mulkni musodara qilish, ko`rilgan zararni undirish to`g`risidagi hukmlar yuzasidan ijro varaqalari undiruvchilarning iltimosariga qaramasdan yoziladi va ijro etilishi joyi bo`yicha tegishli ijrochiga yuboriladi. Davlat foydasiga sud xarajatlarini undirish to`g`risidagi ijro varaqalari ham huddi shu tartibda yoziladi va topshiriladi.
Sud qarorlarini ijro qilish jarayonida fuqarolik protsessining boshqa prinsiplariga ham amal qilinadi. Chunonchi ijro harakati milliy tilda olib boriladi, ijro harakati olib borayotgan tilni bilmaydigan shaxs ijro ishi materiallari bilan tarjimon orqali tanishishi mumkin. Ijro ishini amalga oshirishda ijrochi mustaqil va faqat qonunga itoat qiladi. Sud ijrochisiga hech kim unga ijroni qanday amalga oshirishi kerakligi haqida ko`rsatma bera olmaydi.

Sud ijrochisining ish xarakteri uning faoliyati bilan fuqarolarning bevosita tanishishlariga imkoniyat bermaydi, chunki ko`pgina ijro harakatlari qarzdorning uyida qilinadi va fuqarolarning turar joy daxlsizligi prinsipiga muvofiq u yerga boshqa shaxslarning kirishlari cheklanadi. Ammo oshkoralik prinsipiga muvofiq ijro harakati masalalari matbuotda yoritilishi mumkin.


Ijro harakatlari fuqarolarning sotsial, mulkiy va xizmat holati, millati, irqi va diniy e`tiqodlaridan qat`iy nazar qonun va sud oldida tenglik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
Undiruvchidan, boshqa organdan olingan ijro hujjatlari ijrochi tomonidan qonun talablariga javob bersa ro`yxatga olinadi. Amaldagi qonunga ko`ra sud ijrochisi shaxsan o`zi bevosita ijro hujjatlarini qabul qilib oladi. Har bir ijro hujjati bo`yicha alohida ijro ishi va registratsiya kartochkasi tuziladi. hal qiluv qarorini ijro qilish joyi va vaqti to`g`risidagi qoidalar qonunning 10-14-moddalarida berilgan.
Sud ijrochisi hal qiluv qarorini ijro etishdan shaxsan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo`lsa yoki uning holisligiga shubxa tug`diruvchi boshqa holatlar bo`lsa yoxud u taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning o`zi yoki vakillarining qarindoshi bo`lsa, hal qiluv qarorini ijro etishda qatnasha olmaydi.
FPKning 216 va 380-moddalarida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki qismlarga bo`lib bajarish, hal qiluv qarorlarini ijro etish usuli va tartibini o`zgartirish, ijro harakatlarini to`xtatib qo`yish va tugatish to`g`risida umumiy qoidalar berilgan. Sud ijrochisi hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga, qismlarga bo`lib bajarishga yoki ijro etish usuli va tatibini o`zgartirishga bu to`g`rida sudning ajrimi bo`lsagina haqli bo`ladi.
Sud hal qiluv qarorning ijrosini qiyinlashtiradigan yoki bajarib bo`lmaydigan qilib qo`yadigan holatlar mavjud bo`lsa (qarzdor yoki uning oila a`zolari kasal bo`lsa, undirilgan mulk natura holda bo`lmasa va shu kabi boshqa hollarda) ijrochi sudga ijroni kechiktirish yoki qismlarga bo`lib bajarish, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini o`zgartirish masalasini hal etish to`g`risida murojaat qiladi. Sud quyidagi holda:

1-dan, qarzdor vafot etgan taqdirda, agar bunda sud belgilangan huquqiy munosabatga muvofiq huquqni qabul qilishga yo`l qo`yilgan bo`lsa;


2-dan, qarzdor muomala layoqatini yo`qotgan bo`lsa;
3-dan, qarzdor Kurolli Kuchlarning harakatidagi qismda bo`lsa va Kurolli Kuchlarning harakatidagi qismdagi undiruvchi iltimos qilsa;
4-dan, qarzdor ijro hujjati ustidan nizolashishiga qonun bo`yicha yo`l qo`yilgan taqdirda nizolashsa;
5-dan, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lariga nisbatan shikoyat berilsa;
6-dan, qonun bo`yicha hal qiluv qarorining ijrosini to`xtatish huquqi berilgan mansabdor shaxslarning qarori bo`lganida ijroni to`xtatishga majbur.
Agar yuqorida ko`rsatilgan hollarda sud qarorning ijro etilishini to`xtatishga majbur bo`lsa, ammo ba`zi hollarda ijro harakatlarini to`xtatib qo`yish-qo`ymaslik huquqi sudning ixtiyoriga havola qilinadi. Jumladan, quyidagi hollarda: 1-dan, qarzdor bo`lgan yuridik shaxs tugatilganida; 2-dan, Kurolli Kuchlar safidagi yoki qandaydir davlat majburiyatini bajarishga tortilgan qarzdorning iltimosi bo`lganida; 3-dan, qarzdor uzoq muddatli xizmat komandirovkasida bulca; 4-dan, qarzdor shifoxonada davolanishda bo`lganida; 5-dan, mulkni xatlashdan chiqarish to`g`risida da`vo qo`zg`atilgan bo`lsa; 6-dan, sud ijrochisining harakatiga shikoyat berilganida; 7-dan, qarzdor qidiruvda bo`lsa; 8-dan, undiruvchi iltimos qilganida sud ijro harakatlarini to`xtatishga haqli bo`ladi. Ish bo`yicha ijro harakatlarini to`xtatib turish muddatlari moddalarda ko`rsatilgan.
Haq undiruvchi bilan qarzdor o`rtasida sud tasdiqlagan kelishuv bitimi tuzilganida; undiruvchi yoki qarzdor fuqaro vafot qilgandan so`ng hal qiluv qarorida belgilangan talab yoki majburiyat marxumning huquqini qabul qiluvchiga utmaydigan bo`lganda; undirishning mazkur turi uchun qonun bilan belgilangan da`vo muddati o`tgan bo`lsa-ijro ishi tugatiladi.

Ijro hujjati haq undiruvchining iltimosi bo`yicha unga qaytarilishi ham mumkin. Bundan tashqari ijro hujjati qarzdorning haq undiriladigan mulki yoki daromadi bo`lmaganida: undiruvchi hal qiluv qarorini ijro qilish vaqtida qarzdorning sotilmay qolgan mulkini o`zida qoldirishni yoki sudning hal qiluv qarorida ko`rsatilgan va qarzdordan olingan narsalarni olishni istamaganida, agar qarzdor undiruvchi ko`rsatgan joyda yashamasa yoki ishlamasa yo uning mulki bo`lmasa qaytarilishi mumkin.


Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi qonunda belgilangan muddat ichida shu hujjatni yangitdan ijroga topshirish uchun to`sqinlik qilmaydi.
Ijro harakatlarini to`xtatib qo`yish yoki bekor qilish, shuningdek ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish masalalari ijrochi turgan (joylashgan) sud tomonidan ko`riladi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ijro harakatlarini to`xtatib qo`yish yoki bekor qilish, shuningdek ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish to`g`risidagi ajrim ustidan mulkni ochiq savdoda sotish to`g`risidagi e`lon uchun ekspertlarga to`lash uchun, ijro qilish joyiga borishi uchun zarur bo`lgan xarajatlar sud ijrochisi ishi depozit hisobidan to`lanadi.
Ijro qilingan hal qiluv qarori bo`yicha qarzdordan qancha mulk va pul undirilganligidan qat`iy nazar, ijro xarajatlari, sudyaning ajrimi bo`yicha qarzdordan davlat foydasiga undiriladi. Bu ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi va xususiy protest keltirilishi mumkin.

Qarzdorning mulki hisobiga haq undirish tartibi


Amaliy qonunlarga asosan fuqarolardan tegishli haq qarzdorning shaxsiy mulkidan, shuningdek uning umumiy mulkidagi, er-xotin o`rtasida bo`lgan mulkdagi xissasidan undiriladi.


Undiruvchiga sudning hal qiluv qarorida ko`rsatilgan narsalarni undirib berish lozim bo`lganida sud ijrochisi bu narsalarni qarzdordan undiruvchiga olib beradi. Agar undiriladigan haqning miqdori qarzdorning oylik ish haqidan yoki daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan qonun bo`yicha undirilishi mumkin bo`lgan xissadan oshmasa, qarz qarzdorning mulki hisobiga undirilmaydi.
Haq undirish qarzdorning mulkini xatlash va uni sotish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mulkni xatlash ikki turdagi harakatlardan: 1-dan, mulkni xatlashdan; 2-dan, qarzdorga bu mulkni tasarruf qilishning man etilganligini bildirishdan iborat bo`ladi. Shu ikki harakat qilinganidagina mulk xatlangan hisoblanadi. Mulkni xatlash hamma vaqt unga arest solish bilan bog`liq bo`lmaydi. Masalan, er-xotinning umumiy mulklarini bo`lishda, agar da`voni ta`min qilish to`g`risida ajrim chiqarilmagan bo`lsa, qancha mulk borligini bilish uchun mulk xatlanishi mumkin. Lekin bu mulkka arest solish (xatlash) mumkin emas. Mulkka arest solish (xatlash) sudlar tomonidan chiqariladigan hukm, qaror va ajrimlarning ijrosini ta`minlashga qaratilgan choralardan biridir. Xatlash faqat sud ijrochisi tomonidangina emas, fuqarolik da`vosini ta`min qilish maqsadida prokuratura organlari tomonidan, soliqlar sug`urtalar bo`yicha boqimandalarni undirish bo`yicha moliya organlari tomonidan o`z vaqtida to`lanmagan o`zaro soliq bo`yicha to`lovlarni undirish bo`yicha, shuningdek vafot etganlardan qolgan mulklarning saqlanishini ta`minlash maqsadida notarial idoralar tomonidan ham solinishi mumkin.
Qarzdor o`zining qaysi mulki hisobidan haq undirish mumkinligini ayta oladi. Agar uning ko`rsatgan mulki bilan qarz qoplanishi mumkin bo`lsa, sud ijrochisi bu iltimosni qanoatlantiradi. Imkoniyati boricha arest solinadigan (xatlangan) mulkning qimmati undirish summasi va ijro xarajatlaridan ortiq bo`lmasligi lozim. Protsessual qonunchilik undirishni qarzdorning hamma mulkiga qaratishga yo`l qo`ymaydi. qonun fuqaro va tashkilotlarning mulkiy huquqlarini himoya qilib, ijro varaqasi va unga barobar bo`lgan ijro hujjatlari bo`yicha haq undirilishi mumkin bo`lgan mulklarning ro`yxatini belgilaydi. qarzdorning o`zi va qaramog`idagi shaxslar uchun zarur bo`lgan kiyim-kechaklari, uy-ruzgor ashyolari va uning kasbini davom ettirish uchun zarur bo`lgan kitoblari, qo`llanmalari va asbob-uskunalari hisobidan haq undirish mumkin emas.

Kishlok xo`jaligi bilan shug`ullanuvchi shaxslarning yerni ekish uchun zarur bo`lgan miqdordagi urugligiga, yigib olinmagan xosiliga va shuningdek ko`rsatilgan miqdorda uy hayvonlariga va ularni boqish uchun zarur miqdordagi yem-xashaklarga va hokazolarga xatlash, arest solish mumkin emas.


Sud ijrochisi mulkni xatlashdan oldin qarzdorni ijro hujjati bo`yicha undirilishi mumkin bo`lmagan mulklar ro`yxati bilan tanishtirishi lozim. Bunday qilish qarzdorda sud ijrochisining harakatining qonuniyligi to`g`risida ishonch tug`diradi va shikoyat qilishning oldi olinadi. qarzdor yo`qligida mulkka arest (xatlash) solinadigan bo`lsa, bunday vaqtda holislarning, uylar boshqarmasi yoxud ma`muriyat vakilining ishtirok etishi majburiydir. Sud ijrochisi ro`yxatga olingan ashyolarni muhrlashi mumkin, bu haqda ro`yxat aktida ko`rsatiladi.
Mulkni ro`yxatga olish aktining nusxalari qarzdorga va ro`yxatga olingan mulkni saqlovchiga beriladi. Agar mulkni ro`yxatga olish sud hukmining mulkni musodara qilish qismiga yoki mulkni davlatga topshirish to`g`risidagi hal qiluv qarorlariga asosan o`tkazilayotgan bo`lsa, ro`yxat akti mulkni sotish uchun tegishli joyga ham yuboriladi.
Mulkni xatlash to`g`risidagi akt ikki nusxada tuzilib, uning biri qarzdorga beriladi. Agar mulk saqlash uchun boshqa shaxslarga topshiriladigan bo`lsa, akt uch nusxada tuziladi va biri saqlovchiga beriladi. Mulk xatlangandan keyin qarzdor uni tasarruf qilishi mumkin emas.
Mulkni xatlashda uchinchi shaxslar bu xatlangan mulkning o`zlariga tegishli bo`lishini bildirishlari mumkin. Bunday hollarda qonun bo`yicha mazkur mulkning boshqa shaxsga tegishliligi aniq bo`lgandagina xatlanmaydi. Shuning uchun sud ijrochisi mulkni boshqa shaxsga tegishli bo`lishi to`g`risida asos bo`lmasa, u mulkni xatlashi va uchinchi shaxslarning e`tirozlarini aktda ko`rsatishi lozim. Shu bilan birga sud ijrochisi bu shaxsga mulkni xatlashdan chiqarish to`g`risida da`vo bilan sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi kerak.
Mulkni xatlash vaqtida uchinchi shaxslarning bu mulkka bo`lgan huquqlarini bildirmasliklari va e`tirozlarning aktda ko`rsatilmasligi shuningdek nizoli mulkning olib ketilganligi yoki sotib yuborilganligi mulkni arestdan chiqarish to`g`risida da`vo qilish huquqidan ularni mahrum qilmaydi.
Mulkni xatlash vaqtida sud ijrochisi uni davlat narxi bilan baholaydi. Kishlok xo`jalik maxsulotlari, hayvonlar o`rtacha bozor narxi bilan, imoratlar esa inventarizatsiya yoki sug`urta narxi bo`yicha baholanadi.
Ba`zi narsalarni baholash qiyin bo`lsa yoxud qarzdor yoki undiruvchi sud ijrochisi kuygan bahoga norozi bo`lsa, sud ijrochisi ro`yxatga olingan mulkning qimmatini belgilash uchun ekspertni taklif qiladi.
qarzdorning ro`yxatga olingan mulki ro`yxatga imzo qo`ydirilib, saqlash uchun qarzdorga, undiruvchiga yoki sud ijrochisi tayin qilgan boshqa shaxsga beriladi. Davlat yoki jamoat mulkining o`g`irlanishi, talon-taroj qilinishi va kam kelishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi ishlar bo`yicha ro`yxatga olingan mulkni saqlovchi sifatida qarzdorni yoki uning qarindoshlarini tayinlash man qilinadi. qarzdordan yoki uning oila a`zosidan boshqa saqlovchi mulkni saqlagani uchun belgilangan taksa bo`yicha haq oladi. Bundan tashqari unga mulkni saqlash bo`yicha qilingan haqiqiy va zarur xarajatlari to`lanadi.
Mulkni saqlash uchun olgan qarzdor, agar bu mulkning xususiyatlariga ko`ra undan foydalanish mulkning yo`q bo`lishiga yoki qimmatini kamayishiga sabab bo`lmasa, undan foydalana oladi. Saqlashga topshirilgan mulk sarflansa, yashirilsa, saqlovchi yetkazgan zarari uchun mulkiy javobgar bo`lishidan tashqari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Sud ijrochisi qarzdorning boshqa shaxslarda bo`lgan pul mablag`lari va mulkdan haq undirishi mumkin. Korxonalar, muassalari, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar sud ijrochisining surogiga javoban, o`zlarida qarzdorning qancha puli, qimmatliklari va boshqa mulklari borligi to`g`risida, undan qancha qarz ekanliklari hamda qarzni qanday asoslarda va qanday muddatlarda to`lashga majbur ekanliklari to`g`risida ma`lumot berishga majburdirlar. Shu bilan bir vaqtda ko`rsatilgan shaxslar sud ijrochisining talabini olgandan boshlab qarzdorning ularda bo`lgan mulki va pul mablag`lariga undiriladigan summa doirasida xatlanganligi to`g`risida va undiriladigan summa butunlay qoplangunicha qarzdorga tegishli to`lovlarni ular undiruvchiga yoki sudning depozit schyotiga topshirishga majbur ekanliklari to`g`risida xabardor qilinadi. Sud ijrochisi boshqa shaxslarda qarzdorning mulki borligi to`g`risida javob olishi bilanok bu mulkni ro`yxatga oladi. qarzdor bilan boshqa shaxslar o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq qarzdorning mulki boshqa shaxslarda bo`lsa, ularning shartnomadan kelib chiqadigan huquqlarini qo`riqlash imkoniyatlari va mulkni olish haqidagi masalalar sud tomonidan hal qilinadi. Fuqarolar jamgarma va davlat bankiga kuygan omonat pullaridan haq undirish asoslari va tartibi sud hujjatlarini ijro qilish qonunda ko`rsatilgan.
Ijro hujjatlariga muvofiq qarzdorning mulkini sotishga oid umumiy qoidalar yuqoridagi qonunning 53-moddasida berilgan barcha choralar ko`rilganida ham qarzdordan tegishli haqni undirish mumkin bo`lmasa, sud ijrochisi qarzdorning kudratsizligi to`g`risida akt tuzadi.

Qarzni undirish uchun turar joy imoratiga arest solish va imoratni sotishga oid qoidalar ham ko`rsatilgan.


Sudning hal qiluv qaroriga binoan turar joydan ko`chirishda sud ijrochisi qonunga amal qiladi. Agar javobgar sudning hal qiluv qaroriga muvofiq ma`lum harakatlarni (mulk topshirish yoki pul to`lashdan boshqa harakatlarni) bajarishga, chunonchi: xodimni ishga tiklashga, imoratni buzib tashlashga, eshik-darvozani ko`chirishga majbur qilinsa va x.k. sud ijrochisining bu to`g`ridagi harakatlari ham yuqoridagi qonun bilan tartibga solinadi.


Ish haqidan undirish

Undirishni ish haqiga qaratgan sud ijrochisi qarzdorga chaqirik qog`ozini yuborish bilan bir vaqtda, ijro hujjatini qarzdorning ish joyiga yuboradi va bu haqda undiruvchiga ma`lum qiladi.


qarzdorning ish joyi to`g`risida sud ijrochisiga qarzdorning o`zi yoki undiruvchi ma`lum qiladi. Tashkilotlar sud ijrochisining talabiga muvofiq qarzdorning o`zlarida ishlash-ishlamasligi, uning oylik ish haqi, shu jumladan, unga doimiy va bir yo`la beriladigan haqlar to`g`risida ma`lumot berishga majburdirlar.
Ish haqi fuqarolarning yashash mablag`i bo`lgani uchun ish haqidan faqat qonunda belgilangan ma`lum chegaralardagina haq undiriladi. qoida bo`yicha ijro hujjatlariga ko`ra ish haqini 50 foizdan oshiq bo`lmagan miqdorda pul ushlanishi mumkin. qaysi hollarda bo`lmasin, chunonchi, oila a`zolarining moddiy ta`minoti uchun; davlat mulkini talon-taroj qilish natijasida keltirilgan zararni undirish uchun; ishlanmagan avans va ish joyiga borish uchun to`langan, ammo foydalanilmagan yo`l xarajatlarini qoplash uchun to`langan pullar va boshqa qarzlar uchun mablag` undirganda ishchi-xizmatchilarning o`zlari uchun, har holda 50 foizi saqlanishi lozim.
Mehnat qilish yo`li bilan axlok tuzatish qoloniyalarida jazoni o`tayotgan qarzdorlardan tegishli alimentlar ularning ish haqlarini to`la summasidan undiriladi va sud hukmi bo`yicha ushlanilayotgan summa e`tiborga olinmaydi. Bunday hollarda qarzdorning ish haqidan to`liq miqdorda ushlanishi mumkin.
Qarzdor ishlab turgan joydagi buxgalteriya sud ijrochisining tegishli buyrugi bo`lmasdan turib, undirishni to`xtatishga, o`zgartirishga yoxud bekor qilishga haqli emas. Buxgalteriya undirilgan summani undiruvchi tashkilotning schyotiga o`tkazishi yoki undiruvchi yoki undiruvchi fuqaroning qo`liga berishi yoxud unga pochta orqali yuborilishi lozim. Pochta xarajatlari undiruvchi hisobiga bo`ladi.

Agar qarzdor xizmatdan bo`shatilgan bo`lsa, korxona ijro hujjatini bu haqda belgi quyib va qarzdorning yangi ish joyini ko`rsatib sud ijrochisiga qaytaradi. Shuningdek, qarz summasi to`la undirilgandan so`ng ijro hujjatlari ham sud ijrochisiga qaytarilishi lozim.


Ijro hujjatlari va xarajatlari bo`yicha korxona, tashkilot va muassasa ma`muriyatlari ustidan shikoyat sud ijrochisiga beriladi. Sud ijrochisi shikoyatni uch kun ichida ko`rib, undirishni to`g`ri amalga oshirish tadbirlarini ko`radi. «Sud hujjatlarini ijro qilish to`g`risida»gi qonunning 83-87-moddalari.

Undirilgan summani undiruvchilar o`rtasida taqsimlash


Sud ijrochisida bir qarzdorga nisbatan bir necha kreditorlarning talablari to`planib qolib, ularni qanoatlantirish uchun undirilgan pul summasi yetarli bo`lmasa, undirilgan summani undiruvchilar o`rtasida taqsim qilish masalasi paydo bo`ladi.


Undiruvchilarning talablari qonun bilan belgilangan navbatda qanoatlantiriladi. qonunning 77-80-moddalarida haq undirish to`g`risidagi talablar oltita navbatga bo`linadi.
1-navbatda-ishchi va xizmatchilarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablari, aliment talablari, mayib bo`lganlik yoki boquvchisining o`lganligi natijasida keltirilgan zararni to`lash yuzasidan bo`lgan talablar, avtorlar va ixtirochilarning, shuningdek ularning vorislarining haq talablari, advokatlarning talablari qanoatlantiriladi (qonunning 79-moddasi);
2-navbatda-budjetga soliq va soliq xarakteriga ega bo`lmagan to`lovlar bo`yicha talablar, mulkni stroxovaniye qilish bo`yicha Gosstrax talablari kondiriladi;
3-navbatda-kredit operatsiyalari bo`yicha davlat banki va ko`rilishi bankining garov bilan ta`min etilmagan talablari;

4-navbatda-tashkilotlarning talablari va boshqa organlar tomonidan undiriladigan jarimalar;


5-navbatda-qolgan boshqa talablar yuzasidan tegishli haqlar undiriladi;
6-navbatda-bir necha undiruvchilarning talablari navbat bilan qanoatlantiradi. Birinchi navbatdagi talablar to`la qanoatlantirilgandan so`nggina, ikkinchi navbatdagilari qanoatlantiriladi.
Birinchi navbatga kiradigan talablar undirish summasiga qarab proporsional miqdorda qanoatlantiriladi. Undirilgan summani undiruvchilar o`rtasida taqsim qilish hisobini sud ijrochisi tuzadi.
Undiruvchilar bir necha bo`lib qarzdordan undirilgan summa hamma talablarni to`liq qanoatlantirish uchun yetarli bo`lmasa, sud ijrochisi pulni belgilangan navbatga va nisbatan muvofiq undiruvchilar o`rtasida taqsimlash hisob-kitobini tuzadi va uni sudyaning tasdig`iga topshiradi. Sud ijrochisining hisob-kitobini tasdiqlash yoki o`zgartirish haqida sudya chiqargan ajrim ustidan xususiy shikoyat berish yoki xususiy protest keltirish mumkin.
qoida bo`yicha sud ijrochisining o`zi bevosita qarzdordan pul olishi mumkin emas.
Tashkilotlardan fuqarolar foydasiga undiriladigan summalar sudning depozit hisobiga qo`yiladi va undiruvchilarga shu hisobdan olib beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

Nafaqa undirish


Mustaqil Respublikamizda bolalar va onalar haqida, oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz shaxslar to`g`risida gamxurlik qilish davlatning asosiy vazifalaridan biridir.


Nafaka-voyaga yetmagan bolalar, mehnatga layoqatsiz ota-onalar va boshqa shaxslarning hayot kechirishlari uchun zarurdir. Nafaqa undirish haqidagi sud qarorlarini o`z vaqtida va to`g`ri ijro qilishning qanchalik ahamiyatli bo`lishi uz-uzidan tushunarli. Afsuski, nafaqa undirish ishlari bo`yicha sud qarorlarini ijro qilishda ba`zi bir xatoliklarga va sarsongarchilikka yo`l qo`yish hollari uchrab turadi. Nafaqa undirish ishlari bo`yicha ijro varaqasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan yozilishi hamda undirishni amalga oshirish uchun qarzdor turgan joydagi sudga yuborilishi lozim. Ijro varaqasi tegishli tashkilotga yuborilganligi to`g`risida undiruvchiga ma`lum qilinadi. Undiruvchining talabiga binoan ijro varaqasi uning o`ziga ham berilishi mumkin.
Sud ijrochilari nafaqa undirish haqidagi ijro varaqalari bo`yicha undirilgan summalarning undiruvchilarga o`z vaqtida berilishi yoki yuborilishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari va alimentlarning to`lanishini kechirishda aybdor bo`lgan shaxslarni javobgar qilish masalasini sudya oldiga qo`yishlari lozim.
O`tgan vaqtning qarzi buxgalteriya tomonidan faqat sud ijrochisining buyrugiga asosan ushlanadi. Buxgalteriya nafaqa undiishni sudlarning kurgazmasi bo`lmasdan turib yoki undiruvchining yozma arizasidan tashqari o`zgartirishga, to`xtatishga yoki bekor qilishga haqli emas.
Qarzdor ishdan bo`shatilgan vaqtda buxgalteriya uning bilan hisoblashgan kuni ish haqidan tegishli summa ushlangani haqida ijro varaqasiga belgi quyib, shu kunning ertasidan kechiktirmasdan ijro varaqasini tashkilot turgan joydagi sudga yuborishi va bu haqda sudga ma`lum qilishi lozim. Buxgalteriya sudga qarzdorning ishdan bo`shatilgan sababini, oxirgi turgan joyini, agar qarzdor boshqa ishga o`tkazilgan yoki safarga yuborilgan bo`lsa, yangi ish joyini aniq ma`lum qilishi lozim.
Ijro varaqasi buxgalteriya tomonidan qarzdorning qo`liga berilishi mumkin emas, chunki u uni yo`q qilishi mumkin va oqibatda undiruvchi ijro varaqasining dublikatini iltimos qilishga majbur bo`ladi.
Bekor qilingan sud hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlarining ijrosini qaytarish
Fuqarolik protsessual qonunlarida ijro etilgan hal qiluv qarorlari bekor qilinsa va ish yangitdan ko`rilganidan so`ng da`voni to`la yoki qisman rad qilish to`g`risida yoki da`voni ko`rmasdan qoldirish to`g`risida ajrim chiqarilsa, bekor qilingan hal qiluv qarori bo`yicha da`vogarning foydasiga javobgardan undirilgan narsalarning hammasi yana javobgarga qaytarib berilishi lozim bo`ladi. qonun bunday harakatlarni sudning hal qiluv qaror, ajrim va qarorlarini qaytarma ijrosi deyiladi.
Xal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to`g`risidagi masalalarning birinchi instansiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari tomonidan hal qilinishiga, shuningdek, alohida turkumdagi ishlar bo`yicha ijroning xususiyatlariga oid qoidalar FPKning 382-385-moddalarida berilgan.
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish