Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

40-modda. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish
Ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan
bo‘lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:
1) undiruvchining arizasiga ko‘ra;
2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki
boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablag‘lari
hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish
mumkin bo‘lmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno);
3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmasa
va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l
qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lsa;
4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga
olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o‘ziga olish to‘g‘risidagi davlat
ijrochisining taklifi bo‘yicha o‘z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa;
5) agar undiruvchi o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik
qilayotgan bo‘lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko‘rsatilgan, qarzdordan olib qo‘yilgan muayyan
ashyolarni olishdan voz kechsa.


Ushbu modda birinchi qismining 
3, 4
va 
5-bandlarida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni
amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi,
dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 
2
va 
3-bandlarida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni
amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati
davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o‘zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa
tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.
Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 
27-moddasiga
muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun to‘siq
bo‘lmaydi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida 
ko‘rsatilgan asos bo‘yicha
qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 
76-moddasida 
nazarda tutilgan bo‘nak badali to‘liq
qaytariladi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 
3

4
 va
 5-bandlarida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha
qaytarilgan hollarda bo‘nak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat
ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va bo‘nak
badalini qaytarish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror
chiqariladi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish